1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari Ushbu Qonunning maqsadi chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat


Download 23.48 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi23.48 Kb.
#1395599

1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning maqsadi chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanilishini ta’minlashdan iborat.
2-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: Oldingi tahrirga qarang. chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida hisobga olish va nazorat qilish, chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritish, chiqindilarning hosil bo‘lishi, ularni to‘plash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat;
(2-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10 oktabrdagi O‘RQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. chiqindilarni zararsizlantirish — chiqindilarni neytral holga keltirish, dezaktivatsiyalash, dezinfeksiyalash, demerkurizatsiyalash, chiritish, yoqib yuborish, termik jihatdan qayta ishlash va ko‘mib tashlash bilan bog‘liq faoliyat; (2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang. chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish obyektlari — chiqindilarni to‘plash, joylashtirish, tashish, zararsizlantirish, saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya va realizatsiya qilish uchun foydalaniladigan obyektlar;
(2-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
chiqindi pasporti — chiqindi kelib chiqqan joyni hamda chiqindining individual xususiyatlarini tasdiqlovchi hujjat;
chiqindilar — ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyumlar yoki mahsulotlarning hosil bo‘lgan qoldiqlari, shuningdek o‘zining iste’mol xususiyatlarini yo‘qotgan tovarlar (mahsulotlar);
chiqindilarni joylashtirish limiti — muayyan muddatga joylashtirish ruxsat etilgan chiqindilarning eng yuqori miqdori;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilarni joylashtirish obyekti — chiqindilarni saqlash hamda zararsizlantirish uchun maxsus ajratilgan va jihozlangan joy;
(2-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
chiqindilarni ko‘mib tashlash — chiqindilarni, ifloslantiruvchi moddalar atrof-muhitni bulg‘atishining oldini olishga qaratilgan hamda bu chiqindilardan kelgusida foydalanish imkoniyatini istisno etadigan tarzda, ajratib qo‘yish;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilarni saqlash — chiqindilar zararsizlantirish, qayta ishlash yoki utilizatsiya qilish maqsadida olib ketilguniga qadar ularni maxsus jihozlangan to‘plagichlarda saqlash;
(2-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-495-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2018-y., 03/18/495/2029-son — 2019-yil 12-yanvardan kuchga kiradi)
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xomashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish;
chiqindilarni qayta ishlash — chiqindilarni ekologik jihatdan bexatar saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish;
chiqindilarning hosil bo‘lish normativi — mahsulot birligi ishlab chiqarilayotganda yoki boshlang‘ich xomashyo birligidan hosil bo‘ladigan muayyan turdagi chiqindilarning belgilangan miqdori;
xavfli chiqindilar — tarkibida xavfli (zaharlilik, yuqumlilik, portlovchanlik, tez alangalanib yong‘in chiqaruvchanlik, reaksiyaga tez kirishuvchanlik, radioaktivlik) xususiyatlardan loaqal bittasiga ega moddalar mavjud bo‘lgan, bunday moddalar fuqarolar sog‘lig‘i va hayotiga, atrof-muhitga o‘zi mustaqil tarzda ham, shuningdek boshqa moddalarga qo‘shilganda ham bevosita yoki potensial xavf tug‘diradigan miqdorda va shaklda mavjud bo‘lgan chiqindilar.
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilik
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchilik atmosfera havosiga va suv obyektlariga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash va oqizish bilan bog‘liq munosabatlarga taalluqli emas.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Chiqindilarga bo‘lgan mulk huquqi
Chiqindi qaysi xomashyo, materiallar, xomaki mahsulotlar, boshqa buyum yoki mahsulotlardan, shuningdek tovarlardan (mahsulotlardan) foydalanish natijasida hosil bo‘lsa, chiqindilarga bo‘lgan mulk huquqi shularning egasiga tegishli bo‘ladi.
Chiqindilarga bo‘lgan mulk huquqini boshqa shaxs oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya qilish shartnomasi yoki chiqindilarni boshqa shaxsga berish to‘g‘risidagi qonun bilan taqiqlab qo‘yilmagan o‘zga bitimlar asosida olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarning mulkdorlari qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida chiqindilarga egalik qiladilar, ulardan foydalanadilar hamda ularni tasarruf etadilar.
(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilar joylashgan yer uchastkasining mulkdori o‘zgargan taqdirda chiqindilarga bo‘lgan mulk huquqining boshqa shaxsga o‘tishi hamda zararli oqibatlar uchun javobgarlik qonunchilikka muvofiq hal etiladi.
(4-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishga oid davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazorati olib borilishi tartibini belgilaydi;
chiqindilar ko‘mib tashlanadigan va utilizatsiya qilinadigan joylarning davlat kadastrini yuritish tartibini belgilaydi;
chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida normativlar ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
chiqindilarni olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida olib o‘tish tartibini belgilaydi;
chiqindilarni pasportlash tartibini belgilaydi;
xavfli chiqindilarning hamda chegara osha tashilishi davlat tomonidan tartibga solinishi kerak bo‘lgan chiqindilarning ro‘yxatini tasdiqlaydi;
xavfli chiqindilarni ko‘mib tashlash uchun yer uchastkalari berish masalalarini hal etadi;
depozitsiz idishlar va taralarni ishlatish tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari hajmini belgilaydi;
(5-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(5-moddaning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari
Chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari quyidagilardir:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
(6-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi;
O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi.
Download 23.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling