1-Mаvzu. Kirish. Fanning vazifasi, maqsadi. Kimyoning asosiy qonunlari. Reja


Download 444.37 Kb.
bet1/16
Sana02.01.2022
Hajmi444.37 Kb.
#189577
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1 МАВЗУ fc5e8d4c48241985eb0b1c8301031d18


1-Mаvzu.Kirish. Fanning vazifasi, maqsadi.

Kimyoning asosiy qonunlari.

Reja:

  1. Kimyoning maqsad va vazifalari

  2. Kimyoning asosiy tushunchalari

  3. Atom- molekulyar ta’limot

  4. Kimyoning asosiy qonunlari

Tayanch so’zlar: atom, molekula, ion, allatropiya, valentlik, modda, qonun, agRejat holatlar, atom massa, ekvivalent, ekvivalent hajm, molyar massa, zichlik.

O’quv mashgúlotining maqsadi: Kimyo kursining maqsad va vazifalarini,kimyoning rivojlanish tarixi, misollar, boshqa fanlar bilan bog’liqligi hamda talabalarga nima uchun kimyo fani kerakligi tushuntiriladi.

Kimyo tabiatni o‘rgatuvchi fanlardan biri bo‘lib, jismlar, xodisalar, jarayonlar orasidagi bog‘liqlikni ma’lum qonunyatlar asosida tushintirib beradi. Bizni o‘rab turgan olam kishi ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir. U harakatdagi materiyaning turli ko‘rinishlarini ifodalanishidan vujudga kelgan fandir.



● Materiya ikki tur o‘zgarishlarga kirishi mumkin: tarkibini o‘zgartirmasdan fazaviy holatini (gaz, suyuq va qattiq jism) o‘zgartiruvchi fizikaviy o‘zgarishlar; moddaning tarkibini o‘zgartiruvchi kimyoviy reaksiyalar (1.1 bo‘lim).

● Energiya bir necha o‘zaro bir biriga o‘tuvchi turlarda mavjud, lekin umumiy energiya doimiy. Materiyada kimyoviy o‘zgarishlarning borishi doimo energiyaning o‘zgarishlari bilan birga kuzatiladi (1.2 bo‘lim).

● O‘lchangan qiymat qandaydir son va o‘lchov birligi bilan tavsiflanadi. O‘tish koeffitsientlari bir o‘lchov birligidan boshqasiga o‘tish yoki boshqa birlik sistemasining o‘lchov birliklariga o‘tish imkoniyatini beradi (1.3 bo‘lim).

● SI sistemasi asosiy birliklarni o‘zida tutadi, shuningdek fizikaviy kattaliklar bo‘lgan uzunlik, massa va temperaturalarni ham ifodalaydi. Zichlik, hajm va energiya kabilarni ifodalovchi boshqa o‘lchov birliklari ham mavjud. Massa kabi ekstensiv xossalar moddaning miqdoriga bog‘liq, intensiv xossalar esa moddaning miqdoriga bog‘liq emas



(1.4 bo‘lim).

U yoki bu xossani tavsiflovchi har bir son ahamiyatli bo‘lib o‘lchash aniqligini ko‘rsatadi.Tartiblilik xossaning o‘lchangan qiymati uning real qiymatiga qanchalik yaqin ekanligini ko‘rsatsa, aniqlik esa o‘tkazilgan o‘lchashlar bir-biriga qanchalik yaqin ekanligidan xabar beradi





Mazmuni


Download 444.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling