1-mavzu. Kirish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Download 30.34 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi30.34 Kb.
#1016796
Bog'liq
1-mavzu.Uz.EAT


1-mavzu. Kirish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.


Reja.

1.O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.


2.O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsadva vazifalari,
3. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘rganishning nazariy metodologik asoslari va tamoyillari.
4. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘rganishning xar tomonlama yetuk insonni tarbiyalashdagi axamiyati.

O‘zbekiston tarixi umum jaxon – insoniyat tarixining ajralmas qismi xisoblanadi. O‘zbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy xuquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik fuqarolik jamiyatni shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratish, jaxon xamjamiyatiga integratsiyalashish jabxalaridagi faoliyatini o‘rgatadi. Shu bilan bir qatorda bu fan xalqimiz tarixini xaqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi ko‘zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, mao‘naviy saboqlar majmuasidir.


O‘zbekiston tarixini o‘rganish va yoritishda uning davrlarini ilmiy asosda to‘g‘ri belgilash katta axamiyatga egadir. Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan O‘zbekiston xalqlari, yer yuzining qator xududlaridagi xalqlar kabi O‘z tarixida insoniy taraqqiyotida sodir bo‘lgan barcha ijtimoiy-iqtisodiy bosqich (formatsiya)larni bosib o‘tgan emas. Bundan chiqadigan xulosa shuki,biz o‘z tariximizni shu ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar asosida davrlashtirsak,tarixiy xaqiqat soxtalashtirilgan bo‘ladi. Shu sababdan biz O‘z xalqimiz, Vatanimiz tarixini o‘zbek davlatchiligi tarixi bilan chambarchas bog‘lab davrlashtiramiz va o‘rganamiz.
Mao‘lumki, tariximiz juda qadim va katta davrni xamda juda keng geografik mintaqani, shuningdek, tub burilish, yuksalish va inqiroz bosqichlarini xam o‘z ichiga oladi. U xilma – xil ijtimoiy voqea va xodisalarga, xar xil diniy va madaniy qatlam, g‘oyaviy dunyoqarash va falsafiy oqimlarga boy, jaxon tarixi va sivilizatsiyasining eng qadimiy va navqiron o‘choqlaridan biri xisoblanadi. O‘tmishda taqdir taqozosiga ko‘ra tariximiz, aniqrog‘i, Vatanimiz xududi jaxon miqyosida kengayib va mao‘lum geografik mintaqada torayib keldi. Bu tariximizning o‘ta buyuk, shu bilan birga, juda xam murakkab bo‘lganligidan dalolatdir. Shuni xam aytish joizki, bu xolat xozirgi jonajon Vatanimiz O‘zbekiston tarixining chegarasi va davrlashtirilishini ancha murakkablashtirdi.
Istiqlol yillari davrida tarixchi olimlarimiz tomonidan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish» kerakligi xaqidagi metodologik va konseptual g‘oyalariga amal qilgan xolda ko‘p ming yillik Vatanimiz tarixining ilmiy asoslangan davrlashtirilishi amalga oshirildi:

  • Ibtidoiy – jamoa tuzumi;

  • Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi;

  • O‘rta asrlar davri;

  • Turkiston Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri;

  • O‘zbekiston sovetlar xokimiyati davri;

  • O‘zbekistonning eng yangi tarixidavri

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy soxalarda katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ta’lim soxasida xam bir qator isloxotlar o‘tkazilib, barkamol avlodni shakllantirishga yo’naltirilgan Milliy dastur izchillik bilan rivojlantirilib borilmoqda. Bugun jaxonda yuz berayotgan voqea va xodisalar, mafkuraviy qarama-qarshiliklarning mazmun-moxiyatini taxlil etish, turli xil yot g’oyalardan yoshlarni ximoya qilish uchun tarixiy tafakkurni shakllantirish muxim axamiyat kasb etadi. Umumiy o‘rta ta’limda o‘quvchilar Vatan tarixining mustaqillik davrini oxirgi sinfda besh-olti yil oldin yozilgan darslik asosida o‘qitilib kelinmoqda va bugungi jamiyatda kechayotgan jarayonlarni dasturga kiritish va ular xaqida keng ma’lumot berish ancha qiyin kechmoqda. Shuning uchun OO‘Yuda O‘zbekistonning eng yangi davri tarixini chuqur o‘rganish o‘ta dolzarb vazifa xisoblanadi, chunki yosh mutaxassislarning bugungi davr siyosati, davr qaxramonlarini, ayniqsa o‘zining xam shu jarayon ishtirokchisi ekanligini to‘g’ri va to‘liq anglashi jamiyat taraqiyotida muxim axamiyat kasb etadi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanida O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi arafasida yuzaga kelgan murakkab vaziyat, respublika mustaqilligining e’lon qilinishi, mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy soxalardagi isloxotlar va ularning bosqichlarini, O‘zbekistonning jaxon xamjamiyatiga xar tomonlama integratsiyasini, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy axamiyati ochib beriladi.
Fanni o‘qitishning maqsadi – Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida yuz bergan muxim o‘zgarishlar, tub isloxotlarning mazmun-moxiyatini ko‘rsatish va jamiyat xayotida talaba(mutaxassis)ning o‘rnini, o‘zligini anglatishdan iborat.
Fanni o‘qitishning vazifalari – mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni xamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy va boshqa soxalardagi isloxotlarning moxiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muxabbat ruxida tarbiyalashdan iborat.
Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va xodisalarning shiddatliligi, olam-u odam taqdiriga daxldor bo‘lgan dunyoviy muammolar-u serqirra xayotning barcha jabxalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo‘lgan barcha xodisalarni o‘zida mujassam etadi.
Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar jarayoni ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida tarix fani oldiga xam yangi vazifalar qo‘yadi. Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi asrlar osha olib borgan tinimsiz kurashini, uni qo‘lga kiritish yo‘llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, mustaqillikni mustaxkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va mao‘naviy omillarini o‘rganish va milliy g‘oyani yaratish kabi bir qator muxim muammolarni xar tomonlama mushoxada qilmoqlari lozim.
2007-yil 30-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Maxkamasi va Prezident devonining Mustaqillikning 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisida birinchi Prezident I.A.Karimov «O‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li mavzusida mao‘ruza qildi. Unda O‘zbekiston mustaqilligi tasodifiy xodisa emasligi, u o‘ziga xos kurashlar, ziddiyatlar, iztiroblar bilan birga juda katta tarixiy yutuq ekanligini aloxida tao‘kidladi. Shu bilan birga ushbu davr fanda butun ko‘lami va salmog‘i bilan yetarli darajada o‘rganilmaganligini aloxida tao‘kidladi va «mustaqillikka erishish davri xaqida, eski tuzum inqirozga duchor bo‘lib, sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o‘zligimizni anglash va toptalgan milliy g‘ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo‘lga kiritish qanday sharoitda kechgani xaqida yaxlit, yagona va xolis ko‘z bilan qarab baxo beradigan jiddiy taxlil-tadqiqot xozirgacha amalda yo‘qligini afsus bilan aytishga to‘g‘ri keladi» - dedi.
Mustaqillik davrining xalq, millat va mamlakat taqdiridagi buyuk voqelik, noyob qadriyat ekanligi xususidagi fikrlarini davom ettirib birinchi Prezident I. Karimov «Oʻzbekiston mana shunday taxlikali va murakkab vaziyatda qanday maqsadlarni ko‘zda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, bu xarakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kerak bo‘lsa, istiqlol o‘zbek xalqiga tuxfa tariqasida berilmagani - bularning barchasi xaqida xar taraflama chuqur yoritib va isbotlab beradigan izlanish va taxlil bugungi kunda xam oʻzining dolzarbligi va axamiyatini yo‘qotmaganini qayd etishimiz zarur», degan talablarni qato‘iy qilib qo‘ydi.
Darxaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli tao‘sir o‘tkazadi, milliy g‘oyaning shakllanishida muxim omil bo‘lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog‘li o‘rganish, undan saboq chiqarish bilan bogʻliq. Ulug‘ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga dao‘vat etadi, ulkan yaratuvchilikni rag‘batlantiradi. Zotan, uning ulug murabbiylik, tarbiyachilik, yo‘naltiruvchilik qudrati xam xuddi ana shunda.
Xullas, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fani ana shu tarixiy jarayonlarni to‘laroq qamrab olish, uni jamlash, mao‘lum bir tartibga solish, qolaversa, ana shu jarayonlarni iloji boricha ko‘proq o‘rganish orzu-istagida vujudga keldi. Darxaqiqat, mustaqillik davrida o‘tgan kunlarimiz aloxida o‘rganishni, tadqiq etishni, ilmiy va nazariy xulosalar chiqarishni taqozo etmoqda. Buning o‘ziga xos asoslari bor.
Birinchidan, O‘zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida jaxon xamjamiyatida o‘ziga xos nufuzga ega bo‘ldi. U o‘zining katta ishlab chiqarish imkoniyatlari, boy aqliy va jismoniy saloxiyati, tengsiz tabiiy boyliklari bilan dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari diqqatini tortdi va ular bilan tengma-teng turib xamkorlik qilish qudratiga ega ekanligini ko‘rsata oldi.
Ikkinchidan, eng og‘ir, mashaqqatli va ziddiyatli paytlarda, o‘tish davrining o‘ziga xos murakkabliklari mavjud bo‘lgan bir vaqtda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikning saqlab turilishi mamlakat xukumati siyosatining naqadar xayotiy va xalqchil ekanligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yuzdan ortiq millat va elat yashayotgan mamlakatda turli aqidalar va g‘oyalar tao‘sirida bo‘lgan axolining talab-yextiyojlarini o‘z vaqtida qondirish, ularning qarashlarini bir nuqtada jamlash aloxida uddaburonlikni va qato‘iyatlilikni talab etadi. O‘zbekiston xukumati xuddi ana shunday qato‘iyatni ko‘rsata bildi.
Uchinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida axolini ijtimoiy ximoyalash, dunyoviy davlat qurishning asosi bo‘lgan qonun ustuvorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini tao‘minlash tamoyillari vujudga keldi. Tub isloxotlaming Respublikamiz birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mashxur besh tamoyili istiqlolning dastlabki yillaridayoq jaxon xamjamiyatida yuqori baxolandi va to‘la tan olindi.
To‘rtinchidan, xorijiy investitsiyani jalb etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan xamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shu asosda mamlakat ishlab chiqarishini tubdan o‘zgartirish, uni jaxonning eng ilg‘or texnologiyalari bilan qayta jixozlantirish yo‘li tutildi. Bu O‘zbekistonning jamiyatni bir xolatdan ikkinchi bir xolatga o‘tkazishda barcha yosh mustaqil mamlakatlar o‘rtasida eng to‘g‘ri yo`l tanlaganini ko‘rsatdi.
Beshinchidan, O‘zbekiston xukumatining isloxchilik siyosati bevosita xalq dunyoqarashi, uning ming yillar mobaynida shakllangan urf-odatlari, ano‘analari bilan uyg‘un xolda amalga oshirila boshlandi. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Vatan sajdagox kabi muqaddasdir), «Savob ishni xar kim qilishi kerak, savob ishni xar kun qilish kerak», «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, aqlli, dono va, albatta, baxtli bo‘lishi kerak» singari shiorlar xalqimizning orzu-istagi, umid va intilishlari bilan uyg‘un xolda dunyoga keldi. Bugungi kunda O‘zbekistonning tom mao‘noda mao‘naviy tiklanish va ruxiy poklanish maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu niyatlar asosida davlat siyosati va xalq orzu-umidlarining uyg‘unligi natijasidir.
O‘zbekiston umumbashariy o‘zgarishlar jarayonlari oqimida o‘zining betakror ijtimoiy-siyosiy, mao‘naviy yangilanishlari dasturiga ega bo‘lgan mamlakat sifatida o‘ziga xos va o‘ziga mos mavqeni egalladi. Yangi sivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli tao‘sir o‘tkazishga qodir bo‘lgan davlat sifatida o‘zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi.
O‘zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko‘lamdagi ishlar xozirgi zamon jaxon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi aloxida qayd etilishi lozim. O‘zbekistonda milliy, regional va umumplanetar mo‘ljallar doirasida izchil va tadrijiy kechayotgan yalpi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida o‘rganish, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni baxolash, taxlil etish, xamda ilmiynazariy umumlashmalar qilish asnosida bu jarayonlarni maqsadli boshqarish O‘zbekistondagi yangilanishlar rivoji o‘ziga xos kechayotganligini ifoda etadi. Ijtimoiy-iqtisodiy, mao‘naviy xayotni maqsadli takomillashtirish, bu muxitni umuminsoniy va milliy tamoyillar uyg‘unligi ruxida rivojlantirish, siyosiy plyuralizmga shart-sharoitlar yaratish, liberalizm muxitini xar tomonlama kengaytirishga dao‘vat etish orqali mamlakatimizda yalpi yangilanishlar jarayonlariboshlanishiga nazariy poydevor qo‘yildi. Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va shaxs mao‘naviyati dunyosini tubdan islox qilish yangilangan davlat, o‘zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini berdi. Davlat, jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli boshqarish nechog‘li aqliy shijoat, dono siyosat xamda matonatni talab etganligiga bugungi kunda amin bo‘lib turibmiz. Zero, bu boshqaruv sermashaqqat va murakkab kechuvchi ijtimoiy-siyosiy voqealar, mafkuraviy tao‘sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan moddiy-moliyaviy tangliklar xolatlari sharoitida amalga oshirildi.
Ma’lumki, jamiyat taraqqiyotida shaxsning roli benixoya katta. Ayniqsa, o‘tish davrida davlat arbobining, siyosiy yetakchining o‘mi yana xam yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Chunki, bu paytda mao‘lum bir siyosiy tartibot xam, siyosiy qatlam xam, jamiyatni yo‘naltiradigan oqim xam shakllanmagan, qarashlar bir o‘zanga tushmagan, turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar mavjud bo‘lgan murakkab bir vaziyat vujudga keladi. Bunday paytda xalq o‘z kelajagini asosan davlat raxbariga qarab belgilaydi. O‘zining iymoneo‘tiqodini, taqdirini u bilan bog‘laydi.
Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillikning o‘tgan davrida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar bevosita davlat raxbarining shaxsiyati, uning ish uslubi, voqea-xodisalarga yondashish usuli bilan bog‘lanib ketgan. Davlat arbobining siyosiy qiyofasi o‘tish davrining noyob maxsuli sifatida tarix saxifalarida bosh isloxotchi qiyofasida mustaxkam o‘rnashgan bo‘ladi.
Demak, mustaqillik davri tarixini o‘rganar ekanmiz, bu jarayon bevosita mamlakat birinchi Prezidenti I.Karimov faoliyati bilan uzviy bog‘langanligini yaqqol ko‘ramiz va uni saxifalarga aynan ko‘chirishga intildik. Zotan, ana shu yillarda I.Karimov ismi sharifi bir shaxs nasl-nasabi doirasidan chiqib, ulkan ijtimoiy-siyosiy voqelik, millat moxiyatini o‘zida mujassam etgan qadriyat maqomiga ega bo‘ldi. Boshqacha qilib aytganda «O‘zbekiston - Mustaqillik - Islom Karimov» atamalari yaxlit, bir-birini to‘ldirib boradigan tushunchaga aylandi.
Shubxasiz, yuqorida tilga olingan masalalarni xar tomonlama chuqur o‘rganish, ilmiy-nazariy jixatdan tadqiq etish va mushoxada qilish kishilarda yuksak mao‘naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy g‘oyani shakllantirish, yoshlarni tarixiy an’analarga, umuminsoniy qadriyatlarga xurmat, Vatanga muxabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruxida tarbiyalashga ko‘maklashadi.


Download 30.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling