1-mavzu. Visual studio muhitida ishlash.
Net platformasining asoslari bilan tanishib bo‘lgandan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri amaliyotga o‘tamiz. Buning uchun biz dasturlash muhiti bilan tanishib chiqamiz.
Ishni Visal Studio .Net ni ishga tushirshdan boshlaymiz. Muhitni o`rganish davrida men 2010 –versiadan foydalandim. Ko‘z
oldimizda Asosiy oyna ochiladi, asosiy sahifasida bir nechta panellardan iborat
1– rasm. Visal Studio .Net
ning asosiy oynasi
Oynaning markazida ish sohasi joylashgan bo`lib, unda fayllar vkladkalar (yorliqlar) sifatida bo`ladi. U orqali mavjud fayllarni ochishimiz mumkin. Hozirgi vaqtda, ish sohasida HTML sahifa ochilgan bo`lib, yangi yoki mavjud bo‘lgan loyihani ochishimiz mumkin.
Asosiy
sahifasining Recent Projects bo`limida – oldingi ishlangan loyihalardan 10 tasi ekranda ko‘rsatilgan bo‘ladi, ularni ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marotaba bosish orqali ishga tushirish mumkin. Shu bo‘limning yuqori qismida
Open Projects… va
CreateProjects… bandlar
mavjud.
Open Projects… bandi orqali xotirada mavjud bo‘lgan loyihani qayta ochish imkonini beradi,
CreateProjects… bandi orqali esa yangi loyiha yaratish mumkin.
Visual Studioda har qanday programma loyihadir. Loyiha – bu fayllar uchun papka (katalog) day. U zaruriy xusisiyatlarga ega (masalan platforma va til uchun yaratilgan prayekt) va dastur matni fayllarini o‘z ichiga olib, bajariluvchi faylni kompilyatsiya qilib berishi mumkin. Solution (Loyiha) da bir nechta birlashtirish mumkin. Loyiha haqida yanada ko‘proq ma`lumotlarni
olish uchun, kompakt - diskning Documents/Visual Studio 2010.doc faylidan o`qishingiz mumkin.
Yangi loyiha yaratish uchun menyudan
File/New/Project ni tanlaymiz.
- rasmda ko‘rsatilgandek, New Project oynasi ochiladi. Loyihalar daraxti chap qismiga joylashgan. Bu yerda biz loyihaning turini tanlashimiz mumkin. Loyihalarning barcha turlari papkalarda joylashgan.
2– rasm. Yangi loyiha yaratish oynasi