1-Mavzu: Kirish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Download 38.17 Kb.
Sana30.10.2023
Hajmi38.17 Kb.
#1735403
Bog'liq
1-mavzu


1-Mavzu: Kirish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.
REJA:

  1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti.

  2. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining maqsadi va azifalari.

  3. O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining nazariy - metodologik tamoyillari.

Tayanch so‘z va iboralar: “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani predmeti, vorisiylik, milliy Istiqlol g‘oyasi, tariximiznio‘rganishning ahamiyati, metodologik tamoyillar, dialektik metod, ilmiylik, xolislik, tarixiylik, ijtimoiy yondashuv.
Birinchi seminar mashg‘ulotini o‘tishda avvalo talabalarga seminar mashg‘ulotlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuncha beriladi. So‘ngra individual ishlash uchun topshirik beriladi. Bunda “Gugurt donalari” metodidan foydalanish maksadga muvofiq.
GUGURT DONALARI” METODI. Gugurt donalari metodI o’quv materiallarining talabalar tomonidan o’rganilgan qay darajada egallanganligini aniqdash maqsadida qo’llaniladi. Metod talabalarga o’quv materialining mavzusidan kelib chiqqan xolda turli muammoli masala yoki vaziyatlarni yaratish, mavzuning asosiy tayanch tushunchalarini ajratib olish, ular ni izoxdash, taxlil qilish, ta’riflashda yordam beradi. SHuningdek, metod mashg’ulot davomida xar bir talabaga turli topshiriqlarni individual bajarish, uning ustida mustaqil ishlash imkonini beradi. Bu metod o’quvchilarda bir qator tarbiyaviy xarakterdagi, ya’ni: mustaqil ishlay oqish; muloqatga kirishuvchanlik; xushfe’llik; o’zgalar fikrini xurmat qilish; faollik; faoliyatga ijodiy yondashish; faoliyatning samarali bo’lishiga qiziqish va intilish; o’zini o’zi baxolash kabi sifatlarni shakllantirishga yordam beradi. Metod qo‘llanilgan mashg’ulot o‘quvchilarni o’rganilgan yoki o‘rganilishi kerak bo’lgan mavzu buyicha yakka va kichik jamoa bo’lib fikrlash, o’zlashtirilgan bilimlarni yodga olish, to’plangan fikrlashii umumlashtirish, ularni yozma ravishda yoki rasm, chizma, tasvir, sxema, model ko’rinishida ifodalashga o‘rgatadi. Metod juftlik, kichik guruxlar yoki jamoada tashkil etiladi. Talabalar tushunchalarni yozma ravishda ta’riflaydi va ularni taqdimot asosida jamoaga namoyish qiladi. Mashg‘ulotda metodni qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Таlabalarga gugurt donalari tanklab olish tavsiya etiladi




Talabalar o’z хохishlariga ko’ra gugurt donalari tanlab oladilar


Xar bir talaba olgan donachalari soniga ko’ra fanga oid tayanch iboralarni ajratib ko’rsatib, ularnu xar biriga izox beradi


Izox: Talabalar tomonidan tanlangan har bir gugurt donasi yoki oddiy cho‘p bittadan tushunchani ta’riflash shartligini anglatadi. SHunga ko‘ra talaba agarda ikkita gurut donasini tanlagan bo‘lsa, u xolda ikkita tushunchani ajratib kursatib, ularni ta’riflaydi. Gururt donalari sonining ortib borishiga kura tushunchalar soni va ularga beriladigan ta’riflar mikdori xam kupayib boradi.
Dars so‘ngida o‘qituvchi talabalarni baholaydi. (qo‘shimcha savollar ham berish mumkin.)
Aqliy xujum” savollari:
1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani nimani o‘rgatadi?
2. Milliy g‘oya va mafkurani yoshlar ongiga singdirishda Vatanimiz tarixining o‘rni va ahamiyati qanday?
3. Tarixni o‘rganishda qanday metodologik tamoyillarga tayanish lozim?
4. Tarixiylik tamoyilini qanday tushunasiz?
5. Tarixni o‘rganishda xolislik, ilmiylik tamoyillarining talablari nimalardan iborat?
ZAKOVATLI ZUKKO” METODI. Bilimlarni puxta o‘zlashtirishda talabalarning fikrlash, tafakkur yuritish qobiliyatlariga ega bo‘lishlari muxim axamiyatga ega. Ushbu metod talabalarda tezkor fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Uni qo‘llash o‘z xoxishiga ko‘ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko‘rish istagida bo’lgan talabalar uchun qulay imkoniyatni yaratadi. Bunda talabalar O‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to‘g‘ri, aniq javob qaytara olishlari zarur. Murakkablik darajasiga ko‘ra xar bir savolga qaytarilgan to‘g‘ri javob uchun ballar belgilanadi. YAkuniy ballarning O‘rtacha arifmetik qiymatini topish asosida o‘quvchi (talaba)larning tafakkur tezligi aniqlanadi. Mashg‘ulotlarda metodni qo‘llash orkali o‘quvchi (talaba)larning tafakkur tezligi quyidagi sxemaga asoslanuvchi faoliyat yordamida aniqlanadi:



Qo’yilgan ball

savol

javob

Javobni to’g’rilash




Download 38.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling