1. Modifikatsion o'zgaruvchanlikni tavsiflash uchun statistik


Download 43.8 Kb.
Sana09.09.2022
Hajmi43.8 Kb.
#803311
Bog'liq
Yakun
Biofizika, Мохира Журакуловна 1, Мохира Журакуловна 1, 1 MUSTAQIL ISH YUZI 2020, Darsga qo'yilgan baholar, ТДПУ 5А110101 Аниқ ва табиий фанларни ўқитиш методикаси математика, Farruxbek Marimboyev, @Abituriyent - Biologiya kodifikator 2019 (o'z) 170719102000, @Abituriyent - Biologiya kodifikator 2019 (o'z) 170719102000, @Abituriyent - Biologiya kodifikator 2019 (o'z) 170719102000, @Abituriyent - Biologiya kodifikator 2019 (o'z) 170719102000, 3-variant, Zoologiya-2017, Бир номаълумли кўпҳадлар. Кўпҳадлар устида амаллар., Foydalanilgan adabiyotlar


1-variant
1. Modifikatsion o'zgaruvchanlikni tavsiflash uchun statistik
ko'rsatkichlar:
1. Variatsiya koeffitsiyenti.
2. Genlar orasidagi masofa.
3. O'rtacha arifmetik ifodalanish.
4. x2 - miqdori.
5. Variatsiya egri chizig'i.
6. Genlar chastotasi.
A) - 1,2,6; В) - 1,3,5; С) - 1,4,5; D) - 2,3,6;
2. Penerantlik deb:
1. Genlar orasidagi krossingover miqdori.
2. Ma’lum gen allelining miqdor jihatdan paydo bo'lish ehtimolligi.
3. Genning fenotipik rivojlanish darajasi.
4. Organizmning mutatsiyaga beriluvchanligi.
5. Populyatsiyaning genetik strukturasi.
A - 1; В - 2; С - 3; D - 4;
3. Genotipik o'zgaruvchanlik.
1. Modifikatsion.
2. Mutatsion.
3. Kombinativ.
4. Ontogenetik
A - 1,2; В - 3,4; С - 1,4; D - 2,3.
4. Mutatsion nazariyani yaratgan olim kim?
A. Ch.Darvin.
B. Mendel.
C. Morgan.
D. G. de-Friz.
5. Genotipik o'zgarishga qarab mutatsiya xillari
1. Somatik.
2. Gen.
3. Generativ.
4. Xromosoma.
5. Genom.
6. Sitoplazmatik.
A - 1,2,3; В - 4,5,6; С - 2,4,6; D - 2,4,5;
6. Odamlarda qaysi belgilar komplementar usulda irsiylanadi?
A. Jins, bombey fenomeni.
B. Terining qora rangi, sochning jingalakligi.
C. Tug'ma karlik, jins.
D. Teri pigm entatsiyasi, bo'yning balandligi.
7. Odamlarda qaysi belgilar epistaz usulda irsiylanadi ?
A. Jins, bombey fenomeni.
B. Terining qora rangi, sochning jingalakligi.
C. Tug'ma karlik, jins.
D. Teri pigmentatsiyasi, bo'yning balandligi

8. Odamdagi birlamchi jinsiy belgilar


1. Ichki va tashqi jinsiy organlar.
2. Erkaklardagi soqol, mo'ylov.
3. Ayol va erkaklar skelet va gavda tuzilishidagi farqlar.
4. Ayol va erkaklardagi tovushning o'ziga xosligi.
5. Erkak va ayollarning jinsiy organlari tom onidan ajralgan
garmonlar.
A - 1,3,5; В - 2,4,5; С - 1,2,3; D - 2,3,4;
9. Jinsni aniqlashning progam xili:
1. Yirik, sitoplazmaga boy tuxumlardan urg'ochi organizm yetiladi.
2. Otalangan tuxum hujayradan rivojlangan lichinka m ustaqil hayot kechirsa.
3. Mayda, sitoplazmasi kam tuxumlardan erkak organizm yetiladi.
4. Otalangan tuxum hujayradan rivojlangan lichinka parazitlik qilib hayot kechirsa.
5. Jinsiy xromosomalar orqali.
A - 1,3; В - 2,4; С - 1,5; D - 3,5;
10. Organizm lardagi qarama-qarshi jinslarning biri gomogameta, ikkinchisi geterogameta ekanligini isbotlagan olimlar.
1. T.Morgan.
2. K.Korrens.
3. Bridjes.
4. Donkaster.
A - 1,3; В - 1,4; С - 2,4; D - 2,3;
1. Odamlarda talassemiya(A) chala dominant holda irsiylanadi. Dominant gomozigotalar embrionlik davrida halok bòladi. Òroqsimon anemiya(b) retsissev gomozigota holatda embrionlik davrida halok bòladi. Ikki kasallikda ham getrozigitalar yashaydi va kasallikni yengil òtkazadi. Digeterozigota ota-onalardan tuģilgan farzandlarning necha foizi genotip jihatdan ota-onaga òxshaydi
A) 44,4 % B) 50 % C) 40 % D) 25 %
2. Ota va onaning ikkisi ham uchinchi qon guruhi bòlib genotip jihatdan bir-biridan farq qiladi. Birinchi qon guruhli farzandlarni tug’ilish ehtimolini foizda aniqlang
A) 25% B) 100% C) 0 D) 50%
3. Odamlarda albinizm va fenilketonuriyani yuzaga chiqaruvchi genlar har xil autosomada joylashgan bo‘lib, retsessiv holda irsiylanadi. Digeterozigota ota onadan tug‘ilgan ikki belgisi bo‘yicha sog‘lom farzandlarning tug‘ilish ehtimolini aniqlang.
A) 56,25 % B) 43,75 % C) 40 % D) 60 %
4. Odamlarda sochning jingalakligi silliqligi ustidan, teri rangining qora bo`lishi oq bo‘lishi ustidan chala dominantlik qiladi. Geterozigotalilarda sochi to`lqinsimon, teri rangi oraliq bo`ladi. To`lqinsimon sochli, teri rangi oraliq yigit to`lqinsimon sochli terisi oq qizga uylandi. Nazariy jihatdan, ushbu nikohdan tug‘iladigan farzandlarning necha foizi jingalak sochli bo`lishi mumkin?
A) 25 % B) 50 % C) 12,5 % D) 0 %
5.Odamlarda sepkillarning bo‘lishi (P) sepkilsizlik (p) ustidan toliq dominantlik qiladi. Qon guruhlarini yuzaga chiqaruvchi genlar autosomada joylashgan bo`lib, mustaqil irsiylanadi IV qon guruhili erkak va II qon guruhili ayol (erkak va ayol digeterozigotali) oilasida nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkun bo`lgan farzandlardan necha foizining qon plazmasida agglutinin α bo‘lib, sepkilsiz bo‘ladi?
A) 25 % B) 6,25 % C) 12,5 % D) 18,75 %
6. Qandli diabet bilan kasallangan erkak, shu belgilari bo`yicha sog`lom ayol bilan turmush qurdi. Ularning oilasida tug`ulishi mumkin bo`lgan farzandlardan biri qandli diabed bilan, ikkinchisi esa birinchi belgisi bo`yicha fenilketonuriya bilan kasallangan. Diabet bo`yicha sog`lom tug`ilgan farzandlarning necha foizi fenilketonuriya bilan kasallangan.
A) 75 B) 25 C) 12,5 D) 50
7. Odamda A geni bo`yning normal bo`lishini, retsessivi nanizmga olib keladi. B geni esa terida normal pigmentlilikni, retsessiv alleli esa, letal hisoblanadi. Har ikkala belgisi bo`yicha geterozigota ota onalardan letal belgili farzandlarning tug`lish ehtimoli qanday?
A) 25 B) 50 C) 75 D) 100
8. Odam terisining rangi ikki juft noallel gen bilan belgilanadi. BBCC genotipli odamlarning terisi qora, bbcc genotipli odamniki oq rangda bo‘ladi. Genotipda 3 ta dominant gen bo‘lsa teri qoramtir, 2 ta bo‘lsa oraliq, 1 ta bo‘lsa oqish bo‘ladi. Oraliq terili erkak terisi oqish bo‘lgan ayolga uylangan. Ular farzandlarining 6/8 qismida teri rangi oraliq, oqish; 2/8 qismida qoramtir va oq bo‘lgan. Erkak va ayolning genotipini toping.
A) BbCc x Bbcc B) BBcc x bbCC C) BbCC x BbCc D) Bbcc x bbcc
9. Odamda daltonizm va gemofiliya kasalliklari X xromasomaga birikkan, retsessiv holda irsiylanadi. Daltonik, ikkinchi belgi bo`yicha sog`lom yigit, Gemofiliya bilan hastalangan, ajdodida daltonizm kuzatilmagan qizga uylandi. Ushbu oilada tug`lishi mumkin bo`lgan farzandlarning fenotipik nisbatini aniqlang.
A) 1:1 B) 2:4 C) 6:2 D) 3:4

10. Odamlarda ter bezining yo‘qligi retsessiv belgi sifatida nasldan-naslga o‘tadi. Uni ta’min etuvchi gen X xromosomada joylashgan. Bu belgi bo‘yicha sog‘lom yigit, otasi kasal, onasi esa sog‘lom qizga uylandi. Bu yangi oilada tug‘iladigan o‘g‘il va qiz bolalarning ter beziga ega bo‘lish ehtimoli ?


A) 75% B) 25 % C) 40 % D) 60 %
2-variant
1. Ekspressivlik deb:
1. Genlar orasidagi krossingover miqdori.
2. Ma’lum gen allelining miqdor jihatdan paydo bo'lish ehtimolligi.
3. Genning fenotipik rivojlanish darajasi.
4. Organizmning mutatsiyaga beriluvchanligi.
5. Populyatsiyaning genetik strukturasi.
A - 1; В - 2; С - 3; D - 4;
2. Genotipning reaksiya normasi deb:
A. Genoti pdagi genlar miqdori.
B. Organizmning fenotipdagi o'zgarishi.
C. Genotipga ega belgining o'zgarishi imkoniyatlarining chegarasi.
D. Gomologik xromosomalardagi genlarning o'zaro almashinuvi.
3. Tashqi muhit ta’sirida paydo bo'ladigan o'zgarishlar:
A. Mutatsion.
B. Kombinatsion.
C. Ontogenetik.
D. Modifikatsion.
4. Fenotipik o'zgaruvchanlik:
1. Modifikatsion.
2. Mutatsion.
3. Kombinativ.
4. Ontogenetik.
A - 1,2; В - 3,4; С - 1,4; D - 2,4;
5. Mutatsion nazariyaning mazmuni nima?
1. Mutatsiya asta-sekin paydo bo'ladi.
2. Mutatsiya irsiylanadigan o'zgaruvchanlik.
3. Mutatsiya sifat jihatdan farqlanadigan o'zgaruvchanlik.
4. Mutatsiya tez takrorlanadigan o'zgaruvchanlik.
5. Mutatsiya to'satdan ahyon-ahyonda sodir bo'ladigan o'zgaruvchanlik.
6. Mutatsiya irsiylanmaydigan o'zgaruvchanlik.
A - 1,3,5; В - 2,4,6; С - 1,3,5; D - 2,3,5;
6. Tananing qaysi qismida bo'lishiga qarab mutatsiya xillarga bo'linadi?
1. Somatik.
2. Gen.
3. Generativ.
4. Xromosoma.
5. Genom.
6. Sitoplazmatik.
A - 1,3; В - 2,4; С - 5,6; D - 2,4;
7. Odamlarda qaysi belgilar polimeriya usulda irsiylanadi ?
A. Jins, bombey fenomeni.
B. Terining qora rangi, sochning jingalakligi.
C. Tug'ma karlik, jins.
D. Teri pigmentatsiyasi, bo'yning balandligi
8. Odamlardagi ikkilamchi jinsiy belgilar:
1. Ichki va tashqi jinsiy organlar.
2. Erkaklardagi soqol, mo'ylov.
3. Ayol va erkaklar skelet va gavda tuzilishidagi farqlar.
4. Ayol va erkaklardagi tovushning o'ziga xosligi.
5. Erkak va ayollarning jinsiy organlari tomonidan ajralgan gormonlar.
A - 1,3,5; В - 2,4,5; С - 1,2,3; D - 2,3,4;
9. Jinsni aniqlashning epigam xili .
1. Yirik, sitoplazm aga boy tuxum lardan urg'ochi organizm yetiladi.
2. Otalangan tuxum hujayradan rivojlangan lichinka mustaqil hayot kechirsa.
3. Mayda, sitoplazm asi kam tuxumlardan erkak organizm yetiladi.
4. Otalangan tuxum hujayradan rivojlangan lichinka parazitlik qilib hayot kechirsa.
5. Jinsiy xromosomalar orqali.
A - 1,3; В - 2,4; С - 1,5; D - 3,5;
10. Odamlarning erkak jinsini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.
1. Kartikal qatlam.
2. Medulyar qatlam.
3. X jinsiy xromosoma.
4. Y jinsiy xromosoma.
5. Testosteron gormoni.
6. H-Y antigeni.
7. Anti H -Y antigeni zardobi.
A - 1,3,5,6; В - 2,4,5,7; С - 2,4,5,6; D - 1,4,5,6;
11. Odamlarda jingalak soch silliq soch ustidan chala dominantlik qiladi, geterozigotalilarda soch to’lqinsimon bo'ladi. Sepkillilik sepkilsizlik ustidan to’liq dominantlik qiladi. Gemofiliya esa X xromosomada joylashgan retsessiv belgi hisoblanadi. Barcha genlari bo’yicha geterozigotali ayol va silliq sochli, sepkilsiz, sog‘lom erkak oilasida tug‘ilgan farzandlarning necha foizi silliq sochli, sepkilsiz ekanligini aniqlang.
A) 25 % B) 33,3% C) 66,6% D) 75%
12. Otasi gemofiliya bo‘yicha sog‘, onasi esa gemofiliya bilan kasal erkak somatik hujayrasining mitoz sikli profazasida h (I), H (II) allellari sonini aniqlang.
A) I - 0; II – 2 В) I - 0; II – 1 С) I - 1; II - 2 D) I - 2; II – 0
13. Otasi gemofiliya bilan kasal, onasining ajdodlarida esa gemofiliya uchramagan ayol somatik hujayrasining mitoz sikli S davrida H (I), h (II) allellari sonini aniqlang
A) I - 0; II – 1 В B) I - 2; II – 0 С) I - 0; II - 2 D) I - 2; II – 2
14. Gemofiliya bilan kasal ko‘k ko‘zli erkak qo‘y ko‘zli sog‘lom ayolga (otasi gemofilik, ko‘k ko‘zli) qizga uylandi. Nazariy jihatdan tug‘ilishi mumkin bo‘lgan qizlarning necha foizi ko‘k ko‘zli bo‘ladi? (Ko‘z rangini yuzaga chiqaruvchi genlar autosoma xromosomada joylashgan)
A) 12,5 B) 50 C) 25 D) 75
15. Gemofiliya bilan kasal ko‘k ko‘zli erkak qo‘y ko‘zli sog‘lom ayolga (otasi gemofilik, ko‘k ko‘zli) uylandi. Nazariy jihatdan tug’ilishi mumkin bo‘lgan o‘g‘il bolalarning necha foizi gemofiliya bo‘yicha sog‘, ko‘k ko‘z bo‘ladi? (Ko‘z rangini yuzaga chiqaruvchi genlar autosoma xromosomada joylashgan.
A) 12,5 B) 50 C) 75 D) 25
16. Miopiya autosomada joylashgan dominant gen, daltonizm X xromosomaga birikkan xolda irsiylanadi. Yaqindan ko`radigan ota-onadan miopiya bilan kasallangan, daltonik bola tug`ulgan. Ota-ona genotipini toping.
A) AAXDXD x aaXdY B) aaXDXd x aaXDY C) AaXDXd x AaXDY D) aaXDXD x aaXdY
17. Odamda normal eshitish dominant, karlik retsessiv belgi hisoblanadi. Normal eshituvchi II qon guruhli geterozigotali ota-onadan tug‘ilgan farzandlarning necha foizi ota-onaga genotip jihatdan o‘xshash bo‘ladi?
A) 25% B) 50% C) 75% D) 100%
18. Odamda normal eshitish dominant, karlik retsessiv belgi hisoblanadi. Normal eshituvchi gomozigota II qon guruhli geterozigotali ota-onadan tug‘ilgan farzandlarning necha foizi ikkita belgisi bo‘yicha gomozigota bo‘ladi?
A) 25% B) 50% C) 75% D) 100%
19. Odamda birinchi qon guruhi IOIO, ikkinchi qon guruhi gomozigota holatda IAIA, geterozigota holatda IAIO, uchinchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB, geterozigota holatda IBIO, to‘rtinchi qon guruhi esa IAIB bilan ifodalanadi. Gomozigota holatdagi II va III qon guruhiga ega bo‘lgan yigit va qiz nikohidan qanday qonguruhiga ega bo‘lgan farzandlar dunyoga keladi?
A) IV B) II, III C) I D) I, II, III, IV
20. Odamda birinchi qon guruhi IOIO, ikkinchi qon guruhi gomozigota holatda IAIA, geterozigota holatda IAIO, uchinchi qon guruhi gomozigota holatda IBIB, geterozigota holatda IBIO, to‘rtinchi qon guruhi esa IAIB bilan ifodalanadi.Geterozigota holatdagi II va III qon guruhiga ega bo‘lgan yigit va qiz nikohidan qanday qon guruhiga ega bo‘lgan farzandlar dunyoga keladi?
A) IV B) II, III C) I D) I, II, III, IV






Download 43.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling