1. Metod va uslub istilohiyatini ma'nosini izohlang


Download 20.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi20.5 Kb.
#186015
Bog'liq
1. Metod va uslub


1. Metod va uslub istilohiyatini ma'nosini izohlang.

2. Ijodiy metod haqida adabiyotshunos olimlarning qarshlarini sharhlang.

3. O'zbek adabiyotshunosligidagi ijodiy metodlarni tavsilang.

1. “Metod” yunoncha so‘z bo‘lib, “usul, yo‘l-yo‘riq” degan ma’nolarni anglatadi (uslub emas). Pedagogik adabiyotlarda “Metod — ta’lim jarayonida taqdim etilayotgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash, o‘zlashtirish, o‘rganish, bilish uchun xizmat qiladigan yo‘l-yo‘riqlar, usullar majmuyi”, deb ta’riflanadi. Demak, metodni uslub, metodistni uslubchi, metod kabinetni uslubiyat xonasi, metodbirlashmani uslubbirlashma deb atash mantiqan noto‘g‘ri ekan. Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Atamashunoslik qo‘mitasi til komissiyasining “Til — daryo” deb nomlangan izohli lug‘atida “Metodika — metodika (yunoncha methodos – tadqiqot, ta’limot). Bu termin ko‘pincha “uslubiyat” tarzida noto‘g‘ri qo‘llanadi. Uslubiyat – stilistika. Metodika esa pedagogika fanining o‘qitish qoidalari va metodlari haqidagi bo‘limi. Demak, “uslubiyat” so‘zining metodikaga hech qanday aloqasi yo‘q”, deb talqin qilingan.

Dars uslubi deb, dars maqsadlariga erishishda paydo bo‘ladigan muayyan to‘siqni yengib o‘tish uchun o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan chora-tadbirlar, harakatlar majmuasiga aytiladi. Uslub rus adabiyotlarida pedagogik “priyom” deb qaralgan. Uslub har bir o‘qituvchining o‘ziga xosligidir. Ikkita o‘qituvchi bir xil usulni, masalan “aqliy hujum” usulini har xil uslublarda amalga oshiradi. Bolalarni darsga jalb qilish uchun bir o‘qituvchi muloyim, past ovozda gapirsa, ikkinchisi baland ovozda, baqirib gapiradi. Birovi rivoyat aytib bersa, boshqasi tanbeh beradi, po‘pisa qiladi. Mana shu har xillik uslub deyiladi. Metod - umumiylik, uslub - konkretlilik.Uslub — yozuvchining voqelik va insonni idrok qilishi, ularning qalbidagi haqiqatning kashf etishi va uni so'z vositasida obrazli ifodalay olishi —bu vazifalarni individual («o'ziga xos») tarzda yaratish san’atidir

2. I.O.Sultonov: «Hozirgi zamon adabiyotshunosligida birinchi xil badiiy tafakkur — «romantik tafakkur tipi», ikkinchi xil tafakkur — «realistik tafakkur tipi» deb ataladi» (I.Sulton, 356-bet), — deb yozadilar va «Romantik tafakkur yoki realistik tafakkuming ma’lum tarixiy davr uchun xarakterli va hukm￾ron ko‘rinishini ijodiy metod» tushunchasi bilan yuritishni taklif etadilar...



Darvoqe, hayotni obrazli tasvirlashning ikki yo‘nalishi «ham aslida inson tabiati bilan bogliq hodisa sanaladi. Chunki odam real hayot qo'ynida, ham orzu-havaslar dunyosida yashaydi. Inson tabiatida mavjud hayot tarziga qanoat qilishdan ko‘ra, turmushni o‘zgartirish istagi, uniyanada yaxshilash havasi baland turadi. Bu havas... kuchli boʼladi»(A. Ulug'ov, 79-bet).

3. Ko‘pincha badiiy asarlarda ijodning bu janrlari qo'shaloqlashgan boʻladi. Realistik asarda romantizmning xislatlari yordam￾chi vazifani bajarsa, romantik asarda realizmning unsurlari ham shundayvazifani o‘taydi. «Xamsa» (Navoiy)da ham, «Qiyomat» (Ch.Aytmatov)ham, «Yolg‘izlikda yuz yil» (G.G.Markes)da ham, «0‘tkan kunlar* (A.Qodiriy)da ham bu holat yaqqol ko‘zga tashlanishi va barchaga ayonligi isbot talab etmaydi.Shunday bo‘lsa-da, yana bir asos: Sadriddin Ayniyning ta’kidlashicha «Xamsa» dostonlarida Navoiy salbiy tiplami o‘z zamonasidan olgan, ijobiy tiplar esa — Navoiy fantaziyasi va idealining maxsulidir, lekin romantizn ustundir. Yana shuni ta’kidlash lozimki, muayyan yozuvchi ijodida, muayyan asard; yo romantizm, yo realizm doimo yetakchilik qiladi. Professor Abduqodii Hayitmetov ilmiy xulosalari ham shu hodisalarni isbot qiladi. Uningcha Navoiyning asosiy metodi — romantizm, ayni paytda, uning Said Hasar Ardasherga yozgan maktubi, «Mahbub ul-qulub», satirik g‘azallari va qit’alari «Lison ut-tayr»dagi ba’zi hikoyatlari realistik xarakterdadir. Albatta, har bir san’atkoming «o‘ziga xos»ligini unutmaslik kerak. Birinchi isyonkorlik, birida jamiyat bilan kelishib yashaydigan donolik ustun boʼlish ham mumkin. Biri realliklarga chiday olmay, biri undan ko‘ra orzulari dunyosida yashashi — o‘zini voqe qilishi ham tabiiydir. Jumladan, Alisher Navoiy inson haqidagi orzu-havaslarini akslantiruv￾chi asarlar yozgan bo‘lsa, uning yosh zamondoshi Bobur o‘z zamoni voqez va odamlarini haqqoniy, real tasvirini beradi
Download 20.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling