1-мавзу: кириш


Download 101 Kb.
bet1/4
Sana10.04.2023
Hajmi101 Kb.
#1349244
  1   2   3   4

8-mavzu Magistrlarning mustaqil ishini tashkil etish


Respublikamiz Mustakillikka erishgandan sung, ta’lim soxasini rivojlantirish buyicha tub isloxlarga aloxida e’tibor berilmokda.Xukumat karorlari ta’lim tizimini yanada samarali boyitish, ilm-fan texnologiyalaridan yukori darajada foydalanish, usib kelayotgan yosh avlod ongida Vatanga, millatimizga sadokat ruxida tarbiyalashdek ulkan vazifa uz aksini topgan. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlangan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladi-gan, o‘z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, innovatsion faoliyat qobiliyatiga ega, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.


Bu vazifani faqatgina o‘qituvchidan talabaga bilimni uzatish yo‘li bilan amalga oshirish ehtimoldan juda uzoq. Talabani bilimni passiv iste’molchisidan muammoni shakllantirishini biladigan, uni echishini tahlil qila oladigan, eng maqbul natijaga erishiladigan va bu natijani isbot qila oladigan faol yaratuvchisiga aylantirish nihoyat zarur.
Bugungi ta’lim islohotini davom etilishi «o‘qitish» tushunchasidan «ta’lim berish» tushunchasiga o‘tish bilan bog‘liq. Bunday holda shuni tan olish kerakki, talabalarning mustaqil ishi nafaqat o‘qitish jarayoning muhim shakli, balki uning asosini tashkil qilish kerak.
Talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin.
Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
SHuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarini yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
YUqorida keltirilgan axborot talabalar mustaqil ishini takomillashtirish mavzusining dolzarbligidan yaqqol dalolat beradi.
Mustaqil ishlarni bajarish va topshirish bo‘yicha ushbu uslubiy ko‘rsatmada talabalar bilimlarni mustaqil tarzda o‘rganish va puxta o‘zlashtirish, kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash, axborot manbaalari va manzillaridan samarali foydalanish, o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarni hosil qilish, elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash, internet tarmog‘idan maqsadli foydalanishni o‘rganish, topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish talab etiladi.



Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling