1. Mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yuki kamaytiriladi


Download 1.67 Mb.
Sana19.05.2020
Hajmi1.67 Mb.
#107851
Bog'liq
mustaqil ishi


“Soliqlar va sug’urta ishi” fakulteti ST-50 guruh talabasi Murtazayev Muhammadning “Soliq konsepsiyasi doirasida jismoniy shaxslarni soliqqa tortish yuzasidan islohotlar” mavzusidagi taqdimoti.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29-iyundagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi. U keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib, soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida qabul qilindi. Hujjat loyihasi keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tdi. Ushbu konsepsiya 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi



1. Mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yuki kamaytiriladi

2. Aylanmadan soliqlarni optimallashtirish bilan umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliqlar to‘lovchilarni soliqqa tortish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish mezonlari takomillashtiriladi

3. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish choralari amalga oshiriladi

4. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi takomillashtiriladi

Konsepsiya doirasida quyidagi o’zgarishlar joriy etiladi:



1. Mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yuki quyidagilar orqali kamaytiriladi:

Barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yo‘naltirish. Bunda, fuqarolarning ayrim toifalari uchun eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi;

Fuqarolarning mehnatga haq to‘lash turidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilish;

Pensiya tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida, byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapital)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, boshqa yuridik shaxsning ustav jamg‘armasi (kapital)ning 50 foizi va undan ko‘proq qismi tegishli bo‘lgan ustav jamg‘armasi (kapital)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov miqdori 25 foiz etib, qolgan yuridik shaxslar uchun 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilgan stavkada belgilash.



2. Aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqlarni optimallashtirish bilan umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliqlar to‘lovchilarni soliqqa tortish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish mezonlari quyidagilar orqali takomillashtiriladi:

Davlat maqsadli jamg‘armalariga yuridik shaxslarning aylanmasidan (yalpi tushumidan) undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilish;

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun — 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, shuningdek, mobil aloqa xizmati ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun, rentabellik darajasidan kelib chiqib ular uchun qo‘shimcha foyda solig‘i hisoblash tartibini bekor qilgan holda 14 foizdan 20 foizgacha oshirish;

Dividendlar va foizlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha to‘lov manbaidan ushlab qolinadigan foyda solig‘i stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish;

O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish. Bunda, yillik aylanmaning (yalpi tushumning) 1 milliard so‘m etib belgilangan chegaraviy miqdori har 3 yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi;

Barcha tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan, aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etish;



3. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha soliq to‘lovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy ta’sirini kamaytirish choralari quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, bino va inshootlardan, shu jumladan, ilgari xususiylashtirilgan ob’ektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun yuqori stavkada soliq hisoblash tartibini saqlab qolgan holda 5 foizdan 2 foizga pasaytirish;

Yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqni 4 foiz miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va to‘lash tartibini hamda ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash imkoniyatini belgilash;

Yagona yer solig‘i to‘lovchilari uchun amaldagi soliq solish tartibini saqlab qolish;



4. Qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi quyidagilar orqali takomillashtiriladi:

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘liq hisobga olish tizimini joriy qilish, soliq solish bazasini aniqlashtirish va imtiyozlar sonini kamaytirish, shuningdek, 2019 yil yakuni bo‘yicha mazkur soliq stavkasini pasaytirish orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ining 20 foiz miqdordagi amaldagi stavkasini saqlab qolish;

Hozirgi vaqtda sotib olinadigan asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va nomoddiy aktivlar narxiga kiritiladigan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish summalariga kiritish huquqini berish;

Tegishli tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni respublika byudjetiga o‘tkazish yo‘li bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning xar bir ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga o‘rnatilgan aksiz va yig‘imlarni birlashtirish.

Soliq kodeksining yangi tahriri Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki va boshqa tashkilotlar ekspertlari jalb qilingan hamda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgan holda ishlab chiqilishi lozim.

Hukumatga ikki oy muddatda soliq majburiyatlarini bajaruvchi soliq to‘lovchilar ma’muriy xarajatlarining keskin oshishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash topshirildi. Soliq hisobotini soddalashtirish va uning avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yurituvchi dasturiy mahsulotlar bilan integratsiyalashuvini ta’minlash belgilandi.

Xuddi shu davr mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishiga ruxsat etilgan faoliyat turlari tanqidiy ko‘rib chiqilishi va qisqartirilishi lozim.

Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish borasida quyidagi o’zgarishlar ro’y berdi:

Daromad solig’i 12%etib qat’iy stavkada belgilandi (avvalgi holatda progressive shkalada edi)

Ish haqida pensiya jamg’armasi uchun ushlab qolinadigan 8% li to’lov bekor qilindi

Divident va foiz ko’rinishidagi daromadlardan hisoblanadigan soliq 10% dan 5%ga tushirildi

Masala:


Oylik ish haqi

7%

16,50%

22,50%

Pensiya jamg’armasiga 8%

Ushlanadigan soliq summasi

Qo'lga tegadigan summa

Yangi stavka 12%

Qo’lga tegadigan summa

Farqi

1000000

54390

0

0

80000

134390

865610

120000

880000

14390

2000000

62440

146025

0

160000

368465

1631535

240000

1760000

128465

3000000

62440

367950

173250

240000

843640

2256360

360000

2640000

383640

4000000

62440

367950

398250

320000

1148640

2851360

480000

3520000

668640

Davlat rahbariyati biz birma-bir ko‘rib chiqqan yengilliklarga jazm etar ekan, aniq maqsadlarni ko‘zlamoqda. Ular ko‘p, ammo ayrimlarini yaqin istiqbolga mo‘ljallangan aniq reja sifatida ko‘rsatish mumkin:

Soliq solish tizimini soddalashtirish;

Xususiy biznesga soliq yukini pasaytirish orqali ularni soyadan chiqarish;

Investitsiyaviy faollikni oshirish;

Mehnat fondidan olinayotgan soliqlarni keskin kamaytirish bilan “konvertda oylik to‘lash” illatiga barham berish;

Barcha uchun adolatli, shaffof va mutanosib soliq tizimini yaratish kabilar.



2018-yil 29 iyunda imzolangan ushbu yangi Konsepsiyada davlat xususiy biznes va fuqarolar foydasiga 10 trillion so‘mdan ziyod mablag‘dan voz kechdi..
Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling