1-mavzu. Falsafa uning predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Reja


Falsafa va fanning umumiy jihatlari


Download 258.88 Kb.
bet4/5
Sana29.09.2020
Hajmi258.88 Kb.
#131777
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Maruza


Falsafa va fanning umumiy jihatlari shundaki, ular:

  • avvalo aqlga tayanadi va oqilona bilimni yaratishga harakat qiladi;

  • o’rganilayotgan obyektlar va hodisalarning qonunlari va qonuniyatlarini aniqlashga qarab mo’ljal oladi;

  • kategoriyalar apparatini (o’z tilini) yaratadi, o’zlari ilgari surgan qoidalarni asoslaydi, ularga dalil-isbot keltiradi va yaxlit tizimlarni yaratishga harakat qiladi.

Falsafa va fan o’rtasidagi farq shunda namoyon bo’ladiki:

falsafa doim u yoki bu faylasuf nomi bilan bog’lanadi, bunda uning g’oyalari, asarlari o’ziga to’q bo’lishi va ularga boshqa faylasuflar qo’shilishi yoki qo’shilmasligiga bog’liq bo’lmasligi mumkin. Fan esa, mohiyat e’tibori bilan, jamoa mehnati mahsulidir;



  • falsafada (muayyan fanlardan farqli o’laroq) yagona til va yagona tizim mavjud emas. Bu yerda fikrlar rang-barangligi me’yor sanaladi. Fanda esa monizm hukm suradi, chunki hyech bo’lmasa fanning u yoki bu muayyan sohasidagi asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi (til)ga nisbatan yondashuvlar birligi albatta mavjud bo’ladi;

  • falsafa ilmiy bilimlar va dalillardan keng foydalanadi, biroq uning uzil-kesil xulosalari ishonchli deb hisoblanishi mumkin emas, zero ular asosan faylasuflarning subyektiv fikrlari va mulohazalariga asoslanadi. Fan esa mohiyat e’tibori bilan isbotlangan va sinashta bilimlar olishga harakat qiladi, bunda olingan bilimlarni tekshirish yoki rad etish imkoniyatining mavjudligi bu bilimlar haqiqiyligi va ilmiy jihatdan asosliligining muqarrar sharti hisoblanadi;

  • falsafiy bilimlarni tajribada sinash mumkin emas (aks holda ular ilmiy bilimlarga aylanadi);

  • falsafa aniq prognoz bera olmaydi, ya’ni u ishonchli bilimlarni kelajakka tatbiq etishga qodir emas, zero unda bunday bilimlar yo’q. Ayrim faylasuf falsafiy qarashlarning muayyan tizimi yordamida faqat bashorat qilishi mumkin, lekin u olim kabi prognoz qilish yoki modellashtirishga qodir emas.

Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati falsafaga va o’zini, o’zining hayotdagi o’rni va vazifasini falsafiy anglab yetishga ayniqsa muhtojdir.

Falsafa real hayot bilan uzviy bog’liq va doim inson borlig’ining eng muhim muammolarini anglab yetishga qarab mo’ljal oladi. Ayni shu sababli hozirgi davrning muhim muammosi – globallashuv va uni falsafadagi butunlay yangi mavzu sifatida falsafiy anglab yetish muhim ahamiyatga ega. Falsafa predmeti va muammolarini muhokama qilishda alohida diqqatga loyiq bo’lgan boshqa bir mavzu insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda falsafaning roli va ahamiyatidir.

Hozirgi zamon faylasuflari bunday muammolarni yechish ustida ishni davom ettirar ekanlar, «Falsafa nima? U kimga va nima uchun kerak?», «Falsafaning vazifasi nimadan iborat?», «Falsafadan qanday, qaysi yoshdan va nima maqsadda tahsil berish lozim?» qabilidagi bir qarashda allaqachon o’z yechimini topgan masalalarni yana kun tartibiga qo’ymoqdalar. Bu haqda ko’p va atroflicha so’z yuritilgan jahon kongresslari dunyoda falsafa predmetiga, shuningdek u ijtimoiy rivojlanishga izchil ta’sir ko’rsatishga qodir yoki qodir emasligiga, agar qodir bo’lsa, buni u qay tarzda amalga oshirishi mumkinligiga nisbatan yagona yondashuv avvalgidek mavjud emasligini tasdiqlaydi. Fikrlarning bunday rang-barangligi, yuqorida qayd etib o’tilganidek, falsafaning o’ziga xos xususiyati, ya’ni u fikrlar plyuralizmi, har xil fikrlash imkoniyati bor joydagina mavjud bo’lishi mumkinligi bilan belgilanadi.

Falsafaning unga yaxlit ta’limotga aylanish va tilning birligiga, umumiy qonunlar va metodologiyaga tayanish imkonini bermaydigan bu kamchiligi ayni vaqtda, u fanlararo kompleks muammolarni yechish talab etiladigan murakkab tizimlar bilan ish ko’rgan holda uning afzalligiga aylanadi.

Quyidagilar hozirgi vaqtda insoniyat uchun eng muhim fanlararo kompleks muammolar hisoblanadi: barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash; ekologiya muammolari; jamiyat hayoti barcha jabhalarining globallashuvi. Bu muammolarni falsafiy nuqtai nazardan anglab yetish alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy yondashuvlardan farqli o’laroq, muammoga nisbatan falsafiy yondashish dalillarni talqin qilishda ko’proq erkinlik berilishi, ilgari surilayotgan qoidalarni isbotlashga nisbatan yengilroq talablar qo’yilishi, mushohadaga asoslangan ta’riflar berish, subyektiv baholash huquqi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Bunday tadqiqotlar bir qarashda uncha katta ahamiyatga ega emasdek bo’lib tuyulishi ham mumkin. Lekin amalda bunday emas.

Birinchidan, falsafiy tadqiqot oqilona bilishning fanda olingan natijalarni tekshirish (verifikasiya qilish) yoki rad etish (falsifikasiya qilish) imkoniyati yo’qligi tufayli lozim darajada samara bermagan yoki umuman ojiz bo’lib chiqqan sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona bilishning bundan boshqa usullariga ega emas.

Ikkinchidan, falsafiy refleksiya muammoni ko’rish ufqini kengaytiradi, uni tadqiq etishga nisbatan yangicha, o’ziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, shu jumladan fanga bunday yondashuvlarni ilgari surishga ko’maklashadi. Zero, aniq ta’riflar va ishonchli dalillarga tayanadigan fan o’z fikrlari va xulosalarida bunday erkinliklarga yo’l qo’ya olmaydi. Vaholanki, falsafiy tafakkur mulohaza yuritish va baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz o’zining betakrorligini yo’qotadi.

Hamonki plyuralizm falsafada me’yor hisoblanar, har bir alohida miyada esa monizmga, ya’ni qarashlarning tartibga solingan, yaxlit va nisbatan ziddiyatlardan xoli tizimiga kelish lozim ekan, falsafani qanday o’zlashtirish, undan qanday saboq berish mumkin?

Butun dunyoda aksariyat faylasuflarni birinchi navbatda ayni shu masala qiziqtiradi. Xususan Suqrot, Seneka va o’tmishning boshqa mutafakkirlari tajribasiga tayangan holda, hozirgi vaqtda o’quv jarayonida kamdan-kam holda hisobga olinadigan bir qarashda shak-shubhasiz va aniq-ravshan bo’lib tuyuluvchi fikrning mohiyati shunday: Falsafa faktlarni eslab qolishni o’rgatmasligi, balki mulohaza yuritish va savollarga javob berish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Falsafadan saboqlar inson har bir masala yuzasidan mutafakkirlar fikriga murojaat etmasdan, o’zi mustaqil o’ylashni va o’z aqliga quloq solishni o’rganishini nazarda tutmog’i darkor. Ayni shu sababli falsafaning vazifasi insonga muloqot qilishni o’rgatish, u o’z shaxsiyatining ahamiyatini ko’rsatishga emas, balki haqiqatning tagiga yetishga harakat qilishiga erishishdan iborat. Bu, o’z navbatida, barcha odamlar o’ziga atrofdagilar quloq solishiga loyiq ekanligini nazarda tutadi.

Bu juda topib aytilgan so’zlar falsafani fan sifatida o’rganish, uni bilimlar, tayyor qoidalar va ta’riflarning muayyan yig’indisi sifatida o’zlashtirish mumkin emas, degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Insonga ta’lim berishda paydeyya yo’lini tanlash – unga «nimani ko’rish lozimligi»ni emas, balki «qayerga va qanday qarash kerakligi»ni o’rgatish demakdir. O’z-o’zidan ravshanki, mazkur vazifani ijodiy yondashuvsiz, o’quvchi va o’qituvchining qiziquvchanligi va intiluvchanligisiz hal qilib bo’lmaydi, falsafa esa o’zining sof ko’rinishida yo’qoladi, «havoga sovuriladi», pirovardida kimdir bayon etadigan, kimdir «o’tishi», o’rganishi va qolaversa, imtihon topshirishi lozim bo’lgan «fan»gina qoladi. Boshqacha aytganda, falsafadan ta’lim berish va uni o’zlashtirish zamirida ham, albatta ijod yotishi lozim.


5- masala. Xozirgi davrda milliylik va umuminsoniylik.
1 Falsafada milliilik va umumiisoniilik. Chunonchi, hind va xitoy falsafasi, nemis falsafasi, ingliz falsafasi kabilar shular jumlasidandir. Mil-liy adabiyot, milliy madaniyat, san’at va hokazolar bo’lgani kabi milliy falsafaning ham bo’lishi tabiiy. Ammo bu falsafa mil-liy qobiqqa o’ralib qoladi, degani emas. U umuminsoniy fan si-fatida, bir tomondan, umumbashariy muammolarni qamrab olsa, ikkinchi tomondan, shu masalalar bilan shug’ullanayotgan aniq shaxs faylasuf mansub millatning muayyan manfaatlarini ham ifoda-laydi. Millat ozod bo’lsa, o’z turmush tarziga mos fikrlasa, olam-ni, uning muammolarini dunyoqarashiga xos holda idrok eta olsa, uning o’z falsafasi shakllanadi. Bunday falsafa xalq manfaatla-rini aqt-idrok, mafkura yo’li bilan himoya qilishga, uning ongi, dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Albatta, falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Ma’lumki, olam va odam muno-sabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o’tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog’liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiy. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o’z ifodasini topadi. Aslida, yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolar-ing barchasi avval boshda xususiy, milliy^mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo’ladi. O’z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg’uradi, ularni o’ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar, albatta, aks etadi. Bu esa, o’z navbatida, umuminsoniy fan bo’lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo’ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo’lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o’ralish, milliy mahdudlikdegani emas.

Lekin sizning xayolingizda beixtiyor "Milliy falsafa bo’li-shi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o’z mohiyati bilan umu-minsoniy fandir, degan ta’rif berildi-ku?"- degan savollar charx urishi mumkin. Bu — o’ziga xos milliy taraqqiyot yo’lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo’lgan savollar-dir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfa-atlarimiz nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, O’zbekistonda bu yo’nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz.

Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikr-lar mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo’lishi mumkin emas, bunday yondashuvning o’zi etnik maxdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsa-fa milliy g’oya va mafkurani shakllantirishning nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo’ladi, deya milliy falsa-fani yoqlab chiqadi.

Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud, degan fikrga o’rganib qolganmiz. Aslida, ularning bar-chasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Naza-rimizda, milliy falsafa millat mentalitetini belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizasiyaga uzviy qo’shilish ja-rayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo’ladi. Eng muhi-mi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish eva-ziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib bora-di.



Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ayrim milliy fal-safalarning umuminsoniy ma’naviyat xazinasiga munosib hissa bo’lib qo’shilganini ko’ramiz. Masalan, Rim imperiyasi zavolga yuz tutga-nidan keyin o’z milliy davlatchiligiga ega bo’lgan Yevropa mamla-katlarivd, o’rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish imkoni tug’ildi. (O’rta asr Yevropa madaniyatiga bag’ishlangan mavzuda bu haqda alohida fikr yuritamiz.) To’g’ri, ular umumevropa hududida, Qa-dimgi Yunoniston va Rim madaniyati negizida akllandi.Ularlavropa xalkdariga xos umumiy jihat va xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon, avvalo, Italiya va Angliyada, so’ngra Franpiyada yuz berdi. Bu falsafiy maktablarning F. Bekon va R. Dekart, B. Spinoza va J.J. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o’z mamlakatlari, balki Yevropa va jahon falsafasi tari-xida o’chmas nom qoldirdilar. Ular, avvalambor, o’z yurti, millati sha’nu sharafini yuksaklikka ko’tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg’or g’oyalarni o’rtaga tashlagan, davr taqozo etgan mafkura-ning shakllanishiga hissa qo’shgan.

Xuddi shunday, XVIII—XIX asrlarda milliylik va jahon falsafasining taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatgan hudud-Prussiya bo’ldi. Uzoq vaqt Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida bo’lgan bu o’lka mustaqillikka erishib, milliy davlatchiligini tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsafiy in’ikosi o’la-roq I. Kant, I. Gegel, Fixte, Shelling, Feyerbax kabi donish-mandlar tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Ke-yinchalik bu falsafa Nisshe, Freyd kabi ko’plab faylasuflar to-monidan rivojlantirildi. Ushbu falsafa maktabining atoqli namoyandasi hisoblangan Gegel ta’limoti esa, o’z davrida Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsa-ning o’tkinchi ekanligini nihryatda yaxshi biladigan, yangi zamon-ning Arastusi nomini olgan Gegel Pruss monarxiyasiningo’tkin-chi ekanligini bilmasmidi? Nimasababdan udialektikta’limot emas, balki monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemaning mu-kammalroqbo’lishi uchun ko’proq kuch sarfladi? degan savollar hali-gacha faylasuflarni o’ylantirib keladi.



Xo’sh, nima sababdan Gegel bu yo’ldan bordi? Chunki, Gegel o’z davrining, o’z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy davlati — Pruss monarxiyasi, davrining mahsuli, ushbu davr fal-safasining namoyandasi edi. U "Faylasuflar osmondan yomg’ir kabi yog’ilmaydilar yoki yomg’irdan keyingi qo’ziqorinlardek yerdan o’sib chiqmaydilar, balki ularni xalqyaratadi", deganida aynan ana shuni nazarda tutgan edi. Gegel o’z ijodi va faoliyati bilan Pruss mo-narxiyasi, garchand monarxiya shaklida bo’lsa-da, nemis davlati ekan-ligini o’z millatining ongi vadunyoqarashiningtarkibiy qismiga aylantirib keta olgan buyuk faylasuflardan biri edi/Uning "Akdga muvofiq narsalarning barchasi voqyedir, voqye bo’lgan narsalarning barchasi esa aqlga muvofiqdir", degan so’zlarini ham ana shu ma’-noda tushunish lozim. Gegelning bu masalada dialektik emas, balki metafizik usulga ko’proq e’tibor berganligining sababi ham ana shunda.

O’shadavrgacha, Rim imperiyasi qulaganidan keyin ko’proqtar-qoq hududlarga bo’linib, Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida yashab kelgan nemis millati uchun Pruss monarxiyasi milliy dav-lat edi. Uning shakli-shamoyili kelajakda o’zgarishi boshqa masala bo’lgani holda, bu davlatning Yevropada nemis milliy davlati tar-zida saqlanib qolishi uning millat falsafasiga aylanishi bilan bog’liq edi. Millat falsafasiga, uning dunyoqarashiga aylangan milliy davlatchilik g’oyasi hyech qachon so’nmaydi. Garchand yurtni yov-lar asrlar davomida bosib tursalarda, u qachondir baribir qad rost-laydi va millatning davlati tarzida yana qayta namoyon bo’ladi. Ge-gel o’z millatining falsafasi va dunyoqarashiga o’sha davlatning shakl-shamoyilini va mazmun-mohiyatini singdirib keta olgan fay-lasuf darajasiga ko’tarilgani uchun ham bu millat tarixida va u orqali, jahon falsafasi tarixida abadiy qoldi. Milliylik va umumevropa madaniyatidan bahra olgan bu falsafa haligacha o’z jo-zibasini yo’qotmaganligining sabablaridan biri ham ana shunda.

Shunga o’xshash vazifani, o’z davrida, millatimizning asl far-zandi Alisher Navoiy ham bajargan. U ozodlikka erishgan millat falsafasini adabiyot falsafasiga, mustaqil davlattilini adabiyot tiliga aylantira olgan, o’z xalqining bu sohadagi dahosi buyuk ekanligiga nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham ishontira olgan edi. Bugungi kunda Navoiy va uning zamoniga, o’sha davrga xos o’zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga qayta-qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. Zero, har bir xalq, avvalo, o’zining tarixidan bugungi kun uchun tashbexdar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos bo’ladigan ma’naviy tamoyil, an’ana va qadriyatlarga murojaat qiladi.

Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsa-fani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug’ ajdodlarimiz tamal toshini qo’ygan o’zbek milliy falsafasini rivojlantirishning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari mav-jud. Bu borada, avvalo, Prezident Islom Karimov asarlarida bu-gungi o’zbek falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari ochib berila-yotganini alohida ta’kidlash lozim. Prezidentimiz falsafa oldi-dagi dolzarb muammolarning mohiyati, ularni hal qilish yo’llariga alohida e’tibor bermoqda.

Shu bilan birga, bugungi o’zbek falsafasining rivojini ta’-minlashda quyidagi jihatlar alohida o’rin tutadi:


  • xalqimizning o’z milliy an’analariga sodiqpigi;

  • mamlakatimizningbuyuk kelajagiga ishonchi;

  • muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;

  • mehnatsevarligi. intellektual salohiyati va boshqalar.

O’zbekiston falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalari-i amalga oshirish quyidagi masalalarning yechimini topishga bog’-liq:

  • birinchidan, bugungi kun talablari mustamlakachilik sharoi-|ida soxtalashtirilgan falsafiy g’oyalar, qarashlar tarixini «aqqoniy yoritish, xolis ko’rsatib berishni taqozo qiladi. Lekin, afsuski, o’z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo’q qilinga-K yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;

  • ikkinchidan, ko’plab manbalar ingliz, arab yoki fors tilla-rida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malaka-li tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bah-ramand bo’lish va ulardan ijodiy foydalanishga to’siq bo’lmoqda;

  • uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g’oyala-rini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo’shliqni yangi g’oyalar bilan to’ldirish, milliy istiqlol g’oyasini kishilar qalbiga singdirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.

Xullas, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng falsafa-ni rivojlantirish g’oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Busiz millat-ning haqiqiy farzandi bo’lgan, uning kamolini o’ylaydigan china-kam ozod, hur fikrli, barkamol insonni tarbiyalab bo’lmaydi. Shu sababli biz o’rganadigan falsafa umumbashariy muammolar bilan birga, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, huquqiy demo-kratik jamiyat barpo etish jarayonidagi ma’naviyatningtarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy tamoyillarini aks ettirmog’i lozim.

Ushbu vazifani amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug’ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas’uliyat yuklamokda. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuq-tai nazaridan o’zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko’rsatadi.

ing barchasi avval boshda xususiy, milliy^mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo’ladi. O’z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg’uradi, ularni o’ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar, albatta, aks etadi. Bu esa, o’z navbatida, umuminsoniy fan bo’lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo’ladi. Umuminsoniylik — vatansizlik (kosmopolitizm) bo’lmagani singari, milliylik ham — milliy qobiqqa o’ralish, milliy mahdudlikdegani emas.

Lekin sizning xayolingizda beixtiyor "Milliy falsafa bo’li-shi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o’z mohiyati bilan umu-minsoniy fandir, degan ta’rif berildi-ku?"- degan savollar charx urishi mumkin. Bu — o’ziga xos milliy taraqqiyot yo’lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo’lgan savollar-dir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfa-atlarimiz nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, O’zbekistonda bu yo’nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz.

Falsafiy adabiyotlarda milliy falsafa mavzuida turlicha fikr-lar mavjud. Ayrim faylasuflar, aslida milliy falsafa bo’lishi mumkin emas, bunday yondashuvning o’zi etnik maxdudlikka olib keladi, deb hisoblaydi. Boshqalari esa, modomiki, milliy falsa-fa milliy g’oya va mafkurani shakllantirishning nazariy asosi ekan, har qanday umumiy qonuniyatlar muayyan ijtimoiy makon va tarixiy zamonda xususiy holda namoyon bo’ladi, deya milliy falsa-fani yoqlab chiqadi.

Biz millat bor ekan, milliy madaniyat, til va adabiyot ham mavjud, degan fikrga o’rganib qolganmiz. Aslida, ularning bar-chasi nafaqat bir millatga, balki butun insoniyatga xos-ku! Naza-rimizda, milliy falsafa millat mentalitetini belgilaydigan muhim omildir. Umumbashariy sivilizasiyaga uzviy qo’shilish ja-rayoni milliy falsafani yaratish orqali sodir bo’ladi. Eng muhi-mi — falsafadagi milliylik umuminsoniylikni rad qilish eva-ziga emas, balki uni ijodiy boyitish orqali rivojlanib bora-di.



Falsafa tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ayrim milliy fal-safalarning umuminsoniy ma’naviyat xazinasiga munosib hissa bo’lib qo’shilganini ko’ramiz. Masalan, Rim imperiyasi zavolga yuz tutga-nidan keyin o’z milliy davlatchiligiga ega bo’lgan Yevropa mamla-katlarivd, o’rta asrlarga kelib, milliy falsafa yaratish imkoni tug’ildi. (O’rta asr Yevropa madaniyatiga bag’ishlangan mavzuda bu haqda alohida fikr yuritamiz.) To’g’ri, ular umumevropa hududida, Qa-dimgi Yunoniston va Rim madaniyati negizida shakllandi. UlarlaYevropa xalkdariga xos umumiy jihat va xususiyatlar, umumetnik mentalitet aks etgan edi. Bu jarayon, avvalo, Italiya va Angliyada, so’ngra Franpiyada yuz berdi. Bu falsafiy maktablarning F. Bekon va R. Dekart, B. Spinoza va J.J. Russo kabi atoqli namoyandalari nafaqat o’z mamlakatlari, balki Yevropa va jahon falsafasi tari-xida o’chmas nom qoldirdilar. Ular, avvalambor, o’z yurti, millati sha’nu sharafini yuksaklikka ko’tarish, taraqqiyotga olib chiqish uchun ilg’or g’oyalarni o’rtaga tashlagan, davr taqozo etgan mafkura-ning shakllanishiga hissa qo’shgan.

Xuddi shunday, XVIII—XIX asrlarda milliylik va jahon fal-safasining taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir ko’rsatgan hudud-Prussiya bo’ldi. Uzoq vaqt Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida bo’lgan bu o’lka mustaqillikka erishib, milliy davlatchiligini tiklaganidan keyin, milliy ozodlikning falsafiy in’ikosi o’la-roq I. Kant, I. Gegel, Fixte, Shelling, Feyerbax kabi donish-mandlar tomonidan asoslangan nemis falsafasi shakllandi. Ke-yinchalik bu falsafa Nisshe, Freyd kabi ko’plab faylasuflar to-monidan rivojlantirildi. Ushbu falsafa maktabining atoqli namoyandasi hisoblangan Gegel ta’limoti esa, o’z davrida Pruss monarxiyasining davlat mafkurasi maqomini oldi. Hamma narsa-ning o’tkinchi ekanligini nihryatda yaxshi biladigan, yangi zamon-ning Arastusi nomini olgan Gegel Pruss monarxiyasiningo’tkin-chi ekanligini bilmasmidi? Nimasababdan udialektikta’limot emas, balki monarxiyaga xizmat qilgan falsafiy sistemaning mu-kammalroqbo’lishi uchun ko’proq kuch sarfladi? degan savollar hali-gacha faylasuflarni o’ylantirib keladi.



Xo’sh, nima sababdan Gegel bu yo’ldan bordi? Chunki, Gegel o’z davrining, o’z xalqining farzandi edi. U mustaqil nemis milliy davlati — Pruss monarxiyasi, davrining mahsuli, ushbu davr fal-safasining namoyandasi edi. U "Faylasuflar osmondan yomg’ir kabi yog’ilmaydilar yoki yomg’irdan keyingi qo’ziqorinlardek yerdan o’sib chiqmaydilar, balki ularni xalqyaratadi", deganida aynan ana shuni nazarda tutgan edi. Gegel o’z ijodi va faoliyati bilan Pruss mo-narxiyasi, garchand monarxiya shaklida bo’lsa-da, nemis davlati ekan-ligini o’z millatining ongi vadunyoqarashiningtarkibiy qismiga aylantirib keta olgan buyuk faylasuflardan biri edi/Uning "Akdga muvofiq narsalarning barchasi voqyedir, voqye bo’lgan narsalarning barchasi esa aqlga muvofiqdir", degan so’zlarini ham ana shu ma’-noda tushunish lozim. Gegelning bu masalada dialektik emas, balki metafizik usulga ko’proq e’tibor berganligining sababi ham ana shunda.

O’shadavrgacha, Rim imperiyasi qulaganidan keyin ko’proqtar-qoq hududlarga bo’linib, Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibida yashab kelgan nemis millati uchun Pruss monarxiyasi milliy dav-lat edi. Uning shakli-shamoyili kelajakda o’zgarishi boshqa masala bo’lgani holda, bu davlatning Yevropada nemis milliy davlati tar-zida saqlanib qolishi uning millat falsafasiga aylanishi bilan bog’liq edi. Millat falsafasiga, uning dunyoqarashiga aylangan milliy davlatchilik g’oyasi hyech qachon so’nmaydi. Garchand yurtni yov-lar asrlar davomida bosib tursalarda, u qachondir baribir qad rost-laydi va millatning davlati tarzida yana qayta namoyon bo’ladi. Ge-gel o’z millatining falsafasi va dunyoqarashiga o’sha davlatning shakl-shamoyilini va mazmun-mohiyatini singdirib keta olgan fay-lasuf darajasiga ko’tarilgani uchun ham bu millat tarixida va u orqali, jahon falsafasi tarixida abadiy qoldi. Milliylik va umumevropa madaniyatidan bahra olgan bu falsafa haligacha o’z jo-zibasini yo’qotmaganligining sabablaridan biri ham ana shunda.

Shunga o’xshash vazifani, o’z davrida, millatimizning asl far-zandi Alisher Navoiy ham bajargan. U ozodlikka erishgan millat falsafasini adabiyot falsafasiga, mustaqil davlattilini adabiyot tiliga aylantira olgan, o’z xalqining bu sohadagi dahosi buyuk ekanligiga nafaqat zamondoshlari, balki kelajak avlodlarni ham ishontira olgan edi. Bugungi kunda Navoiy va uning zamoniga, o’sha davrga xos o’zgarishlarning boshida turgan Amir Temur faoliyatiga qayta-qayta murojaat etilishining sabablaridan biri ham ana shunda. Zero, har bir xalq, avvalo, o’zining tarixidan bugungi kun uchun tashbexdar izlaydi va ijtimoiy taraqqiyoti uchun asos bo’ladigan ma’naviy tamoyil, an’ana va qadriyatlarga murojaat qiladi.

Vatanimiz mustaqillikka erishganidan keyin milliy falsa-fani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochildi. Bugun ulug’ ajdodlarimiz tamal toshini qo’ygan o’zbek milliy falsafasini rivojlantirishning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari mav-jud. Bu borada, avvalo, Prezident Islom Karimov asarlarida bu-gungi o’zbek falsafasining taraqqiyot qonuniyatlari ochib berila-yotganini alohida ta’kidlash lozim. Prezidentimiz falsafa oldi-dagi dolzarb muammolarning mohiyati, ularni hal qilish yo’llariga alohida e’tibor bermoqda.

Shu bilan birga, bugungi o’zbek falsafasining rivojini ta’-minlashda quyidagi jihatlar alohida o’rin tutadi:


  • xalqimizning o’z milliy an’analariga sodiqpigi;

  • mamlakatimizningbuyuk kelajagiga ishonchi;

  • muqaddas qadriyatlarimizga ishonch-e’tiqodi;

  • mehnatsevarligi. intellektual salohiyati va boshqalar. O’zbekiston falsafasini yanada taraqqiy ettirish vazifalari-

ni amalga oshirish quyidagi masalalarning yechimini topishga bog’-liq:

  • birinchidan, bugungi kun talablari mustamlakachilik sharoi-|ida soxtalashtirilgan falsafiy g’oyalar, qarashlar tarixini «aqqoniy yoritish, xolis ko’rsatib berishni taqozo qiladi. Lekin, afsuski, o’z davrida qimmatli tarixiy manbalarning yo’q qilinga-K yoki ayovsiz talon-taroj etilgani bu ishni qiyinlashtirmoqda;

  • ikkinchidan, ko’plab manbalar ingliz, arab yoki fors tilla-rida ekanligi, ularni biladigan faylasuf olimlarning, malaka-li tarjimonlarning kamligi umuminsoniy ma’naviy merosdan bah-ramand bo’lish va ulardan ijodiy foydalanishga to’siq bo’lmoqda;

  • uchinchidan, odamlar ongidan mustabid tuzumning soxta g’oyala-rini, ular qoldirgan asoratlarni siqib chiqarish, mafkuraviy bo’shliqni yangi g’oyalar bilan to’ldirish, milliy istiqlol g’oyasini kishilar qalbiga singdirish muayyan vaqtni taqozo qiladi.

Xullas, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so’ng falsafa-ni rivojlantirish g’oyat muhim ahamiyat kasb etdi. Busiz millat-ning haqiqiy farzandi bo’lgan, uning kamolini o’ylaydigan china-kam ozod, hur fikrli, barkamol insonni tarbiyalab bo’lmaydi. Shu sababli biz o’rganadigan falsafa umumbashariy muammolar bilan birga, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, huquqiy demo-kratik jamiyat barpo etish jarayonidagi ma’naviyatningtarkibiy qismi bo’lib, uning asosiy tamoyillarini aks ettirmog’i lozim.

Ushbu vazifani amalga oshirish bugungi falsafa masalalari bilan shug’ullanuvchi olim va tadqiqotchilar zimmasiga nihoyatda katta mas’uliyat yuklamokda. Bunda, eng avvalo, mazkur sohaga aloqador har bir yurtdoshimiz dunyoqarashining milliy manfaatlarimiz nuq-tai nazaridan o’zgarishi nihoyatda muhimdir. Mamlakatimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etilayotgan hozirgi davrda bu jarayonning qanday borishi yangi falsafiy ongning shakllanishiga muayyan darajada ta’sir ko’rsatadi.


Download 258.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling