1. Mehnat potentsiali va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni Mehnat potentsiali va inson kapitaliReja


Download 159.5 Kb.
bet1/2
Sana08.12.2021
Hajmi159.5 Kb.
#179368
  1   2
Bog'liq
1. Mehnat potentsiali va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni-fayllar.org


1. Mehnat potentsiali va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni

Mehnat potentsiali va inson kapitaliReja:

1. Mehnat potentsiali va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni

2.O‘zbekistonda mehnat potentsialining shakllanishi va unga demografik omillarning ta’siri

Mehnat jarayonining asosiy sharti jamiyatda mehnat potentsialining mavjud bo‘lishidir. Iqtisodiy adabiyotlarda hozirgacha jamiyatning mehnat potentsiali tushunchasiga turli qarashlar mavjud bo‘lib, bu tushuncha bilan bog‘liq «mehnat resurslari», «ishchi kuchi» tushunchalarini undan farqlash zarurati bo‘lganligi sababli ushbu tushunchalar munozarali masala bo‘lib qolmoqda.«Potentsial» atamasi ilmiy muomalaga bundan 15-20 yil oldin kiritilgan edi. Etimologik jihatdan u «yashirin imkoniyatlar, quvvat, kuch» ma’nosini anglatadi. «Potentsial» tushunchasining ma’nosini keng talqin qilish uni «qandaydir vazifani hal etish yoki muayyan maqsadga erishish uchun xarajatga keltirilgan foydalanilgan imkoniyatlar, mablag‘lar, zaxira manbai; ayrim shaxs, jamiyat, davlatning muayyan sohadagi imkoniyatlaridir», deb qarashdan iboratdir. Shunday qilib, «potentsial», «potentsialli» degan atamalar biron-bir kishida, korxonaning boshlang‘ich mehnat jamoasida, umuman, jamiyatda yashirin, lekin hali o‘z imkoniyatlari yoki qobiliyatlarini ular hayotining tegishli sohalarida namoyon qilmaganligini bildiradi. Agar «mehnat resurslari» va «ishchi kuchi» tushunchalar o‘zida faqatgina miqdoriy xususiyatlarni mujassam etsa, bulardan farqli ravishda mehnat potentsiali ham miqdor, ham sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.

Ayrim iqtisodchilar mehnat potentsialining miqdor ko‘rsatkichlari bevosita resurslar miqdoriga teng deb qarab, unga mehnat yoshidagi ishga layoqatli aholi, ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlarni kiritadilar.

Mehnat potentsialining miqdor ko‘rsatkichlari faqatgina resurslarning faol qismi bilan cheklanib qolmaydi. Mazkur miqdorga quyidagi toifa aholi qatlamini ham kiritish mumkin:

- mehnatga layoqatli aholining nofaol qismi;

-ishlash imkoniyati va istagiga ega barcha guruh nogironlari;

- mehnatga layoqatli yoshdagi imtiyozli pensionerlar;

- ishlash xohishini bildirgan o‘smirlar va yoshga doir pensionerlar.

Ushbu aholi qatlamlariga etarli miqdordagi ish haqi va qulay mehnat sharoitlari bilan ta’minlangan ish joylarini taklif etish yoki kasanachilik, uyda o‘tirgan holda pullik ishlar va xizmatlarni bajarish, maishiy xizmat ko‘rsatish (kichik shohobchalarda) kabi faoliyatlarga jalb qilish yo‘li bilan ularni jamiyatning faol va to‘laqonli a’zosiga aylantirish mumkin. Ularning ushbu faoliyatlari esa mamlakatda yalpi milliy mahsulot yaratish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, moddiy resurs va zaxiralar, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda iqtisodiy taraqqiyotga erishishga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli yuqorida sanab o‘tilgan aholi toifalarini mehnat potentsialining qo‘shimcha (zaxira) miqdori sifatida e’tirof etish maqsadga muvofiqdir.

Bundan tashqari, potentsialning faol miqdoriga mamlakatimiz hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan norezidentlarni (immigrantlarni) ham kiritish mumkin. Immigrantlarni potentsial tarkibiga kiritishning sababi shundaki, ular ham mamlakat ishlab chiqarishida (moddiy va nomoddiy sohalarda) ishtirok etadi, iqtisodiyot tarmoqlarida o‘z ishchi kuchini namoyon qiladi, aqliy va jismoniy salohiyatini safarbar etadi. Garchi, norezidentlar o‘z mehnat faoliyati natijasidan olgan daromadlarining asosiy qismini o‘zlari olsalar-da, lekin mamlakat hududida o‘z ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq xarajatlarni (oziq-ovqat, dam olish, uy-joy ijarasi, kommunal, transport, uy-ro‘zg‘or), daromad solig‘i va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni amalga oshiradilar. Bu esa byudjet tushumlari va naqd pul aylanmasida o‘z aksini topadi.

Biroq, O‘zbekiston iqtisodiyotining bugungi holati uchun mazkur toifa ahlining ishtiroki u qadar sezilarli bo‘lmasa-da, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy elchixona va vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlarning hududiy, mintaqaviy bo‘limlari, qo‘shma korxonalar, xorij firmalari, dilerlik kompaniyalari, xorij korxonasi filial va shu’balari hamda hamkorlik tashkilotlarida norezidentlar mehnat va tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar.

Iqtisodiyoti jadal rivojlangan, sanoat va ishlab chiqarish keng taraqqiy etgan, iqtisodiy o‘sish sur’ati talabiga nisbatan kam mehnat potentsialiga ega mamlakatlarda (AQSh, Kanada, Rossiya, Germaniya, Avstriya, Frantsiya, Koreya) immigrantlar alohida ahamiyatga ega. Mehnat potentsiali mikdor ko‘rsatkichlarining shakllanishini chizma ko‘rinishida quyidagicha ifodalash mumkin (4.1-chizma).

Miqdoriy ko‘rsatkichning tub o‘zagi, ya’ni yadrosini inson tashkil etib, shaxsiy insoniy omillarning o‘zaro uyg‘undigi natijasida mehnat potentsiali vujudga keladi.

Mehnat potentsiali miqdor ko‘rsatkichlarining shakllanishiMehnat potentsiali mehnat resursining sifat ko‘rsatkichlari yig‘indisini aks ettiradi, ya’ni u bir ishchining salohiyatli imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish shaklida inson omilini faollashtirish va amaliyotda qo‘llashni ta’minlashdan iboratdir.

4.2-chizmada mehnat potentsialining sifat ko‘rsatkichlari aks ettirilgan.




Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling