1-Mavzu: Kompyuter va uning qurilmalari. Dasturiy ta’minot


Download 306 Kb.
bet1/15
Sana10.11.2021
Hajmi306 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15

1-Mavzu: Kompyuter va uning qurilmalari. Dasturiy ta’minot
Kompyuterlar, odatda bir necha bloklardan iborat bo’ladi va ularning tarkibiga quyidagi uch blok: 1) sistema bloki; 2) monitor; 3) klaviatura va sichqon kiradi.

Ulardan asosiysi sistema bloki (yoki sistemali blok) bo’lib, unga o’rnatilgan uskanalar birgalikda kompyuterni tashkil etadi va uning ichiga qaysi rusumga tegishli uskunalar o’rnatilganiga qarab kompyuter rusumlar (masalan, Pentium III yoki Pentium IV va hokazo) ga ajralatiladi. Boshqa qurilmalarning barchasi sistema blokiga ulanadi.

Kompyuter qanchalik kuchli bo’lmasin, unda qanchalik ko’p ma’lumot saqlanmasin, ma’lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko’rinishda ko’rsatib berilmasa, bunday kompyuter dengiz tubidagi hazinaga o’xshab qoladi va undan hech qanday naf bo’lmaydi. Ma’lumotlarni tasvirlab berish uchun monitor xizmat qiladi.

Тashqi ko’rinishi va ishlash prinsipiga ko’ra, monitor oddiy televizorga o’xshab ketadi, undan farqli ravishda teleko’rsatuvlarni qabul qiluvchi radiokanali bo’lmaydi. Тelevizorga videomagnitofon ulash mumkin bo’lganidek, monitorga kompyuter ulanadi. Kompyuter monitoridagi tasvir televizor ekranidagi tasvirdan ancha sifatli bo’lib, monitor bilan bir necha soat ishlash ham foydalanuvchini toliqtirmaydi.

Monitor ekranidagi tasvirlar piksel (nuqta) lar to’plamidan iborat bo’lib, bu nuqtalarni tez almashtirilganda (sekundiga 50 marta va undan ko’proq) inson ko’zi tomonidan jonli harakat ko’rinishida qabul qilinadi. Monitor ekranida tasvir 640Х480 (640 ta satrning har birida 480 tadan nuqta), 800Х600, 1024Х768, 1280Х1024 kabi zichlikda bo’lishi mumkin. Ulardan dastlabkisi deyarli ishlatilmaydi va ba’zi bir «qadimgi», 5-10 yil oldin ishlab chiqilgan dasturlarda saqlanib qolgan.

Kompyuter - bu turli hajmdagi, har xil ko’rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir.


Download 306 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling