1 mavzu. KxyaT standartlarining chizmalarni bajarishga oid qoʻygan talablari. Mashina mexanizmi kulachogi qiyofasini chizish


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi0.92 Mb.
#187008
Bog'liq
1-амалий машғулот



1 - mavzu. KXYaT standartlarining chizmalarni bajarishga oid 

qoʻygan talablari. Mashina mexanizmi kulachogi qiyofasini chizish 

 

1-mavzu boʻyicha topshiriq 

Kulachok qiyofasini chizish. 

Bajarish namunasi 3 -shaklda koʻrsatilgan. 

Variantingizga oid ma’lumotlarni 1- jadvaldan olasiz. 

Grafik ishni - topshiriq, chizmasini AZ formatli chizma qogʻozida 

qalamda bajarasiz. 



Topshiriqni bajarish tartibi 

“Konstruktorlik  hujjatlarining  yagona  tizimi”  standartlar  toʻplam- 

lari - DS2.301-97, 2.302-97, 2.303-97, 2.304-97, 2.306-97, 2.307- 

97ning  asosiy  qoidalarini,  shuningdek  tavsiya  etilgan  adabiyotlarni 

oʻqib oʻrganish. Ish daftaringiz boʻlsin, unga oʻqib oʻrgangan DS qoida- 

larini  yozib borishni  odat qiling. 1-mavzuga  oid bajariladigan topshiriq 

mazmuni  bilan  3-shaklga  qarab  tanishib  oling.  “Muhandislik  grafikasi” 

boʻlimiga  oid  “Chizmalarni  bajarish  uchun  asosiy  tavsiyalar”  uslubiy 

koʻrsatmalarini  oʻqib  chiqing,  ushbu  mavzuga  tegishli  uslubiy  koʻrsat- 

malarni oʻrganib, topshiriq, grafik ishini bajarishga kirishing. 

 

Topshiriqni bajarish boʻyicha koʻrsatmalar 

 

Avtomatikaning  juda  keng  rivojlanishi  tufayli  turli  xilma-xil 

mexanizmlarda  tekis  shaklli  kulachok  va  kopirlarni  koʻplab  uchratish 

mumkin.  1-mavzudagi  topshiriq  variantlarida  kulachoklar  qiyofalari 

ikkita  lekalosimon  egri chiziqlar  va  R  radiusli aylana  yoyini  oʻz ichiga 

olgan  boʻlib,  yoy  burchagi  kulachokdan  harakatga  kelgan  mexa- 

nizmning  “tik  turish

  vaqtini  bildiradi.  Kulachok  qiyofasi  variantlarini 



bajarishda  yasashni  Ox  va  Ou  koordinat  oʻqlarini  oʻtkazish  bilan 

boshlash  kerak  boʻladi.  Soʻng  variantlar  jadvalida  berilgan 

parametrlariga  koʻra  lekaloli  egri  chiziqlar  yasaladi  va  uning  kulachok 

qiyofasiga kiruvchi qismini asosiy chiziq bilan chizib qoʻyiladi. 




 

3-shakl 


 

 

1-jadval 



 

 

10



 

11

 




 

 

 



 

12

 



13

 



 

 

 



 

14

 



15

 



 

 

 



16

 

17



 


 

 

 



 

18

 



19

 



Ma’lumotlar  egri  chiziqlar  oraligʻidagi  silliq  oʻtish  chiziqlari  or-  qali  chizilishi  mumkin.  Bu 

yerda shuni  hisobga  olish  kerakki,  bar-  cha variantlarda D  nuqta  orqali ellipsga  urinma  chiziq  

oʻtkaziladi.    Rx  belgisi  radius  qiymati  yasash  yoʻli  bilan  aniqlanishini  bildiradi.  Kulachok 

chizmasida Rx oʻrniga unga toʻgʻri keluvchi raqam « * » belgisi bilan qoʻshib koʻrsatilishi shart. 



Nazorat savollari 

 

1.  A1 format va A4 formatdan nechta mavjud? 

2.  Chizmalarning qoʻshimcha formatlari qanday hosil qilinadi ? 

3.  Shrift oʻlchami nima bilan aniqlanadi ? 

4.  Bosma harflarning yozma harflarga nisbatan  balandligi nimaga teng ? 

5.  Chizmalarda toʻgʻri shriftlarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladimi ? 

6.  Koʻrinadigan kontur chiziqning qalinligini tanlash nimaga bogʻliq ? 

7.  Koʻrinmaydigan kontur chizigʻi, oʻq markaz, chiqarish va oʻlcham chiziqlarning chizilishi va 

ularning qalinligini tanlash nimaga bogʻliq ? 

8.  Katta  boʻlmagan  (12  mm  dan  kichik)  diametrli  aylanalarning  markaz  chiziqlari  qanday 

belgilanadi ? 

9.  Chizmalarga qoʻyiladigan oʻlcham raqamlari qanday oʻlchov birligida qoʻyiladi? 

10. Oʻlcham chiziqlari kontur chiziqdan qancha masofa uzoqlikda oʻtkaziladi ? 

11. Oʻlcham chizigʻining ikki uchidagi koʻrsatkich belgisi (strelkasi) qanday hollarda nuqta yoki 

shtrix bilan almashtiriladi ? 

12. Burchak oʻlcham chiziqlariga raqamlar qanday joylashtiriladi ? 

13. Diametr belgisi ( ) qanday hollarda qoʻyiladi ? 

14. 1:1 masshtabdan boshqa masshtablarda bajariladigan chizmalarga qanday oʻlchamlar 

qoʻyiladi? 

15. Tutashmalarni   yasash   geometriyaning 

qanday ikki qoidasiga asoslangan ? 

16. Tutashmalarning elementlarini sanab bering. 



 

Document Outline


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling