1 Mening bu ishlarga parvoyim yo’q edi. Sababi yurakka botadigan so’zlar eshitishga toqatim yo’qdir


Download 14.06 Kb.
Sana25.03.2023
Hajmi14.06 Kb.
#1295669
Bog'liq
Ona tili 10 tabiiy


1 Mening bu ishlarga parvoyim yo’q edi. Sababi yurakka botadigan so’zlar eshitishga toqatim yo’qdir.
Ushbu gapda fonetik tamoyil asosida yozilgan so’zlar soni nechta?
A) 3 ta B) 2 ta C) 4 D) 1
2 Quyida berilgan javoblarning qaysi birida faqat tovush almashish hodisasi kuzatilgan?
A) sana, o’g’lim , issiq
B) bo’yoq, sovuq, qayroq
C) bunday, mening, savob
D) shahrim, nodon, shovulla
3 Berilgan javoblarning qaysi birida qator undoshli so’zlarda yonma-yon kelgan undoshlar faqat jarangsiz undoshlar hisoblanadi?
A) sport, ayb, tinch
B) musht, kaft, vaqt
C) sinf, fors, stol
D) barg, qand, taxt
4 Metal parchalari uning ko’ziga kirip ketay depti biroq u yuzini to’sip olibdi.
Berilgan gapda nechta so’z xato yozilgan?
A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 5 ta
5 San’atkorlar davrada edilar. Ularning fe’l atvori yaxshi, qo’shiqlari ma’noli edi.
Berilgan gapdagi tutuq belgisi qo’llangan so’zlardan qaysilarida unlining cho’ziqroq talaffuz etilishi ifodalanadi?
A) san’atkorlar , fe’l
B) fe’l, ma’noli
C) ma’noli, san’atkorlar
D) barcha javoblar to’g’ri
6 Barcha xursand, faqat Sardorgina xafa edi. U aybli ekanini bilardi.
Berilgan gapda qator undoshli so’zlar tarkibidagi ochiq bo’g’inlarda jarangli undoshlar soni nechta?
A) 1 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 3 ta
7 Boshqa tillardan kirgan so’zlar qanday yozilgan bo’lsa, aynan shu holatda yozilishi Orfografiyaning qaysi tamoyilida berilgan?
A) tarixiy- an’anaviy tamoyilda B) farqlash tamoyilida
C) morfologik tamoyilda D) shakily tamoyilda
8 Tovush ortish hodisasi kuzatilgan so’zlar qaysi javobda to’liq to’g’ri ko’rsatilgan?
A) jizza, bunday, mavzuyim
B) issiq, sanoq, og’zim
C) shamol, kitob, Narvon
D) qiyna, ko’nglim, pasay
9 Berilgan javoblardan qaysi birida faqatgina quyi keng unlilar qatnashgan so’zlar keltirilgan?
A) uzum, karam, beda
B) bahor, shahar, olam
C) elak, xo’roz, gado
D) ilgak, paxta, o’rin
10 Morfologik tamoyil asosida yozilgan so’zlar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) otdan, aytdi, bog’ga,
B) gadoy, kaptar, poshsho
C) stol, direktor, tank
D) she’r,sher da’vo davo
Download 14.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling