1 mavzu: Radioelektronika fani. Fanning vazifasi. Fanining fizikaning boshqa boʻlimlari bilan bog’liqligi


Download 143.31 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2020
Hajmi143.31 Kb.
#120386
Bog'liq
1 mavzu


1  mavzu:  Radioelektronika  fani.  Fanning  vazifasi.  Fanining  fizikaning  boshqa 

boʻlimlari bilan bog’liqligi.  

 

Radioelektronika  XX  asrning  o’rtalarida radiotexnika  va  elektronika  fanlarining  yutuqlari 



asosida  yuzaga  kelgan  fan  sohasi  hisoblanadi.  Uning  asosini  radiotexnika  fani  tashkil  etadi. 

Maʻlumki,  radiotexnikaning  asosiy  vazifasi  elektromagnit  to’lqinlar  yordamida  axborotlarni 

uzatishdan  iborat.  Shuningdek,  radiotexnika  elektr  tebranishlarni  kuchaytirish,  generatsiyalash, 

elektr signallarini o’zgartirish va elektromagnit to’lqinlar yordamida mashina va mexanizmlarni 

maʻlum masofadan turib  boshqarish  kabi  masalalar  bilan  shug’ullanadi.  Radio  lotincha  “radio”  

so’zidan  olingan  bo’lib,  nurlatmoq  degan  maʻnoni  anglatadi.  elektronika  esa  zaryadlangan 

zarralarning  turli  muhitlar:  vakuum  (gaz,  qattiq  jism)  hamda  ularning  chegaralarida  ro’y 

beradigan  elektron  jarayonlar  haqidagi  fan.  Shuningdek,  elektronika  elektronlarning  elektr  va 

magnit  maydonlar  bilan  o’zaro  taʻsiri  natijasida  yuzaga  kelgan  fizikaviy  hodisalar  va  ularga 

asoslangan elektron asboblarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. 

Elektron  va  yarim  o’tkazgichli  asboblar  hozirgi  zamon    radioelektron  qurilmalarining 

asosini tashkil etadi.   

Keyingi    yillarda  Elektronika  va  signallarni  qayta  ishlashning  mikroelektronika, 

funktsional elektronika va raqamli elektronika  kabi sohalari jadal rivojlandi. Bu fan sohalarining 

erishgan  yutuqlari  asosida  EHMlar,  mikroprotsessorlar,  robototexnikaning  yangi  avlodlari, 

nurtolali aloqa tizimlari axborot texnologiyalari va internet tizimlari yaratildi.  

Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  robototexnika,  komp’yuter  texnikasi,  axborot 

texnologiyalari  va  Internet    tizimlari  kabi  sohalar  rivojlantirildi.  Hozirgi  paytda  xalq 

xo’jaligining  barcha  sohalarini  komp’yuterlashtirish,  EHM  larni  texnik  qurilmalar  bilan 

bog’lash,  ishlab  chiqarish      jarayonlarini  avtomatlashtirish  bo’yicha  yuqori  ko’rsatkichlarga 

erishilgan. 

Mikroelektronika 

qurilmalarini 

yaratish, 

texnologik 

jarayonlarni 

boshqarishni  

avtomatlashtirish va fan-texnikaning muhim tadqiqotlarini o’tkazishga oid masalalarni echishda 

radioelektron qurilmalardan samarali foydalanishni talab etadi. 

Xalq  xo’jaligi,  sanoat  va  texnikaning  Elektronika  va  signallarni  qayta  ishlash  qurilmalari 

qo’llanilmagan  biror  sohasini  topish  qiyin.  Masalan,  Elektronika  va  signallarni  qayta  ishlash 

qurilmalari  asosan  tibbiyotda,  hisoblash  texnikasida,  Shuningdek,  avtomatika,  geologiya, 

meterologiya  va  texnikaning  turli  sohalarida  qo’llanilib  kelinmoqda.  Mikroprotsessorli  texnika 

yutuqlari va vositalarini  xalq xo’jaligiga qo’llash natijasida xalq farovonligi oshib bormoqda. 

Mamlakatimiz mudofaa qobiliyati va iqtisodiyotini mustahkamlashda ham Elektronika va 

signallarni qayta ishlashning roli beqiyosdir. 



Dastlab radiotexnika asosan   radioaloqani amalga oshirish va uni takomillashtirish usullari  

bilan Shug’ullangan  bo’lsa, keyinchalik elektronikaning taraqqiy etishi tufayli uning qo’llanish 

sohalari 

kengayib, 

televideniya, 

telemexanika, 

radiolokatsiya, 

hisoblash 

texnikasi, 

radiospektroskopiya,  radioastronomiya, robototexnika kabi fan sohalari yuzaga keldi. 

Ayniqsa,  mikroelektron  qurilmalarni  ishlab  chiqish  va  ularni  fan-texnikaning  turli  

sohalariga joriy etishda, radioaloqaning yangi turlarini yaratishda, Shuningdek, moddalar tarkibi 

va  strukturasini  tahlil  etishda,  elektron  nazorat  qurilmalari  hamda  texnologik  jarayonlarni 

boshqarishni avtomatlashtirishda Elektronika va signallarni qayta ishlash fani yutuqlaridan keng 

foydalanib  kelinmoqda.  Radiotexnik  usullarining    ko’pligi  va  qulayligi  ulardan  fan-texnikada, 

ishlab chiqarish va xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlarida keng foydalanish imkonini yaratdi. 

Radioaloqani amalga  oshirishda elektromagnit  to’lqinlarni  hosil  qilish,  ularni  tarqatish  va 

qabul  qilish kabi radiotexnik  jarayonlar muhim ahamiyatga ega. 

Radiotexnik  jarayonlar  radiotizimlar  (radiozanjirlar)  yordamida  amalga  oshiriladi. 

Axborotni  uzatishda  radioaloqa    tizimining  asosini    uzatgich,  aloqa  muhiti  va  qabul  qilgich 

qurilmalari    tashkil  qildi.  Ular  birgalikda  radioaloqa  tizimi  deb  ataladi.  Bu  tizimning  blok 

sxemasi  1.1-rasmda keltirilgan. 

 

 

 



1.1-rasm. Radioaloqa tizimining blok sxemasi. 

Axborotni uzatish uchun mo’ljallangan qurilmalar va shuningdek, elektromagnit to’lqinlar 

tarqaladigan muhit aloqa kanalini tashkil etadi. 

Uzatgich  jo’natiladigan  xabar  signallarini  (nutq,  muzika,  tasvir  va  h.k)  radiosignallariga 

aylantirib  beradi.  Qabul  qiluvchi  qurilma  esa,  boshlang’ich  maʻlumotlarni  tiklaydigan  qurilma 

hisoblanadi. 

Hozirgi  paytda  Elektronika  va  signallarni  qayta  ishlash  fanining  tarmoqlari  va  uni 

qo’llanish sohalari ancha kengaygan. 

Elektronika va signallarni qayta ishlash barcha elektron qayd qilish, avtomatik boshqarish, 

radioo’lchash,  teleboshqarish,    hisoblash  texnikasi  va  boshqa  ko’pgina    elektron  sanoati  asbob 

uskunalari va qurilmalarining asosini tashkil etuvchi fan. 

Zamonaviy  fan-texnika    va  xalq  xo’jaligini  Elektronika  va  signallarni  qayta  ishlashning 

muhim  yo’nalishi  bo’lmish  mikroelektronikasiz  tasavvur  etib  bo’lmaydi.  Mikroelektron 

qurilmalari  fan-texnikaning  turli  sohalarida  ilmiy-tadqiqot  ishlarida,  elektron  hisoblash  

 

Ахborot 


 

uzatgich 

 

Aloqa 


kanali 

Qаbul 


qiluvchi 

qurilma 


mashinalarini  yangi  avlodlarini  yaratishda  muhim  rol  o’ynamokda.  Fan-texnika  taraqqiyoti, 

ilmiy-texnikaviy 

inqilob, 

EHMlarning 

hayotning 

barcha 


jabhalariga 

kirib 


borishi, 

mikroelekronikaning  keskin  rivojlanishi  bilan  chambarchas  bog’liq.  Hozirgi  vaqtda  zamonaviy 

elektronikaning  muhim    yo’nalishlaridan  biri    nanoelektronika  hamda  nanotexnologiyalar 

sohasida keng izlanishlar olib borilmokda va salmoqli natijalarga erishilgan.  

Elektron  kuchaytirgichlar,  generatorlar,  radioo’lchash  asboblari  va  boshqa  ko’pgina 

radioelektron asboblarni   ishlab  chiqarish,  texnologik    jarayonlarini  nazorat  qilish hamda  ilmiy 

tadqiqot    ishlarini  avtomatlashtirishda  mikro-elektronika  qurilmalari  qudratli  vosita  bo’lib 

qolmokda.  

Elektronika  va  signallarni  qayta  ishlash  vositalaridan  foydalanish  natijasida  ob-havoni 

bashorat  qilish,  qazilma  boylikni  topish,  moddalar  tarkibini  tahlil  qilish,  tibbiyotda  bemorlarga 

tashxis  qo’yish  va  Shunga  o’xshash  ko’pgina  ishlar  ancha  osonlashdi.  Qisqa  qilib  aytganda, 

Elektronika  va  signallarni  qayta  ishlash  usullari  va  vositalari  tabiatda  mavjud  moddalarning 

xossalarini  o’rganishni  osonlashtirib  bizni  o’rab  olgan  olamda  materiya  tuzilishi  va  uning 

qonuniyatlarini chuqurroq tuShunishimizga imkon bermoqda. 



 

 

Download 143.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling