1-Mavzu: Psixalogiya fanining prizmenti


Download 26.7 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi26.7 Kb.
#247196
  1   2
Bog'liq
Psixalogiya fanining pridmenti (1-mavzu)


1-Mavzu: Psixalogiya fanining prizmenti
Reja:

  1. Umumiy psixalogiyaning pridmenti, maqsadi, vazifalari

  2. Psixalogiyaning dolzarb muammolari

  3. Psixalogiyaning fanlar tuzimida tutgan o’rni va soxalari

  4. Psixalogiyaning tamoyillari

I

Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga deyarli 160 yil bo’ldi. Sрu davr ichida juda ko’plab ilmiy tadqiqot natijalarini o’z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar, qo’llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fanning jamiyat hayotida tutgan o’rni juda oshib ketdi, deb bo’lmaydi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko’rsatgan barcha olimlar ko’proq diqqatlarini mavxum shaxs va individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta’siri masalasi hozirgi davrga kelib, o’ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi.



XX asrda insoniyat texnika, elektronika va boshqa shunga o’xshash murakkab texnologiyalarni yaratgangani bilan xarakterlansa-da, vaqti kelganda, shunday holatga duch kelamizki, murakkab elektron texnikani yaratgan o’ta aqlli inson o’zi va o’zi atrofidagilarning ruhiy kechinmalarini to’g’ri baholay olmasligi sababli, o’zini nochor va kuchsiz sezishi mumkinligini hayot isbotladi. XXI asrda juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida munosib o’rin olgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va stivilizastiya bilan uzviy bog’ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, o’z mukammalligi xususida qayg’urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining to’qqizinchi sessiyasidagi “O’zbekistondagi demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari” mavzuidagi maruzasida ettinchi ustuvor yo’nalish deb, barcha islohotlarning pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezoni ekanligi besabab ko’rsatib berilmagandir. (Karimov I. A. O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.- “Turkiston”, 2002 yil 31 avgust).

Inson psixologiyasini bilish, o’z taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli o’zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni obyektiv va to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi.

II

HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING DOLZARBVAZIFALARI


Psixologiya fani boshqa fanlar qatori o'ziga xos nazariy va amaliy vazifalarga ega. Bu vazifalar mustaqillik davridagi qabul qilingan «Ta'lim to'g'risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», hamda «Uzliuksiz ta’lim standartlari davlat tizimi” talablardan kelib chiqqan holda ilmiy, nazariy va uslubiy asoslarga ega. Bularning barchasi milliy istiqlol g'oyasini yoshlar ongi va qalbiga singdirish asosida amalga oshadi. Shuning uchun ham hozirgi zamon psixologiyasini quyidagi yo'nalishlarda dolzarb vazifalarni belgilash maqsadga muvofiqdir.
1. Psixologiya fanining ilmiy vazifalariga shu fan qonuniyatlari asosida nazariy va amaliy bilimlarga tayangan holda zamon ruxidagi shaxslarning o'rganishga qaratilgan faoliyat jarayonini tashkil etadi. Shuning bilan birgalikda uning metodologik asoslarini shu fan yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlari, yangiliklar, psixologiyaga oid qonunlar va bir qator bugungi zamon ruxini bayon etadigan adabiyotlar ro'yxati tashkil etadi. Ushbu keltirilgan faktlar psixologiyaning ilmiy vazifalarini ochib berishda mustaqil O'zbekiston Respublikasi taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan faoliyat jarayoniga milliy istiqlol g'oyalarini singdiruvchi jamiyat a'zolarini barkamolligini belgilab beradi.

2. Psixologiyaning nazariy vazifalari: shu fanning qonuniyatlarini, metodlarini, prinsiplari, statistik ma'lumotlarga asoslangan holda shaxsning psixik xususiyatlari va prosesslarini, fiziologik jixatlarini o'z ichiga oladi.

3. Psixologiyaning amaliy vazifalari: shu fanni o'rganish jarayonida olgan nazariy bilimlarni amaliyot jarayonida qo'llay bilish, jamoada sog'lom zamon talablariga javob bera oladigan shaxslarni o'zaro munosabatlarini to'g'ri yo'lga quyish, milliy g'oya va mafkura talablari asosida faoliyat jarayonini shakllantirishdan iboratdir. Shu asnoda biz ko'zlagan oliy maqsad ozod va obod Vatan erkin va farovon turmush tarzini yaratishga xizmat qiladigan komil va fozil raqobatbardosh zamon ruxidagi shaxslarni tarbiyalash va ular talabini qondiradigan muxitni yaratishdir.

4. Hozirgi zamon psixologiyasi milliy istiqlol g'oyalaridan kelib chiqib milliy, etnikva xalq psixologiyasiga oid ajdodlarimizning psixologik qarashlarini, ular tomonidan bayon etilib o'z aksini topgan tarixiy, ma'naviy, madaniy, ma'rifiy manbalarni hozirgi kun talablari nuqtai – nazaridan tavqim etib barkamol shaxsni har tomonlama rivojlanishini ta'minlashda uning o'ziga xos shakllarini, yo'l va usullarini ishlab chiqishdan iboratdir.




Download 26.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling