1-mavzu: Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi 1-topshiriq Testlar Korporativ tuzilma deganda nimani tushunasiz?


Download 15.42 Kb.
Sana09.09.2020
Hajmi15.42 Kb.

1-mavzu: Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi
1-topshiriq

Testlar

1. Korporativ tuzilma deganda nimani tushunasiz?

a) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs;

b) nodavlat ta’lim muassasalari va ularning korporativ filiallari;

d) davlat notijorat yuridik shaxslari;

e) xorijiy vakolatxonalar, konsullik idoralari.

2. Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi nima

hisoblanadi?

a) pul va manfaat;

b) foiz undirish;

d) hukmronlik oʻtkazish;

e) moddiy jihatdan nufuzini oshirib borish.

3. Moliyaviy munosabatning yuzaga kelish asosiy shartini

qanday izohlaysiz?

a) pul mablagʻlarining subyektlar oʻrtasidagi maqsadli harakati;

b) foydani taqsimlashda pul munosabatlaridan foydalanish;

d) takror ishlab chiqarishda moliyaviy ta’minot uzluksizligiga

erishish;

e) moliyaviy barqarorlikni oshirib borish.



4. Oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ

boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan hamda oʻz

majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan,

oʻz nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla

oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni

bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar boʻla oladigan

tashkilot nima deb ataladi?

a) yuridik shaxs;

b) aksiyadorlik jamiyati;

d) mas’uliyati cheklangan jamiyat;

e) yuqorida keltirilgan xususiyatlarga ega tashkilot bozor

iqtisodiyoti sharoitida amal qilmaydi.



5. Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash tamoyili nimani nazarda

tutadi?

a) korxonani rivojlantirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar sof

foyda va amortizatsiya ajratmalari hisobiga qamrab olinishini;

b) xarajatlarni minimallashtirish orqali foydani maksimallashtirishni;

d) moliyaviy ta’minotni samarali tashkil etishni;

e) moliyaviy risklarni kamaytirish maqsadida kam daromad bilan

cheklanishni.

6. Aksiyadorlari oʻzlariga tegishli aksiyalarni oʻzga aksiyadorlarning

roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin boʻlgan

aksiyadorlik jamiyati qanday aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi?

a) ochiq obuna oʻtkazilgan aksiyadorlik jamiyati;

b) yopiq aksiyadorlik jamiyati;

d) unitar jamiyat;

e) aksiyadorlar har doim oʻz aksiyalarini boshqa shaxsga

oʻtkazish uchun boshqa aksiyadorlardan yozma rozilik olish kerak.



7. Oʻzbekistonda aksiyadorlik jamiyatlarida yopiq obuna

asosida aksiyalar joylashtirilganda aksiyadorlar soni boʻyicha

chegarani bilasizmi?

a) 50 ta shaxsdan koʻp boʻlishi mumkin emas;

b) aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar soni boʻyicha hech

qanday chegara belgilanmaydi;

d) 50 ta shaxsdan kam boʻlishi mumkin emas;

e) jamiyat ta’sis yigʻilishi qarori bilan ustavda belgilab qoʻyiladi.



8. Aksiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjatini bilasizmi?

a) ustav;

b) jamiyat ta’sis yigʻilishi bayonnomasi;

d) Vazirlar mahkamasi qarori;

e) tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish inspeksiyasi

tomonidan berilgan guvohnoma.



9. MCHJ ishtirokchilarining soni boʻyicha aniq chegara

belgilab qoʻyilganmi?

a) ellik kishidan oshmasligi lozim;

b) 3 ta shaxsdan kam, 50 ta shaxsdan koʻp boʻlishi mumkin emas;

d) 50 ta shaxsdan kam boʻlishi mumkin emas;

e) alohida talab belgilanmagan.

10. Korporativ moliya tushunchasi nimani anglatadi?

a) korporativ tuzilmalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida

yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar

tizimini;

b) davlat va korxonalar oʻrtasida yuzaga keladigan moliyaviy

munosabatlarni.

d) aksiyador va kompaniya oʻrtasidagi munosabatlarni;

e) korxonalar faoliyatini boshlash bilan bogʻliq jarayonlarni.



2-topshiriq.

MASALALAR

1. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali 1000 birlik miqdorda. Ustav kapitali miqdorining 15% miqdorida rezerv kapitalini shakllantirish belgilab qo’yilgan. Rezerv kapitalini har yili sof foydaning 5% miqdoridan moliyalashtrish belgilangan. Agarda aksiyadorlik jamiyati kelgusida har yili 500 birlikda sof foydaga erishsa, qancha muddatda rezerv kapitalini to’liq shakllantirish mumkin.

2. Aksiyadorlik jamiyatida ustav kapitali miqdori jami aktivlarning 20%ini tashkil etadi. Xususiy kapital miqdori esa jami aktivlarning 40%ini tashkil etadi. Agarda aksiyadorlik jamiyatining uzoq va qisqa muddatli aktivlari miqdori 6:4 nisbatda bo’lsa, aksiyadorlik jamiyatining qisqa muddatli aktivlarining majburiyatlarini qoplash darajasini aniqlang.
Download 15.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling