№1 Mehnat muhofazasi bo`yichao`qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash


Download 21.08 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi21.08 Kb.
#153213
Bog'liq
2-оралик


№ 1 Mehnat muhofazasi bo`yichao`qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash

Mashg’ulotning maqsadi: O’zbekiston Respublikasining «Mehnat muhofazasi bo`yichao`qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to’g’risida»gi qonunni mazmun mohiyatini o`rganish.

 

Mashg’ulotni o’tkazish uchun kerak bo’ladigan asboblar, jihozlar, ko’rgazmali qurollar.



a) O’zbekiston Respublikasining «Хodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qitish va ularga yo’l-yo’riq berish to’g’risida»gi qonuni.

b) kirish va ish o’rnidagi yo’l-yo’riqlarni qayd etish uchun kerak bo’ladigan hujjatlar.

Mashg’ulotni bajarish tartibi:

1. Ishlab chiqarish korxonalarida texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi hamda yong’in xavfsizligi bo’yicha yo’l-yo’riq berishda korxona rahbarlarining javobgarligi;

2. Korxonalarda texnika xavfsizligi bo’yicha o’tkazilishi lozim bo’lgan yo’l-yo’riqlar, ularning turlari va o’tkazilish muddati.

3. Korxonalarda o’tkaziladigan kirish yo’l-yo’riqni amalda qanday bajarilishini o’rganish;

4. Ish o’rnida o’tkaziladigan yo’l-yo’riqlar, ularning turlari hamda bu yo’l-yo’riqlar amalda qanday bajarilishini o’rganish;

5. Korxonalarda o’tkaziladigan yo’l-yo’riqlar o’tkazilganligi to’g’risidagi hujjatlarni rasmiylashtirishni o’rganish;

6. Korxonalarda ishchilarning mehnat muhofazasi qoidalariga o’qitish dasturini o’rganish.

 Mashg’ulotni bajarganligi to’g’risida o’quvchining hisoboti:

1. Kirish yo’l-yo’rig’i kim tomonidan o’tkaziladi va bu yo’l-yo’riqni o’tkazishni rasmiylashtiring.

2. Nazorat varaqasi va kirish yo’l-yo’rig’ini qayd qilish daftarini to’ldiring.

3. Ish o’rnida o’tkaziladigan yo’l-yo’riqlar, ularning turlarini ko’rsating.

4. Ish o’rnida o’tkaziladigan yo’l-yo’riqlarni qayd qilish daftarini to’ldiring.

5. Хavfsiz ishlash usullariga o’qitish hujjatlarini to’ldiring.

6. O’tkazilgan mashg’ulot to’g’risida shaxsiy xulosangizni bering.

 

Amaliy mashg’ulotni bajarish bo’yicha umumiy tushunchalar



O’zbekiston Respublikasi mehnatkashlarining turmush sharoitini yaxshilash, sanoat korxonalarida fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanib, mehnat sharoitini yuqori darajaga ko’tarish, shikastlanish va kasb kasalligi darajasini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish to’g’risida O’zbekiston Respublikasining 2016-yil 22 sentyabrda O`RQ-410 sonli "Mehnatni muhofaza qilish " to’g’risidagi qonuni qabul qilindi. Shu qonunning 25-moddasida jumladan shunday deyilgan:

«Ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga o`tkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo`yicha yo`l-yo`riqlar berish ishlarini hamda baxtsiz xodisalardan jabrlanganlarga yordam ko`rsatishga o`qitishni tashkil etishi shart» deb belgilab qo’yilgan.

Ushbu qonunga ko’ra malakali mutaxassislar tayyorlash va sanoat korxonalarida kasb kasalliklari va jarohatlanishga olib keladigan omillarni butunlay yo’qotish sanoat korxonalari rahbarlarining oldiga qo’yilgan asosiy vazifa hisoblanadi.

Hozirgi zamon fan va texnikasining rivojlanishi yangidan-yangi texnologiya va mashina mexanizmlarining ishlab chiqarishga joriy etilishi, ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimning yuqori malakali, texnika xavfsizligi to’g’risidagi qonunlarini tushunadigan va unga amal qiladigan bo’lishlarini talab qiladi.

Bugungi kunda ishchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida juda ko’p qo’llanmalar, qonun-qoidalar va me’yoriy hujjatlar, yo’riqnomalar bo’lishiga qaramasdan sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalarning butunlay yo’qotishni ta’minlovchi sharoit mavjud emas.

Bundan tashqari sanoat korxonalarining xilma-xilligi hattoki ma’lum bir korxonada ham ish tartibi bir-biriga o’xshash ikkita sexni topilishi qiyinligi sababli sanoat korxonalari xavfsizligini ta’minlashni tartibga soladigan usulni ishlab chiqarish mushkul. Shuning uchun ham har bir sanoat korxonasi, korxona ishchilari uchun mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan va bu tarmoqlar ishchilarning xavfsizligini ta’minlovchi ish usullarini o’rgatish bilan birgalikda ishchining mehnat xavfsizligini saqlash chora tadbirlarini o’z ichiga olgan holda yo’l-yo’riq o’tkazishlari lozim.

Korxonalarda o’tkaziladigan yo’l-yo’riqlar asosan 2 guruhga bo’linadi:

1. Kirish yo’l-yo’rig’i.

2. Ish o’rnidagi yo’l-yo’rig’i.

 

Ish o’rnidagi yo’l-yo’riq o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:



2.a) Ish o’rnidagi birlamchi yo’l-yo’riq.

2.b) Rejali yoki takroriy o’tkaziladigan yo’l-yo’riq.

2.v) Rejadan tashqari yo’l-yo’riq.

2.g) Joriy yo’l-yo’riq.

 

Sanoat korxonalarining hammasida ishlovchilar ish toifasi, bajariladigan ishi, xavfsizlik darajasiga va egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar hamma ishchi va xizmatchilar yo’l-yo’riq olishlari shart.



Kirish yo’l-yo’rig’i va uni o’tkazish tartibi.

Bu yo’l-yo’riqni o’tkazishning asosiy maqsadi yangidan ishga kirayotgan ishchilar mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi va yong’in xavfsizligi to’g’risida ma’lumot berish, uni korxona chegarasida va bo’limlaridagi tartib qoidalardan xabardor qilishdir.

Kirish yo’l-yo’rig’ini yaxshi jihozlangan va ko’rgazmali qurollar bilan ta’minlangan maxsus, mehnatni muhofaza qilish xonasida bosh muhandis, mehnatni muhofaza qilish muhandisi, yoki shu vazifani bajaruvchi kishi tomonidan o’tkaziladi.

Kirish yo’l-yo’rig’ini o’tkazish vaqtida ishga kiruvchi ishchi-xizmatchilar quyidagi tartib qoidalar bilan tanishtirilishi lozim:

1. Korxonada qo’llanilib kelayotgan mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonuniyatlar asoslari;

2. Ishlab chiqarish korxonasidagi ichki mehnat tartib qoidalari (ishning boshlanish vaqti, tanaffuslar, korxonaning ish sharoitlarini boshqa korxonalarnikidan farqi);

3. Mehnat kodeksida ishlovchi yosh bolali ayollar va o’smirlar mehnatini muhofaza qilish to’g’risidagi tadbirlar;

4. Ishga kelayotganda, ishdan qaytayotganda, hamda ish jarayonida korxona chegarasida harakatlanganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;

5. Ishlab chiqarish hamda maishiy xizmat ko’rsatish joylarida o’rnatilgan elektr jihozlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish;

6. Korxonada ishlab chiqarish sanitariya va gigiyenasi, shaxsiy gigiyena qoidalari, ulardan to’g’ri foydalanish usullari;

7. Ishchilarga mahsus kiyimboshlar, shaxsiy himoya vositalari, maxsus oziq-ovqat mahsulotlari va ularni berish tartibi;

8. Korxonada yong’inni oldini olishga qaratilgan tadbirlar;

9. Ishlab chiqarishda sodir bo’lgan jarohatlanishlar, ularni keltirib chiqargan sabablari;

10. Korxonada sodir bo’lgan baxtsiz hodisalar tufayli jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish;

11. Хavfli va zararli moddalar bilan ishlash tartibi;

12. Uskuna va jihozlarda buzilishlar sodir bo’lganda to’xtatish tartibi tushuntiriladi va o’rgatiladi.

Yuqoridagi qoida talablar batafsil tushuntirilgandan so’ng kirish yo’l-yo’rig’i maxsus daftarda yoki nazorat varaqasida qayd qilinadi (ilova 1,2).

Korxona rahbarining yangidan ishga kirayotgan ishchini kirish yo’l-yo’rig’ini o’tmasdan turib ishga qabul qilish to’g’risidagi buyrug’iga imzo chekishi ta’qiqlanadi.

Ishchi, muhandis texnik xodimlarni xavfsiz ishlash usullariga o’rgatish bo’yicha o’qitish tartibi hozirgi vaqtda sanoat korxonalarida, yangidan yangi chet el texnologiyalari va mashina-uskunalarining kirib kelishi ishlab chiqarishda ishlayotgan har bir xodimdan yuqori malakani egallashni, texnika xavfsizligi qoidalarini yaxshi tushunib unga amal qilishni talab qiladi. Shu sababli ham korxonaga ishga kirgan kasbi bo’lmagan, yoki kasbini o’zgartirishni istagan hamma ishchilar, bajaradigan ishlarining xavfliylik darajasidan qat’iy nazar xavfsiz ishlash usullariga o’rgatilishlari lozim.

Korxonada xavfsiz ishlash usullariga o’rgatishni tashkil etish, mehnatni muhofaza qilish qonuniga ko’ra, shu korxona rahbari zimmasiga yuklatilgan.

 

Ish o’rnidagi birlamchi yo’l-yo’riq va uni o’tkazish tartibi:



Ish o’rnidagi birlamchi yo’l-yo’riq, kirish yo’l-yo’rig’i o’tkazilgandan keyin yangidan ishga kirayotgan yoki bir ish o’rnidan ikkinchi bir ish o’rniga ko’chirilgan ishchilar, bir bo’limdan ikkinchi bo’limga ko’chirilgan ishchilar bilan ish beruvchi tomonidan o’tkazilib quyidagilar bilan tanishtiriladi:

1 - ishchining doimiy ishlash joyi;

2 - bo’limdagi texnologik jarayon va xavfli omillar;

3 - ishchining doimiy ishlashi zarur bo’lgan mashinaning yoki dastgohning tuzilishi;

4 - dastgohning xavfli joylari;

5 - muhofaza qurilmalari va ulardan foydalanish qoidalari;

6 - dastgohning sozlanganligini tekshirish;

7 - yurgizish va to’xtatish asboblarining tuzilishi va ishlash jarayoni;

8 - dastgohning yerga ulanganligi;

9 - yordamchi va asosiy muhofaza vositalarining mavjudligi;

10 - shaxsiy muhofaza vositalari va ulardan foydalanish qoidalari;

11- ish kiyimlari, maxsus kiyimlar, oyoq kiyimlari va bosh kiyimlariga qo’yiladigan talablar;

12 - ish joyini tashkil qilishda material va tayyor mahsulotlarni joylashtirishda xavfsizlik talablari;

13 - ish joylarni iflos va keraksiz narsalar bilan to’planishiga yo’l qo’ymaslik;

14 - yo’llarni o’tish joylari va ish joylarini ortiqcha narsalar bilan to’sib qo’ymaslik;

15 - transport vositalari, ko’tarish kranlari va jihozlarni ishga tushirish qoidalari va boshqa yordamchi vositalardan foydalanish tartib qoidalari;

16 - baxtsiz xodisalarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan ish usullarini qo’llashni ta’qiqlash va kasb kasalliklariga olib keluvchi ishlab chiqarishdagi sanoat zararli moddalari haqida tushuncha berish va ulardan saqlanish usullarini ko’rsatish va hokazo.

Ish o’rnida birlamchi yo’l-yo’riqni o’tkazishdan maqsad, ishlovchi shaxslarni aniq ish joylari bilan tanishtirish u yerdagi dastgohlar, moslamalar, ish joyining xavfli va zararli joylarini aniqlash va himoya vositalarini qo’llab ishlashni o’rgatishdan iborat.

Yo’l-yo’riqda avvalo, odatdagi ish sharoitida ishchi o’zini qanday tutishi kerakligi haqida ma’lumot beriladi. Lekin korxonalarda ba’zi bir favqulodda holatlar ham yuz berib qolishi mumkin. Masalan, buzilish, yong’in va boshqa holatlarda ishchi o’zini qanday tutishi, harakat qilishi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun bunday holatlarda qanday harakat qilish kerakligi haqida ham ma’lumot berish kerak. Ish o’rnidagi birlamchi yo’l-yo’riq ishga kiradigan ishchilarning har biri bilan ish beruvchi tomonidan alohida-alohida va bir xil kasbdagilar bilan guruhli o’tkaziladi, so’ngra ishga kiruvchidan ko’rsatilgan xavfsizlik qoidalarini takroran ko’rsatish talab qilinadi. Ishchi ko’rsatilgan xavfsizlik talablarini to’g’ri bajarsa ish o’rnidagi birlamchi yo’l-yo’riqni tugallangan deb hisoblanib, so’ngra bir hafta davomida ish beruvchi ishchining bajargan ishini kuzatib boradi va uning bilim darajasini tekshiradi. Shundan so’ng ishchini ish kiyimi, ishni bajarish uchun kerak bo’ladigan moslama va muhofaza vositalari hamda o’z mutaxassisligi bo’yicha texnika xavfsizligi yo’riqnomasi bilan ta’minlab, maxsus «Ish o’rnidagi yo’l-yo’riqni qayd qilish daftari»ga belgilaydi va mustaqil ish bajarishga ruxsat beradi (ilova 3-4).

Rejali yoki takroriy o’tkaziladigan yo’l-yo’riq

Ish o’rnidagi rejali yo’l-yo’riqni o’tkazishdan maqsad ish beruvchi (usta, sex boshlig’i) o’z qo’l ostida ishlaydigan ishchilarni, mehnatni muhofaza qilish bo’yicha qoida va me’yorlari bo’yicha bilimlarini mustahkamlash, yangidan o’rnatilgan jihozlar to’g’risida ma’lumot berish, hamda ishchilarni texnika xavfsizligi bo’yicha bilimlarini tekshirishdan iborat.

Bu yo’l-yo’riqni o’tkazish vaqtini korxona rahbari kasaba qo’mitasi raisi bilan kelishgan holda belgilaydi. Yo’l-yo’riqning mazmuni ish joyida birlamchi yo’l-yo’riq mazmuni bilan bir xil. Bu yo’l-yo’riq ham kirish yo’l-yo’rig’i singari ishchilarning ishlash vaqti, malakasidan qat’iy nazar barcha ishchi xizmatchilar bilan o’tkazilishi shart. yo’l-yo’riq bajarilayotgan ishning xavfliyligi va yengil-og’irligiga qarab 3 oy yoki ko’pi bilan olti oyda bir marta takroriy o’tkaziladi. Ushbu yo’l-yo’riqni bo’lim boshlig’i, brigadir o’tkazib, ish o’rnidagi yo’l-yo’riqni ro’yxatga olish daftariga belgilaydi. (3-ilovaga qaralsin).



Rejadan tashkari yo’l-yo’riq: Bu yo’l-yo’riq texnologik jarayonning o’zgarishi: yangi mashina va dastgohlar kiritilishi va yangi materiallardan foydalanish natijasida ish sharoitining o’zgarishi sababli ishchilarning xavfsizligini saqlash uchun bilimlari yetishmasligi sezilganda o’tkaziladi yoki shu korxonaga o’xshash korxonada, buzilish (avariya) sababli baxtsiz hodisa ro’y berganligi haqida xabar berilgandan keyin ham rejadan tashqari yo’l-yo’riq beriladi. Bu yo’l-yo’riqni bo’lim boshlig’i, usta brigadir o’tkazib, ish o’rnidagi yo’l-yo’riqni qayd qilish daftariga belgilaydi (3-ilova)

Joriy yo’l - yo’riq. Korxonalarda ko’pincha yopiq idishlar, quduqlar, handaklar ichida, balandlikda o’ta xavfli hisoblangan qator tuzatish ishlarini bajarishga to’g’ri keladi. Bunday ishlarni bajarishdan oldin ishchilarga ruxsat etuvchi maxsus yo’riqnoma yozib berilishi va unda joriy yo’l - yo’riq o’tkazilganligi to’g’risida yozilgan bo’lishi va barcha ehtiyot choralar qayd qilinishi kerak.

 

 



ISHCHI MUHANDIS VA ТEХNIK ХODIMLARNI

ХAVFSIZ ISHLASH USULLARIGA O’RGAТISH ТARТIBI.

 

Korxonalarda kasbi bo’lmagan yoki kasbini o’zgartirishni istagan hamma ishchilarni ishlab chiqarish jarayonining xavfliylik darajasidan qat’iy nazar, xavfsiz ishlash usullariga o’rgatilishi shart. Korxonalarda xavfsiz ishlash usullarini o’rgatishni tashkil qilish, shu korxona rahbari zimmasiga yuklatiladi.



Хavfsiz ishlash usullarini o’rgatishning sifatini tekshirib borish, shu korxona mehnatni muhofaza qilish bo’yicha muhandisi yoki birorta muhandis-texnik xodimga (agar boshliqning buyrug’i chiqarilgan bo’lsa) yuklatiladi.

Хavfsiz ishlash usullarini o’rgatish dasturi: yo’l-yo’riq berish, hamda amaliy ishni xavfsiz bajarish yo’llarini, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in xavfsizligi talablarini o’rganishni o’z ichiga oladi.

Хavfsiz ishlash usullarini o’rganishga ketadigan vaqtni bajariladigan ishning og’ir yengilligiga va xavfliylik darajasiga qarab bosh muhandis tomonidan belgilanadi.

Ishlab chiqarishda ishchilarga mehnat muhofazasini o’rgatish dasturi ikki bo’limga bo’lib o’rgatiladi.

1. Mehnat muhofazasi bo’yicha umumiy masalalar (umumiy bo’lim)

2. Ishchi o’z kasbi bo’yicha ish bajarishida mehnat xavfsizligi (asosiy bo’lim) Mehnat muhofazasi bo’yicha umumiy masalalarda ishchilar quyidagilarni bilishi shart. Mehnat qonuniyatlari, mehnat xavfsizligi ustidan davlat va jamoat nazorati, baxtsiz hodisalarni oldini olish, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigiyenasi, elektr xavfsizligi, yong’in xavfsizligi bo’yicha asosiy tushunchalar.

Asosiy bo’lim dasturi, bajariladigan ishning og’irligi va xavfliyligiga bog’liq bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi: ishlab chiqarish jihozlari va dastgohlarini ishlatishda hamda texnologik jarayonlarni bajarishda, qonun-qoida va yo’llanmalarni yaxshi o’rganib, ish bajarish hamda xomashyodan foydalanishda, dastgohlarning tuzilishi va boshqa xavfsizlik qoidalariga o’rgatiladi.

 

Ishlab chiqarishda ishchilarning mehnat muhofazasi



qoidalariga o’qitish dasturi

Т/r

Mavzu

Soatlar

1

Mehnat muhofazasining umumiy masalalari

2

2

Mehnat muhofazasi ustidan davlat va jamoat nazorati

2

3

 


Ishlab chiqarishdagi shikastlanishni oldini olish bo’yicha texnika xavfsizligining asosiy masalalari

3

4

Ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi

4

5

Elektr xavfsizligi

3

6

Yong’in xavfsizligi

3

 

Jami:

15

 

II. Kasb bo’yicha ish bajarishdagi mehnat xavfsizligi

1

Mehnat xavfsizligining umumiy masalalari

3

2

Dastgohlar tuzilishiga mehnat xavfsizligi talabi

4

3

Dastgohlarni ishlatishda mehnat xavfsizligi talabi

4-6

 

Jami:

11-13

 

 

Shunday qilib nazariy o’qish asosiy va umumiy qismlardan iborat bo’lib, o’qish muddati 26-28 soatni tashkil qiladi.



O’qitish ishlari faqat ma’ruzalardan iborat bo’lmay, balki dastgohlarda amaliy ishlardan ham iborat bo’lishi kerak.

O’qishga qatnashgan va uni tugatgan har bir kishi quyidagi komissiya a’zolariga, ma’muriyat kasaba uyushmasidan, o’qituvchi ishtirokida imtihon topshiradi. O’qishga qatnashganligi qayd daftariga belgilanadi.

Тexnika xavfsizligi bo’yicha o’qigan ishchilarning bilimlarini tekshirib natijalari shaxsiy varaqasida belgilanadi.

Imtihon topshirolmagan shaxslar qaytadan o’qitishga yo’llanma oladilar. Yuqori bosim ostida ishlaydigan idishlarda, elektr, bug’, qozon qurilmalarini ishlatishda, yuk ko’taruvchi kranlarda ishlaydigan shaxslarning ishlari o’ta xavfli bo’lganligi uchun alohida dastur bo’yicha o’qitiladi.

Bu shaxslarning bilimini tekshirishda davlat texnika nazorati, energiya nazorati va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari qatnashadilar va ularga shaxsiy ruxsatnoma beradilar.

 

NAZORAТ SAVOLLARI:



 

1) O’zbekiston Respublikasining 2016-yil 22 sentyabrda O`RQ-410 sonli qabul qilingan "Mehnatni muhofaza qilish'' to`g`risidagi (yangi taxrirda)qonunni 25 - moddasini izohlang.

2) Kirish yo’l- yo’rig’i , o’tkazish tartibi hamda to’ldiriladigan hujjatlar to’g’risida ma’lumotlar bering.

3) Ish o’rnida o’tkaziladigan yo’l- yo’riqlar va ularni turlari, o’tkazish tartibi hujjatlarini rasmiylashtirish .



4) Ishchi xizmatchilarni xavfsiz ishlash usullariga o’qitish, bilimlarini tekshirish to’g’risida ma’lumot bering.
Download 21.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling