1-Mavzu: Kirish. O’zbеkiston tarixi fanining prеdmеti, maqsadi, vazifalari, manba va asoslari. Reja


Download 125.5 Kb.
bet1/5
Sana04.12.2022
Hajmi125.5 Kb.
#960905
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 Mavzu Kirish O’zbеkiston tarixi fanining prеdmеti, maqsadi, vazifalari
Amaliyot dasturi 3-kurs iqt., 6-sinf qadimgi dunyo tarixi sinov test , Қудрат Машарипов жалолиддин Мангубердининг жаҳон сиёсий ва ҳарбий, 8 jahon, 2-MAVZU TAQDIMOT, жадвал, kafedra o\'qituvchilari xaqida ma\'lumot Cho`ponov S, Силлабус, Фан дастури, Тарихiy geografiya. UMK 2Tarix yangi, 6 labaratoriya ishi 1 topshiriq, Abdirimov Mardonbek, Abdirimov Mardonbek, Командировчный, А.Р.Беруний-таълим-тарбия-хакида

1-Mavzu: Kirish. O’zbеkiston tarixi fanining prеdmеti, maqsadi, vazifalari, manba va asoslari.
Reja:
1.1. O‘zbekiston tarixi fanining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o‘rni. Fanning maqsadi, vazifalari va ahamiyati.
1.2. O‘zbekiston tarixi fanining nazariy-uslubiy asoslari va dolzarb
masalalari.
1.3. O‘zbekistonning qadimgi va o‘rta asrlar tarixini davrlashtirish. Jahon tarixini davrlashtirish to‘g‘risidagi nazariyalar.
1.4. Manbashunoslik va tarixshunoslik masalalari.



    1. O‘zbekiston tarixi fanining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o‘rni Fanning maqsadi, vazifalari va ahamiyati

Tarix fani orqali insoniyatning paydo bo‘lishi, ibtidoiy jamiyatning rivojlanishi xususiyatlarini, moddiy va ma’naviy madaniyatning taraqqiyoti, sivilizatsiyaning vujudga kelishi, etnomadaniy jarayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlardagi davriy o‘zgarishlarning omillari va boshqa ko‘pdan-ko‘p voqea-hodisalarning sabablari hamda mazmun-mohiyati o‘rganiladi. O‘zbekiston tarixi jahon tarixining ajralmas qismidir. Bir umumiy geografik mintaqa – O‘rta Osiyoda qadimdan yashab kelgan qo‘shni qabila va elatlarni bir-biriga yaqin bo‘lgan madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, o‘zaro aloqalar, umumiy madaniy va etnik ildizlar birlashtirib turgan. O‘rta Osiyo jahon sivilizatsiyasi va insoniyat madaniyati tarixining maskanlaridan biridir.
Tarixni o‘rganish nafaqat ilmiy, ma’rifiy, balki chuqur ma’naviyruhiy ahamiyatga ega bo‘lib, har birimizda o‘zimiz tug‘ilgan va yashayotgan ona zamin bilan mustahkam aloqadorlik hissini rivojlantiradi. Vatan tushunchasi tarixiy xotira, tarixiy ong asosida shakllanadi. Oliy ta’lim tizimida «O‘zbekiston tarixi» fanini har tomonlama hamda chuqur o‘qitish maqsadida bir qator yangi avlod o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar yaratilib, bu boradagi ilmiy tadqiqotlar natijalari o‘quv jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Mazkur darsliklarni sinovdan o‘tkazish jarayoni ularning ayrimlari
«O‘zbekiston tarixi» fanini o‘rganish-o‘rgatishda sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarilganini ko‘rsatmoqda.
Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi va haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va obyektini to‘g‘ri belgilash dolzarb ahamiyatga ega. zero, fanning o‘rganish predmeti va obyekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, maqsadga erishish mushkul. bunday holat o‘quv jarayoni samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoy fanlaridan farqli o‘laroq
mustaqil fan. Shuningdek, u fanlar orasida alohida o‘z o‘rni va mavqega ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda, ularning rivojiga katta ta’sir etadi. bu holat fanning o‘rganish vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, o‘zining diqqat e’tiborini o‘tmishga va zamonaviy jarayonlarga qaratadi, undan saboq berishga va xulosa chiqarishga xizmat qiladi.
Tarixiy voqea va hodisalar qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik – xronologik asosda o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiyligi va haqiqiy emasligi, ular qachon va qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqe bo‘lganligi aniqlanadi. Va nihoyat, o‘tmish voqeliklarining muayyan sabab va oqibatlari, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi.
O‘zbekiston tarixi fani o‘tmishdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi xususiyatlari va tanazzulining sabablari hamda oqibatlarini o‘rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi bu esa kelajak avlodlar uchun dasturulamal bo‘ladi.
O‘zbekiston tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega.
U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas,
balki jamiyatning barcha tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fani, mamlakatimizning hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti va jamiyatning asosiy xususiyatlarini tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa mana shu makondagi turli voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi.
O‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar, voqealar va hodisalarni xalq hamda tarixiy shaxslar faoliyatisiz tasavvur etish mushkul. Tarix fanining asosiy maqsadi – o‘tmish voqeliklarini anglash, ulardan tegishli saboqlar chiqarish, hushyorlik va ogohlikka, vayronkor g‘oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va bag‘rikenglikka chaqiruvchi g‘oyalarni targ‘ib etishdir. Ezgulik va
bunyodkorlikka intilgan o‘tmish ajdodlarimiz bilan bugungi avlod o‘rtasidagi bog‘liqlikni unutmasdan insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlash milliy taraqqiyotning asosiy kafolati hisoblanadi.
Tarixning ibtidoiy bosqichi jarayonlari sivilizatsiya, davlat va jamiyat taraqqiyoti natijasi ekanligini, urbanizatsiya va madaniyat, turli-tuman o‘zaro aloqalar, muhim voqealar hisoblanishini, tarixning taraqqiyot bosqichida fan, texnika va madaniyat, axborotlar o‘zlashtira borishini hamda ularning jamiyat rivojiga bog‘liqligini va nihoyat, o‘zbek xalqiga mos bo‘lgan mustaqil taraqqiyot yo‘li tamoyillarini anglash ham O‘zbekiston tarixi fanining asosiy maqsadlari
hisoblanadi.
Har qanday fanda bo‘lgani kabi O‘zbekiston tarixi fanining vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:
1. Tarixni manbalar asosida o‘rganib, xolislik va haqqoniylik mezonlariga tayanib o‘qituvchi va talabalarga tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini yetkazish.
2. Fandagi dalillar va ularning umumlashmasiga asosiy e’tibor qaratib, qiyosiy tahlilni amalga oshirish.
3. zamon talablaridan kelib chiqib, imkoniyat darajasida fandagi
innovatsiyalarni doimiy ravishda jalb etish.
4. Turli davrlardagi jamiyat taraqqiyotining turg‘unlik, inqiroz va
taraqqiyot bosqichlari sabablarini ochib berish.
5. Fandagi ilmiy asoslangan yangi nazariyalarni tahlil va umumlashtirish uslubi asosida o‘quv jarayoniga joriy etish.
6. Tarixning harakatlanuvchi omillarini talabalarga ko‘rsatib berish.
7. Davlat va jamiyat taraqqiyotida mustaqillikni mustahkamlash hamda saqlash omili bo‘lgan komil insonni tarbiyalashda tarixning rolini asoslab berish.
8. Talabalar va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish.
9. Yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni anglash, vijdon va umuminsoniy barkamollikni tarbiyalash.
10. Yosh avlodda vatanparvarlik va milliy jasoratni, millat va Vatanga sadiqlikni rivojlantirish.
11. Talabalarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak axloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqod)ni tarbiyalash.
12. Yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona va farzand, tabiat va
jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida kamol toptirish.
Elatlar va xalqlar, millatlar va davlatlarga taalluqli murakkab ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy va madaniy jarayonlar tarixda o‘z aksini topadi.
Har bir voqea va hodisa inson (yoki uning bir guruhi) xatti-harakati, uning ko‘zlagan ma’lum maqsadga intilishi jarayonida sodir bo‘ladi. O‘zbekiston tarixi fanining o‘rganish makoni – obyekti yurtimiz tarixi va madaniyatidir. Tarixiy obyektga nisbatan O‘zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma’lum bir ma’noda obyekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi. Obyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, millat va mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, ma’lum hudud doirasidagi voqea va hodisalarn bir yaxlitlikda o‘z ichiga
oladi. Predmet esa mana shu bir butun obyekt ichidagi aniq siyosiy, tarixiy-madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston tarixi fani ijtimoiy-siyosiy, umuminsoniy fan bo‘lib, inson va millat o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zligini anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturulamal hisoblanadi. Shu bilan birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas. Jamiyat, insoniyat va tabiatning o‘tmishini o‘rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. Masalan, arxeologiya, etnologiya, antropologiya, demografiya, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa fanlar shular jumlasidandir. Ammo
bu fanlarning hammasi ham, tabiat, jamiyat ham avvalo, katta tarixda
aks etadi. Soha tarixi fanlari ham tarix fanining o‘rganish obyekti va
predmeti hisoblanadi.
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan mustahkam va uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni, ayniqsa ularning tarixiy jihatlarini bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la yoritib berolmaydilar. Tarix bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rganish obyekti bitta, ya’ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va jamiyatdir. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatning ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta ta’sir etadi. Ammo, tarix ularni, shuningdek ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir.
Tarix fani, ya’ni Vatan tarixi – millat va ona yurt kelajagining ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham shuncha yuksak darajada bo‘ladi.
Tarix falsafasi deganda, tarix ya’ni, o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri xulosa chiqara olish tushuniladi. boshqacha aytganda, o‘tmish – tarixga qarab, kelajakni his etish, ko‘ra bilish va to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi.
Insonning shaxsiy manfaat va ehtiyojlari, qolaversa, uning qobiliyati va iste’dodi, voqealarni teran idrok etishi tarix falsafasini anglab yetishda muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, inson aql-idroki, uning tafakkur darajasi, hayotiy falsafasi, jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi barcha sa’y-harakatlari va intilishlari ma’lum millat va jamiyat mentalitetini belgilab beradi. Mana shu mentalitet millat yoki xalqning umummadaniy-ma’naviy darajasi, aql-idroki va tafakkur maydonining salohiyatiga qarab o‘ziga xos mazmun-mohiyat kasb etadi. Tarix esa, ana shu o‘ta murakkab, o‘ta ziddiyatli, shu bilan birga nihoyatda qudratli ruhiyat va faoliyat orqali xotiraga aylanadi.




    1. Download 125.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling