1-mavzu: O’zbekiston tarixi predmeti, uni o’rganishning metodologik tamoyillari, manbalari va ahamiyati Reja


Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi, uning shovinistik


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/39
Sana24.11.2017
Hajmi5.05 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39

Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi, uning shovinistik 
siyosati 
 
Muvaqqat hukumatning mamlakatni jahon urushidan olib chiqa olmaganligidan, agrar 
va  milliy  masalalarni  hal  etolmayotganligidan  bolsheviklar  ustamonlik  bilan 
foydalandilar.  Bolsheviklar  ilgari  surgan  “Butun  hokimiyat  Sovetlarga!”,  “Yer 
dehqonlarga”,  “Xalqlarga  tinchlik”  shiorlari  ularning  hokimiyatga  kelishlarida  ayniqsa 
asqotdi.  Rossiya  poytaxti  Petrogradda  1917-yil  24-25-oktabrda  davlat  to’ntarilishi  sodir 
bo’ldi. Uni Lenin boshchiligida bolsheviklar partiyasi zo’rlik bilan amalga oshirdi. 1917-
yil  25-oktabrda  bolsheviklar  tomonidan  Petrogradda  Butunrossiya  Sovetlarining  II 
qurultoyi  chaqirilib,  unda  Lenin  boshliq  Sovet  hukumati  -  Xalq  Komissarlari  Soveti 
tuzildi. Sulx va Yer to’g’risida dekretlar qabul qilindi. Sovet hukumati nafaqat Markazda, 
balki  shu  bilan  birga  sobiq  chor  Rossiyasi  tasarrufidagi  barcha  hududlarda  ham  o’z 
hokimiyatini o’rnatish harakatida bo’ldilar. 
Turkistonda  sovet  hokimiyatining  o’matilish.  Bolsheviklar  Markazda  siyosiy 
hokimiyatni  qo’lga  kiritgach,  Turkistonda  ham  sovet  hokimiyatini  qaror  toptirishga 
intildilar.  Turkistonda  sho’rolar  hokimiyatini  o’rnatish  g’oyatda  murakkab  jarayonda 
kechdi.  Buning  boisi,  avvalo,  oktabr  g’oyalarining  mahalliy  tub  joy  aholining  dili  va 
shuuriga  botmaganligidadir.  Negaki,  bu  zamin  aholisi  bolsheviklar  partiyasi  dasturida 
nazarda  tutilgan  sotsialistik  o’zgarishlar  orqali  hamma  narsani  umumlashtirish  va 
milliylashtirishni  yoqtirmasdi.  Mahalliy  xalq  o’zining  tarixan  tarkib  topgan,  asrlar 
davomida  shakllangan  o’ziga  xos  turmush  tarzini,  yashash  sharoitini,  xo’jalik  yuritish, 
idora qilish tartib-qoidalarini bir lahzada tubdan o’zgartirishni xohlamasdi. Bu narsa uning 
ongi,  tafakkuriga,  milliy  o’zligi  va  ma’naviy  qiyofasiga  mos  kelmasdi.  Ayniqsa 
bolsheviklarning ateistik ruhdagi mafkurasi, uning hujumkor yo’nalishi islom qadriyatlari 
doimo e’zozlanib kelingan bu yurt odamlarining ruhiyati va dunyo qarashi bilan singisha 
olmasdi.  Bir  so’z  bilan  aytganda,  mahalliy  tub  yerli  aholi  tabiiy  ravishda  oktabr 
g’oyalarini qabul qilmadi va unga moyillik ko’rsatmadi. Biroq begona maslak va g’oyalar 
bolsheviklar partiyasi va uning Turkistondagi yalovbardorlari tomonidan kuch va zo’rlik 
bilan o’lka xalqlariga majburan tiqishtirildi. 
Toshkentda faoliyat ko’rsatayotgan, asosiy tarkibi yevropalik aholi vakillaridan iborat 
harbiy  qismlar,  ishchi  otryadlari  mahalliy  bolshevistik  tashkilotlar  boshchiligida  qurolli 
qo’zg’olon  yo’li  bilan  sovet  hokimiyatini  qaror  toptirishga  kirishdilar.  Bolshevik 
V.S.Lyapin boshchiligida inqilobiy qo’mita tuzildi va qo’zg’olon boshlandi. 1917-yil 27-

oktabr  oqshomida  Toshkentda  boshlangan  qo’zg’olon  natijasida  1-noyabrga  kelib 
Muvaqqat  hukumatning  Turkiston  Qo’mitasi  ag’darildi.  General  Korovichenko  va 
Muvaqqat hukumatning Turkiston Qo’mitasi a’zolari qamoqqa olindi. Toshkentda Sovet 
hokimiyati  o’rnatildi.  Turkiston  o’lkasida  sovet  hokimiyatini  o’rnatish  jarayoni  qonli, 
fojiali  voqealar  bilan  bog’liq  holda  kechdi.  Jumladan,  Farg’ona  viloyatida  sovet 
hokimiyatini o’rnatish jarayonida, Marg’ilonda 7 ming, Andijonda 6 ming, Namanganda 2 
ming begunoh kishilar qirg’in qilindi. Samarqand, Kattaqo’rg’on, Yangi Buxoro, Termiz 
va boshqa shaharlarda ham sovet hokimiyati o’rnatildi. 
Turkistonda 
sovet 
hokimiyati 
organlarini 
tuzish 
vaqtida 
ham 
bolshevik 
yo’lboshchilarning  ulug’davlatchilik  va  shovinistik  siyosati  to’la  kuch  bilan  namoyon 
bo’ldi.  1917-yil  15-22-noyabr  kunlari  Toshkentda  Turkiston  ishchi,  askar  va  dehqon 
deputatlari  sovetlarining  Ш  O’lka  qurultoyi  hokimiyat  masalasini  o’zboshimchalik  va 
biryoqlamalik  bilan  hal  etdi.  Unda  bolshevik  Kolesov  boshchiligida  Turkiston  Xalq 
Komissarlari  Soveti  tuziladi.  Uning  tarkibiga  7  bolshevik  va  8  ta  so’l  eser  vakillar 
kiritildi.  Uning  tarkibiga  butun  o’lka  aholisining  95  foyizini  tashkil  etuvchi  yerli  millat 
aholisidan esa birorta ham vakil kiritilmadi. 
Vaholanki,  oktabr  o’zgarishi  rahnamosi  Lenin  imzo  chekkan  “Rossiya  xalqlari 
huquqlari  Deklaratsiyasi”,  “Ezilgan  va  ekspluatatsiya  qilinuvchi  xalq  huquqlari 
Deklaratsiyasi”,  “Rossiya  va  Sharq  musulmonlariga”  xitobnomasi  hamda  boshqa 
hujjatlarda  millatlarning ozodligi, erki, huquqlari  rasman  e’tirof  etilgan  edi.  Amalda  esa 
ulug’ davlatchilik siyosati yuritildi. 
Sovetlar mahalliy aholining asriy orzularini ruyobga chiqarishni emas, balki aksincha 
uni har sohada kamsitish, milliy va diniy qadriyatlarini tahqirlash yo’lidan bordilar. Sovet 
hokimiyatining  mahalliy  aholining  xususiy  mulklarini  tortib  olish,  hamma  narsani 
Sovetlar manfaatlari yo’lida umumlashtirish yo’lida amalga oshirgan g’ayritabiiy faoliyati 
pirovard  oqibatda  o’lka  halqlarining  keskin  norozilik  harakatlarining  kuchaya  borishiga 
sabab bo’ldi. 
 
2.TURKISTON MUXTORIYATI 
 
Sovet  hokimiyati  Turkiston  jilovini  qo’lga  olib,  o’zining  avval  e’lon  qilgan 
balandparvoz  va’dalaridan  voz  kechib,  o’lka  xalqlariga  qarata  olib  borgan 
ikkiyuzlamachilik  va  munofiqlik  siyosatiga  javoban  yurtning  millatparvar  rahnamolari 
faol  harakatga  keldilar.  1917-yil 
26
-noyabrida  Qo’qonda  o’lka  musulmonlarining  IV 
favqulodda  qurultoyi  chaqirildi.  Unda  Turkiston  o’lkasining  5  viloyatidan  200  nafardan 
ziyodroq  vakillar  ishtirok  etdi.  Qurultoy  ishida  “Sho’roi  Islom”,  “Sho’roi  Ulamo”, 
Musulmon harbiylari Sho’rosi, o’lka yahudiylar jamiyati namoyandalari ham qatnashdilar. 
Qurultoyda  Turkiston  Muxtoriyati  tuzildi.  Bu  xususda  qabul  qilingan  qarorda  shunday 
deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat 
etgan  xalqlarning  o’z  huquqlarini  o’zlari  belgilash  xususidagi  irodasini  namoyon  etib, 
Turkistonni  Federativ  Rossiya  respublikasi  tarkibida  hududiy  jihatdan  muxtor  deb  e’lon 
qiladi,  shu  bilan  birga  muxtoriyatning  qaror  topish  shakllarini  Ta’sis  majlisiga  havola 
etadi”.  Shundan  so’ng  qurultoy  “Turkistonda  yashab  turgan  milliy  ozchilik  aholi 
huquqlarining muttasil himoya qilinishini tantanali ravishda e’lon qiladi”. 
Yangidan  tarkib  topayotgan  davlat  Turkiston  Muxtoriyati  deb  ataladigan  bo’ldi. 

Qurultoyda  Turkiston  Muxtoriyatining  hokimiyat  organi  -  Muvaqqat  Kengash  tuzildi. 
Muvaqqat  Kengash  tarkibi  12  kishidan  iborat  etib  belgilandi.  Dastlab  unga  quyidagi 
nomzodlar kiritildi: 
1.
 
M. Tinishpayev - bosh vazir, ichki ishlar vaziri; (
Qozoq taraqqiyparvarlari 1917-
yil-dekabrda  Orenburgda  s’ezd  o’tkazib  «Alash-O’rda»  avtonom  Respublikasini  tuzdilar, 
uning  hukumati  tarkibiga  M.Tinishpayev  saylanadi.  Shu  munosabat  bilan  M.Tinishpayev 
«Alash O’rda» poytaxti Semipalatinskka ketadi.

2.
 
Islom Shoahmedov - bosh vazir o’rinbosari; 
3.
 
Mustafo Cho’qayev tashqi ishlar vaziri (keyinroq bosh vazir); 
4.
 
Ubaydulla Xo’jayev - harbiy vazir; 
5.
 
Yurali Agayev - yer va suv boyliklari vaziri
6.
 
Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat vaziri; 
7.
 
Abdurahmon O’razayev - ichki ishlar vaziri o’rinbosari; 
8.
 
Solomon Gertsfeld - moliya vaziri. 
Hukumat  tarkibiga  yevropalik  aholi  orasidan  yana  to’rtta  vakil  kiritilishi  belgilab 
qo’yilgan edi. 
Qurultoyning  yana  bir  katta  xizmati,  bu  uning  tomonidan  Turkiston  Milliy  majlisi 
(parlamenti)  tuzilganligi  bo’ldi.  Unga  “Sho’roi  Ulamo”  tashkiloti  rahbari  Sherali  Lapin 
rais etib saylandi. 
Milliy Majlis tarkibiga Muvaqqat Kengash a’zolaridan tashqari o’sha davrning atoqli 
arboblari: T. Norbo’tabekov, S. Sharifxo’jayev, Nosirxonto’ra Komolxonto’ra o’g’li, M. 
Behbudiy, Alixonto’ra Shokirxonto’ra o’g’li, Sobirjon Yusupov, Odiljon Umarov singari 
yurt peshvolari ham saylangan edilar. 
Shunday  qilib,  o’lkaning  mo’’tabar  millatparvar  zotlaridan  iborat  milliy  hokimiyat 
tashkil  etilib,  uning  zimmasiga  ulug’vor  vazifalar  yuklandi.  Eng  muhimi,  Turkiston 
xalqining  erki,  mustaqilligini  asta-sekin  tiklash  -  bu  xalqchil  hukumatning  bosh  vazifasi 
edi.  Shu  boisdan  ham  o’lkaning  millionlab  fuqarolari  Turkiston  Muxtoriyati  e’lon 
qilinganligini  katta  qoniqish  ruhi  bilan  qarshi  oldilar.  1917-yil-dekabr  oyi  boshlarida 
Toshkent,  Namangan,  Jalolobod,  Qo’qon,  Samarqand  shaharlari  aholisi  mitinglar, 
namoyishlar uyushtirib, muxtoriyatni qizg’in qo’llab-quvvatlab chiqdilar. 
Biroq  o’lkada  o’rnashib  olgan  va  asosiy  boshqaruv  jilovini  qo’lda  ushlab  turgan 
Turkiston  sovet  hukumati  va  uning  joylardagi  hokimiyat  mahkamalari  Turkiston 
muxtoriyati va uning tarafdorlarini yo’q qilish yo’lini butun choralar bilan o’tkazib bordi. 
1917-yil  13-dekabrida  Toshkentda  muxtoriyatni  yoqlab  o’tkazilgan  katta  mitingni 
zo’rlik  bilan  tarqatib  yuborilishi,  bugina  emas,  unda  sovet  kuchlari  otgan  miltiq  va 
pulemyotlar  sadosi  ostida  ko’plab  qurbonlar  berilishi  (eski  shaharlik  16  kishi  otib 
o’ldirilgan edi) - bu Turkiston muxtoriyatiga nisbatan uyushtirilgan dastlabki suiqasd edi. 
1917-yil 25-dekabr kuni Qo’qonda o’lka musulmon ishchi, askar va dehqonlarining I 
favqulodda  qurultoyi  ish  boshladi.  Unda  200  ga  yaqin  kishi  ishtirok  etdi.  Qurultoy 
muxtoriyatni  har  tomonlama  quvvatlash,  unga  moddiy  va  ma’naviy  madad  ko’rsatish 
shiori ostida o’tdi. Unda Turkiston Muvaqqat Kengashi tarkibini musulmon ishchi, askar 
va  dehqon  deputatlari  qurultoyi  vakillari  hisobiga  to’ldirish  to’g’risida  qaror  qilindi. 
Qurultoy o’zining so’nggi ish kuni - 27-dekabrda Petrogradga, Xalq Komissarlari Soveti 
Raisi V.I. Lenin nomiga telegramma yo’lladi. Unda Turkiston muxtoriyatini e’tirof etish, 
Toshkent  Xalq  Komissarlari  Sovetiga  hokimiyatni  Turkiston  muxtoriyati  Muvaqqat 

Kengashiga topshirish to’g’risida farmoyish berish so’ralgan edi. 
Lenin  va  uning  safdoshlari  esa  ochiq  va  yashirin  tarzda  Toshkentda  faoliyat 
yuritayotgan  Turkistondagi  sovet  hukumati  oldiga  milliy  muxtoriyatni  tugatishni  vazifa 
qilib qo’yganligi hech kimga sir emas. Turkistondagi sovet hokimiyati o’lka muxtoriyati 
faoliyatini  cheklash,  uni  butunlay  barham  toptirishga  qaratilgan  xoinona  yo’l  tutdi.  Bu 
manfur  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  sovetlar  hokimiyati  tasanufida  bo’lgan  hamma 
vositalar  ishga  solindi.  1918-yil  19-26-yanvarda  bo’lib  o’tgan  Turkiston  o’lka 
sovetlarining  IV  s’ezdi  Turkiston  muxtoriyati  hukumatini,  uning  a’zolarini  qonundan 
tashqari holatda deb hisobladi va ularning boshliqlarini qamoqqa olishga qaror qildi. 
Buning  ustiga  Turkiston  muxtoriyati  o’zini  o’zi  yetarli  darajada  himoya  qila  olish 
imkoniyatiga  ega  bo’lolmadi.  Muxtoriyatchilar  orasida  ko’pgina  muhim  xayotiy 
masalalarda  birlik,  hamjihatlik,  jipslik  mavjud  emasdi.  Unga  moddiy,  ma’naviy  hamda 
harbiy, moliyaviy madad ko’rsata oladigan real kuchlar va imkoniyatlar yo’q edi. 1918-yil 
18-fevralda  «Ulamo»  jamiyati  tashabbusi  bilan  Muxtoriyatda  to’ntarish  sodir  etildi. 
Mustafo  Cho’qayev  boshchiligidagi  hukumat  ag’darildi.  Hukumat  boshqaruvi  Qo’qon 
shahar militsiyasi boshlig’i Kichik Ergashga o’tadi. 
Turkiston  sovet  hukumati  1918-yil  14-fevralida  Farg’ona  viloyati  hududida 
favqulodda  harbiy  holat  joriy  etdi.  Uning  Qo’qondagi  mahalliy  hokimiyati  -  ishchi  va 
askar  deputatlari  soveti  17-fevralda  muxtoriyat  vakillarini  taslim  bo’lishga  da’vat  qildi. 
Ayni vaqtda Toshkentdan Perefilev boshchiligida qurollangan ko’p sonli qizil qo’shin olib 
kelindi  va  ular  darhol  ishga  solindi.  Qo’qondagi  ashaddiy  millatchi  arman  dashnoqlari  
ham bu bosqinga jalb qilindi. 
(
Dashnoq - 1890-yilda Tiflisda tashkil etilgan «Dashnaktsutyun» («Ittifoq») arman 
milliy  partiyasi  a’zosi.  Dashnoqlarning  bir  qismi  1915-yilgi  turk-arman  qrig’inida  qo’chib  Turkistonga  kelgan  edilar.
)

Ayniqsa  19-21-fevral  kunlari  Qo’qon  xalqi  ustiga  balo-kazo  yog’ildi.  Shahar  o’t  ichida 
yondi. Shu tariqa, Turkiston Muxtoriyati mag’lubiyatga uchradi. 
 
Eng  dahshatliligi  shuki,  bu  xunrezlik  tagida  hech  bir  gunohi  bo’lmagan  ming- 
minglab Qo’qon fuqarosi mislsiz jabr tortdi, behisob qurbonlar berdi. Qo’qonda sovetlar 
sodir  etgan  qonli  fojiani  sovet  davlati  arboblaridan  biri  D.  Manjara  keyinroq  shunday 
deb  e’tirof  etgandi:  “Milliy  siyosatda  yo’l  qo’yilgan  xatolarimiz  tufayli  Qo’qon 
muxtoriyati  vujudga  keldi.  Uni  yo’qotish  paytida  yana  bir  xatoga  yo’l  qo’ydik.  Qurol-
yarog’i  deyarli  bo’lmagan  muxtoriyatchilar  joylashgan  eski  shaharni  qamal  qilish 
o’rniga,  biz  to’plardan  o’qqa  tutdik,  keyin  dashnoqlarning  qurolli  to’dalarini  ishga 
soldik. 
Natijada 
talon-taroj, 
nomusga  tegish,  qirg’in  boshlandi.  Bundan 
muxtoriyatchilarga aloqasi bo’lmagan tinch aholi katta zarar ko’rdi”.  
TASSRning tuzilishi. Sovet hokimiyati o’zining avvaldan rejalashtirgan sotsialistik 
yo’nalishdagi iqtisodiy va siyosiy qayta qurishlar yo’lini izchil amalga oshirishga kirishdi. 
Chunonchi,  yer  to’g’risidagi  dekret  asosida  yerga  bo’lgan  xususiy  mulkchilikni  tugatish 
boshlandi.  Shu  maqsadda  joylarda  yer  qo’mitalari  tuzildi.  Jumladan,  1918-yil  kuzida 
Sirdaryo  viloyatida  51  ta,  Samarqand  viloyatida  50  ta,  Yettisuvda  25  ta  shunday 
qo’mitalar  tashkil  etildi.  Biroq  dehqonlar  sovet  ma’murlarining  yer  qo’mitalarini  tuzish 
harakatini keskin norozilik bilan qarshi oldilar. Shunga qaramasdan bolsheviklar bu yo’lni 
qat’iy amalga oshirishda davom etdilar. Buning natijasida o’lkadagi ko’plab miqdordagi 
yirik mulklar, xususiy yerlar musodara etildi va milliylashtirildi. 
Sovet hukmdorlarining  yana  bir  hiylakorligi  va ustamonligi  shunda ko’rinadiki, ular 

Turkiston muxtoriyati tajribasidan muhim xulosa chiqarib, bu hududda o’ziga xos sovet 
muxtor  respublikasini  tuzishga  yo’l  tutdilar.  Bundan  ko’zda  tutilgan  bosh  maqsad  - 
Turkistonning  kelajakda  mustaqil,  suveren  davlat  bo’lib,  ajralib  chiqib  ketishiga  izn 
bermaslik  edi.  Sovetlar  ishlab  chiqqan  rejaga  ko’ra  1918-yilning  20-aprelidan  1-
mayigacha Toshkentda bo’lib o’tgan o’lka Sovetlarining V qurultoyida Turkiston avtonom 
sovet  sotsialistik  respublikasi  (TASSR)  tuzildi  va  RSFSR  tarkibiga  kiritildi.  Sinfiylik 
tamoyillariga asoslangan o’ziga xos davlat boshqaruvida hokimiyat funksiyalari butunlay 
sovetlar  va  ularning  organlari  ixtiyorida  edi.  Qurultoyda  respublikaning  hokimiyat 
organlari:  Markaziy  Ijroiya  Qo’mitasi  (MIQ)  va  Xalq  Komissarlari  Soveti  (XKS) 
saylandi. MIQning jami 36 a’zosidan atigi 9 nafari mahalliy millat kishilari edi. Avtonom 
respublika MIQning raisi etib bolshevik P. A. Kobozev saylandi, bolshevik F. I. Kolesov 
boshchiligida  16  kishidan  iborat  tuzilgan  XKS  tarkibiga  ham  3  nafar  mahalliy  aholi 
vakillari kiritilgan edi, xolos. 
1918-yil  iyunda  2  ming  nafar  bolsheviklarni  o’z  safida  birlashtirgan  Turkiston 
Kompartiyasi  tuzildi.  1919-yil-martida  Turkiston  Kompartiyasi  huzurida  Turor  Risqulov 
raisligida  O’lka  musulmonlari  byurosi  tuziladi.  Musbyuroning  organi  -  «Ishtirokiyun» 
gazetasi  nashr  etila  boshlandi,  unda  Turkiston  ma’murlarining  shovinistik  siyosati  fosh 
etila bordi. 
1918-yil oktabrida bo’lgan o’lka sovetlarining VI qurultoyida TASSR Konstitutsiyasi 
qabul  qilindi.  Unda  Turkistonni  RSFSRning  “ajralmas,  tarkibiy  qismi”  ekanligi,  o’lka 
xalqlarining barcha hayotiy masalalari uning mas’ulligida ekanligi qonunlashtirildi. 
Turkistonda  sovet  hokimiyatining  tobora  kuchayishi,  uning  yakkahukmronligining 
ortib  borishi,  o’lka  hayotining hamma  jabhalarining qattiq  markazlashtirilishi, qattiqqo’l 
iqtisodiy tadbirlarning o’tkazilishi faqat mahalliy aholi qatlamlarining keskin noroziligiga 
sabab bo’lib qolmasdan, boshqa siyosiy muxolifatchi kuchlarni ham harakatga keltirdi. 
1919-yil  19-yanvarida  harbiy  komissar  K.Osipov  uyushtirgan  isyon  natijasida 
Toshkentda  14  nafar  Turkiston  xalq  komissarlarining  otib  o’ldirilishi  ham  buning  aniq 
ifodasi bo’lgandi. Ammo tezlikda o’zlarini o’nglab olishga ulgirgan bolsheviklar vaziyatni 
o’z  foydalariga  o’zgartirib,  sovet  hokimiyatini  yana  saqlab  qolishga  muvaffaq  bo’ldi, 
hokimiyat  organlari  yangi  kadrlar  bilan  to’ldirildi.  Rahbarlik  lavozimlariga  mahalliy 
millat vakillari ham jalb etila bordi. 
Moskva sovet Turkistoniga o’z ta’sirini kuchaytirish, uni har tomonlama o’ziga qaram 
qilish  maqsadida  1919-yil  kuzida  Toshkentga  alohida  favqulodda  vakolatlar  berilgan 
Turkkomissiya  (Sh. Eliava  -  rais,  V.  Bokiy,  F.  Goloshchekin, V.  Kuybishev,  M.  Frunze, 
Ya. Rudzutak)ni yubordi. Uning butun faoliyati TASSR sovet va partiya qurilishi ishlarini 
jadal sur’atlar bilan olib borish, yangi tuzumni chuqur ildiz ottirish edi. TASSR hayotida 
kechayotgan barcha ijtimoiy  - siyosiy, iqtisodiy va  madaniy jarayonlar bilan bog’liq eng 
asosiy masalalarning birortasi ham Turkkomissiya a’zolarining izmisiz hal etilmas edi. 
Bu  davrda  mahalliy  xalq  orasidan  chiqqan,  sovet  va  partiya  qurilishida  ancha  tajriba 
ortirgan,  chiniqqan  T.  Risqulov,  N.  To’raqulov,  A.  Rahimboyev,  N.  Xo’jayev,  Q. 
Otaboyev, A. Ikromov, S. Segizboyev kabi yurt arboblari u yoki bu rahbariy mansablarda 
faoliyat  yuritgan  bo’lsalar-da,  ammo  ularning  inon-ixtiyori  moskvalik  hukmdorlar 
tizginida bo’lgan. Xullas, Turkkomissiya siymosida TASSR hayotida zo’rlik bilan qaror 
topdirib 
borilayotgan 
bolsheviklar 
diktaturasining 
asl 
mazmun-mundarijasi 
mujassamlashgan edi. 

 
Xorazm va Buxoroda demokratik harakatlar. Xiva xonligi va Buxoro 
amirligining ag’darilishi 
Rossiyada  1917-yilda  yuz  bergan  fevral  inqilobiy  o’zgarishi  chorizmning  yarim 
mustamlaka  o’lkalari  hisoblangan  Xiva  xonligi  va  Buxoro  amirligida  ham  aks-sado 
bermay qolmadi. Avvalo, bu tobe davlatlarning Rossiya ta’siridan xalos bo’lishga intilishi 
ko’zga  tashlansa,  ikkinchi  tomondan,  mahalliy  xalqning  demokratik  erkinliklar  va 
huquqlarga ega bo’lish sari harakatlari faollashdi. 
Jumladan, Xorazmda Yosh xivaliklar harakati xonlikdagi siyosiy vaziyatni o’zgartirish 
va  bir  qator  demokratik  o’zgarishlarni  yuzaga  chiqarishga  otlandilar.  Yosh  xivaliklar 
yetakchilari  ishlab  chiqqan  manifestda  konstitutsion  monarxiya  tuzish,  xonning 
vakolatlarini  cheklash,  iqtisodiyot,  ta’lim  va  madaniy  xayot  jabhalarini  isloh  qilish 
talablari  ilgari  surilgandi.  Xivada  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  keskin  tus  olayotganidan 
cho’chigan  Isfandiyorxon  (1910-1918)  1917-yil  5-aprel  kuni  manifestni  imzolashga 
majbur  bo’ldi.  Manifest  talablariga  ko’ra  xonlikda  konstitutsion  monarxiya  tuzumi 
o’rnatildi.  Ayni  paytda  tarkibi  30-50  kishidan  iborat  ruhoniylar  va  savdo-sanoat  ahli 
vakillaridan  saylangan  Majlis  va  Nozirlar  Kengashi  tuziladi.  Ular  xalq  vakilligi 
boshqaruvi  organlari  sifatida  xon  hokimiyati  vakolatlarini  ma’lum  darajada  chekladi. 
Manifestga  muvofiq  yosh  xivaliklarning  taniqli  rahbari  Bobooxun  Salimov  Majlis  raisi, 
Matmurodov  esa  Nozirlar  Kengashi  raisi  etib  saylandilar.  Xon  xazinasi  va  uni  tasarruf 
qilish ustidan nazorat o’rnatildi. Xon temir yo’llar qurish, pochta-telegraf o’rnatish, yangi 
jadid  maktablari  ochish  to’g’risida  va’dalar  berdi.  Biroq  Xiva  xoni  va  uning  atrofidagi 
mutaassib  kuchlar  bu  demokratik  o’zgarishlarni  yo’qqa  chiqarish,  eski  tartiblarni  qayta 
tiklash payida bo’ldilar. 
1917-yil-iyuniga  kelib  Isfandiyorxon  Rossiya  Muvaqqat  hukumatining  Xivadagi 
vakili,  general  Mirbadalov  yordamiga  tayanib,  Matmurodov  boshliq  Yosh  xivaliklar 
rahbarlarini qamoqqa oladi. Bu partiyaning faoliyati qonundan tashqari deb e’lon qilinadi. 
Yosh  xivaliklarning  ko’plari  qo’lga  olinib  jazolanadi.  Qolganlari  xonlik  hududini  tark 
etadilar. 
Xiva  xonligining  tugatilishi.  1917-yil  kuzida  Rossiyada  ro’y  byergan  oktabr 
o’zgarishi, Turkistonda mustabid sovet hokimiyatining o’rnatilishi davomida Xivada ham 
demokratik  harakat  yangi  bosqichga  qadam  qo’yadi.  Demokratik  kuchlar,  aholining 
kambag’al tabaqalari faol harakatga kela bordilar. Qo’ng’irot, Ko’hna Urganch, Xojayli, 
Taxta,  Porsu  bekliklarida  mahalliy  aholi  qat’iy  harakatlarga  chiqdi.  Buning  ustiga 
mamlakatni  boshqara  olmay  qolgan  xonning  1918-yil  yanvarida  turkmanlar  sardori 
Junaidxonni  Xivaga  chaqirishi  va  uni  bosh  qo’mondon  etib  tayinlanishi  ham  vaziyatni 
yanada  chigallashtirib  yubordi.  Junaidxon  tez  orada  Isfandiyorxonni  qatl  ettirib,  o’rniga 
uning tog’asi, irodasiz Said Abdullani nomiga xon qilib ko’tarib, amalda yakka hukmdor 
bo’lib oldi. Junaidxonning harbiy diktaturasi zulmidan og’ir aziyat chekkan ko’plab aholi 
qo’shni  Turkistonga  qochib  o’ta  boshladi.  Ularning  ko’plari  Sovetlar  tayyorlagan  qizil 
qo’shinlar  safini  to’ldirib  bordi.  Bularniig  hammasi  Sovetlarga  qo’l  keldi.  Shu  zaylda 
ularga qarashli Amudaryo bo’limida (Turtko’lda) N. A. Shaydakov va N. M. Shcherbakov 
boshchiligida  shimoliy  va  janubiy  harbiy  dastalar  tuzilib,  xonlik  tuzumini  ag’darishga 
shay  qilib  qo’yildi.  Darhaqiqat,  Turkiston  sovet  rahnamolari  yo’l-yo’riqlari  asosida 
harakatga  kelgan  qizil  qo’shinlar  va  shuningdek,  o’zbek  va  turkman  aholisidan  tashkil 

topgan qo’zg’olon dastalari 1919-yil dekabri oxirlaridan Junaidxon rejimiga qarshi harbiy 
yurish  boshlaydilar.  Bu  kuchlar  Junaidga  ketma-ket  zarbalar  berib,  birin-ketin  xonlik 
hududlarini qo’lga kiritib bordilar. 1920-yil 2-fevralda Xiva egallandi. 
Junaidxon  qolgan-qutgan  qo’shini  bilan  Qoraqum  sahrosiga  chekinadi.  Qo’g’irchoq 
xon  Said  Abdullo  taxtdan  voz  kechadi.  Shu  tariqa,  sovetlar  kuchi  bilan  Xiva  xonligi 
ag’darildi va 5 kishidan iborat Inqilobiy qo’mita tuzildi. Uning tarkibiga Yosh xivaliklar 
va  turkman  urug’-qabilalaridan  vakillar  kiritildi.  Inqilobiy  qo’mita  raisi  etib  Yosh 
xivaliklar  rahbari  D.Sultonmurodov  saylandi.  Tez  orda  Yosh  xivaliklar  ishlab  chiqqan 
manifest e’lon qilinadi. 
 
Manifestda nazarda tutilgan tadbirlar 

 
Xon  va  uning  hukumati  tomonidan  mamlakatni  mutlaq  boshqarishni 
butkul barham topdirish. 

 
Xiva xoniga, shaxzodalar va vazirlarga tegishli bo’lgan mablag’lar va 
mulklarni  xalq  mulki  deb  e’lon  qilish.  Kambag’allar  hayotini 
yaxshilash yo’lida yirik zamindorlar erlaridan foydalanish. 

 
Bolalarni  bepul  o’qitish  uchun  xonlikning  hamma  joyida  maktablar 
ochish. 

 
Shaharlar 
va 
aholi 
manzilgohlarida 
bepul 
shifoxonalar 
va 
sog’lomlashtirish muassasalari ochish. 

 
Xiva  xoni  va  beklari  tomonidan  kambag’al  aholidan  tortib  olingan 
erlar, mulk va boshqa narsalarni qaytarib berish. 

 
Majburiy mehnatga jalb qilish (begor)ni butunlay yo’q qilish. 
 
 
1920-yilning  27-30-aprel  kunlari  Xivada  bo’lib  o’tgan  xalq  vakillari  Butunxorazm 
qurultoyi xonlik tugatilganligi va yangidan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligini 
e’lon  qildi.  Qurultoy  XXSRning  muvaqqat  Konstitutsiyasini  qabul  qildi.  Qurultoy 
shuningdek  15  kishidan  iborat  hukumat  -  Xalq  Nozirlar  Kengashini  sayladi.  Yosh 
xivaliklar  rahbarlaridan  Polvonniyoz  Yusupov  uning  birinchi  raisi  bo’ldi.  Tez  orada 
(iyunda)  Rossiya  bolshevik  rahbarlari  ko’magida  Xorazm  Kompartiyasi  tashkil  etilib, 
uning  hukmronlik  mavqei  hayotda  tayin  etib  borildi.  Sovet  Rossiyasi  ayni  paytda  yangi 
tug’ilgan Xorazm Xalq Sovet Respublikasini o’z ta’sir doirasiga olish maqsadida 1920-yil 
13-sentabrda  XXSR  bilan  ittifoq  shartnomasini  tuzadi.  Bu  shartnoma  bilan  birga  ikkala 
respublika  o’rtasida  imzolangan  xarbiy-siyosiy  va  iqtisodiy  kelishuvlar  asosida  Xorazm 
Xalq  Sovet  Respublikasiga  sovet  Rossiyasi  tomonidan  tegishli  harbiy,  iqtisodiy  va 
madaniy  yordam ko’rsatish ko’zda tutilgan edi. Biroq “katta og’a”ning bunday  yordami 
zamirida Xorazm Xalq Sovet Respublikasining ichki ishlariga aralashish, uning siyosatini 
o’z manfaatlariga bo’ysundirish maqsadlari yotardi. Faqatgina 1921-yil davomida Xorazm 
Xalq  Sovet  Respublikasida  uch-marta  (mart,-sentabr,-noyabrda)  hukumat  o’zgarishi 
yasalib,  Moskvaga  ma’qul  kelmagan  uning  tarkibi  o’zgartirildi.  O’z  xalqining  milliy 
manfaatlarini  ko’zlab  siyosat  yuritgan  Polvonniyoz  Yusupov,  M.  Ibniyaminov,  O. 
Muhammadrahimov  bosh  bo’lgan  hukumat  tarkiblari  bekor  qilindi,  ularning  rahbarlari 
asossiz qoralandi, so’ngra turli jazolarga giriftor etildi. 

1923-yil  oktabrida  bo’lib  o’tgan  IV  Butunxorazm  Sovetlari  Qurultoyi  Xorazm  Xalq 
Sovet  Respublikasini  Xorazm  Sovet  Sotsialistik  Respublikasi  deb  e’lon  qildi  va 
respublikaning yangi konstitutspyasini qabul qildi. Unda Xorazmda Sovetlar rahbarligida 
amalga oshirilgan jiddiy o’zgarishlar orqasida bu respublika endilikda o’z taraqqiyotining 
yangi,  sotsialistik  bosqichiga  kirganligi  alohida  ta’kidlandi.  Konstitutsiya  yerga  bo’lgan 
xususiy  mulkchilikni  bekor  qildi,  barcha  erlar  umumxalq  mulki  deb  e’lon  etildi.  Vaqf 
mulklari  maorif  nozirligi  ixtiyoriga  olindi.  Xorazm  xalqlarining  xohish-irodasiga  zid 
tarzda amalga oshirilgan bu xil tadbirlar va eng asosiysi, respublikani boshqarish jilovini 
tobora  Sovetlar  hukmronligi  qo’l  ostiga  o’tib  borishi,  pirovardida  voha  aholisining 
umumiy noroziligining kuchayib borishiga sabab bo’ldi. 

Download 5.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling