1-modul. Kompyuterlarga texnik xizmat ko’rsatish. 1-Mavzu: Texnik asbob-uskunalar va diagnostika qilish jihozlari


Download 493.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana17.10.2020
Hajmi493.3 Kb.
1   2

 

MODEMLARNING STANDARTLARI 

                                                                                                     2.1-jadval 

Modem standarti 

Xususiyatlari 

V.90 


 Ma’lumotni uzatish tezligi 56000 b/s. 

V.34 


 Ma’lumotni uzatish tezligi – 28800 b/s; 

 Fakslarni uzatish tezligi – 14400 b/s. 

V.34 plus 

 Ma’lumotni uzatish tezligi – 33600 b/s. 

V.42/MNP 2-4 

 AloQa  kanalidan  shovQin  natijasida  yo’Qolgan  ma’lumotlarni   

nazorat Qiladi va aniQlaydi. 

V.42 bis/MNPS 

 Ma’lumotlarni  avval    Qisib,  so’ngra  uzatadi.  Bu  uning  uzatish 

tezligini oshiradi. 

V.class1/class2 

 Faks ma’lumotlarini katta tezlikda uzatadi. 

V/Group III 

 Faks Qurilmalarining istalgan turi bilan ishlay oladi. 

 

Printerlar 

 

      Printerlar (printers) - kompyuterdagi ma’lumotlarni Qog’ozga bosib chiqarishga xizmat 

qiluvchi  qurilmalardir.  Tor  va  keng  o’lchamli  printerlar  ishlab  chiqilmoqda.  Tor  o’lchamli 

printerlar ma’lumotlarni faQat A4 formatli (210 x 297 mm.) Qog’ozga bosib chiqarsa, keng 

o’lchamli  printerlar  ma’lumotlarni  A3  formatli  (297 

400  mm.)  hamda  A4  formatli 



qog’ozlarga bosib chiqarishga mo’ljallangan. 

    Hozirgi paytda zamonaviy printerlar asosan Agfa, Apple, Canon, Compaq, Digital, Epson, 

Fijitsu, HP(Hewlett - Packard), IBM, Kodak, Microtek, Olivetti, Panasonic, Samsung, Seiko, 

TI,  Toshiba  va  kabi  jahonning  yetakchi  firmalari  tomonidan  ishlab  chiqilmoQda.  Ayniqsa, 

Epson,  Canon,  Xerox va HP firmasining mahsulotlari keng tarqalgan. 

    Tasvirlarni  Qog’ozga  bosib  chiQarish  usuliga  ko’ra  printerlar  matrisali,  bo’yoqli 



(purkovchi),  lazerli,  impuls-pufakchali,  nur-diodli,  termoprinterlar  va  fotoprinterlar  kabi 

turlarga  bo’linadi.  Bulardan  eng  ko’p  tarqalganlari  matrisali,  bo’yoqli,  lazerli  hamda 

fotoprinterlardir. 

    Matritsali printerlar (Matrix printers). Bunday printerlarda  tasvirlar matritsa ko’rinishida 

joylashgan  metall  sterjenlarning  bo’yovchi  tasma  orQali qog’ozga  urilishidan  hosil  bo’ladi. 

Sterjenlarining  soni  9,  12,  24,  va  48 (ya’ni  9  pin,  12  pin,  24  pin,  48  pin)  bo’lgan  printerlar 

ishlab chiqilmoqda. Bosmaga chiqarish tezligi 60-10 soniya/varaq; 

    Buyoqli  printerlar  (Ink-jet  printers).  Bunday  printerlarda    tasvirlar  maxsus  buyoq 

mikrozarrachalarini  naychalar  orqali  qog’ozga  purkash  (sepish)  yo’li  bilan  hosil  qilinadi. 

Zamonaviy  printerlarda  mikrozarrachalarning  zichligi  1  dyuym  (25,4  mm.)  masofada  600 

nuqtagacha (600 dpi) boradi. Bosmaga chiqarish tezligi 100 – 15 soniya/varaq; 

    Lazerli  printerlar  (Laser  printers).  Bunday  printerlarda  tasvirlar  lazer  yordamida 

elektromagnitlangan barabanning maxsus bo’yoq zarrachalarini o’ziga tortib olib, so’ngra bu 

zarrachalarni qog’ozga bosish orQali hosil qilinadi (ya’ni kserokopiya usulida hosil qilinadi). 

Bo’yoq  zarrachalarining  zichligi  1  dyuym  masofada  300  dan  600  gacha  boradi  (300  –  600 



dpi). Bosmaga chiqarish tezligi 15 – 5 soniya/varaq; 

    Impuls-pufakchali  printerlar.  Bunday  printerlarning  ishlash  usuli  buyoqli  printerlarga 

o’xshaydi.  FaQat  bularda  naychalar  orqali  buyoq  zarrachalari  emas,  balki  buyoqli 

mikropufakchalar purkaladi. Bu pufakchalar qog’ozga urilgach yoriladi va ularning ichidagi 

buyoqlar qog’ozga chaplanadi; 

     Nur-diodli  (LED)  printerlar.  Bunday  printarlarning  ishlash  usuli  lazerli  printerlarga 

o’xshaydi. FaQat bularda lazer nuri o’rniga diodli mikrolampalarning nurlari ishlatiladi; 

     Termoprinterlar.  Bunday  printerlarning  ishlash  usuli  matrisali  printerlarga  o’xshaydi. 

Faqat,  bularda  tasvirlar  matrisa  shaklida  joylashtirilgan  hamda  qizdirilgan  sterjenlarning 

qog’ozga urilib uning sathida qoldiradigan izlari orqali hosil qilinadi.  

     Fotoprinterlar.    Kompyuterdagi  yoki  xotiralash  qurilmalaridagi  fototasvirlarni  maxsus 

fotoqog’ozlarga bosib chiqaruvchi buyoqli printerlardir.  



     Bulardan  tashqari,  katta  hajmdagi  matnli  ma’lumotlarni  (masalan,  telefon  kanali  orqali 

uzatilgan  ma’lumotlarni)  zudlik  bilan  bosmaga  chiqarish  maqsadida  maxsus  matrisali  va 

lazerli  (masalan,  HP  LfserJet  4Si,  HP  LaserJet  4V)    printerlar  ham,  fotosuratlarni  bosib 

chiqarishga mo’ljallangan maxsus fotoprinterlar ham ishlab chiqarilmoqda.  

      Keyingi  yillarda,  turli  g’ayri  tabiiy  printerlar  ham  yaratilmoqda.  Axborot  vositalarida 

hatto, kompyuterdagi  tasvirlarni turli rangdagi  kremlar orqali tortlarning  yuzasiga chizuvchi 

maxsus printerlar ham ishlab chiqarilgani to’g’risida ma’lumotlar ham tarqaldi.   

 

Skanerlar 

 

     Skanerlar  (Scanners)  -  qog’ozdagi  matnli  va  grafik  ma’lumotlarni,  tasvirlarni,  xar  xil 



rasmlarni  o’qib  kompyuterga  kirituvchi  qurilmalardir.  Ularning  rangli  va  oq-qora 

(monoxrom)  tasvirlarni  kirituvchi  260  dan  ortiq  turi  ishlab  chiqilgan.  Tuzilishiga  va 

skanerlash  usuliga  ko’ra  quyidagi  turlarga  bo’linadi:  qo’l  skanerlari,  varaqli  skanerlar, 

planshet skanerlar, barabanli skanerlar, formalar skaneri hamda shtrix-skanerlar.  

      Qo’l skanerlari (Hand-scanners) - portativ skanerlardan bo’lib, skanerlash jarayoni rolik 

shaklidagi  qurilmani  ma’lumotlar  yozilgan  qog’oz  ustida  qo’l  bilan  harakatlantirish  orqali 

kechadi; 

      Varaqli  (stol)  skanerlar  (Leaf-scanners)  –  stol  ustiga  qo’yib  ishlatiladigan  skanerlar 

bo’lib,  skanerlarning  eng  ko’p  tarqalganidir.  Standart  o’lchamli  varaqdagi  ma’lumotlarni 

kirita  oladi.  Skanerlash  sifati  juda  yaxshi.  Asosiy  kamchiligi  -  har  bir  varaqni  alohida 

skanerlashidir. Varaqlarni navbat bilan qurilmaga avtomatik ravishda uzatib beruvchi vositasi 

yo’q; 

     Planshet skanerlar (Flatbed - scanners) - kseronusxa oluvchi qurilmaga o’xshash bo’lib, 



hujjatlarni,  chizma  va  suratlarni  kompyuterga  kirituvchi  eng  qulay  va  sifatli  skanerlardir. 

Skanerlash  muddati  bir  necha  soniyani  tashkil  qiladi.  Bunday  skanerlarning  stol  skanerlari 

deb ataluvchi turi hozirda keng tarqalgandir; 

      Barabanli  skanerlar  (Drum  scanners)  -  shaffof  materiallardagi  ma’lumotlarni 

(slaydlarni,  negativlarni  va  h.k.)  kiritishga  mo’ljallangan.  Bunday  skanerlarning  o’quvchi 

qurilmasi  harakatsiz  holda  bo’lib,  katta  tezlikda  aylanayotgan  maxsus  silindrik  barabanlar  

tasvirli  materiallarni  o’ziga  o’rab  oladi  va  shu  ma’lumotlarni  satrlar  bo’yicha  o’qib, 

kompyuterga kiritadi;           

      Formalar  skanerlari  (Form  -  scanners)  -  to’ldirilgan  blankalardagi,  anketalardagi, 

saylov byulletenlaridagi ma’lumotlarni kiritishga mo’ljallangan maxsus skanerlardir. Varaqli 

skanerlarning bir turi bo’lib, faqat bunda Qog’ozlarni avtomatik ravishda skanerga uzatuvchi 

vositaga ega. Shuning uchun ham ish unumi juda yuqori; 

     Shtrix-skanerlar  (Trait-scanners)  -  qo’l  skanerlarining  bir  turi  bo’lib,  mahsulotlarning 

qutilaridagi  yoki  etiketkalaridagi  shtrix-kodlarni  o’qib,  kompyuterga  kiritishga  va  ularni 

maxsus  dastur  yordamida  dekodlashga  (ya’ni  matnli  ma’lumotlarga  aylantirishga)  xizmat 

qiladi.  Shu  bilan  birga  bunday  skanerlar  kredit  kartochkalari  va  smartkartalardagi  kodlarni 

ham o’qish imkonini ham beradi.  

    Zamonaviy skanerlar, asosan Canon, HP va Microtek  kabi kompaniyalar tomonidan ishlab 

chiqarilmoqda.  

 

Ko’pfunksiyali qurilma (MFU – MnogoFunksionalnoye Ustroystvo) 



 

     Keyingi  yillarda.  turli  qurilmalarni  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar  tomonidan  bir-nechta 

qurilmalarning funksiyalarini birdaniga bajaradigan universal qurilmalarni ishlab chiqarishga 

katta  e’tibor  berilmoqda.  Smartfonlar,  kommunikatorlar,  raqamli  video-fotokameralar  va 



flesh-pleyerlar  kabi  qurilmalar  shular  jumlasidandir.  Shunday  universal  qurilmalar  qatoriga 

ko’pfunksiyali qurilmalarni ham kiritish mumkin. 

     Ko’pfunksiyali  qurilmalar  –  printer  va  skanerning  funksiyalarini  o’zida  mujassamlagan 

qurilmalar bo’lib, bulardan tashqari ular ma’lumotlarni turli xotiralash qurilmalardan (flesh-

karta,  flesh-brelok  va  h.k.)  kiritishga  xizmat  qiluvchi  maxsus  portlar  bilan  ham 

jihozlangandirlar.  Bunday  qurilmalar  kompyutersiz  ham  xotiralash  qurilmalaridagi 

ma’lumotlarni  to’g’ridan-to’g’ri  bosmaga  chiqarish  hamda  skaner  orqali  kiritilayotgan 

ma’lumotlarni  to’g’ridan-to’g’ri  shunday  xotiralash  qurilmalariga  yozish  imkoniyatini  ham 

beradi.  

      


 Mobil (olinuvchi) qattiq disk diskovodlari 

 

     Bunday diskovodlar  Zip  yoki  Mobile Rack  diskovodlar deb atalib, kompyuterning  ichida 



emas,  balki  maxsus  korpus  ichiga  joylashgan  alohida  qurilmadir  yoki  boshqacha  qilib 

aytganda,  qo’lga  olib  ko’tarib  yuriluvchi  qattiq  disklardir.  Sig’imlari  20  Gigobaytgacha 

boradi.  Ular kompyuterdagi ma’lumotlardan nusxa olishga, so’ngra bu ma’lumotlarni boshqa 

kompyuterning  xotirasiga  yozishga  xizmat  qiladi.  Buning  uchun  ularning  kabeli 

kompyuterning USB yoki parallel portlaridan biriga ulanadi.  

 

Magnitooptik diskovodlar 

 

     Bunday diskovodlar - ma’lumotlarni 3,5 va 5,25 dyuymlik magnitooptik disklardan o’qib, 



kompyuterga  kiritishga  hamda  kompyuterdagi  ma’lumotlarni  xuddi  shunday  disklarga 

yozishga  xizmat  qiluvchi  qurilmadir.  Magnit  disklardagi  ma’lumotlarni  o’qish  va  ularga 

yozish lazer nuri yordamida amalga oshiriladi. 

    Hozirgi paytda quyidagi disklar bilan ishlovchi diskovodlar keng tarqalgan: 

    - 3,5" lik o’qish va yozishga mo’ljallangan disklar (sig’imlari 128Mb dan 1,3 Gb gacha); 

    -  5,25" lik o’qish va yozishga mo’ljallangan disklar (sig’imlari 650Mb dan 5,2 Gb gacha); 

    - 5,25" lik faqat o’qishga mo’ljallangan disklar (sig’imlari 600Mb dan 5,2 Gb gacha); 

  

Strimerlar 

 

     Strimerlar  (Streamings)  -  kompyuterdagi  ma’lumotlarni  magnit  lentali  kassetalarga 

yozishga hamda shunday kassetalardagi ma’lumotlarni o’qib, kompyuterga kiritishga xizmat 

qiluvchi qurilmadir. Strimerlar oddiy magnitofon hamda videomagnitofonlarnikiga o’xshash 

kassetalar bilan ishlashga  mo’ljallangan strimerlarga bo’linadi. 

    Hozirgi paytda quyidagi turdagi kassetalar bilan ishlovchi strimerlar ishlatilmoQda: 

     - DM Extra (sig’imlari 3Gb dan 10Gb gacha); 

     - QIC Extra (sig’imlari 400Mb dan 2,2Gb gacha); 

     - 3,5" lik QIC Extra (sig’imlari 120Mb dan 700Mb gacha); 

     - 5,25" lik QIC Extra (sig’imlari 600Mb dan 13Gb gacha); 

     - 5,25" lik DLT Extra (sig’imlari 30Gb dan 70Gb gacha); 

 

Plotterlar 

 

     Plotterlar (plotters) - kompyuterdagi turli  grafik ma’lumotlarni (chizmalarni, sxemalarni, 



rasmlarni,  diagramma  va  jadvallarni)  kata  o’lchamli  qog’ozlarga  bosib  chiqaruvchi 

qurilmadir.  

    Plotterlar quyidagi turlarga bo’linadi: 

    Tasvirlarni qog’ozga tushirish usullari bo’yicha: 



    Vektorli  plotterlar  -  tasvirlarni  maxsus  chizuvchi  vositasini  gorizontal  va  vertikal 

yo’nalishlar bo’yicha harakatlantirib, to’g’ri va egri chiziqlar yordamida qog’ozga tushiradi; 

     Rastrli  plotterlar  -  tasvirlarni  maxsus  chizuvchi  vositasini  faqat  bir  yo’nalish  bo’yicha 

(asosan, gorizontal) harakatlantirib, satrma-satr nuqtalar yordamida qog’ozga tushiradi.  

     Ishlash uslubi bo’yicha: 

     Peroli  plotterlar  (Pen  Plotters)  -  vektorli  tipdagi  qurilma  bo’lib,  tasvirlar  maxsus  pero 

yordamida  qog’ozga  tushiriladi.  Perolari  sifatida  plastik  sterjinlar  (flomasterlar),  bir  marta 

yoki  ko’p  marta  ishlatiluvchi  shariklar  (sharikli  ruchkalar),  qalamli  grifellar,  maxsus 

bo’rchalar ishlatilishi mumkin. 

     Qog’oz turiga ko’ra rulonli va planshetli plotterlar ga bo’linadi

     Bunday  plotterlar  CalComp  (eng  birinchi  plotterni  yaratgan),  HP,  Summagrafics,  Mitoh 

kabi firma va kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilmoqda. 

     Purkagichli  plotterlar  (Ink-Jet  plotters)  -  tasvirlarni  mayda  naychalar  yordamida 

bo’yoqni  Qog’ozga purkash usuli bilan (bo’yoqli printerlardek) hosil qiladi. Bunday usullar 

bilan chizilgan tasvirlar o’zining sifatliligi bilan ajralib turadi. 

      Monoxrom va rangli turlari mavjud. 

      Zamonaviy  purkagichli  plotterlarga  HP  220,  Summagrafics  Summa  Jet  2M,  CalComp 



TechJet  Designer  720  (hammasi  monoxrom),  CalComp  TechJet  Color,  HP  650C,  Encad 

Nova Jet3 (hammasi rangli) plotterlari misol bo’la oladi. 

     Elektrostatik  plotterlar  (Elektrostatic  plotters)  -  chizuvchi  moslama  yordamida  maxsus 

elektrostatik qog’ozga bo’yoqlarni surkash asosida hosil qiluvchi rangli plotterlar. 

     Termografik plotterlar (Dizect Imaging plotters) - tasvirlarni issiqlik ta’sirida qorayuvchi 

maxsus  qog’ozga  chiqaruvchi  plotterlardir.  Bunda  maxsus  miniatyurli  qizdirg’ichlar 

ishlatiladi. Monoxromli plotterlarning     eng     oddiyi  va sifatlisi bo’lib (o’tkazish qobiliyati 

800 dpi, chizish tezligi 50 mm./sek) juda keng tarqalgandir. 

     Bunday plotterlarga  CalComp DrawingMaster 600, CalComp DrawingMaster 800, OCE 



G9050-S plotterlari misol bo’la oladi. 

      Lazerli plotterlar (Laser plotters)  - tasvirlarni yarim o’tkazgich qatlami bilan qoplangan 

baraban  yordamida  hosil  qiluvchi  plotterlardir.  Ya’ni  lazer  nuri  bilan  zaryadlangan  qatlam 

quruq  tonerni  (bo’yoq  kukunini)  o’ziga  tortadi  va  so’ngra  uni  baraban  ostidan  o’tayotgan 

qog’ozga  ko’chiradi.  Keyin  esa,  bu  qog’oz  maxsus  Qizdirgich  ta’sirida  qizitilib,  tonerlar 

yaxlitlanadi  va qotiriladi. Bunday plotterlarning afzalligi-  o’tkazish qobiliyatining yuqoriligi 

(800dpi), tezkorligi (50 mm./sek.), shovqinsiz ishlashi va to’liq avtomatlashtirilganligidadir.        

     Ularga CalComp Solus 4-A0, OCE 9555, JDI 4000E kabi plotterlar misol bo’la oladi. 

     YuQorida  keltirilgan plotterlarning  barchasi  rulonli  (o’ram  shaklidagi) va planshetli  (stol 

ustiga qo’yiluvchi tekis) hamda turli formatli (A0 dan to A7 gacha formatli) qog’ozlar bilan 

ishlay oladi, maxsus xotiraga ega (64 Mb gacha).  

      Asosan  HP,  Canon  va  Xerox  firmalari  tomonidan  ishlab  chiqilib,  loyihalash  ishlarini 

avtomatlashtiruvchi tizimlarda qo’llaniladi. 

  

Digitayzerlar 

 

     Digitayzerlar  (digitizer)  -  tasvir  va  chizmalarni  o’qib,  so’ngra  ularni  mashina  kodlariga 



aylantirib  kompyuterga  kirituvchi  qurilmalardir.  Ikkinchi  nomi  grafik  planshetlar.  Ular  ikki 

qismdan,  ya’ni  asosi  bo’lgan  planshetdan  va  shu  asos  sathi  bo’ylab  siljuvchi  pero  yoki 

kursordan  iboratdir.  Pero  yoki  kursor  tugmachasi  bosilgan  holda  planshet  bo’ylab 

siljitilganda, uning holati koordinatalari ketma-ket qayd qilinib kompyuterga uzatilib boriladi. 

    Digitayzerlardan planshetga o’rnatilgan Qog’ozga foydalanuvchi  chizayotgan rasmni ham 

parallel  ravishda  kompyuterga  kiritish  mumkin.  Bu  kiritilayotgan  ma’lumotlar  ingichka 



o’tkazgichlardan  tashkil  topgan  to’r  yordamida  qayd  qilinadi  va  signallarga  aylantirilib 

kompyuterga kiritiladi. 

     Digitayzerlar ikki turga elektrostatik va elektromagnit digitayzerlarga bo’linadi. 

     Elektrostatik digitayzerlar - kursor ostidagi  o’tkazgichlar to’ri elektrostatik potensialining 

o’zgarishiga asoslangan. 

     Elektromagnit  digitayzerlar  -  harakatlanayotgan  kursorning  o’tkazgichlar  to’rida 

elektromagnit signallarni hosil qilishiga asoslangan. 

     Zamonaviy  digitayzerlarga  CalComp  DrawingFax  333644,  CalComp  DrawingBoapd 



3400,  GTCO  Roil-up  2024R,  Summa  Grid,  Kurta  XLC,  GTCO  Super  1.22  (qattiq  asosli, 

1220x1524  mm.  formatli),  CalComp  Drawing  Board  III  34180,  Hitachi  Puma  Pro,  GTCO 



Ultima, XLP (A3 formatli qurilmalari misol bo’la oladi.  

 

2.4. Kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalari  

 

       Bunday  qurilmalarni  xarid  qilishingiz  ham  xarid  qilmasligingiz  ham  mumkin.  Lekin, 



bunday qurilmalarni xarid qilsangiz zarar qilmaysiz. Chunki, ular Sizning kompyuteringizga 

qo’shimcha imkoniyatlarni yaratib bera oladi.  

      Quyidagi  elektron  Qurilmalar,  zamonaviy  kompyuterlarning  qo’shimcha  qurilmalarini 

tashkil qiladi:  

           ✓  Kompyuterlar to’ri kartasi (Network - card); 

             Modem kartasi (Modem - card); 

             Web - TV va VGA-NTSC kartalari; 

              Uzluksiz ta’minlash bloki; 

✓  Antielektrostatiklar; 

✓  Web-kameralar; 

✓  Multiproyektorlar; 

✓  Audiokolonkalar; 

✓  Mikrofor va naushniklar; 

✓  Raqamli videokameralar; 

✓  Raqamli fotokameralar; 

✓  Flesh-karta va flesh-breloklar; 

     Kompyuterlar  to’ri  kartasi.  Tizimli  plataga  o’rnatiluvchi  maxsus  karta  bo’lib,  joriy 

kompyuterga  boshqa  kompyuterlarni  yoki  lokal  kompyuter  to’rlarini  ulashga  xizmat  qiladi. 

Ko’pgina  bunday  kartalar  bir-nechta  vazifalarni  ham  bajarishi  mumkin.  Masalan,  Intel 

kompaniyasining  Safic  Faxtion  400  modemi  kompyuterga  ichki  modem  o’rnatishga  xizmat 

qilishidan tashqari, shu kompyuterga ko’plab skanerlarni ulashga ham imkon beradi.  



     Modem  kartasi.  Tizimli  plataga  o’rnatiluvchi  maxsus  karta  bo’lib,  joriy  kompyuterga 

tashqi modemni ulashga xizmat qiladi.  



     Web - TV va VGA-NTSC kartalari. Tizimli plataga o’rnatiluvchi maxsus kartalar bo’lib, 

raqamli  televizordan  monitor  sifatida  foydalanishga  (Web-TV)  va  aksincha  monitorda 

televideniye ko’rsatuvlarini tomosha qilishga (VGA-NTSC) xizmat qiluvchi qurilmalardir. 

     Uzluksiz  ta’minlash  bloki  (UPS  -  Uninterrupted  Power  Supply)  -  akkumulyator 

vazifasini  bajaruvchi  qurilma  bo’lib,  bir  tomondan  elektr  tarmog’iga  va  ikkinchi  tomondan 

ta’minlash  blokiga  ulanadi.  Undan  elektr  toki  o’ta  boshlaganda  uning  maxsus  elementlari 

zaryadlanib boradi. Vazifasi - elektr toki uzilib qolgan taqdirda kompyuterni 15 daqiqadan 60 

daqiqagacha  (turlariga  ko’ra)  elektr  energiyasi  bilan  ta’minlab  turishdir.  Buning  uchun, 

tarmoqdagi elektr toki  uzilib qolgan zahoti qurilma avtomatik ravishda ishga tushadi  (ya’ni, 

kompyuterni  o’zida  yig’ilgan  elektr  quvvati  bilan  ta’minlay  boshlaydi)  va  uning  maxsus 

indikatori yonib hamda signal berib bu haqda foydalanuvchini ogohlantiradi.  

    Bu qurilma ko’pincha BIP (Bespereboynыy istochnik pitaniya) deb ham ataladi.  



       Antielektrostatiklar. Har qanday kompyuterning elektron mikrosxemalariga statik elektr 

zaryadlari  halokatli  ta’sir  ko’rsatadi.  Shuning  uchun  ham  bunday  qurilmalarga  qo’l  bilan 

teginish  ta’qiqlanadi  (chunki,  odam  tanasi  statik  elektr  zaryadlarining  manbaidir).  Agar 

shunday  mikrosxemalarga  qo’l  bilan  teginish  zarurati  tug’ilsa  (masalan,  kompyuterni 

tamirlash  jarayonida)  statik  elektr  zaryadini  kamaytirish  uchun  antielektrostatiklar    deb 

ataluvchi quyidagi qurilmalardan foydalaniladi: 

     Antistatik  bilaguzuklar.  Bilakka  taqiladigan  maxsus  bilaguzuk  bo’lib,  simining  bir  uchi 

yerga ulanadi. Natijada tanadagi ortiqcha statik elektr zaryadlari shu o’tkazgich orqali yerga 

o’tadi. 

      Antistatik gilamchalar. Maxsus antistatik materialdan yasalgan gilamcha bo’lib, qo’l yoki 

oyoq  ostiga  to’shaluvchi  turlari  ishlab  chiqilgan.  Simlari  yerga  ulangan  bo’lib,  tanadagi 

ortiqcha zaryadlarni yerga o’tkazishga xizmat qiladi. 

      Hozirda  zamonaviy  antielektrostatiklar  asosan  Radio  Shack  kompaniyasi  tomonidan 

ishlab chiqarilmoqda.    



       Web-kameralar.  Kompyuterga  tashqi  tomondan  ulanuvchi  qurilma  bo’lib,  tevarak-

atrofni  uzluksiz  ravishda  tasvirga  tushirib  shu  tasvirlarni  uzluksiz  ravishda  kompyuter 

xotirasiga  yozishga  yoki  modem  orqarli  kerakli  mazillarga  uzatib  turishga  xizmat  qiladi. 

Asosan,  videokonferensiyalarni  hamda  masofaviy  ta’lim  berish  tizimini  tashkil  qilishda 

foydalaniladi. 

      Multiproyektorlar.  Kompyuterlardagi,  CD-ROM  va  DVD  disklaridagi,  televizor 

ekranidagi,  videomagnitofonlardagi,  hamda  raqamli  foto  va  vidnokameralar,  Web  – 

kameralar  tomonidan  uzatilayotgan  ma’lumotlarni  devorga  osiladigan  maxsus  ekranda 

kattalashtirib  aks    ettirishga  xizmat  qiluvchi  qurilmalardir.  Bunday  qurilmalarga  SANYO 



PLV-30, SANYO PLC-SU20, Hitachi CP-S220 multiproyektorlari misol bo’ladi.  

    Ularning  og’irliklari  2,5  kg.  gacha  bo’lib,  tasvirlarni  diogonallarining  o’lchamlari  0,75 

metrdan, 17 metrgacha bo’lgan ekranlarda aks ettirishi mumkin. 

      Audiokolonkalar.  Audiokartalar  tomonidan  uzatilayotgan  ovozli  ma’lumotlarni  ijro 

ettiruvchi  qurilmalar  bo’lib,  ikkinchi  nomi  –  ovoz  kolonkalardir.  Ular    aktiv  va  passiv 

kolonkalarga  bo’linadi.  Aktiv  kolonkalarda  ovozning  balandligi  va  tiniqligi  rostlovchi 

(ovozni  ko’taruvchi  va  pasaytuvchi)  murvatlar  orqali  boshqariladi.  Passiv  kolonkalarda  esa 

bunday  murvatlar  bo’lmaydi,  ularda  ovozni  eshittirish  balandligi  va  tiniqligi    ular  ulangan 

audiokartaning imkoniyatlari darajasida bo’ladi. 

      Bunday  kolonkalarga  Genius  G-06,  Genius  G-10,  Genius  Sabwoofer,  Microlab  M-800 

kabi qurilmalar misol bo’la oladi. 

      Mikrofonlar.  Ovozli  ma’lumotlarni  kompyuter  xotirasiga  kirituvchi  qurilmalar  bo’lib, 

aktiv va passiv mikrofonlarga bo’linadi. Bunday qurilmalarga stolga qo’yiladigan  Werbatim 

mikrofonlari misol bo’ladi. 

      Naushniklar. Quloqqa o’rnatiladigan mini-kolonkalardir. Bunday qurilmalarga Werbatim 



41645, AIWA va keyingi yillarda ishlab chiqilayotgan mikrofonli naushniklar misol bo’ladi. 

      Raqamli  videokameralar.  Tevarak  atrofni  tasvirga  olib,  olingan  tasvirlarni  raqamli 

kodlarga aylantirib  o’zining xotiralovchi mikrosxemalariga yozuvchi  qurilmalardir. Olingan 

tasvirlarni 

so’ngra 

kompyuterning 

xotirasiga 

kiritish 

yoki 

to’g’ridan-to’g’ri 



multiproyektorlarga uzatish mumkin.  

      Bunday qurilmalarga  Canon DM-MV400 videokamerasi misol bo’ladi. 

      Raqamli  fotokameralar.  Tasvirlarni  suratga  olib,  so’ngra  ularni  raqamli  kodlarga 

aylantirib o’zining xotiralovchi mikrosxemalariga yozuvchi qurilmalardir. Bunday tasvirlarni 

ham  so’ngra  kompyuterning  xotirasiga  kiritish  yoki  to’g’ridan-to’g’ri  multiproyektorlarga 

uzatish mumkin (1.19-rasm). 

      Bunday qurilmalarga HP Photo Smart 215 fotokamerasi misol bo’ladi.   


       Flesh-karta  va  flesh-breloklar.  Mitti  karta  yoki  brelok  shaklidagi  zamonaviy  tashqi 

xotiralash qurilmalaridir. Sig’imlari bir-necha gigobaytga boruvchi bunday qurilmalar asosan, 

ma’lumotlarni  saqlashga  hamda  tashishga  xizmat  qiladi.  Kompyuterning  USB  portlariga 

ulanadi.  

 

                          Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 



 

1.  Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasini qanday qurilmalar tashkil qiladi? 

2.  Zamonaviy kompyuterlarning konfigutasiyasi nima va ular qanday necha xil bo’ladi  

3.  Kompyuterlarning  asosiy  qurilmalari  nima  uchun  “asosiy”  va  ular  qanday 

qurilmalardan nashkil topgan? 

4.  Kompyuterlarning  tashqi  qurilmalari  nima  uchun  “tashqi”  va  ular  qanday 

qurilmalardan nashkil topgan? 

5.  Kompyuterlarning  qo’shimcha  qurilmalari  nima  uchun  “qo’shimcha”  va  ular 

qanday qurilmalardan tashkil topgan? 

 

 Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 



 

           1. Kompyuterlarning asosiy qurilmalarining vazifalarini aniqlang, ularning 

umkoniyatlarini baholang va asosiy qurilmalarning turlariga (markalariga) misollar keltiring; 

           2. Kompyuterlarning tashqi qurilmalarining vazifalarini aniqlang, ularning 

umkoniyatlarini baholang va tashqi qurilmalarning turlariga (markalariga) misollar keltiring; 

           3. Kompyuterlarning qo’shimcha qurilmalarining vazifalarini aniqlang, ularning 

umkoniyatlarini baholang va qo’shimcha qurilmalarning turlariga (markalariga) misollar 

keltiring; 

         4. Prays-listdan foydalanib yangi kompyuterni yig’ish uchun kerakli qurilmalarni 

tanlang va sarf bo’ladigan xarajatlarni hisoblang. 

 

Tavsiya qilingan adabiyotlar va internet ma’lumotlari: 

 

     1. Леонтьев В. Новейшая энцшлопедия персонального компьютера. М.,: Олма-пресс 

образование, 2009, 31-138; 

     2.  Кушнир  А.Н.  Новейшая  энцшлопедия  персонального  компьютера    2009.  М.,: 

Эксмо, 2009, 17-25; 

     3.  Левин  А.  Самоучитель  работы  на  компьютере.  Санкт-Питербург,:  Питер,  2008, 

17-35;   

     4.    Симонович  С.,  Евсеев  Г.,  Мураховский  Г.  Вы  купили  компьютерю  М.,:  АСТ-

Пресс, 2002, 20-75 ; 

     5.    Жуманов  И.И.,  Мингбоев  Н.С.  Ахборот  технологиялари.  1-қисм.  Самарқанд, 

СамДУ нашри, 2005, 41-91 бетлар; 

     6. Mingboyev N.S. Kompyuter bilan yuzma-yuz. Samarqand, SamDU nashri, 2010, 21-

34. 

     7. IXBT (http://www.ixbt.com); 



     8. СофтКей.Инфо (http://www.softkey.info); 

     9. Компьютерная энциклопедия Кирилла и Мефодея (http://www.km.ru); 



 

Download 493.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling