1-мавзу-назарий pdf


Download 37.67 Kb.
bet1/10
Sana30.12.2022
Hajmi37.67 Kb.
#1073241
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu maruza

Amaliy mashg‘ulot № 1.


TIBBIY PSIXOLOGIYA FANI, VAZIFALARI VA QISQACHA TARIXI. SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDA TIBBIY-PSIXOLOGIK YORDAMNI TASHKILLASHTIRISH, EPIDEMIOLOGIK TEKSHIRUVLAR O‘TKAZISH. AMBULATOR TIBBIYOT VA STATSIONAR SHAROITDA TIBBIY-PSIXOLOGIK TEKSHIRUVLARNI O‘TKAZISH TARTIB- QOIDALARI.
Tibbiyot psixologiyasi tom ma’noda bemorning psixologiyasini o‘rganuvchi fandir. Lekin bu ta’rif uning barcha imkoniyatlarini qamrab ololmaydi, albatta. CHunki u sog‘lom kishilarda kasallik keltirib chiqaruvchi barcha tashqi va ichki omillarni ham o‘rganadi, ularning sabablarini izlaydi.
Tibbiyot psixologiyasi chegara bilmas, keng qamrovli fandir. U uzoq tarixga ega bo‘lib, o‘zining rivojlanish bosqichida bir nechta davrlarni bosib o‘tgan.
Tibbiyot psixologiyasi quyidagi asosiy masalalarni o‘rganadi: 1) bemor va tibbiyot xodimining shaxsi, ular orasidagi o‘zaro munosabatlar; 2) psixoprofilaktika, psixogigiena va deontologiya muammolari; 3) shifokor siri va etikasi; 4) yosh bilan bog‘liq tibbiy-psixologik muammolar; 5) sezgi va idrok, diqqat va xotira, shaxs, xulq-atvor, temperament, stress, hissiyot, tafakkur, ong va ularning xususiyatlari; 6) psixologik tekshirish usullarini.
SHuningdek, ushbu fan psixogen va organik kasalliklarda kuzatiladigan psixologik o‘zgarishlarning etiologiyasi, klinikasi va diagnostikasini o‘rganib, davolash choralarini ishlab chiqadi. Tibbiy psixologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri bu psixosomatik sindromlarni o‘rganishdir.
Tibbiyot psixologiyasini boshqa tibbiyot fanlaridan ajratib o‘rganish xato bo‘lur edi. Har qanday kasallik asosiy davolash choralaridan tashqari, bemorga ruhiy ta’sir qilishni ham taqozo etadi. Masalan, operatsiyaga tayyorlanayotgan bemorni jarroh yaxshi so‘zlar bilan tinchlantirib operatsiyaning muvaffaqiyatli o‘tishi va operatsiyadan so‘ng sog‘ayib oyoqqa turib ketishiga ishontiradi. Operatsiyadan so‘ng ham bemor bilan suhbatlashish asosan, uning ruhini ko‘tarish va asabini tinchlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu ish bilan albatta, jarrohning o‘zi va boshqa tibbiyot xodimlari shug‘ullanadi.
Homilador ayolning tug‘ish paytidagi ruhiy holati, ayniqsa, e’tibor talab qiladi. Qo‘rquvdan to‘lg‘oqning qaytib ketish hollari ham ko‘p uchraydi. Tug‘ayotgan ayoldagi qo‘rquvni uni shirin so‘z bilan tinchlantirib, yo‘qotish mumkin. YOki teri-tanosil kasalliklarini olaylik. Qattiq asabiy zo‘riqishdan so‘ng terida paydo bo‘ladigan qichimalarni kuchli gormonal surtmalarni ishlatib ham yo‘qotish qiyin yoki mumkin emas. Lekin platseboterapiya va psixoterapiya

usullarini qo‘llab bemorni oylab, ba’zan yillab davom etayotgan qichima dardidan xalos etish mumkin.
Ma’lumki, qattiq hissiy zo‘riqishdan so‘ng qandli diabet, xafaqon kasalligi, miokard infarkti, insult kabi og‘ir kasalliklar rivojlanadi. Hatto oshqozon-ichak yara kasalligi, qon kasalliklari ba’zan ruhiy zo‘riqishlardan so‘ng paydo bo‘ladi. Odam organizmida sodir bo‘ladigan har qanday kasalliklarda ruhiy ta’sir albatta ishtirok etadi. Bu esa har bir vrachning psixologiyani mukammal egallashini talab qiladi.
Bemorning ruhiyati sog‘lom odamnikidan farq qiladi. Har kim betoblikka turlicha munosabatda bo‘ladi. Kimdir qattiq siqiladi va o‘z ahvolini o‘zi og‘irlashtiradi, boshqa birov tuzalishdan umidini uzib, taqdirga tan beradi, uchinchisi esa sog‘ayib ketishiga umid bog‘laydi. Bu, albatta, bemorning temperamentiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq. Demak, bemorni davolashga kirishayotgan har bir vrach uning qaysi temperament (xolerik, sangvinik, melanxolik, flegmatik) egasi ekanligiga ham e’tibor qaratishi lozim.
Tibbiyot psixologiyasini shartli ravishda 2 ga ajratish mumkin: umumiy tibbiyot psixologiyasi va xususiy tibbiyot psixologiyasi yoki klinik psixologiya.

Download 37.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling