1-mavzu: O’zbekiston tarixi predmeti, uni o’rganishning metodologik tamoyillari, manbalari va ahamiyati Reja


Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi. Ittifoq shartnomasini yangilash talabi


Download 5.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/39
Sana24.11.2017
Hajmi5.05 Kb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39

Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi. Ittifoq shartnomasini yangilash talabi
Sobiq SSSR ga kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda 
qaram  edi.  Ular  o’z  yerlari,  suvlari,  o’rmonlari  va  yer  osti  boyliklariga,  ko’pdan-ko’p 
korxonalariga o’zlari egalik qilolmas edilar. 80-yillarning oxirlari 90-yillarning boshlarida 
ko’pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o’zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. 
O’bekiston  Respublikasining  rahbari  I.A.Karimov  1989-yil  20-sentabrda  Maskvada 
bo’lib  o’tgan  KPSS  MQ  ning  Plenumida  so’zlagan  nutqida  respublikalar  bilan  SSSR 
o’rtasidagi  vakolatlarni  aniq-ravshan  ajratib  qo’yishni  ko’zda  tutadigan  yangi  federativ 
shartnoma  ishlab  chiqish  zarurligi  to’g’risida  o’z  fikrini  bildirib:  «Biz  Ittifoq  va 
respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab 
qo’yish,  respublikalar  mustaqilligini  har  jihatdan  mustahkamlash  tarafdorimiz»,  -  degan 
edi. 
Biroq  Markaziy  hokimiyat  respublikalarga  erkinlik  berish  haqidagi  talab-takliflarni 
e’tiborga  olmadi,  to’g’rirog’i  ularga  erkinlik  berishni  xohlamas  edi.  Markazning 
qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati 
kuchayib bordi. 1990-yil bahorida Boltiqbo’yidagi Latviya, Litva, Estoniya respublikalari, 
keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar. 
Markazda  va  joylarda  SSSR  konstitutsiyasi  va  qonunlari  ustunmi  yoki  respublika 
Konstitutsiyasi  va  qonunlari  ustunmi,  degan  masalada  bahs,  munozaralar  kuchaydi. 

Markazdagilar  «Kuchli  markaz-kuchli  respublikalar»  desa,  joylardagilar  «Kuchli 
respublikalar-kuchli markaz» der edilar. 
Markaziy  hokimiyat  jamoatchilikning  talabi  ostida  Ittifoq  shartnomasini  yangilash 
zarurligini  e’tirof  etishga  majbur  bo’ldi.  SSSR  Oliy  Soveti  mazkur  masala  bilan 
shug’ullanuvchi  maxsus  delegatsiya  tuzdi  va  uning  tarkibini  tasdiqladi.  1990-yil  iyulda 
Moskvada  Markaz  vakillari  bilan  respublikalar  delegatsiyalari  yangi  shartnoma  matnini 
tayyorlashga kirishdi. 1990-yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi. 
Dasturda  respublikalar  o’z  hududlaridagi  butun  milliy  boyliklarga  egalik  qilish, 
foydalanish  huquqiga  ega  ekanligi  ta’kidlangan  edi.  Ammo  shartnomaga  bunday 
yondashuv Markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. 
SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha 
shartnoma  loyihasini  tuzib  respublikalarga  tarqatdi.  Respublikalar,  shu  jumladan, 
O’zbekiston Markaz loyihasini qabul qilmadi. 
1991-yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida qayta ish olib borildi. 
Unda  Boltiq  bo’yi  respublikalari,  Gruziya,  Armaniston,  Moldova  vakillari  qatnashmadi, 
Ozarbayjon  kuzatuvchi  bo’lib  qatnashdi.  Ittifoq  bilan  respublikalar  vakolatlarini  farqlab 
qo’yishga  harakat  qilindi.  Nihoyat,  Ittifoq  va  respublikalar  vakolatlari  belgilab  berilgan 
shartnoma  loyihasi  matbuotda  e’lon  qilindi.  Respublikalarda  mazkur  loyiha  muhokama 
qilindi. O’zbekiston rahbariyati respublikalarga to’la mustaqillik berishni ko’zlamaydigan 
shartnoma  loyihasini  rad  etdi.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov 
O’zbekiston  Kompartiyasi  Markaziy  Qo’mitasining  1991-yil  12-martda  bo’lgan  IV 
plenumida  so’zlagan  nutqida:  «Ittifoq  shartnomasini  imzolash  uchun  eng  qulay  payt 
qo’ldan boy berib qo’yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko’targan kishilarning ovoziga 
hech  kim  quloq  solmadi.  Markaz  1922-yildagi  shartnomaga  mahkam  yopishib  olib, 
oqilona  takliflarni  qabul  etmadi,  ishni  paysalga  soldi»,  -  degan  edi.  Bu  fikrning 
to’g’riligini hayot to’la isbotladi. 
Butunittifoq  referendumi.  SSSR  Oliy  Soveti  Ittifoq  shartnomasini  o’zgartirish, 
SSSRni  teng  huquqli  suveren  respublikalar  Federatsiyasi  sifatida  yangilash  xususida 
xalqning  fikrini  bilish  maqsadida  1991-yil  17-mart  kuni  Butunittifoq  referendumini 
o’tkazishga  qaror  qildi.  1991-yil  20-fevralda  O’zbekiston  Oliy  Kengashning  Rayosati 
referendum o’tkazishni maqulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten 
bilan birga yana bitta qo’shimcha byulletenni ovozga qo’yishga qaror qildi. 
Qo’shimcha  byulletenga  «Siz  O’zbekistonning  mustaqil,  teng  huquqli  respublika 
sifatida  yangilangan  Ittifoq  (Federatsiya)  tarkibida  qolishiga  rozimisiz?»  degan  savol 
qo’yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga «Ha» deb javob 
berdilar.  Demak,  o’zbekistonliklar  o’z  mamlakatini  mustaqil  davlat  sifatida  federativ 
ittifoqda  bo’lishini,  O’zbekistonning  suveren  respublika  sifatida  rivojlanishini  yoqlab 
ovoz bergan edilar. 
1991-yil  aprelda  Kiyevda  Ukraina,  Rossiya,  Belorus,  O’zbekiston,  Qozog’iston 
respublikalari  rahbarlarining  uchrashuvi  bo’ldi.  Uchrashuvda  mustaqil  respublikalar 
manfaatlariga  mos  keladigan  Ittifoq  shartnomasini  tuzishga  yondashish  yo’llari  ishlab 
chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu xujjatni Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston 
respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo’ldi. 
 
Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intilish 

1991-yil  aprelda  Novo-Ogoryovoda  SSSR  Prezidenti  M.S.Gorbachyovning  9 
respublika  rahbarlari  bilan  uchrashuvi  bo’ldi.  Ishtirokchilar  tomonidan  «Mamlakatdagi 
vaziyatni  barqarorlashtirish  va  tanglikni  bartaraf  etishga  doir  kechiktirib  bo’lmaydigan 
choralar to’g’risida» qo’shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9+1» (9 respublika+Markaz) 
degan  nomni  oldi.  Uning  mazmuni  markazning  yon  berganini,  Kiyevda  bildirilgan  fikr-
mulohazalarga rozi bo’lganini ko’rsatadi. 
1991-yil  3-iyunda  Novo-Ogoryovoda  SSSR  Oliy  Soveti  vakillari  bilan  Respublika 
rahbarlari  o’rtasida  uchrashuv  bo’ldi.  Uchrashchuvda  Mustaqil  davlatlar  ittifoqi  (MDI) 
tuzish  masalasi  muhokama  qilindi.  Mulk,  til  va  yangi  shartnomani  tasdiqlash  tartibi 
to’g’risida  keskin  munozara  bo’ldi.  Uchrashuvda  ishtirokchilarning  fikr-mulohazalari 
asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi to’g’risida shartnoma» loyihasi ishlab 
chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo’natildi. 
Mazkur shartnoma loyihasi O’zbekiston Oliy Sovetida 1991-yil 14-iyunda muhokama 
qilindi.  Kengash  Federatsiya  tamoyillari  asosida  Mustaqil  Davlatlar  Ittifoqini  tuzish 
tarafdori  ekanligini  bildirdi.  Shu  bilan  birga  u  Respublikalar  vakolatlarini  yanada 
kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi. 
1991-yil  iyul  oyining  oxirlarida  Novo-Ogoryovoda  yangi  shartnoma  loyihasini  uzil-
kesil  tayorlash  uchun  Markaz  vakillari  va  Respublika  rahbarlarining  uchrashuvi  bo’ldi. 
Markazni  ham,  Respublikalar  rahbarlarini  ham  qanoatlantiradigan  «Mustaqil  Davlatlar 
Ittifoqi  to’g’risida  shartnoma»  loyihasi  tayyorlandi.  Ammo  hamma  rozi  bo’lgani  holda 
«Mustaqil  Davlatlar  Ittifoqi  to’g’risidagi  shartnoma»ni  imzolash  1991-yil  20-avgust 
kuniga  qoldirildi.  SSSR  Prezidenti  M.S.Gorbachyov  Foros  (Qrim)ga  dam  olish  uchun 
jo’nab ketdi. 
1991-yil  avgust  voqealari.  Markaziy  hokimiyatni  saqlab  qolish,  respublikalarga 
mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir «imkoniyat» vujudga kelgan 
edi.  Ana  shu  kuchlar  tomonidan  1991-yil  avgustda  Markaziy  hokimiyatni  avvalgi 
maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi va SSSR da Favqulodda holat davlat 
qo’mitasi  (FHDQ)  tuzildi.  Uning  boshliqlari  G.I.Yanayev  –  SSSR  vitse-prezidenti, 
O.D.Baklanov – SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o’rinbosari, V.A.Kryuchkov 
– SSSR Davlat xavfsizligi qo’mitasining raisi, V.S.Pavlov – SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo 
– SSSR ichki ishlar vaziri, D.T.Yazov – SSSR mudofaa vaziri, V.A.Starodubsev – SSSR 
dehqonlar uyushmasi raisi, I.Tizyakov  – SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat 
korxonalari  hamda  inshoatlari  uyushmasining  prezidenti  kabi  Markaziy  hokimiyatning 
rahbarlari  edi.  Shu  tariqa,  fitnachilar  M.S.Gorbachyovni  noqonuniy  yo’l  bilan 
hokimiyatdan chetlashtirib, o’zlari hokimiyatni egallab oldilar. 
Mazkur  qo’mita  Sovet  rahbariyatining  Bayonoti,  Sovet  xalqiga  murojaatnoma, 
Davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa 
qarorlarni e’lon qildi. 
Butunittifoq  doirasida  mo’rtlashib  qolgan  ijtimoiy-siyosiy  vaziyat  yanada 
taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar. 
Qaltis  vaziyatda  1991-yil  19-avgustda  O’zbekiston  Prezidenti  I.A.Karimov 
Hindistonga  qilgan  rasmiy  tashrifidan  qaytib  keldi  va  Toshkent  shahri  faollari  bilan 
uchrashuv  o’tkazdi.  Uchrashuvda  Prezident  O’zbekistonning  nuqtai  nazarini  bildirib, 
respublikamizda  favqulodda  holat  joriy  etishga  hojat  yo’qligi,  O’zbekistonda  vaziyat 
barqarorligi, qonunga xilof ko’rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi. 

1991-yil  20-avgust  kuni  Toshkentda  O’zbekiston  SSR  Oliy  Kengashi  Rayosati  va 
O’zbekiston  Prezidenti  huzuridagi  Vazirlar  Mahkamasining  Qoraqalpog’iston,  viloyatlar 
va  Toshkent  shahar  rahbarlari  ishtirokidagi  qo’shma  majlisi  bo’lib  o’tdi.  Majlis 
mamlakatda  vujudga  kelgan  vaziyatni  muhokoma  qilib,  Bayonot  qabul  qildi.  Bayonotda 
O’zbekiston  Respublikasining  tinch  vaqtda  kuch,  avvalo,  harbiy  kuch  ishlatishga  qarshi 
ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday 
ig’vogarona harakatlarning oldini olish, hamma  joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, 
mish-mishlar  va  ehtiroslarga  berilmaslik  vazifalari  ilgari  surildi.  Bayonotda  O’zbekiston 
Davlat  mustaqilligi  to’g’risidagi  Deklaratsiya  qoidalarini  og’ishmay  va  izchil  amalga 
oshirish yo’lidan boraveradi, deb ko’rsatildi. 
1991-yil  21-avgustda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  o’z  farmoni  bilan 
O’zbekiston  hududida  hokimiyat  va  boshqaruv  idoralari,  korxonalar,  tashkilotlar  hamda 
muassasalarning  qabul  qilgan  barcha  qarorlari  va  ularning  ijrosi  SSSR  va  O’zbekiston 
SSR  Konstitutsiyalariga  hamda  qonunlariga,  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
Farmonlariga  va  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlariga  so’zsiz  mos  kelishi  kerak,  deb 
belgilab  qo’ydi.  Farmonda  SSSR  da  Favqulodda  holat  davlat  qo’mitasining  SSSR 
Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga 
zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo’yildi. 
Fitnachilarning  qonunga  hilof  ravishda  urinishlari  natijasida  1991-yil  19-21-avgust 
kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro’y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi 
bilan  demokratik  kayfiyatdagi  Moskva  aholisi  tomonidan  fitna  bostirildi.  Fitnachilar 
qamoqqa  olindi.  M.S.Gorbachyov  Prezidentlik  lavozimiga  qaytib  keldi.  Biroq 
mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo’lib, 
harakatsiz  qolgan  edi.  Sovet  Ittifoqi  Kommunistik  partiyasi  ham  halokatga  uchradi.  Shu 
tariqa, SSSR tanazzulga uchradi va parchalana boshladi. 
Fitnachilarning  qonunga  hilof  ravishda  urinishlari  natijasida  1991-yil  19-21-avgust 
kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro’y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi 
bilan  demokratik  kayfiyatdagi  Moskva  aholisi  tomonidan  fitna  bostirildi.  Fitnachilar 
qamoqqa  olindi.  M.S.Gorbachyov  Prezidentlik  lavozimiga  qaytib  keldi.  Biroq 
mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo’lib, 
harakatsiz  qolgan  edi.  Sovet  Ittifoqi  Kommunistik  partiyasi  ham  halokatga  uchradi.  Shu 
tariqa, SSSR tanazzulga uchradi va parchalana boshladi. 
 
Sinov savollari 
1.
 
Nima uchun O’zbekiston urush girdobiga tortildi? 
2.
 
O’zbekistonda o’tkazilgan harbiy safarbarlik haqida nimalarni bilasiz? 
3.
 
Korxonalar, qishloq xo’jaligi hayotida qanday o’zgarishlar bo’ldi? 
4.
 
Mehnat safarbarligi, mudofaa fondi nima? 
5.
 
G’arbdan  O’zbekistonga  ko’chirib  keltirilgan  korxonalar,  aholi  haqida  nimalarni 
bilasiz? 
6.
 
Jangda  yarador  bo’lganlarni  sog’lomlashtirish  ishiga  O’zbekiston  qanday  hissa 
qo’shdi? 
7.
 
O’zbekiston sanoatchilari fashizmni tor-mor etishga qanday hissa qo’shdilar? 
8.
 
Qishloq xo’jalik xodimlari g’alabaga qanday hissa qo’shdilar? 
9.
 
Transport xodimlari, aloqachilar mehnati haqida so’zlab bering. 

10.
 
O’zbekiston  Fanlar  Akademiyasining  tuzilishi  va  urush  yillaridagi  faoliyatini 
bilasizmi? 
11.
 
Yer  osti  xomashyo  konlarini  izlab  topish  va  o’zlashtirishga  rahbarlik  qilgan 
olimlardan kimlarni bilasiz? 
12.
 
Urush yillarida xalq ta’limi, oliy ta’limdagi ahvol haqida so’zlab bering. 
13.
 
Urush yillarida ijod etgan yozuvchi va shoirlardan kimlarni bilasiz? Qanday asarlar 
yaratildi? 
14.
 
San’at xodimlari faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 
15.
 
Urush  yillarida  qaysi  xalqlar  o’z  vatanidan  badarg’a  qilindilar?  Uning  oqibatini 
bilasizmi? 
16.
 
O’zbekistonliklarning  o’z  vatanidan  badarg’a  qilingan  xalqlarga  g’amxo’rligi 
haqida so’zlab bering. 
17.
 
Fashist bosqinchilarga qarshi janglarda o’zbekistonlik jangchilar ko’rsatgan jasorat 
haqida nimalarni bilasiz? 
18.
 
General Sobir Rahimov jasoratini bilasizmi? 
19.
 
O’zbekistonlik partizanlar faoliyati haqida so’zlab bering. 
20.
 
Yevropa mamlakatlarini fashizm asoratidan xalos etishga o’zbekistonliklar qanday 
hissa qo’shdilar? 
21.
 
Urush O’zbekiston xalqi boshiga qanday kulfatlar keltirdi? 
22.
 
«Xotira va qadrlash» kuni qachon va nima maqsadda o’tkaziladi? Hukmron Markaz 
nima  sababdan  urushdan  keyingi  yillarda  O’zbekistonda  paxtachilikning  ustivor 
rivojlanishiga asosiy e’tibor berdi? 
23.
 
Paxta yakkahokimligining kuchayishi qishloq aholisi hayotiga qanday asoratli ta’sir 
ko’rsatdi? 
24.
 
Orol fojiasi haqida so’zlab bering. 
25.
 
Urushdan  keyingi  yillarda  O’zbekiston  sanoati  rivojida  qanday  o’zgarishlar  yuz 
berdi? 
26.
 
Respublika  iqtisodiyoti  jabhalarida  yuz  byergan  turg’unlik  holatlari  haqida 
nimalarni bilasiz? 
27.
 
«Qayta qurish» siyosati deganda nimani tushunasiz? 
28.
 
«Paxta ishi» nima, uning oqibatlarini bilasizmi? 
29.
 
O’zbekiston Prezidenti lavozimi qachon ta’sis etildi, uning ahamiyatini bilasizmi? 
30.
 
Mustaqillik Deklaratsiyasi qachon qabul qilindi? 
31.
 
SSSR o’rniga qanday ittifoq tuzish masalasi ko’tarildi? U qanday prinsipda tuzilishi 
mo’ljallangan edi? 
 
 
 
 
12-MAVZU. O’ZBEKISTON DAVLAT MUSTAQILLIGINING QO’LGA 
KIRITILISHI. DEMOKRATIK HUQUQIY DAVLAT VA FUQAROLIK 
JAMIYATI ASOSLARINING BARPO ETILISHI 
 
Reja 
1.Mustaqil O’zbekiston davlatining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.  
2.Islom Karimov – O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. 

3.  O’zbekiston  Respublikasi  davlat  ramzlari  va  Konstitutsiyasining  qabul 
qilinishi. 
4.Siyosiy  islohotlar.  Huquqiy  demokratik  davlat  va  fuqarolik  jamiyati 
asoslarining shakllantirilishi.  
 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
O’zbekiston – mustaqil davlat. 1991-yil 29-dekabrdagi referendum. Davlat bayrog’i. 
Davlat gerbi. Davlat madhiyasi. Konstitutsiya. Konstitutsiyaviy tamoyillar. Milliy valyuta. 
Taraqqiyotning «O’zbek modeli». Huquqiy davlat. Fuqarolik jamiyati. Siyosiy partiyalar. 
Nodavlat tashkilotlari.  
 
1.MUSTAQIL O’ZBEKISTON DAVLATINING TASHKIL TOPISHI VA 
UNING TARIXIY AHAMIYATI 
 
O’zbekiston  mustaqil  davlat.  SSSR  tanazzulga  uchragach,  O’zbekiston  rahbariyati 
davlat mustaqilligini to’la o’z qo’liga olishga kirishdi. 
1991-yil  25-avgustda  O’zbekiston  Prezidentining  farmoni  e’lon  qilindi.  Farmonga 
binoan  Respublika  ichki  ishlar  vazirligi  va  Davlat  xavfsizligi  qo’mitasi  O’zbekiston 
SSRning  qonuniy  tasarrufiga  olindi.  Respublika  hududida  joylashgan  SSSR  ichki  ishlar 
vazirligining  ichki  qo’shinlari  bevosita  O’zbekiston  Prezidentiga  bo’ysundirildi. 
Respublika  ichki  ishlar  vazirligi,  Davlat  xavfsizlik  qo’mitasi,  prokuraturasi  va  adliya 
organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy 
okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi. 
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda 
respublikaning  davlat  mustaqilligi  to’g’risidagi  qonun  loyihasini  tayyorlash  va  uni  Oliy 
Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy 
Kengash  1991-yil  26-avgust  kuni  O’zbekistonning  davlat  mustaqilligi  to’g’risida  qonun 
loyihasini  tayyorlash  haqida  va  31-avgustda  Oliy  Kengashning  navbatdan  tashqari  VI 
sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 
1991-yil  28-avgust  kuni  O’zbekiston  Kompartiyasi  MQ  va  Markaziy  nazorat 
komissiyasining  qo’shma  plenumi  bo’lib  o’tdi.  Plenumda  Prezident  I.Karimovning 
SSSRda  19-21-avgust  kunlari  sodir  bo’lgan  fojiali  voqealar  va  respublika  partiya 
tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum 
Respublika  Kompartiyasining  KPSS  MQ  bilan  har  qanday  aloqalarni  to’xtatishga, 
KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini 
chaqirib olishga qaror qildi. 
1991-yil  31-avgust  kuni  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  navbatdan 
tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I.Karimov 
nutq  so’zlab,  sobiq  Ittifoqda  so’ngi  paytlarda  yuz  bergan  ijtimoiy-siyosiy  voqealarni, 
davlat  to’ntarishiga  urinish  oqibatlarini  tahlil  qilib,  ular  O’zbekiston  taqdiriga,  xalqimiz 
tarixiga  bevosita  daxldor  ekanligini  har  tomonlama  asoslab  berdi.  Vaziyatdan  kelib 
chiqqan  holda,  O’zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini  e’lon  qildi  va  uni 
mastaqillik to’g’risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi. 
Sessiyada  «O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  mustaqilligi  to’g’risidagi  Oliy 

Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi: 
«Mustaqillik  deklaratsiyasini  amalga  oshira  borib,  O’zbekiston  Sovet  Sotsialistik 
Respublikasi  Oliy  Kengashi  O’zbekistonning  Davlat  mustaqilligini  va  ozod  suveren 
davlat – O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi». 
Oliy  Kengash  sessiyasida  «O’zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligini  e’lon 
qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi. 
Mazkur qarorda: 
1)  Respublikaning  davlat  mustaqilligi  to’g’risidagi  Oliy  Kengash  bayonoti 
tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb atalsin; 
2) 1-sentabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-
yildan  boshlab  bu  kun  bayram  va  dam  olish  kuni  deb  e’lon  qilinsin,  deb  qat’iy  belgilab 
qo’yildi. 
Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 
to’g’risida»  Qonun  qabul  qilindi.  Bu  Qonun  17  moddadan  iborat  bo’lib,  O’zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi.  
 
O’zbekiston Respublikasining QONUNI 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MUSTAQILLIGI ASOSLARI TO‘G‘RISIDA 
 
O’zbekiston  SSRning  Mustaqillik  deklaratsiyasiga  va  O’zbekiston  Respublikasining  Davlat 
mustaqilligi  to‘g‘risidagi  bayonotiga  asoslanib,  O’zbekiston  Respublikasining  Oliy  Kengashi  ushbu 
qonunni qabul qiladi. 
1-modda.  O’zbekiston  Respublikasi  o‘z  tarkibidagi  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  bilan  birga, 
mustaqil, demokratik davlatdir. 
2-modda.  O’zbekiston  Respublikasining  xalqi  suverendir  va  u  respublikada  davlat  hokimiyatining 
birdan  bir  sohibidir.  U  o‘z  hokimiyatini  ham  bevosita,  ham  vakillik  idoralari  tizimi  orqali  amalga 
oshiradi. 
3-modda.  O’zbekiston  Respublikasi  to‘la  davlat  hokimiyatiga  ega,  o‘zining  milliy-davlat  va 
ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi. 
4-modda.  O’zbekiston  Respublikasining  davlat  chegarasi  va  hududi  dahlsiz  va  bo’linmas  bo’lib, 
uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o‘zgartirilishi mumkin emas. 
5-modda.  O’zbekiston  Respublikasida  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  uning 
qonunlari  ustundir.  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  idoralarining  tizimi  hokimiyatni  qonun 
chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida quriladi. 
6-modda. O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish, milliy gvardiya va noharbiy 
(muqobil) xizmat tashkil etish huquqiga ega. 
Suveren  O’zbekiston  Respublikasi  hududida  SSSR  Qurolli  Kuchlarini  shakllantirish  va  ularga 
rahbarlik qilish masalalarida harbiy siyosatni amalga oshirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. 
7-modda. O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining moddiy asosi uning mulkidir. 
Respublika  hududidagi  yer,  yerosti  boyliklari,  suv  va  o‘rmonlar,  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi, 
tabiiy  va  boshqa  resurslar,  respublikaning  ma’naviy  boyliklari  O’zbekiston  Respublikasining  milliy 
boyligi, mulki hisoblanadi. 
8-modda.  Davlat  mulki  obyektlari,  shuningdek,  davlat  korxonalari,  muassasalari  va 
tashkilotlarining,  shu  jumladan  Ittifoq  qaramog‘ida  bo’lib  kelgan  korxonalar,  muassasalar  va 
tashkilotlarning mol-mulki, ularning asosiy ishlab chiqarish, noishlab chiqarish va oborot yoki boshqa 
fondlari  hamda  o‘zga  mol-mulki,  ichki  kommunikatsiya,  transport,  aloqa  va  energetika  tizimlari, 
respublika kartografiyasi va geodeziyasi O’zbekiston Respublikasining mulkidir. 
9-modda.  O’zbekiston  Respublikasining  mulkini  davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 
respublika  qonunlariga  muvofiq  amalga  oshiriladi.  Respublika  hududida  joylashgan,  Ittifoq 

qaramog‘ida  bo‘lib  kelgan  davlat  korxonalarini  aksiyali  jamiyatlarga  aylantirish,  ularni  mulkning 
boshqa  shakllariga  o‘tkazish  faqat  O’zbekiston  Respublikasi  qonunlarida  ko‘zda  tutilgan  shartlar 
asosida va tartibda amalga oshiriladi. 
10-modda. O’zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa qimmatbaho metallar va toshlarni 
qazib  chiqarish,  qayta  ishlash  va  saqlashni  mustaqil  amalga  oshiradi  hamda  nazorat  qiladi,  o‘z  oltin 
zaxirasini yaratadi. 
O’zbekiston Respublikasi SSSRning oltin zaxirasida, olmos va valuta jamg‘armalarida o‘z ulushiga 
ega. 
11-modda.  O’zbekiston  Respublikasi  o‘z  pul  birligi  –  milliy  valutasini  joriy  etishga,  jami  pul 
oboroti, pul va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari emissiyasi hajmlarini mustaqil belgilashga haqli. 
12-modda.  O’zbekiston  Respublikasi  mustaqil  moliya  va  kredit  siyosatini  amalga  oshiradi. 
Respublika hududida olinadigan soliqlar va yig‘imlar O’zbekiston Respublikasining davlat budjetiga va 
mahalliy budjetlarga tushadi. 
13-modda. O’zbekiston Respublikasi  chet  davlatlar bilan diplomatik, konsullik, savdo aloqalari  va 
boshqa  aloqalar  o‘rnatadi,  ular  bilan  muxtor  vakillar  ayirboshlaydi,  xalqaro  shartnomalar  tuzadi, 
xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lishi mumkin. 
14-modda.  O’zbekiston  Respublikasi  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlarning  mustaqil  subyekti  bo‘lib, 
chet  el  investitsiyalarini  amalga  oshirish  shartlarini,  investorlarning  huquqlarini  belgilaydi,  o‘zining 
konversiya qilinadigan valuta jamg‘armasini yaratadi,  oltin  va boshqa zaxiralarni,  ayirboshlanadigan 
valutani sotadi va sotib oladi. 
15-modda.  O’zbekiston  Respublikasi  hududida  inson  huquqlari  umumiy  deklaratsiyasiga  muvofiq 
holda O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etiladi. 
O’zbekiston  Respublikasining  barcha  fuqarolari  millatidan,  elatidan,  ijtimoiy  chiqishidan,  qaysi 
dinga  mansubligidan  va  e’tiqodidan  qat’i  nazar  bir  xil  fuqarolik  huquqlariga  egadirlar,  respublika 
konstitutsiyasi hamda uning qonunlari himoyasida bo‘ladilar. 
O’zbekiston Respublikasining fuqarolari respublikadan tashqari ham O’zbekiston Respublikasining 
himoyasida bo‘ladilar. 
16-modda.  O’zbekiston  Respublikasi  o‘z  taraqqiyot  yo‘lini,  o‘z  nomini  aniqlaydi,  o‘z  davlat 
ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasini ta’sis etadi, o‘z davlat tilini belgilaydi. 
O’zbekiston  Respublikasi  davlat  mustaqilligining  ramzlari  muqaddasdir  va  ularni  har  qanday 
tahqirlash qonun bilan jazolanadi. 
17-modda.  O’zbekiston  Respublikasi  o‘z  tarkibidagi  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  hududiy 
butunligini va mustaqilligini e’tirof etadi. O’zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar 
va bitimlar vositasida quriladi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida erkin 
chiqish huquqini saqlab qoladi. 
 
                                                               Toshkent shahri, 1991-yil 31-avgust.  
                                             O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 
 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991-yil 30-sentabr kuni 
«O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  mustaqilligi  asoslari  to’g’risi»gi  Qonunga 
Konstitutsiyaviy  qonun  maqomini  berishga  qaror  qilindi.  Qarorda  O’zbekiston 
Respublikasining  amaldagi  Konstitutsiyasi  moddalari  «O’zbekiston  Respublikasining 
Davlat  mustaqilligi  asoslari  to’g’risida»gi  Qonunning  moddalariga  zid  kelgan  hollarda 
mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo’yildi. 
Shunday  qilib,  xalqimizning  asriy  orzusi,  umidlari  ushaldi,  ro’yobga  chiqdi. 
Mamlakatimiz,  xalqimiz  siyosiy  mutelikdan,  asoratdan  qutildi.  Dunyo  xaritasida  yana 
bitta mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. 
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling