1-mavzu: Nutq madaniyati fani, uning maqsadi, vazifasi va ahamiyati Dars rejasi


Download 30.42 Kb.
bet1/14
Sana25.11.2021
Hajmi30.42 Kb.
#177147
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1- Nutq MA'RUZA


1-mavzu: Nutq madaniyati fani, uning maqsadi, vazifasi va ahamiyati
Dars rejasi:
1. Tilda milliy madaniyatning aks etishi.

2. Nutq madaniyati fanining maqsadi,vazifalari.

3. Til madaniyati va nutq madaniyati.

4. Xulosa.


Tayanch so‘z va iboralar: til, milliy ruhiyat, til madaniyati, nutq madaniyati, fanning maqsadi, ritorika, fanning vazifalari, notiq, til madaniyati, madaniyat ko‘zgusi, miyasidagi markaz , esperanto, tilning estetik vazifasi, til estetikasi, nutq estetikasi.
Insonning ma’naviy kamolotga erishuvida madaniy, ma’rifiy yuksalishida ona tilining o‘rni nihoyatda muhimdir. Til – ma’naviyat va madaniyat ko‘zgusi. Hadisi sharifda aytilishicha: “Kishining zeb-u ziynati, go‘zalligi uning tilidadir”. Til millatning tamal toshi, agar u boy berilsa, millat ham yo‘qoladi. Chunki ona tilida millatning ruhiyati aks etadi, tilini yo‘qotgan millat o‘zligidan judo bo‘ladi. Har bir komil insonning bosh maqsadi Vatan ravnaqi, ona zamin tinchligi, xalq faravonligi va ona tilimiz rivoji uchun xizmat qilishdir. Ona tilining chinakam jonkuyari tilning barcha imkoniyatlarini tugal egallaydi, o‘z fikrini yozma va og‘zaki shaklda to‘liq bayon eta oladi.

Ulug‘ Alisher Navoiy “Mahbub ul – qulub” asarida so‘zning sharafli sifatlari haqida so‘zlar ekan, til va nutq munosabati xususidagi nazariy fikrlarni ham bayon qilgan: “Til muncha sharaf bila nutqning qurolidur, agar nopisand zohir bo‘lsa, tilning ofatidur”.

Yaponiyalik tibbiyot professori Tadanobu Tsunoda o‘zining g‘aroyib kashfiyoti, ya’ni turli insonlarning miyasiga har xil tovushlarni yo‘naltirishdan kelib chiqib shunday xulosani bayon qilgan: “Men insonning o‘z atrofidagi tovushlarni qabul qilishi, sezishi, o‘zlashtirishi va tushunishini ona tili orqali his qilishini tushundim. Ona tili miyadagi hissiy sezgilarning rivojlaniqhi bilan uzviy bog‘liqdir. Bolalikdan egallangan ona tili har bir xalqdagi o‘ziga xos, betakror madaniyat va ruhiy olamning shakllaniqhi bilan aloqadordir”.


Download 30.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling