1-mavzu. Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli reja


Download 44.79 Kb.
Sana15.04.2020
Hajmi44.79 Kb.

1-MAVZU. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING ROLI

Reja

  1. Xorijiy investitsiyalarning mazmuni va mohiyati

  2. Xorijiy investitsiyalami O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi.

  3. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalami jalb qilish turlari va shakllari.

  4. To’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalari iqtisodiyotni modemizatsiyalash garovi.

Bir davlatdan boshqa davlatga daromad olish uchun yunaltirilgan har qanday shakldagi mulkni tо‘la qonli xorijiy investitsiya deyishimiz mumkin. Ammo shunday mulk shakllari borki, biz ularni xorijiy investitsiya deya olmaymiz. Masalan, elchixona chet davlat mulki xisoblanadi, yoki xorijiy fuqaro shaxsiy uy sotib olsa bu xorijiy shaxs mulki xisoblanadi, lekin xorijiy investitsiya bо‘la olmaydi.

Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir.

«Chet el investitsiyalari» tug‘risidagi О‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan Qonunining 3- moddasida «Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qо‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir xuquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir xuquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad О‘zbekiston respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi».1 Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta’rifi F. Xeniusning 1947 yil AQShda chop etilgan tashqi savdo lug‘atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «Xorijiy investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport kilingan investitsiyalar»2.

Bizningcha chet el investitsiyalari – chet mamlakatlarining milliy iqtisodiyotga moddiy, moliyaviy va nomoddiy kо‘rinishidagi muddatli qо‘yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: qо‘shma korxonalarni tashkil qilishda о‘z ulushi bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga tо‘la tegishli bо‘lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.

Xorijiy investitsiyalar ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi.


1.1-jadval
О‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan shug‘ullanadigan rasmiy muassasalar




Rasmiy muassasa nomi

Muassasaning chet el investitsiyalarini tartibga solish va jalb etish bilan bog‘liq faoliyat doirasi



Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti

Quyidagi joriy jarayonlarni muvofiqlashtiradi:

-investitsiya faoliyatini, birinchi navbatda chet el investitsiyalari bilan amalga oshiriladigan loyihalarni davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha zarur hukumat qarorlarini ishlab chiqish;

-davlat boshqaruvi idoralari, vazirliklar va idoralar ishini tashkil etish.



Tashqi Iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi

-Mamlakat va xorij investorlarining investitsiya takliflari tо‘g‘risida ma’lumotlar bankini shakllantirish;

-investitsiya muhitini о‘rganish;

-xorijiy investorlarga axborot va boshqa xizmatlar kо‘rsatish;

-investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mamlakat va xorij investorlariga yordam kо‘rsatish;

-chet el kapitali ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining bajarilishini kuzatish (monitoring);

-korxonalarni tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tarzida rо‘yxatga olish va xorijiy kompaniyalar vakolatxonalarini akkreditatsiyalash



Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qо‘mitasi

Davlatga tegishli mulkni xususiylashtirish va tasarruf etish jarayonlarida chet el investitsiyalarini tartibga solish.



Moliya vazirligi

Qarz siyosati va hukumat kafolatlarini berish.



Adliya vazirligi

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni rо‘yxatga olish.



Tashqi ishlar vazirligi

Xorijiy investorlarga va О‘zbekistonda ishlayotgan xorijiy fuqarolarga vizalar berish.



Ichki ishlar vazirligi

Xorijiy investorlarni va О‘zbekistonda ishlayotgan xorijiy fuqarolarni turar joyi bо‘yicha rо‘yxatga olish.



Davlat soliq qо‘mitasi

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish va ularning bojxona bilan bog‘liq faoliyatini tartibga solish.



Markaziy bank

Konvertatsiya tartib-qoidalarini, shuningdek, uning о‘tkazilishini, valyuta mablag‘laridan foydalanishni tartibga solish, qarz siyosati.



Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki

Tashqi iqtisodiy faoliyatga bank xizmati kо‘rsatish va loyihani moliyalashni amalga oshirish.



«О‘zbekinvest» davlat sug‘urta kompaniyasi va «О‘zbekinvest-interneshnl» qо‘shma korxonasi

Chet el investitsiyalarini investitsiya tavakkalchiligidan va xavf-xatarlardan sug‘urtalash.



«О‘zbekinvestloyiha» milliy injiniring kompaniyasi

Dastlabki texnik-iqtisodiy asosnomani va investitsiya loyihalari texnik-iqtisodiy asosnomalarini tayyorlash.



Davlat mulki qо‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi

Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohalarida davlat siyosatini amalga oshirish. Mamlakat va xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish orqali majmua investitsiyalarini amalga oshirish.

Davlat xorijiy investitsiyalarni tartibga solishning quyidagi usullaridan foydalanadi:

1) moliyaviy: jadallashtirilgan amortizatsiya; soliq imtiyozlari; subsidiyalar, qarzlar berish; kreditlarni sug‘urtalash va kafolatlash;

2) nomoliyaviy: yer uchastkalari ajratish; zaruriy infrastruktura bilan ta’minlash; texnik yordam kо‘rsatish.

Xorijiy investitsiyalar qо‘shma korxonalar tashkil etish, xorijiy investorlarga tо‘liq tegishli bо‘lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda katnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaxo qog‘ozlarni sotib olishi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish xuquqiga ega bо‘lishda, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishda juda katta va muhim ahamiyatga egadir.

1) iqtisodiy omillar:

-ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy о‘sish sur’atlarining bir maromda ushlab turilishi;

-jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotidagii chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar bozori taraqqiyoti ta’siri ostida olib borilishi);

-ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi;

-jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini о‘sib borishi (AQSH transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining maxsulot ishlab chiqarish xajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);

-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi;



-xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanishi va boshqalar.
1.1-chizma
Xorijiy investitsiyaga ta’sir etuvchi omillar


2) siyosiy omillar:

-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX), offshor hududlari va boshqalar);

-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;

-iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qо‘llab-quvvatlash);

-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.

Investitsiyalar zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan kurollanish, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositadir. Aynan xorijiy investitsiyalar orqali milliy iqtisodiyot jonlanib, ishlab chiqarish zamonaviy, raqobatdoshlar tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib boradi. Bu esa о‘z navbatida yangi ish о‘rinlarining tashkil etilishi va mamlakatdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning hal bо‘lishiga olib keladi.



2. О‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning о‘rni va roli

О‘zbekiston ulkan xorijiy investitsiyalar yunaltirilayotgan mamlakatlar guruhiga kirish uchun barcha shart-sharoitlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun bir qator afzalliklarga ega. О‘zbekiston jahon hamjamiyati oldida о‘zining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, dunyo xaritasida geografik joylashishi, tabiiy resurslarining tarkibi va zahirasi, hukumat olib borayotgan iqtisodiy siyosat va boshkalar bilan muhim rol uynaydi.



Mamlakatimizda tarkibiy о‘zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bо‘lib kelmoqda. Investitsiya muhiti – bu mamlakatdagi investitsiya jarayonlariga ta’sir kо‘rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, meyoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui. Investitsiya muhiti eng avvalo quyidagi iqtisodiy omillar orqali belgilanadi: tabiiy shart-sharoitlar, shu jumladan foydali qazilmalar zaxiralari, ishchi kuchi malakasi va о‘rtacha ish haqi darajasi, iqtisodiy konyunktura holati, ichki bozor sig‘imi hamda tovarlarni tashqi bozorda sotish imkoniyatlari, kredit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning belgilanganligi va h.k. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon qulay investitsiya muhitini yaratish davlatimiz iqtisodiy siyosatining markaziy masalalaridan biri bо‘lib kelmoqda.
1.2-jadval

A va V investitsion loyihalar uchun ma’lumotlar

Ma’lumotlar

A loyiha

B loyiha

Dastlabki investitsion xarajatlar (€)

240,000

600,000

Iqtisodiy hayot (yillar)

6

6

Likvidatsion qiymat (€)

0

60,000

Quvvat (bir yilga tо‘g‘ri keladigan qismlar)

8,000

10,000

Ish haqlari (€ bir yilga)

50,000

50,000

Boshqa о‘zgarmas qiymatlar (€ bir yilga)

40,000

160,000

Ish haqlari (€ bir yilga)

220,000

80,000

Materiallarning qiymatlari (€ bir yilga)

400,000

450,000

Boshqa о‘zgaruvchi qiymatlar (€ bir yilga)

30,000

30,000

Foiz stavkasi (% bir yilga)

8

8

Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur о‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli tо‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi3.

Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsion faoliyatini yanada jonlantirish, xorijiy investitsiyalarni, avvalo tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish va ulardan samarali foydalanish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish, yangi ish о‘rinlarini shakllantirish va shu asosda milliy iqtisodiyotimizni barqaror va jadal rivojlantirishni ta’minlash maqsadida respublika byudjetidan katta miqdorda mablag‘lar ajratilmoqda.

Respublikamizda investitsiyalarni moliyalashtirishning bozor mexanizmlari joriy etilishi bilan ularni moliyalashtirish manbalari hajmi yildan-yilga о‘zgarmoqda. Sо‘nggi olti yilda investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarida davlat byudjetining salmog‘i boshqa bozor iqtisodiyotiga xos bо‘lgan moliyalashtirish manbalarini oshishi evaziga kamayib borgan.

Rivojlangan davlatlarda investitsiyalarni moliyalashtirishda aholi qо‘yilmalarining salmog‘i ancha yuqori. Masalan, Yaponiyada aholi qо‘yilmalari bank tizimining umumiy resurslarida 70 foizni tashkil etadi. Aholi uchun jamg‘armalarni yuqori likvidligi, ishonchliligi ta’minlanadi4.

О‘zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50%ga yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yо‘naltirilganini ta’kidlash darkor.

Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bо‘yicha keng kо‘lamli islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda ichki imkoniyatlardan foydalanishga xarakat qilinmoqda. Xususan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bо‘yicha amalga oshirilayotgan yirik va strategik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat byudjetining ham ahamiyati yuqori bо‘lmoqda.

3. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlarida investitsiyalarni moliyalashtirishning о‘ziga xos manbalari shakllantirilgan bо‘lib, bunday manbalar korxonalarning о‘z о‘zini moliyalashtirish tamoyillariga asoslanadi.

Hozirgi kunda Respublikamizda investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning quyidagi manbalari mavjuddir:

1. Korxona va jismoniy shaxslar jamg‘armalari.

2. Bank kreditlari xisobidan moliyalashtirish.

3. Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish.

4. Xorijiy investitsiyalar.

Sо‘nggi yillarda investitsiyalar tarkibi, xususan, byudjetdan ajratiladigan investitsiyalar va bank kreditlari ahamiyati keskin о‘zgardi. Monetar siyosatning kuchaytirilishi, korxonalar moliyaviy ahvolining barqaror emasligi korxona va jismoniy shaxslar mablag‘laridan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarning hajmiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishning korxonalar uchun samarali bо‘lishiga iqtisodiy infratuzilmaning markaziy bо‘g‘ini bо‘lgan soliqlar mexanizmi xisoblanadi. Chunki soliqlar ham, har bir korxona miqyosida tuzilgan investitsiya loyihalarning iqtisodiy samarasi takdirini hal qilishda asosiy о‘rinni egallaydi. О‘zbekistonda ham investitsiya loyihalarni tuzish va moliyalashtirish uchun qulay investitsiya muhitni yaratish bо‘yicha izchil chora-tadbirlar ishlab chiqilmokda.

Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi:

-iqtisodiy barqarorlik;

-inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta-sо‘mning tо‘lov qobiliyatini oshirishga yunaltirilgan makroiqtisodiy siyosat.

Hozirgi paytda О‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish va ularni moliyalashtirish bо‘yicha quyidagi omillar mavjud:

-investitsiya loyihalari bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni rag‘batlantirish;

-sanoatning ustuvor sohalari, yoqilg‘i, energetika majmualari bо‘yicha investitsiya loyihalarini tuzishni jadallashtirish;

-iqtisodiyotda ilm fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni yangilash va yangilarini barpo etish bо‘yicha intellektual investitsion loyihalarni amalga kiritilishi.

Investitsiya loyihasini moliyalashtitrish manbalari va ishtirokchilari quyidagi jadvalda keltirilgan.



1.3-jadval

Investitsiya loyihasini moliyalashtitrish manbalari va ishtirokchilari tasnifi

Guruhlar

Guruh ichi guruhlari

Investitsiya faoliyati ishtirokchilari tashkiliy shakllari

Byudjet va nobyudjet fondlar

Davlat byudjeti



Hukumat

Iqtisodiyot vazirligi

Moliya vazirligi


Mahalliy byudjetlar

Mahalliy vakolatli organlar

Nobyudjet fondlar

Pensiya fondi

Bandlik fondi

Investitsiya fondi va boshqa fondlar


Kredit tizimi

Banklar

Kredit muassasalari



Markaziy bank

Davlat g‘aznachiligi

Investitsion banklar

Kredit uyushmalari



Sug‘urta tizimi

Sug‘urta fondlari va tashkilotlari

Davlat sug‘urta kompaniyalari

Boshqa sug‘urta kompaniyalari



Moliyalash-tirishning jamoaviy shakllari

Investitsion tashkilotlar

Investitsion banklar

Sug‘urta tashkilotlari


Investitsiya kompaniyalari va fondlari

Nodavlat pensiya fondlari

Sug‘urta kompaniyalari

Payli investitsion fondlar



Xorijiy investorlar

Chet el davlatlari, hukumatlari, XMIlar, tijorat banklari, institusional investorlar, investitsion banklar

JTTB

YETTB


Xalqaro moliyaviy qо‘mita

AQSH eksimbanki

boshqalar


Korxonalar,

jismoniy shaxslar






Mulkchilikning turli shakllaridagi har qanday korxonalar


Nazorat uchun savollar

1.Investitsiya tushunchasiga ta’rif bering.

2.«Investitsiya» atamasi qanday ma’noga ega?

3.Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad nima?

4.Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya qanday tasniflanadi?

5.Investitsiya funksiyasi grafigini chizing va tushuntirib bering.

6.Investitsiya munosabatlari davlat tomonidan qanday qilib tartibga solinadi?

7.Xorijiy investitsiyalarning mohiyatini yoritib bering va ularni jalb qilinish sabablari tushuntiring.



1 Ўзбекистоннинг янги қонунлари. 19-сон,-Т.: Адолат,1998.532-бет.

2 Самархужаев Б.Б. Инвестиции в Республике Узбекистан. Ташкент, 2003г. С.16. Dictionary of Foreign Trade. by F.Henus Sec/ Ed. N4.,1947, P.387.

Uwe Gotze, Deryl Northcott, Peter Shuster. Investment Appraisal: methods and models. Second Edition. Springer – 2015. Page 32.

3 И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009. – 31 б.

4 Стратегии модернизации и обеспечения долгосрочного устойчивого экономического роста. Форум экономистов Узбекистана. Т.: «SMI-ASIA», 2011. 63-б.

Download 44.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling