1-mavzu “Korporativ baholash” fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 18.09 Kb.
Sana15.11.2020
Hajmi18.09 Kb.
#146177
Bog'liq
1-mavzu. Ochilov Umar


1-mavzu “Korporativ baholash” fanining predmeti, maqsad va vazifalari


  1. “Korporativ baholash” fanining bugungi kundagi ahamiyati qanday?

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-sonli qaroriga muvofiq, korporativ tuzilma hisoblanuvchi aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug‘urta tashkilotlari va yirik soliq to‘lovchilar 2021 yil 1 yanvardan Moliyaviy hisobotni xalqaro standarti asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etishi va 2021-yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida tayyorlashi belgilab o’tilgan. Ushbu tartibni joriy qilinishi turli mamlakatlarda sifatli, taqqoslanadigan va ishonchli hamda uygʼun axborotlarni shakllantirishda yagona yondashuv hisoblanib, korporativ tuzilmani baholashda shuningdek potensial investorlarga moliyaviy holat yuzasidan aniq xulosani taqdim etib, investitsion jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

  1. “Korporativ baholash” fanining predmetini tushuntiring.

“Korporativ baholash” fanning predmeti - baholanadigan mulkiy huquq turlarini keltirishimiz mumkin.

  1. “Korporativ baholash” fanining ob’ekti va subekti nima?

Ushbu fanning obyekti - korporativ tuzilma aktivlarini baholash metodlari va yondashuvlari bo’lsa, subyekti - korporativ tuzilmalar hamda baholovchilar.

  1. “Korporativ baholash” fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?

Fanining maqsadi – korporativ tuzilmalarning bozor qiymatini aniqlash, qimmatli qog’ozlar daromadliligi hamda xarajatlar samaradorligini baholash, capital qiymatini baholashdagi asosiy yo’nalishlari bo’yicha malaka va ko’nikma hosil qilishdir.

  1. O’zbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standarti qachon tasdiqlangan?

O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 01/11-15/62-sonli buyrug’i bilan 2020 yil 1 mayda tasdiqlangan.

  1. O’zbekiston Respublikasining “Baholash tog’risida”gi qonuni qachon qabul qilingan?

1999-yil 19-avgust

  1. Korporativ baholashning maqsadi nimalardan iborat?

Baholanayotgan aktiv holati yuzasidan belgilangan tartibda qonun talablariga rioya etgan holda xolis xulosa berish.

  1. . Korporativ baholash faoliyatini amalga oshiruvchi mutahassisga qo’yiladigan talablar qanday?

Korporativ baholash faoliyatini amalga oshiruvchi mutahassisga belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ bo’lgan Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega bo’lishi lozim. Ushbu sertifikat quyidagi toifalarga bo’linadi:

birinchi toifaga – toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi uch yildan kam boʼlmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash obʼektlarini baholash boʼyicha kamida 25 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi;

ikkinchi toifaga – toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi bir yildan kam boʼlmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash obʼektlarini baholash boʼyicha kamida 15 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi;

oliy toifa – toifa berilayotgan vaqtda baholovchi tashkilotda baholovchi sifatidagi besh yildan kam boʼlmagan ish tajribasining, shuningdek, turli baholash obʼektlarini baholash boʼyicha kamida 35 ta mustaqil ravishda bajarilgan ishlarning mavjudligi.

9. Baholash printsiplari nimalardan iborat?

O’zbekiston Respublikasining yagona milliy baholash standartining 4-bobida belgilanganidekmulk obyekti qiymatiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan omillarga qarab quyidagi baholash prinsiplardan iborat:

- bozor muhitiga bog’liq baholash prinsiplar;

- mulkdorning mulk haqidagi tasavvuri bilan bog’liq baholash prinsiplari;

- mulkdan foydalanish xususiyatlari bilan bog’liq baholash prinsiplari

10. Korporativ moliya tushunchasini ta’riflang.



Korporativ moliya-yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulklarini ixtiyoriy ravishda birlashtirish orqali tijorat tashkilotini tashkil etish va tashkil etilgan tijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq pulli munosabatlarni anglatadi va moliya tizimining mustaqil sohasi hisblanadi.
Topshiriq:

  1. O’zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti bilan tanishib chiqish.

Oʼzbekiston Respublikasining yagona milliy baholash Standarti bilan tanishib chiqdim. O’zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti O’zbekiston Respublikasining “Baholash Faoliyati to’g’risida”gi qonuni hamda O’zbekiston Respubliksi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF5953-sonli farmoni va 2019-yil 1-iyuldagi PQ4381-son “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmini soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorga muvofiq 2020-yil 1-mayda O’zbekiston Respublikasi Davlat Aktivlarini bosharish agentligi direktori buyrug’iga asosan 01/11-15/62 son buyrug’iga asosan qabul qilingan. Yagona milliy baholash standarti 2020-yil 4-iyunda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tqazildi. Yagona milliy baholash standarti tarkibi13 ta milliy baholash standartlari hamda ayrim MBS hisoblash metodikasini va Baholovchi tashkilot ichki qoidalarining Na’munaviy shaklini o’z ichiga olgan 8 ilovadan iborat.


Download 18.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling