1-mavzu: Tarkibida yurak glikozidlari bo’lgandorivor o’simliklar va mahsulotlar


Download 247.87 Kb.
Sana10.06.2020
Hajmi247.87 Kb.
#116681
Bog'liq
1-dars


1-MAVZU: Tarkibida YURAK GLIKOZIDLARI bo’lganDORIVOR O’SIMLIKLAR VA MAHSULOTLAR
Mavzuning maqsadi:talabalarda dorivor o’simliklarning morfologik tuzilishi va dorivor o’simlik mahsulotining haqiqiyligi va yuqori sifatliligini aniqlash bo’yicha amaliy malakani o’zlashtirishni shakllantirish.Talabalarni mustaqil ishlashga va aniq xulosa chiqarishga erishish.
Mazmuni:talabalarda yurak glikozidlarisaqlovchi dorivor o’simliklarning tashqi ko’rinishini tasvirlash, dorivor o’simlik mahsulotlarining chinligini, sifatini va tozaligini, ishlstilishi, dori turlari hamda kimyoviy taxlil usullari bo’yicha amaliy bilimlarni mustahkamlash.
Kutiladigan natijalar: yangi mavzuni o’zlashtiradi, faollashadi, qiziqish orttiriladi, qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotga ega bo’ladi. Kafolatlangan natija oladi, o’z-o’zini nazorat qilish va bajarilgan ishlar natijalari bo’yicha xulosa chiqarishni o’rganadi.
Yurak glikozidlarining aglikonlari – geninlari bir, ikki, uch va ba’zan to‘rtta qand molekulasi bilan birikib, glikozidlar hosil qiladi. Bu glikozidlar asosan yurak muskullariga ta’sir etganligi uchun yurak glikozidlari (yoki yurak zaharlari) deb ataladi.

Yurak glikozidlarining geninlari quyidagi ikkita birikmadan bittasining unumi bo‘lishi shart:




Agar yurak glikozidlari molekulasining tarkibida 5 a’zoli to‘yinmagan lakton (butenolid) halqasi bo‘lsa, kardenolidlar (1), 6 a’zoli 2 marta to‘yinmagan lakton (kumalin) halqasi bo‘lsa, bufadienolidlar (II) deb ataladi.

Yurak glikozidlariga xos guruhlar: 3 va 14-nomerga joylashgan uglerod atomlaridagi –ON, 13-nomerga joylashgan uglerod atomidagi CH3 va 17-nomerdaagi uglerod atomiga birlashgan 5 yoki 6 a’zoli to‘yinmagan lakton halqalaridir. 5, 11, 12 va 16-nomerlardagi uglerod atomlarida qo‘shimcha –ON; 10-nomerdagi uglerod atomida metil –CH3 (angishvonagul tipi) yoki aldegid ( ) (strofantus tipi) guruhlari ham bo‘ladi. Glikozid molekulasidagi qand skeletining 3-nomeridagi uglerod atomiga joylashgan –ON guruhi orqali birlashadi.

Yurak glikozidlarning asosiy ta’sir etuvchi guruhi 17- nomerdagi uglerod atomiga joylashgan 5 yoki 6 a’zoli to‘yinmagan lakton halqasidir. Bu guruhlarning 5 yoki 6 a’zoli bo‘lishi glikozidlar ta’siriga unchalik ahamiyatli bo‘lmasa-da, lekin lakton halqasining parchalanishi yoki to‘yinishi (masalan, strofantidinda) ular ta’sir kuchini butunlay to‘xtatadi.

Yurak glikozidlari va tarkibida ana shu glikozidlar bo‘lgan mahsulotlardan tayyorlangan dori turlari hamda preparatlar asosan yurak kasalliklarini (yurak porogi va shu kasallik natijasida qon aylanishining II va III darajali buzilishi, yurak astmasi va boshqalar) hamda ba’zi og‘ir va yuqumli kasalliklar natijasida yurak ishining qattiq buzilishi kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar

1. Yurak glikozidlarining umumiy tavsifi va tasnifi.

2. Yurak glikozidlariningfizik-kimyoviy xususiyatlari, sifat va miqdorini aniqlash.Tibbiyotda ishlatilishi.

3.Yurak glikozidlarining biologik standartlash usullari.

4. Yurak glikozidlarining to’liq tasnifi, formulalarini keltiring, xromatografik taxlili

4. Angishvonagul o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotning tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.

5. Marvaridgul o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotning tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.

6. Erizimum o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotining tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.

7. Kombe strofanti o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotining tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.

9. Bahorgi adonis o’simligi, mahsuloti va oilasining nomi. Mahsulotining tashqi ko’rinishi, kimyoviy tarkibi. Tibbiyotda ishlatilishi va dori turlari.



Masalalar: 1.Yurakglikozidisaqlovchimaxsulotlarnitaxlilqilishbuyichatavsiyabеring.

2.Yurak glikozidi struktura tuzilishini aniqlash usulini tushuntiring.

3.Angishvonagul bargidan mikroprеparat tayyorlash uchun bargni glitsеrin-kislota aralashmasiga 2 soatga joylashtirildi.Ushbu xarakat tugriligini baxolang.

4.Yurak glikozidi saqlovchi maxsulotlarini quritish va tayyorlash buyicha yuriqnoma tuzing.


Bumerang” treningi

Talabalar kichik bir nechta guruhlarga bo’linadi va vazifa yozilgan material tarqatiladi, har bitta guruh o’z fikrlarini bayon qiladi hamda guruhlar orasida savol javob ketadi.



I – gurux vazifasi

1. Qizil angishvonagul mahsulotini tashqi ko`rinishi.

2. Maymarvaridguli mahsulotini kimyoviy tarkibi va ishlatilishi.

3. Yurak glikozidlariga sifat rеaktsiyasini yozing.


II – gurux vazifasi

1. Yoyiq erizimum mahsulotini tashqi ko`rinishi.

2. Kombe strofanti mahsulotini kimyoviy tarkibi va ishlatilishi.

3. Yurak glikozidlarining miqdor taxlilini yozing.


III – gurux vazifasi

1. Kombe strofanti mahsulotini tashqi ko`rinishi.

2. Qizil angishvonagul mahsulotini kimyoviy tarkibi va ishlatilishi.

3. Yurak glikozidlari saqlovchi o`simliklarni tibbiyotda ishlatilishi.


IV – gurux vazifasi

1. Yurak glikozidlariga sifat rеaktsiyasini yozing.

2. Maymarvaridguli kimyoviy tarkibi va ishlatilishi.

3. Bahorgi adonis mahsulotini tashqi ko`rinishi.



V – gurux vazifasi

1. Yoyiq erizimum mahsulotini kimyoviy tarkibi va ishlatilishi.

2. Yurak glikozidlarining miqdor taxlilini yozing.

3. Maymarvaridguli mahsulotini tashqi ko`rinishi


Charxpalak” tеxnologiyasi

Bu usulda talabalar ikki guruhga bo’linadilar, har bir guruhga bir xil jadval beriladi. Talabalar jadvalni mustaqil to’ldiradilar, so’ngra bu jadval 3-5 marta boshqa guruhga aylana bo’yicha o’tadi. Talabalar yana o’z fikrlarini bildiradilar. Ohirida o’qituvchi yordamida berilgan jadvaldagi vazifa munozara jarayonida umumlashtirilib, to’g’ri javob aniqlanadi.

qizil angishvonagul, maymarvaridguli, yoyiq erizimum. Kombe strofanti bahotgi adonis
Berilgan o’simlik oilalarini aniqlang




O’simlik oilasi


Kendir-doshlar

Sigirquyruqdoshlar

Ayiqtovondoshlar

Lolaguldoshlar

Karamdoshlar

1.

Qizil angishvonagul,

















2.

Maymarvaridguli

















3.

Bahorgi adonis

















4.

Kombe strofanti

















5.

Yoyiq erizimum















Tushunchalar taxlili uslubi



Bu usulda talabalar ikki guruhga bo’linadilar, har bir guruhga bir xil jadval beriladi. Talabalar jadvalni mustaqil to’ldiradilar, har bir guruhdan bitta vakil chiqib to’ldirilgan tushunchalarni gapiradi. Talabalar yana o’z fikrlarini bildiradilar. Ohirida o’qituvchi yordamida berilgan jadvaldagi vazifa munozara jarayonida umumlashtirilib, to’g’ri javob aniqlanadi.

Mazmunda – rasm, so’zlarda ifodalanadi

Tushunchalar – tushunchalar so’z bilan tushuntiraladi


Mazmun

Tushunchalar

















Nazorat savollari

1. Glikozidlar to’qrisida tushuncha.Tasnifi va fizik-kimyoviy

xossalari.Stеroid glikozidlar va ularni ishlatilishi.

2. Yurak glikozidlari, ularning tasnifi, fizik-kimyoviy xossalari, aglikon va qand qismining

tuzilishi.

3.Yurak glikozidlari saqlovchi maxsulotlarni yig’ish, quritish va saqlash.Tibbiyotda

ishlatilishi. Yurak glikozidlarni o’rganishda Vatanimiz olimlarining tutgan o’rni.

4.Yurak glikozidlariga sifat rеaktsiyalar, biologik standartlash usullari.



5.Yurak glikozidlarining to’liq tasnifi, formulalarni kеltiring, xramotografik taxlili.
Adabiyotlar

  1. Xolmatov X.X, Axmеdov U.A Farmakognoziya — 1 qism.-Toshkent: Fan, 2007.-408 bet.

  2. Xolmatov X.X, Axmеdov U.A Farmakognoziya — 2 qism.-Toshkent: Fan, 2007.-400 bet.

  3. Пўлатова Т.П, Холматов Х.Х. Фармакогнозия амалиёти — Тошкент: Абу Али Ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти, 2002.-360 бет.

  4. Trease and Evans Pharmacognosy. International Edition: Edinburg, London, New York, Philadelphia, Sidney, Toronto (16th edition). -London (UK): Saunders Elsevier Limited, 2009.

  5. Комилов Х.М. Фармакогнозия фани бўйича маърузалар матни. – Т.: 1999. – 404 б.

  6. Муравьева Д.А Фармакогнозия .— Москва: Медицина, 1991.-560с.

  7. Самылина И.А., Аносова О.Г. Фармакогнозия. Атлас: учебное пособие в 2-х томах.-М.:ГЭОТАР-Медиа, 2007.-Т.1.-192 с.

  8. Самылина И.А., Ермакова В.А., Бобкова И.В., Аносова О.Г. Фармакогнозия. Атлас: учебное пособие в 2-х томах.-М.:ГЭОТАР-Медиа, 2009.-Т.3.-488 с.

  9. Лекарстврственное растительное сырье. Фармакогнозия. Учебное пособие /Под ред. Г.П.Яковлева и К.Ф.Блиновойю-СПб.:Спец. Лит, 2004.-765 с.

  10. Ковалёв О.У., Павлiй Т.У. и др. Фармакогнозiя с основами бiохiмii рослин .- Харкiв; «Прапор», Видавництво НФАУ, 2000.

  11. Гринкевич Н.И., Сафронович Л.Н. и др. Химический анализ лекарственных растений. - М.: Высшая школа, 1983. – 176 с.

  12. Государственная фармакопея – Изд. ХI. – Вып. 1. Общие методы анализа. – М.: Медицина, 1987. – 336 с.

  13. Государственная фармакопея – Изд. ХI. – Вып. 2. Общие методы анализа. Лекарственное растительное сырье. - М.: Медицина, 1990. – 398 с.

  14. Машковский М.Д. Лекарственные средства: В 2 т. – 14-е изд., перераб, испр. и доп. – М.: ООО «Новая волна», 2010.

  15. British Pharmacopoeia. –London: HMSO , 1998. – Vol. I.– P.731.

  16. European Pharmacopoeia. – 6th Edition. – Strasbourg, 2008.

  17. The International Pharmacopoeia. Third Ed. Vol.1. General methods of analysis: – Geneva: World Health Organization, 1979. – 225 p.

  18. Quality Control Methods for Medicinal Plant Materials. – World Health Organization, 1998. – 128 p.

  19. Pharmacopée Française. X edition. – Vol.3 List Des plantes medicinals de la Pharmacopée Française X edition. – Paris: Agence française de securite sanitaire des produits de santé, 2005.

  20. United States Pharmacopoeia 30-National Formulary 25. The Official Compendia of Standards. – Official May 1, 2007. – CD-ROM version.

  21. Киселева Т.Л., Смирнова Ю.А. Лекарственные растения в мировой медицинской практике: государственное регулирование номенклатуры и качества. – М.: Изд-во Профессиональной ассоциации натуротерапевтов, 2009. – 295 с.

  22. Indian Pharmacopoeia 1996. – CD-ROM version 1.0. – Produced and developed by FDA Maharashtra, 1996.

  23. The Japanese Pharmacopoeia: Official from march 31, 2006, English version. – 15th ed. – Tokyo: The Ministry of Health, Labour and Welfare, 2006. – 1788 p.

  24. Pharmacopoeia of the People’s Republic of China.– Beijing, 2005. – T.1. – 668 p.

  25. Deutsche Arzneibuch 2008. Amtliche Ausgabe. – Stuttgart: Deutscher Apotheker Verlag, 2008. – 410 s.

  26. Державна фармакопея Украiни / Державне пiдприємство «Науково-експертний фармакопейний центр». – 1 вид. – Доповнення 1. – Харькiв: РIРЕГ, 2008.

  27. Государственная фармакопея Республики Беларусь. – Т. 1: Общие методы контроля качества лекарственных средств / Центр экспертиз и испытаний в здравоохранении; под общ.ред. Г.В. Годовальникова. – Минск: Минский государственный ПТК полиграфии, 2006 г. – 656 с.

  28. Отраслевой стандарт. Стандарты качества лекарственных средств. Основные положения. Издание официальное. Министерство здравоохранения Республики Узбекистан. – Т.: 2002. – 54 с.

  29. WHO monographs on selected medicinal plants, Geneva, World Health Organization, 2002. –Vol.2. – 357 р.

  30. Evans WC. Trease G.E. Рharmacognosy. -15th ed.- Edinburg, Saunders, WB, 2000. – 832 р.

  31. WHO monographs on selected medicinal plants. –Vol. 1. – Geneva: World Health Organization, 1999. – 295 p.

  32. WHO monographs on selected medicinal plants. –Vol. 2. – Geneva: World Health Organization, 2003. – 357 p.


Laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun zarur bo’lgan asbob - uskunalar, jihozlar, reaktivlar:dorivor o`simlik gerbariy va mahsulotlarining namunaviy modellari, mikroskoplar, mikroskopik taxlillar uchun reaktivlar to’plami, probirkalar, buyum va yopqich oynalari, rеaktivlar: xloralgidrat, 5 va 10% li ishqor eritmasi, yurak glikozidlariga sifat va xromatografik taxlillari uchun asbob- anjomlar xromatografik kamеra, pulvеrizator,xromatografiya qog’ozi, rеaktivlardan: konts. H2SO4, HNO3, CH3COOH, 25 % fosformolibden kislotasi, pikrin kislotalari, FeCl3,
Download 247.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling