1-mavzu: Suv tashlovchi, suvdan bo‘shatuvchi va suv chiqaruvchi inshootlar. Ularning axamiyati va turkumlanishi Reja
Download 255.46 Kb.
|
1 - Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- 1. Suv resurslari va ulardan foydalanish
1-mavzu: Suv tashlovchi, suvdan bo‘shatuvchi va suv chiqaruvchi inshootlar. Ularning axamiyati va turkumlanishi Reja: Suv resurslari va ulardan foydalanish. Suv xo‘jaligi va uning tarmoqlari. Gidrotexnika inshootlari qurilishning qisqacha tarixi va mamlakatimiz rivojlanishi bilan bog‘liq kelajagi Gidrotexnika inshootlarining tasnifi, gidrouzellar va gidrotizimlar, ularning ishlash sharoitlari va loyihalashning umumiy masalalari. Adabiyotlar: 1. Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika inshootlari. 1-jild. Toshkent, “Yangi asr avlodi”, 2008. 2. Bakiev M.R., Majidov J., Nosirov B., Xo’jaqulov R., Raxmatov M. Gidrotexnika inshootlari. 2-jild. Toshkent, IKTISOD-MOLIYA, 2009. 3. Розанов Н.П., Бочкарёв Я.В., Лапшенков В.С., Журавлёв Г.И., Каганов Г.М., Румянцев И.С. «Гидротехнические сооружения», под ред. Н.П. Розанова - М.Агропромиздат, 1985. 4. Хусанхужаев З.Х. “Гидротехника иншоотлари”. Ўқитувчи-наширёти, Т.1968 5. Хусанхужаев З.Х. “Сув омборидаги гидротехника иншоотлари”. Ўқитувчи, Тошкент. 1986. 6. Бакиев М.Р., Янгиев А.А., Кодиров О, “Гидротехника иншоотлари”. Фан. Тошкент. 2002. 7. Волков И.М., Кононенко П.Ф., Федичкин И.К. “Гидротехнические сооружения” М: Колос, 1968 8. Бакиев М.Р., М-Г.А.Кодирова, Ибраймов А. “Гидротехника иншоотлари” фанидан курс лойихалари ва амалий машғулотларни бажариш бўйича методик кўрсатма. 1,2 қисмлар. Т.,2009. 9. Бакиев М.Р., Кириллова Е.И., Коххоров Ў. “Гидротехника иншоотлари” фанидан лабаратория ишларини бажариш бўйича методик кўрсатма. Т.,2007. 1. Suv resurslari va ulardan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Evroosiyo qit’asining markaziy qismi, Sirdaryo va Amudaryo daryolari oralig‘ida joylashgan. Mamlakatimizning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt pasttekisligining shimoliy-sharqi (450 36 shimoliy kenglik) eng janubiy nuqtasi Termiz shahri yaqini (370 11 shimoliy kenglik) lar eng g‘arbiy nuqtasi Ustyurt (560 sharqiy uzunlik) va eng sharqiy nuqtasi Farg‘ona vodiysining janubi-sharqi (730 10 sharqiy uzoqlik) hisoblanadi. Respublikaning kenglik joylashuvi Ispaniya, Gretsiya va Italiya singari O‘rta Yer dengizi davlatlari qatoriga kirsa-da, tabiiy shart-sharoiti dengizlardan juda uzoqda bo‘lganligi sababli ushbu subtropik mamlakatlarnikidan ancha farq qiladi. Bundan tashqari, quruq va sovuq havo oqimi to‘siqsiz kirib kela olishi, janubdan nam va iliq havo oqimi kirib kelishiga baland tog‘lar qarshilik ko‘rsatishi, uning iqlimi subtropik keskin kontinental bo‘lishini izohlaydi. Respublikaning shimoliy-g‘arbdan janubi-sharqqa qarab cho‘zilib ketgan hududining katta qismini tekislik dasht-cho‘llar, janubi-sharqini esa tog‘ oldi va tog‘ zonalari tashkil etadi. Atmosfera yog‘inlari mintaqadagi barcha daryolarning yagona to‘yinishi manbayi hisoblanib, sezilarli darajada tabiiy landshaft qatori undagi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining ham tavsifini belgilab beradi. O‘zbekiston hududi bo‘ylab yog‘inlar taqsimlanishi uning jug‘rofiy joylashganligi, relyefning turlicha ekanligi va atmosfera sirkulyat-siyasining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liqdir. Bu yerda tushadigan atmosfera yog‘inlarining asosiy qismi Atlantika okeanidan, shuningdek O‘rta Yer dengizi va Fors qo‘ltig‘idan havo qatlami bilan olib kelinadi. Orol dengizining namlantiruvchi ta’siri qirg‘oq atrofidagi tor yo‘lak bilan chegaralanadi va u ham dengizning yuzasi qisqargan sari kamayib bormoqda. Tekisliklarning katta qismi, ayniqsa g‘arb tomoni qirg‘oqchil. Bir yilda bu yerda o‘rtacha 80 mm dan 250 mm gacha yog‘in miqdori tushadi, tog‘ oldi qismida esa 100 mm dan 500 mm gacha o‘zgarib turadi. Eng ko‘p atmosfera yog‘inlari tog‘ zonasida: G‘arbiy Tyan-Shanning shamol yo‘nalishidagi cho‘qqilarida yillik yig‘indisi 2000 mm dan oshadi, Zarafshon tog‘ tizmasining shamol yo‘nalishidagi cho‘qqilarida (masalan, Omonqo‘ton stansiyasida-960 mm/yil) ko‘p miqdorda kuzatiladi. Yog‘inlar yillik yig‘indisi vaqt bo‘yicha sezilarli o‘zgarib turishini ta’kidlab o‘tish lozim. Tekislikda yog‘inli kunlar miqdori bir yilda o‘rtacha 35–60, tog‘ oldi va tog‘larda 70–90 kunni tashkil etadi. Kuchli yog‘in kam kuzatiladi: 15 mm/12 soat va undan ko‘proq yog‘in miqdori tekislikda har yili ham bo‘lavermaydi tog‘larda esa bu holat 10–15 marta ro‘y beradi. Yog‘inlarning eng muhim tavsifi bo‘lib, ularning yil davomida taqsimlanishi hisoblanadi. O‘zbekistonda eng ko‘p atmosfera yog‘inlari mart-aprel oylariga, eng kam miqdori esa yoz oylariga to‘g‘ri keladi. Yozning quruq va issiq bo‘lishi tufayli qishloq xo‘jalik ekinlarining asosiy qismi sug‘oriladigan yerlarda yetishtiriladi. Yomg‘ir -O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ishi mumkin, lekin uning miqdori tog‘larda balandlikka ko‘tarilgan sari qattiq atmosfera yog‘ini (qor) ning ko‘payishi hisobiga kamayib boradi. Qor tekislik va tog‘ oldi zonalarida oktabr-aprel, respublika janubida esa noyabr-mart, tog‘larda 1000 m dan balandlikda esa oktabr-may oylarida tushadi. Qor qoplami - O‘zbekiston tekisliklarida noyabrning oxirlarida, janubiy tumanlarida dekabrning uchinchi dekadasida paydo bo‘ladi. Biroq, kamida bir oy turadigan va uch kundan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan turg‘un qor qoplami faqat Ustyurt va tog‘li hududlarda muntazam kuzatiladi. O‘zbekistonning shimolida qor qoplamli kunlar o‘rtacha soni 60 dan oshsa, tog‘larda u 100 kundan ko‘proqni tashkil etadi. Qor qoplamining paydo bo‘lish muddati va uni turish davomiyligi yildan yilga o‘zgarib turadi. Qor qoplamining tekislik qismidagi o‘rtacha balandligi 1–8 sm va maksimal qiymati 30 sm, tog‘ oldida tegishlicha 10–20 sm va 60 sm ni tashkil etadi. Tog‘li tumanlarda qor qoplamining o‘rtacha balandligi 60 sm dan oshishi, maksimal qiymati esa 1,5–2,0 m ni tashkil etishi mumkin. Shamol rejimi O‘zbekiston hududida turlicha va relyef sharoitiga uzviy bog‘liq. Yilning ko‘p qismida tekisliklarda shamol qishda shimol va shimoli-sharqdan, yozda shimol va shimoli-g‘arbdan yo‘nalgan bo‘ladi, shamolning o‘rtacha tezligi asosan 3–4 m/s dan ortmaydi. Faqatgina O‘zbekistonning shimoli-g‘arbida, Orol dengizi atrofida bu tezlik 5 m/s ga yetadi. Bahorda, odatda, shamol yilning boshqa davriga nisbatan kuchliroq bo‘ladi. Respublikaning tekislik hududida kuchli shamol (15 m/s dan katta) o‘ziga xos relyefli tumanlarda uchraydi, uning maksimal tezligi 40–45 m/s ga yetishi mumkin. Kuchli shamollarning yuqori takrorlanish darajasi pasttekisliklar va baland bo‘lmagan tepaliklar tor yo‘lak hosil qiladigan joy – qizilqum sahrosi markazida kuzatiladi. Masalan, Tomdi tumanida kuchli shamol esadigan kunlar yillik soni 30, Ko‘lquduqda esa 85 kundan ortadi, bunda shamolning maksimal tezligi 40–45 m/s gacha borishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘larda shamol ko‘p hollarda sharqiy hamda shimoliy-sharqiy yo‘nalishda esadi. Vodiy va adirliklar bo‘ylab yuqori tomonga kunduzi esadigan (vodiy) shamollari hamda pastga esadigan – tungi (tog‘) shamollari tinch ob-havo uchun ular uncha sezilarli emas. Ba’zi joylarda ular umuman kuzatilmaydi. Alohida iqlim sharoitida paydo bo‘ladigan kuchli shamollarga Farg‘ona vodiysidan g‘arbga tomon chiqish tor joyida, ya’ni Yangiyer va Bekobod tumanlarida uchraydigan (uning tezligi 40 m/s gacha yetadi), Termiz atrofida eng katta kuchga ega bo‘ron va momaqaldiroq bilan yon tomonlama g‘arbdan esadigan kuchli «afg‘on» shamoli, janubi-g‘arbiy va g‘arbiy yo‘nalishlardagi «Jizzax, Farg‘ona vodiysidagi «g‘arbiy Qo‘qon» shamollarini misol qilib keltirish mumkin. O‘zbekiston shimolida shimoli-sharqdan esadigan shamollarning zabt etish zonasi kengayib borayotganini ta’kidlab o‘tish lozim. Respublikaning suv resurslari va ulardan foydalanish. O‘zbekistonning suv resurslari Orol dengizi havzasidagi barcha suv resurslari bilan uzviy bog‘liq ravishda qaraladi. Orol dengizi havzasi Yevrosiyo markazida joylashgan bo‘lib, chegarasi Markaziy Osiyoniki bilan deyarli ustma-ust tushadi. Havza Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmanistonning barcha hududini, Qirg‘iziston Respublikasining 4 ta viloyati (O‘sh, Jalolobod, Norin, Botken), Qozog‘istonning janubiy qismi (ikki viloyati Qizil-O‘rda va Janubiy Qozog‘iston) hamda Afg‘oniston, Eronning shimoliy qismlarini qamrab oladi. Yuqorida aytib o‘tilgan dastlabki beshta mamlakatning Orol dengizi havzasida joylashgan viloyatlarini ko‘rib chiqamiz. Bu hudud 560 va 780 sharqiy uzoqlik hamda 330 va 520 shimoliy uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 1549 mln kv km maydonni egallaydi, shundan 0,59 mln kv km maydon ishlov berishga yaroqli hisoblanadi (1.1-jadval). 1.1-jadval Download 255.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling