1-Mavzu: Fanga kirish Reja


Download 52.61 Kb.
bet1/10
Sana05.01.2022
Hajmi52.61 Kb.
#230392
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-MAVZU. FANGA KIRISH.


1-Maʻruza matni

1-Mavzu: Fanga kirish



1-Mavzu: Fanga kirish

Reja:

1. Fanning ahamiyati va maqsadi, g`oyalar kuchi

2. G‘oyalar ta’limoti tarixi.

3. Iqtisodiy g‘oyalar tarixi.

 

1.1.                 Fanning ahamiyati va maqsadi, g`oyalar kuchi

Bozor munosabatlarini rivojlantirish jarayonida iqtisodiy ta’limotlar tarixi fani insonlami iqtisodiy bilim saviyasini oshirish, iqtisodiy fikr, g‘oya, nazariyalaming kelib chiqish tarixini, ulaming mohiyatini, iqtisodiy maktablar, hozirgi zamon iqtisodiy yo‘nalishlari, ulaming asosiy qoidalarini yaxshi bilish, har bir nazariyaning o‘ziga xosligini, uning asosiy tomonlarini, nazariya bilan amaliyotni bir-biriga bog‘lab o‘rganish zarurligini, har . qanday iqtisodiy xulosa universal bo‘lmasligini, shu bois ulaming amal qilish xususiyatlarini to‘g‘ri tushinish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi davrda odamlar iqtisodiyot to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq bilishga intilmoqdalar. Xo‘sh, ummon kabi keng iqtisodiyot fanini o‘rganishni nimadan boshlamoq kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Iste’molchilar xohishlari odatda chegaralanmagan va cheksizdir, ammo resurslar (odatda yer, mehnat, kapital va tadbirkorlik layoqati) cheklangandir. Tanqislik muammosini hal qilish uchun cheklangan iqtisodiy resurslami cheklanmagan muqobil variantlar (hohish istaklar) o‘rtasida adolatli taqsimlaydigan ijtimoiy mexanizm zarur. Bunday taqsimot bir tarafdan iste’molchi istaklarini kamaytirishi va cheklashi, ikkinchi tomondan esa iqtisodiy resurslar va ne'matlami yetkazib berishni ko‘paytirishi kerak. Shifokor davolanuvchini tuzatishni uning kasallik tarixidan boshlagani kabi ushbu fanni o‘rganishni ham uning tarixini o‘rganishdan boshlash zarur. Albatta, bugungi va ertangi kun muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan asr iqtisodchilaridan barcha savollarga tayyor javob topish qiyinligi aniq, ammo o‘tgan donishmandlaming fikr-mulohazalari hozirgi va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun yaxshi imkoniyat beradi. Aniqrog‘i velosipedni qayta kashf qilishga hojat qolmaydi, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.

Iqtisodiyot insonning tarixi kabi qadimiydir. Iqtisodiyotga oid fikr, g‘oya, qarash, nazariya va ta’limotlar ham ko‘p ming yillik tarixga ega. Lekin ulaming asosiy qismi yozuv paydo bo‘lganidan so‘ng yozma manbalardan bizgacha yetib kelgan. Bu manbalar, ulardagi g‘oyalar, awalo, insoniyatning muqaddas mulkidir, uni topish, o‘rganish va kelajak uchun saqlash savobli bo‘lsa, ulardagi nodir fikrlami hayotga tatbiq etish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etishi bilan birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega.

Iqtisodiyot baynalmilal hodisa bo‘lib, uning oldida turgan vazifalar barcha xalqlar uchun bir xil, ammo ular rivojlanish davomida turlicha natijalarga erishganlar. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanida ayrim olimlar, davlat arboblari tomonidan ilgari surilgan g‘oya, qarash, nazariya, qonun, ta'limot, konsepsiyalar insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlaridagi ijtimoiy qatlamlar, sinflar va boshqa guruhlaming manfaatlari nuqtayi nazaridan tarixiy rivojlanishi tadqiq etiladi.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» fanini o‘rganish manbalari turli-tuman bo‘lib, qadimgi arxeologik topilmalar, moddiy ne’matlar, qoya va bino devorlaridagi rasmlar, chizmalar va xalq og‘zaki ijodi namunalari muhim ahamiyatga ega. Ammo bu fanning eng muhim manbalari bo‘lib, qoiyozmalar, davlat arboblari, olim, donishmand, mutafakkirlaming yozib qoldirgan kitoblari hal qiluvchi o‘rinni egallaydi. Jahon iqtisodiy tafakkurida qadimgi qoiyozmalar o‘ta ahamiyatlidir. Masalan, 0‘zbekiston fanlar akademiyasi sharqshunoslik institutida arab, fors, qadimgi turk tillarida yozilgan yigirma besh mingdan ortiq qoiyozmalar mavjud. Lekin bu qoiyozmalami o‘rganishda maium obyektiv va subyektiv kamchiliklar mavjud. Xuddi sutning qaymog‘ini olish oson bo‘Iganidek, bu qo‘lyozmalardagi entsiklopedik g‘oyalardan muhimlarigina o‘rganilgan,iqtisodiyot tafakkuri bilan bog‘liq bo'lgan materiallar hali o‘z tadqiqotchilarini kutib turibdi.

Bu fanning maqsadi awalgi ortodoksal g‘oyalar zamonaviy iqtisodiy nazariyaning mazmuni va predmetiga qo‘shgan hissalarini va shu bilan birga ortodoksal bo‘lmagan boshqa g‘oyalaming zamonaviy iqtisodiy ta'limotlaming shakllanishidagi ahamiyatini ko‘rsatgan holda iqtisodiy nazariyaning asrlar davomida shakllanishini tasvirlab berishdan iborat.

Bundan tashqari kitobda alohida olingan g‘oya va fikrlaming iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishidagi ahamiyati va o‘z o‘mida nazariyaning ijtimoiy-iqtisodiy siyosat shakllanishidagi ahamiyati tushuntirilgan. Tabiyiki, bu iqtisodiy ta'limotlar kishilaming dunyoqarashi va rasmiy nazariyalaridan tashkil topgan. Iqtisodiy dunyoqarash shaxsning dunyodagi voqeliklami o‘z ongida aks ettirishidir.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi fanini o‘rganishning asosiy sabablaridan biri yaxshi iqtisodchi bo‘lishdir. 0‘tmishning va hoziming eng muhim iqtisodchilari o‘z fanlari nazariyasi tarixi bilan yaqindan tanish bo‘lganlar. Iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘qish nazariy va mantiqiy qobilyatlami oshiradi, farazlami xulosaga bogTashga imkon beradi, o‘z fikridan farqli boTgan tizimli mantiq asosida ishlashni o‘rgatadi.

0‘tmish g‘oyalarini o‘rganishning yana bir sababi yangi g‘oyalami shakllantirishdir. Oldingi iqtisodiy nazariyalami o‘rganish ko‘pincha yangi g‘oyalami yaratishga undaydi. Ba’zan nazariyalar o‘tmishda yo‘qolib ketadi va kelajakka yetib bormaydi yoki ular maTum vaziyatlargagina bogTiq boTib qolishadi. 1815-yillarda renta va unumdorlikning pasayib borishi tushunchalarining rivojlantirilishi bunga yaxshi misol boTadi. Ya’ni renta va unumdorlikning pasayib borishi tushunchalari 1890-yillargacha ishlab chiqarish omillariga tatbiq etilmaguncha faqatgina yerga nisbatan ishlatilgan. Shunday qilib, zamonaviy ortodoksal iqtisodning yuzaga kelishini o‘rganish orqali ortodoksal g‘oyalardan farqli bo‘lgan, lekin hozirgi kun iqtisodiy nazariyalar mazmunining shakllanishiga yordam bergan g‘oyalami esdan chiqarmagan holda iqtisodiy ta’limotlar tarixini o‘rganishimiz lozim. Iqtisodiy nazariyalaming ko‘lami va mazmuniga qo‘shimcha ravishda o‘sha davrdagi iqtisodiy vaziyat o‘rtasidagi bog‘liqlikka ham e’tibor qaratishimiz zarur. Nazariyalardan kelib chiquvchi umumiy xulosalar hamda alohida olingan g‘oyalaming rivojlanishi orqali uning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni shakllantirishdagi ahamiyatini ko‘rsatib o‘tishimiz lozim[1].

“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani iqtisodiy fanlar tizimida alohida o‘rin tutadi. U mustaqil fan sifatida iqtisodchi mutaxassislami tayyorlashda, ulaming iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol o‘ynaydi.

“Iqtisodiy ta'limotlar tarixi” fani barcha ijtimoiy fanlar, ayniqsa “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Siyosatshunoslik” fanlari bilan bevosita uzviylikda o‘rganiladi.

“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani ayniqsa, “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bilan chambarchas bog‘liq.

“Iqtisodiyot nazariyasi”da asosan, eng muhim iqtisodiy kategoriyalaming so‘nggi davr uchun tahlili beriladi. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fani esa kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida ilgari surilgan iqtisodiy qarash, g‘oya, nazariya va ta’limotlami, ulaming o‘ziga xos xususiyatlarini hamda umumiy tomonlarini tarixiy nuqtayi nazardan tadqiq etiladi.

Iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanini o‘rganish orqali insonning ilmiy dunyoqarashi o‘zgaradi, uning intellektual rivojlanishini rag‘batlantiradi va eng qiziqarli mashg‘ulotiga aylanadi. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi asrlardan beri har bir davlatning iqtisodiy siyosatini asoslab kelgan, uning muvaffaqiyatli rivojlanishiga sabab bo‘lgan.

“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanining o‘rganish predmeti - iqtisodiy jarayonlarga bo‘lgan iqtisodiy qarashlar evolyutsiyasi, iqtisodiy g‘oya va nazariyalaming shakllanish, rivojlanish qonuniyatlari va ulaming almashinuvining tarixiy jarayoni hisoblanadi.

Iqtisodiy ta’limotlaming vujudga kelishi va rivojlanishi tahlili yozuv ixtiro qilingan quldorlik davrdan boshlab ijtimoiy taraqqiyotning barcha tarixiy jarayonlarini hamda barcha tarixiy davrlami o‘z ichiga oladi.

Iqtisodiy ta’limotlar bilan jamiyat iqtisodiyoti bevosita bog‘liq. Jamiyatning rivojlanishida uning ahamiyati beqiyosdir. Iqtisodiy ta’limotlar iqtisodiy jarayonlami to‘g‘ri aks ettirish, ularga faol ta'sir ko‘rsatish orqali ijtimoiy taraqqiyotning tezlashishiga ta'sir ko‘rsatadi. Hammaga ma’lumki, ko‘pchilik konsepsiyalar (masalan, yangi klassik yoki keynschilik) davlatlaming iqtisodiy dasturlari asosi hisoblanib kelindi.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixiy rivojlanish jarayoniga muvofiq tarzda o‘rganiladi. Shu bilan birga bir narsani qayd qilib o‘tish kerakki, iqtisodiy ta’limotlar tarixi zamonaviylikka yo‘naltirilgan. Bu ko‘rib chiqilayotgan muammolaming hozirgi kundagi dolzarbligi bilan ifodalanadi. 0‘tgan davr iqtisodiy ta'limotlari tahlili ehtiyojlami to‘la qondira olmaydi, qolaversa, bunday tahlillar faqat tarixiy jarayonlami o‘rganish uchim amalga oshirilmaydi. Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan davr iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o‘tgan donishmandlaming fikr-mulohazalari hozirda va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish va yangi g‘oyalami yaratish uchun imkon beradi. Zero, tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir. Tarixiy o‘tmishni bilish hozirgi davr ibtidosini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanini o'rgangach, iqtisodchi mutaxassislar eng awalo, jahon iqtisodiyoti va milliy iqtisodiyot rivojlanishining obyektiv qonunlari mohiyatini ochib berish, muqobil xo‘jalik qarorlarini asoslab berish va keyinchalik ulami amalga oshirishda ijobiy yondashish uchun zarur bo‘lgan o‘zlarining tadqiqot mahoratlarini oshiradilar.

       Demak, iqtisodchi mutaxassislami tayyorlashda zamin bo‘lgan fanlaming biri sifatida iqtisodiy ta`limotlar tarixini o‘rganish bir tomondan, ularda umuminsoniy va kasb madaniyatini shakllantirish maqsadida zamin bo`lsa, ikkinchi tomondan, turli davrlardagi nazariy maktab, oqim va iqtisodiy yo‘nalish vakillarining nazariy meroslarini yaqin zamondagi tariximizga xos boigan noto‘g‘ri talqin qilishdan xoli bo‘lishda ijtimoiy va siyosiy bilimlar bilan birga yana tarixiy iqtisodiy bilimlami egallash uchun ham zarurdir.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi quyidagi bir qator progressiv uslublarga asoslanadi:

>         har qanday tadqiqotning asosiy uslubi sifatidagi dialektika, induksiya va deduksiya, analiz va sintez;

>         o ‘tmishdagi iqtisodiy qarashlami o ‘rganishda abstrakt va konkretlikni ajratish;

>         nazariya va amaliyot o ‘rtasidagi o ‘zaro bog ‘liqlikning tahlili, iqtisodiy ta 'limotlardagi umumiylik, yagona va alohidalikni aniqlash.



Robbins

Lionel Charlz Robbins, Baron Robbins; 1898 yil 22-noyabr, Midlseks - 1984 yil 15-may, London - ingliz iqtisodchisi.

Robbins Alfred Marshall asos solgan yo'nalishni tanqid qildi, avstriyalik maktab g'oyalariga binoan anglo-sakson iqtisodiy nazariyasini rivojlantirishni qo'llab-quvvatladi. Uning iqtisodiy fanga bergan ta'rifi ham ma'lum:

Iqtisodiyot - bu odamlarning xatti-harakatlarini maqsadlar va muqobil qo'llanmalarga ega bo'lgan cheklangan vositalar o'rtasidagi munosabatlar sifatida o'rganadigan fan .

Buyuk Britaniyadagi universitet ta'limi tizimidagi xizmatlari uchun (Robbins hisoboti) unga 1959 yilda hayot tengdoshi unvoni berilgan.

 


Download 52.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling