1-Mavzu yuzasidan seminar ishlanmasi Tilshunoslik fanining o’rganish obyekti tilning paydo bo’lishi


Download 100.41 Kb.
Sana26.11.2021
Hajmi100.41 Kb.
#177639
Bog'liq
1 DARSLIK



1-Mavzu yuzasidan seminar ishlanmasi

Tilshunoslik fanining o’rganish obyekti tilning paydo bo’lishi.

+

Reja:

1

Tilning paydo bo’lishi haqida farazlar.

2

Tilning jamiyatdagi vazifalari

3

Tillarning o’zaro ta’siri va shakllanish qonuniyatlari.

4

Substrat va superstrat hodisalar.






1

Interfaol metod




Тa’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi metod bo’lib talabalarni darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun savol javob o’tkazishdan iborat



Savollar to’plami.



1. Tilshunoslik fanining maqsadi va vazifalari haqida nimalarni bilasiz?



2. Tilshunoslik faning boshqa fanlar bilan a’loqasi xususida to’htaling/



3. Tilshunoslik fanining qadimiy ta’limotlari va maktablari qaerda yuzaga kelgan?


4. Til jamiyatda qanday vazifani bajaradi?


5. Til va tafakkurning bog’liqligini izohlang



6. Tilning paydo bo’lishi haqida qanday farazlar mavjud?




7. Substrat va superstat atamalarini izohlab bering.



8. Til strukturasi elementlari nimalardan iborat?



9. Til sistemasining 5 jihatini izohlang.



10. Nima uchun tilga ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi?



11. Paradigmatik va sintagmatik munosabatlar deganda nimani tushunasiz?



12. Til taraqqiyotining ichki va tashqi qonuniyatlari haqida tushuntiring.




2

Tushunchalar tahlili”



Ushbu metod yordamida talabalar yangi atamalar (terminlarni) tahlil qilish, yodda saqlash imkoniyatiga ega bo’ladilar



Tushunchalar, atamalar (Terminlar)

Sizningcha bu tushuncha qanday ma’noni anglatadi

Emotiv




Fatik




Metalisoniy




Estetik




Paradigmatik




Sintagmatik




Substrat




Superstat





3

Blits - so’rov” metodi



Ushbu usul talabalarni harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil qilishga, mantiqiy fikrlashga, o’rganayotgan predmet asosida xilma-xil fikrlar, ma’lumotlar ichidan kerakligini tanlab olishni, shu bilan birga o’zgalar fikrini hurmat qilishni hamda ularga o’z fikrini o’tkaza olishni o’rgatadi.



Talabalarga mashg’ulot o’tkazish tartibi haqida tushuncha beriladi.



Mavzuga tegishli savollar yozilgan tarqatma materiallar talabalarga tarqatiladi.



Talabalar belgilangan vaqt ichida lingvistik terminlarni topishi va izohlashi lozim.


LINGVISTIK TERMINLARNI TOPING VA IZOHLANG.


A

T

H

E

M

O

T

I

V

N

E

B

G

A

M

E

K

I

T

A

F

C

V

T

I

F

T

A

H

Y

Sh

Ch

T

G

I

J

K

A

L

I

O’

G’

G

E

D

E

E

M

Q

K

S

O

P

R

T

E

F

N

O

R

T

K

N

I

S

I

G

N

O

P

S

U

V

U

Y

T

K

S

U

B

S

T

R

A

T

R

O

V


4

Bliss” so’rov metodi



USHBU METOD YORDAMIDA TALABARNI MAVZUGA NISBATAN DIQQATINI, E’TIBORINI, KUCHAYTIRISHIMIZ, BELGILANGAN 5 DAQIQA DAVOMIDA MAVZUNI QANDAY O’ZLASHTIRGANINI TEKSHIRA OLISH IMKONIYATIGA EGA BO’LAMIZ.



QUYIDAGILARNING QAYSI BIRIGA MOS

XI – XII asrdan XX asr boshlariga qadar

XIX asr (1816)

XIX asrning birinchi choragida

XX asrda

1. Tilshunoslik alohida fan sifatida…………… mustaqil fanlar qatoriga qo’shildi.













2. Qiyosiy tarixiy tilshunoslik …………..… vujudga keldi.













3. O’zbek kitobatchilik terminologiyasi shakillanishining dastlabki bosqichlari ………………













4. Matematik mantiq fani mustaqil bir fan sifatida ish ko’rdi ………………………














5

Assiment” metodi



Ya’ni (assoment, assosment) – o’z-o’zini taqdimot qilish, ma’lum bir sinovdan o’tish usuli hisoblanadi.


1. Tilshunoslikning ma’lum bir lug’at tarkibi, fonetik sistemasi va grammatik qurilishi, shuningdek, tarixiy taraqqiyot yo’llarini o’rganuvchi va bir tilni o’rganish bilan shug’ullanuvchi sohasi qaysi?

A) umumiy tilshunoslik;

B) xususiy tilshunoslik;

C) komparativistika;

D) kommunikativ lingvistika.

2. O’rganish sohasi nuqtainazaridan tilshunoslik qanday guruhlarga bo’linadi?

A) umumiy tilshunoslik, xususiy tilshunoslik

B) sotsiolingvistika, mentolingvistika;

C) komparativistika, kommunikativ lingvistika

D) makrolingvistika, mikrolingvistika.

3. Sotsiolingvistika va mentalingvistikani o’zida birlashtiradigan tilni ijtimoiy hodisa sifatida o’rganuvchi fan qaysi javobda ko’rsatilgan?

A) introlingvistika;

B) tilshunoslik;

C) ekstralingvistika;

D) komparativistika.

4. Til kishilik jamiyatidagi asosiy ijtimoiy hodisa sifatida qanday vazifalarni bajaradi?

A) kommunikativ, ekspressiv;

B) ekspressiv, akkumulativ;

C) kommunikativ, ekspressiv, akkumulativ;

D) kommunikativ, akkumulativ.

5.Tilning kishilik jamiyatda asrlar davomida to’plangan tajriba va bilimlarini kelajak avlodga yetkazuvchi vazifasi qaysi?

A) ekspressiv;

B) kommunikativ;

C) gnoseologik;

D) akkumulativ.

6. Tilning qaysi bir vazifa lingvistik adabiyotlarda gnoseologik vazifa deb ham ataladi?

A) ekspressiv;

B) kommunikativ;

C) gnoseologik;

D) akkumulativ.

7. Ijtimoiy hayotda ro`y bergan o`zgarishlar tilning qaysi qismida o`z aksini topadi?

A) tilning fonetik sistemasida;

B) tilning morfologik strukturasida;

C) tilning grafik tizimida;

D) tilning lug`at boyligida.

8. Til taraqqiyotining hozirgi bosqichida so`z yasash tizimini qaysi hodisa o`rganadi?

A) diaxron hodisa;

B) sinxron hodisa;

C) bilingvizm hodisasi;

D) kalkalab olish hodisasi.

9. Ijtimoiy kelishuv farazi qachon paydo bo’lgan?

A) XIX asrning 20-yillarida;

B) XIX asrning 2-yarmida;

C) XX asr oxirlarida;

D) XIX asr boshlarida.

10. Mujassamlashuv deb nimaga aytiladi?

A) shevalarning soni ko’payishiga;

B) turli shevalarning umumiy qoidalarga bo’ysungan holda ma’lum adabiy tilga birlashishi;

C) tillarning shevalarga parchalanishi, bir tilga mansub shevalarning miqdorini oshib borishi;

D) A va B javoblari to’g’ri.

11. Turli tillar sistemalarini tasniflash uchun me’zon vazifasini o’tovchi sistema qanday nomlanadi?

A) metatil;

B) etalon til;

C) sun’iy til;

D) A va B javoblari to’g’ri.

12. Til taraqqiyotining ma’lum davrida so’zlar qanday hosil bo’lganligini, uning dastlabki holati, so’z yasalish strukturasida bo’lgan o’zgarishlarni o’rganuvchi soha bu…

A) diaxronik hodisa;

B) sinxronik hodisa;

C) bilingvizm hodisasi;

D) kalkalab olish hodisasi.

13. Til va shevalarning qisqarishi yoki kamayishi qanday omillarga bog’liq bo’ladi?

A) tarixiy;

B) davriy;

C) masofaviy;

D) tarixiy va davriy.

14. Ekstralingvistika qanday fan?

A) sotsiolingvistika va mentalingvistikani o‘zida birlashtiradigan, tilni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganuvchi fan;

B) til va tafakkur, tilning mazmun tomonini o‘rganadigan fan;

C) tilningichki tizimini, uning birliklari va kategoriyalari, tilning yaruslari hamda ularning tuzilishini o‘rganadigan fan;

D) tilningichki tizimini, uning birliklari va kategoriyalari, tilning yaruslari hamda ularning tuzilishini o‘rganadigan soha.

15. Tilning akkumulyativ vazifasi...

A) kishilar aloqa-aralashuv jarayonida bildirilayotgan fikrga yoki tinglovchiga yetkazilayotgan axborotga o`zlarining turli tipdagi hissiy-ta’siriy, emotsional munosabatlarni ham qo`shib ifodalashi;

B) kishilik jamiyatida asrlar davomida to`plangan tajriba va bilimlarni kelajak avlodga yetkazish uchun ham xizmat qilishi;

C) kishilarning o`zaro aloqa-aralashuvda o`z fikr-mulohazalarini ifoda etib, bir-birlariga axborot yetkazishi;

D) umumxalq tilining ma’lum hududga tegishli va o’ziga xos fonetik va grammatik xususiyatlariga ega bo’lishi.

16. Mujassamlashuv (integratsiya)nima?

A) turli shevalarning umumiyqoidalarga bo‘ysungan holda ma’lum adabiy tilga birlashishi;

B) shevalarning soni ko‘payishi va ular asosida yangidan yangi tillarning vujudga kelishi;

C)ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda bir tilning turli shevalarida so‘zlashuvchi qabilalarning uyushmasiga – qabila ittifoqlariga birlashishi;

D)til jamiyatning ma’lum bir guruh tomonidan emas, balki butun jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan ijtimoiy hodisa ekanligi.

17. Tovushga taqlid farazi qayerda va kimlar tomonidan o`rtaga tashlangan?

А) Janubiy Amerika, Demokrit va Sokrat;

B) Avstraliya, Jan Jak Russo;

C) Gretsiya, Platon va Epikur;

D) Qadimgi Yunoniston, Demokrit va Platon.

18. Tildan boshqa yana qanday aloqa vositalarini bilasiz?

A) internet, e-mail;

B) mimika, jest;

C) musiqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, teatr;

D) radio, telefon, telegraf, telepatiya.

19. Til va tafakkur birligi nimada ifodalanadi?

A) biri ikkinchisi orqali ifodalanadi va bu ifodalanish jarayonida shakllanadi;

B) rasmiylashtirishning bir xilligida;

C) kategoriyalarning bir xilligida;

D) dunyoni modellashtirishning bir xilligida.

20. Qaysi tillar xalqaro til maqomini olgan?

A) nemis, fin, ingliz, xitoy, italyan;

B) ingliz, ispan, arab, fransuz, xitoy, rus;

C) ingliz, rus, dat, arab;



D) island, chex, nemis, fors.

6

Krossword














1
















5

















































3






































































4

































































































2







































































Krossword savollar to’plami:

  1. “Til faoliyat emas,balki so’zlashuvchi tomonidan passiv qayd qilinadigan tayyor mahsulot,nutq mahsulidir “deb ta’kidlagan olim kim?

  2. Tafakkurning aniq bir natijasi nima.

  3. Voqelikning kishi miyasida uning butun ruhiy faoliyatini o’z ichiga olgan holda aks etishi nima?

  4. Tillarning chatishuvi natijasida mag’lub tilning g’olib tilde qoldirgan izlari fanda nima deyiladi?

  5. Qanday munosabat nisbatan oddiy birliklarning murakkabroq birliklar bilan birikishi jarayonida yuzaga keladi?

Foydalanish uchun adabiyotlar.

  1. Yo‘ldоshеv I.,Muhammedova S.,Shаripоvа O‘., Madjidova R. Tilshunоslik asoslari. –T., 2007/2013

  2. Jаmоlхоnоv H. Hоzirgi o‘zbеk аdаbiy tili. –Tоshkеnt, 2008.

  3. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish.-T., 2008.

  4. Реформатский А. Введение в языкознание. – М., 2006

  5. Maслов Ю.С.Введение в языкознание. – М., 2007.

  6. William B. McGregor Linguistics: An Introduction 2nd Edition Bloomsbury Academic London, 2015.

  7. Mark Aronoff, Janie Rees-Miler. The Handbook of Linguistics, Blackwell Reference Online, 30 November 2007.


Download 100.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling