1-mavzu: O’zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o`zgarishlar


Download 34.28 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi34.28 Kb.
#1478020
  1   2   3   4   5
Bog'liq
yangi tarix 15 talik mavzu


1-MAVZU: O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN O`ZGARISHLAR
Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholini uy-joylar bilan ta’minlash, yo’l-transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
O’zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
O’zbekiston taraqqiyotidagi o’ziga xos yo’lning asosiy tamoyillaridan biri kafolatlangan ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdan iboratdir. Uning mohiyati jamiyatda kam ta’minlangan, boquvchisi yo’q, bolali oilalarni, nogironlar va qariyalarni ijtimoiy himoya qilish, jamiyat a’zolarining o’ta boylar va kambag’allarga tabaqalanib ketishining oldini olishga qaratilgan. Shu maqsadda mustaqillikning dastlabki yillarida aholi turmush darajasini barqarorlashtirishga qaratilgan zaruriy chora­tadbirlar dasturi ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etilmoqda. Bu tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablag’lar hajmi yildan­yilga ortib bormoqda. Xususan 1999 yil davlat byudjetini shakllantirishda ob’ektiv sabablarga ko’ra, yuz bergan ayrim qiyinchiliklarga qaramasdan, qisqartirishlar hisobiga, ijtimoiy sohalarga ajratiladigan mablag’larning kamayishiga yo’l quyilmadi. 1998 yil oxiridagi hisobga ko’ra, mamlakatda 3 mln. 252 mingdan ortiq kishi pensiya va nafaqalar oldi va bu maqsad uchun 75 mlrd. 541 mln. so’m mablag’ ajratildi. Shundan faqat ikki yoshgacha bolasi bor onalarga 10 mlrd. 448 mln. so’m nafaqa berildi.
Kam ta’minlangan aholi qatlamlari nafaqa va moddiy yordamdan tashqari turli xil imtiyozlardan keng foydalandi. Jumladan, jamoat transportida tekin yoki arzon haq to’lab yurish, turar­joy va kommunal xizmatlari uchun haq to’lashda, dori­darmonlar va eng zarur oziq­ovqat mahsulotlarini belgilangan me’yorda bepul yoki arzon narxda olish va boshqa bir qancha engilliklar berilgan. Bulardan tashqari mustaqillik yillarida xalq ta’limi, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining professor­o’qituvchilariga, tibbiy xodimlarga elektr energiya, gaz va kommunal xizmatlardan foydalanishda qator imtiyozlar berildi. Bozor munosabatlariga o’tish munosabati bilan aholi daromadining mohiyati yangilanmoqda. Ularning manbalari o’zgarmoqda. Maosh-ish haqidan tashqari tadbirkorlik daromadi, aktsiyadorlik dividendi, mulkdan kelgan daromad, tomorqa mahsulotlarini sotishdan olinadigan tushum shakllarida bozor daromadlari paydo bo’ldi. Aholi daromadlarining bozorga bog’liq manbalari yildan­yilga o’sib borishi munosabati bilan ish haqining salmog’i pasayib bormoqda. Masalan, 1992 yili ish haqi aholi daromadining 57% ni tashkil qilsa, 1995 yilda esa 44, 2% ni tashkil qildi. 1997 yili aholi barcha daromadlarining qariyb chorak qismi tadbirkorlik faoliyatidan tushdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab bozor munosabatlariga mos pul­kredit tizimi shakllantirildi. 1991-1996 yillar davomida O’zbekiston Respublikasi hukumati Milliy bank va Moliya tizimi yuzasidan bir qancha qarorlar qabul qildi. 1995 yil dekabrda Oliy Majlisning navbatdagi sessiyasining Markaziy bank va banklar to’g’risidagi qonunlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Markaziy bankdan tashqari Toshkent shahri va viloyatlarda 30 ta aktsiyador-tijorat, shirkat va xususiy banklar faoliyat ko’rsatmoqda (1995). Ularning har qaysisida filiallar mavjud. Masalan, «Paxta bank»da 184, «O’ztadbirkor» bankda 254 filial xizmat qilmoqda. 1994ilning 1 iyulidan boshlab iqtisodiy mustaqillikning zaruriy sharti tariqasida O’zbekiston Respublikasining pul birligi-so’m muomalaga kiritildi. Milliy valyutaning muomalaga kiritilishi iqtisodiyotni barqarorlashtirish, korxonalar va tarmoqlar moliyaviy ahvolini mustahkamlash, aholi va mamlakat iste’mol bozorini muhofaza qilishda katta o’rin tutdi. Mustaqil O’zbekiston xazinasini to’ldiruvchi, iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli o’tkazishning asosiy manbai soliqdir. Shuning uchun soliq tizimini takomillashtirishga dastlabki kunlardan boshlab katta e’tibor berildi. Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 12 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasida davlat soliq organlari haqida»gi qarori asosida davlat soliq tizimi shakllana boshladi. Soliq to’lovchilar soni yildan­yilga ko’payib bomoqda. Agar 1994 yilda 91 mingdan ortiq soliq to’lovchi yuridik shaxs ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, 1997 yili ularning soni 148 mingtaga etdi.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo’llagan murojaatnomasida kambag’allikka qarshi kurash iqtisodiy rivojlanish siyosatimizda ustuvor vazifa etib belgilandi.
«Kambag’allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg’otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to’liq ro’yobga chiqarish, yangi ish o’rinlari yaratish bo’yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, demakdir», deb ta’kidlangan edi murojaatda.
Iqtisodiyot qonunlariga asosan, «kambag’allik kambag’allikni keltirib chiqaradi». Mazkur jarayon bir necha sabablarga ko’ra sodir bo’ladi. Birinchidan, daromadlari past mamlakatlar sifatli ta’lim va sog’liqni saqlash uchun etarlicha pul sarflay olishmaydi, kambag’al aholi esa sifatli pullik ta’lim va tibbiyot xizmatlarga qurbi etmasligi sababli inson salohiyati pasayib, kambag’allikdan qochib qutula olmaydilar. Ikkinchidan, kambag’al aholining daromadlari pasayib borgan sari, iste’mol bozorining sig’imi mutanosib ravishda kichrayib boradi va buning natijasida sanoat mollari, qishloq xo’jaligi mahsulotlari va ayniqsa, xizmatlarga bo’lgan talab pasayib boradi. Bu esa, o’z navbatida, iqtisodiy taraqqiyotga to’sqinlik qiladi, byudjet daromadlarini kamaytiradi va kambag’allarni ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash imkoniyatini kamaytirib yopiq tsiklik jarayon ko’rinishiga keladi.

Download 34.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling