1-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi va rivojlanishi. Reja
Download 25.22 Kb.
|
1. Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsni rivojlanishi haqida tushuncha
1-Mavzu:Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi va rivojlanishi. Reja: 1.Shaxsni rivojlanishi haqida tushuncha. 2.Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar. 3.Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli. 4.Bolani tarbiyalash va rivonlantirishda faoliyatlarning roli. Shaxsni rivojlanishi haqida tushuncha Rivojlanish kishidagi jismoniy, ruxiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib, u barcha tug‘ma va egallagan miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi.Jismoniy rivojlanish bo‘yning o‘sishi,vazn va muskul kuchining ortishi, sezgi a’zolarining mukammallashishi, harakatlarni to‘g’ri boshqara bilish va shunga o‘xshashlar bilan bog’liqdir. Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psixik sifat va belgilarning shakllanishi, emotsional (hissiy) irodaviy, bilish jarayonida muhim o‘zgarishlar yuz beradi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda, uning xulqida, tevarak-atrofga bo‘lgan munosabatida, ayniqsa jamoa ishlarida qatnashishda namoyon bo‘ladi. Kishining rivojlanishi bu miqdor o‘zgarishlarigina bo‘lib qolmay, bu avvalo kishi organizmi va ruhiyatida tevarak atrofdagi hayot ta’sirida yuzaga keluvchi sifat o‘zgarishlaridir. Tashqi ta’sir ichki jarayon bilan qarama-qarshilikni yuzaga keltiradi,masalan, bolaning yangi talabi bilan imkoniyati o‘rtasida yuzaga kelgan qarama-qarshilik yoki nomutanosiblik uning rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Boladagi mana shunday jismoniy va ruxiy o‘zgarishlarning yuz berishida, bolaning rivojlanishi, ya’ni shaxsning shakllanishida biologic va ijtimoiy omil yetakchi rol o‘ynaydi. Tabiiy va ijtimoiy omilning o‘zaro ta’siri shaxsning tarixiy va ontogenetic rivojlanishi jarayonida yuzaga keladi. Bu o‘zaro ta’sirni K.Marks quyidagicha ifodalaydi: “Odam tashqi tabiatga ko‘ra ta’sir etib uni o‘zgartiradi, shu bilan bir vaqtda u o‘z tabiatini ham o‘zgartiradi”. Boshqacha qilib aytganda, kishi tabiatining o‘zi tarixning mahsulidir. Kishi ijtimoiy faoliyat jarayonida o‘zidagi biologic, tabiiy xususiyatlarni yo‘qotmaydi, balki o‘zgartiradi. Inson tabiatning oliy mahsulidir. Ma’lumki, har bir kishi faoliyatining biror turiga boshqa yurlarga nisbatan ko‘proq qobiliyatli bo‘ladi. Inson qobiliyat va qiziqishlarini amalga oshirish uchun tevarak-atrofdagi tabiat va kishilar bilan o‘zaro ta’sir etishga kirishadi. Uning tevarak-atrofdagi borliqqa nisbattan faol munosabati uning buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyati orqali amalga oshiriladi. Kishi o‘zining talabini qondirish uchun tevarak-atrofdagi hayot va kishilar bilan o‘zaro faol ta’sirga kirishadi. Kishining dunyoga faol munosabati uning buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatida namoyon bo‘ladi. Ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish munosabatlari va ular asosida yuzaga keluvchi ijtimoiy muhit, kishining faol ma’naviy hayoti uning shaxsi mazmunini belgilaydi. Pedagogika shaxs tarixiy jarayonning ob’yekti va sub’yekti sifatida rivojlanadi deb uqtiradi.Faoliyat va tarbiya ta’sirida, jamiyat tomonidan yaratilgan g’oyalar, qoida va normalarni o‘zlashtirish natijasida kishining shaxaga xos bo‘lgan xususiyat va sifatlari shakllanadi, mehnatga, mehnat mahsulotiga, odamlarga, o‘ziga nisbatan munosabati sistemasi shakllanadi.Kishi shaxsi uning jamiyatda tutgan o‘rniga, maqsadiga, hayotdagi roliga, nimaga asoslanib harakat qlishiga qarab belgilanadi. Download 25.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling