1-modul. Konchilik mashinalari va uskunalari 1-mavzu. Kirish. Kon mashinalari va komplekslari fanning maqsad va vazifalari. Reja


Download 352.95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.05.2023
Hajmi352.95 Kb.
#1459388
Bog'liq
1-ma\'ruza



1-modul. Konchilik mashinalari va uskunalari
1-mavzu.
Kirish. Kon mashinalari va komplekslari fanning maqsad va vazifalari.
Reja: 
1. Kon mashinalarining konchilik ishlab chiqarishidagi tutgan o’rni. 
2. Konchilik mashinalarining funksional guruxlari va ularning bajaradigan vazifalari. 
3. Foydali qazilmalarni qazib olishning va ushbu jarayonlarda ishlatiladigan mashina va 
mexanizmlarning rivojlanish bosqichlari. 
4. Kon korxonalarini elektrlashtirishning ahamiyati. 
 
Tayanch so’zlar va iboralar: Kon, kon mashina, tarport mashina, turg’un mashina, kon 
korxonalarini elektrlashtirish,
Matn: 
Kon 
mashinalari 
turlarining 
bajaradigan 
vazifalariga 
ko’ra 
texnologik 
bog’liqligi.Ma'lumki, xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri konchilik soxasidir. Kon 
korxonasining qanchalik rivojlanganligini, uning qanchalik quvvatliligini albatta shu korxonada 
qo’llanilayotgan ishlab chiqarish mashina va mexanizmlari orqali izoxlanadi. Bu borada ishlab 
chiqarish jarayoni kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan texnologiyalarga 
suyanadi. 
Shuning uchun xar bir konchi mutaxassisdan konchilikda ishlatiladigan mashina- 
mexanizmlar tog’risida yetarli bilimlarga ega bo’lish talab etiladi. 
Fanni o’qitishdan asosiy maqsad foydali qazilmalarni qazib olish jarayonlarini, yer osti 
bushliqlarini o’tish, mustaxkamlash, foydali qazilmalarni va boshqa yuklarni yer osti va yer ustida 
tashish hamda yordamchi jarayonlarni bajaradigan mashinalarni o’rganishdir. Shuningdek, foydali 
qazilmalarni qazib olishda zarur bo’lgan turg’un mashinalar: ventilyator, suv chiqarish, 
kompressor va yuk ko’tarish mashinalarini o’rganishdir. 
Fanning asosiy vazifasi talabalarga kon, transport, turg’un hamda kon korxonalarini 
elektrlashtirishni, elektr ta’minotini, mashinalar turlari, ishlash nazariyasi va tuzilishini 
o’rgatishdir, ularni ma'lum kon-geologik sharoitlar uchun munosibligini tanlab, hisoblashni 
o’rgatishdir. 
Konchilik soxasida ishlatiladigan barcha mashinalar va mexanizmlarni uchta asosiy guruxga 
ajratib o’rganiladi. 
1. Kon mashinalari. Bu turkumga asosan foydali qazilmalarni va nokerak tog’ jinslarini yer osti va 
ochiq usullarda qazib oluvchi, yer osti bushliqlarini (laxim) utuvchi, tog jinslarini burg’ulovchi 
mashinalar guruxidir. Bu gurux mashinalari ochiq konlarda ishlatiluvchi: bir chumichli va ko’p 
chumichli ekskavatorlar (qazib-yuklovchi mashinalar, kon pog’onalaridan skvajinalar hosil 
qiluvchi burg’ulash stanoklari; Yer osti konlarida ishlatiluvchi foydali qazilmalarni qazib oluvchi 
kombaynlar, laxim o’tuvchi kombaynlar, Yer osti burgulash mashinalari va boshqa yordamchi kon 
mashinalaridir. 
2. Transport mashinalari. Bu turkumga foydali qazilmalarni yer osti va usti sharoitlarida tashuvchi, 
xar xil yordamchi materialllar va yuklarni tashuvchi mashinalar o’rganiladi. Bunday mashinalar 
turkumiga: uzluksiz va uzlukli (davriy) transport vositalari kiradi. 
Uzluksiz transport (yukni uzluksiz tashuvchi) vositalariga: konveyer transporta (lentali, 
ko’rakli va boshqa maxsus konstruksiyali), uz og’irligi bilan, pnevmo va gidroenergiyasi bilan yuk 
tashuvchi vositalar. 


Uzlukli transport (yukni bulak-bulak yoki davriy ravishda tashuvchi) vositalariga: barcha 
gildirakli yuk tashish vositalari, temir yul transporti, aloxida bo’laklar bilan uzlukli yuk tashuvchi 
sidirg’ichlar va boshqalar. 
3.Turg’un mashinalar. Bu turkumga foydali qazilmalarni qazib olish va tashishda ishlatiladigan 
mashina-mexanizmlarga yordam beruvchi, odamlarga va mashinalarga mexnat sharoitlarini 
yaratishga xizmat qiluchi xamda ma'lum asosiy texnologik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar 
kiradi. Bular kompressor qurilmalar (mashinalarni siqilgan xavo bilan ta'minlovchi), suv chiqarish 
qurilmalari (nasoslar), ventilyator qurilmalari (shaxtani toza xavo bilan ta'minlaydi) va yuk 
ko’tarish qurilmalari (shaxta tik stvolida yukni davriy ravishda yer yuzasiga ko’tarib beruvchi) dir. 
Foydali qazilmani qazib olish jarayonining rivojlanishi quyidagi asosiy bosqichlardan iboratdir: 
1-bosqich. 
Ko’mir qazib olishning qisman mexanizatsiyalashgan davridir. Bu davr 
1945 yillargacha bo’lgan davrni uz ichiga oladi. Bu davrdagi mashinalar 1 m dan ziyod qamrovchi 
qirqish va qirqib-ag’darib beruchi kombaynlar ishlatilgan (Kirovets, Donbass-1 G, LGD-2M), 
bo’laklarga bo’lib suriladigan bir zanjirli konveyerlar qo’llanilgan. Bu mashinalar ko’mir 
qatlamini kichik tezliklarda (0,1-1m/min) faqat bir tomonlama xarakatlanib qazib olgan. Boshqa 
yordamchi jarayonlar mexanizatsiyalashmagan bo’lgan. 
2-bosqich. 
Ko’mir qazish mexanizatsiyalashgan bo’lib, keng qamrovchi mashinalar 
urniga tor qamrovchi kombaynlar (0,5-1 m), katta tezliklarda (0,5-0,7 m/sek), qirquvchi va 
yuruvchi kombaynlar, bo’laklarga bulinmasdan suriladigan konveyerlar qo’llanilgan. Bunday 
kombaynlar: MK-67, K-101, 2K-52, BK-52, KSH-1KG kabi kombaynlar ishlab chikarilgan. 
3-bosqich. 
Kompleks 
mexanizatsiyalashgan, 
qisman 
avtomatlashtirilgan. 
Bu 
bosqichda uzi suriladigan mexanizatsiyalashgan gidravlik mustaxkamlagichlar qo’llanilgan. 
Bunday komplekslarga «Donbass», «KM», «OMKTM», «MK», «KTU» kabilar kiradi. 
4-bosqich. 
Ko’mirni agregatlar yordamida qazib olish davridir.Barcha yordamchi 
jarayonlar tula mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtrilgan. Bunday agregat komplekslar doimo 
odam turmasdan ishlay oladi. Bunga A-3 va SA agregatlari misol buladi. 
Foydali qazilmalarni qazishga tayyorlash, massivdan ajratib olish, uni transport vositasiga 
yuklash, tashish, yer yuziga chikarish, foydasiz kon jinslari agdarmasini hosil qilish va boshqa 
jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan ishlar majmui - kon ishlari deyiladi. Ushbu jarayonlarda 
ishlatiladigan barcha mashina-mexanizmlar bir-birlari bilan uza'ro texnologik bog’liqlikka egadir. 
Foydali qazilmani qazib olishga tayyorlash ishlari: yer osti konlarida - tayyorlov laximlarini ugish, 
shpurlar hosil qilish; ochik konlarda - koplama tog jinslarini olib tashlash, qazib olinuvchi 
bloklarda skvajinalar xosil qilishdan iboratdir. Bu texnologik jarayonlarni uz vaktida sifatli 
bajarish uchun albatta mos texnik tavsifga ega bulgan mashinalar va uskunalarni ishlatish talab 
etiladi. Xuddi shuningdek, foydali qazilmani massivdan ajratib olish yoki qazib-yuklash, tashish 
ishlarida ishlatilayotgan elektromexanik vositalar kam kon korxonasi texnologik zanjiriga mos 
kelishi lozimdir. Bu iborani oddiy kilib quyidagicha tushuntirish mumkin. Masalan, qazib-yuklash 
va tashish tizimini olib karaylik. Foydali qazilmani qazib olayotgan kombayn yoki ekskavator 
katta unumdorlikli bulsada, tashish mashinasi kichik kuvvatli yoki unumdorlikka ega bulsa, bunda 
tashish ishlari orkada kolib ketadi, kon mashinasi esa bush turib koladi va aksincha. Shuning uchun 
kon korxonasida ishlatilayotgan xar bir mashina uz texnologik zanjirida xar taraflama bir- biriga 
mos kelishi talab etiladi. 
Ko’mirni qazib olish jarayoni kon maydonini tayyorlashdan tortib to qazib olingan 
ko’mirni iste'molchiga junatishgacha bulgan uzluksiz texnologik sikldan iborat bulib, bu 
jarayonlarda ishlatiladigan mashinalar va uskunalar funksional belgilarga karab bir nechta 
toifalarga bulinadi. 


1 .Yordamchi yer osti lakimlarini utuvchi mashina va kompleks uskunalari. 
2. Foydali 
qazilmalarni qazib oluvchi mashina va kompleks uskunalari. 
3. Yer osti va usti transport mashinalari va komplekslari. 
4. Yuk kutaruvchi, shamollatuvchi, suv chiqaruvchi va pnevmoenergiyaberuvchi turg’un
mashinalar. 
5. Boyitish korxonalarining mashina-mexanizmlari. 
6. Energetik uskuna va apparatlar. 
O‘zbekistonda konchilik sanoatining taraqqiyoti 1927-1930 yillardan foydali qazilma 
konlarini qidirib topish, tarkiblarini va zaxiralarini aniqlashdan boshlangan. Keyin Toshkent, 
Jizzax, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy 
viloyatlarida yoqilg‘i. rangli, qora metallarning qazib oluvchi ochiq va yer osti konlari qurilib 
ishlab chiqarishga topshirildi va aytilgan foydali qazilmalarni kavlab olish yo‘lga qo‘yildi. Shu 
bilan birga bir necha boyitish fabrikalari ham qurilib ishga tushirib yuborildi. Bu konlarning 
barchasida asosiy bo‘lib elektr energiya hisoblanadi. Hozirda bu konlarda zamonaviy 
mexanizatsiya vositalari, elektr uskunalari va qurilmalari qo‘llaniladi. Ular zamonaviy elektr 
ta'minoti tizimi orqali elektr energiya bilan ta'minlanadi. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston respublikasida konchilik sanoatlarning keng ko‘lamli va eng 
rivojlangan sohalarida biri hisoblanadi. Bunga sabab har bir viloyatda qattiq, suyuq, gaz foydali 
qazilmalarining bir necha turi mavjud. Bu qazilma boyliklar yirik ishlab chiqarish birlashmalari, 
jumladan O‘zbekko‘mir AJ, OKMK OAJ, NKMK DK, Dehqonobod DUK, Neft va gaz ....,
larning tarkibiga kiruvchi viloyatlardagi ochiq va yer osti konchilik korxonalaribda kavlab olinadi. 
Konchilik sanoati rivojlanishi bilan bir qatorda qo‘llaniladigan yuritmalarning va energiyalarning 
turlari ham o‘zgarib kelgan. 
Foydali qazilmalarni kavlab olishning ilk davrida odamlar o‘z kuchlaridan foydalanishgan. 
Qazish uchun oddiy ish qurollaridan jumladan bolg‘a, lom, tesha, ketmon, kirkalardan 
foydalanishgan. Tashish uchun qoplar. Zambillar, zambilg‘altaklar ishlatilgan. Vaqt o‘tgandan 
keyin, tashish va ko‘tarish jarayonlari uchun ot va eshaklardan foydalanishgan. Konchilik 
korxonalarida maxsus og‘ilxonalar bo‘lgan. Keyinchalik odamlar shamolning va suvning 
kuchidan foydalanishni o‘rgandilar va bu turdagi energiyalarni ko‘tarish jarayonlari uchun ishlata 
boshladilar. Keyinchalik bug‘ mashinalari ichki yonuv dvigatellari ixtiro qilingandan keyin 
bulardan tashish ishlarida foydalanilgan. Shu bilan birga qazish ishlarida katta bosimli xavo 
energiyasidan foydalanilgan. 1883 yili akademiklar B.S.Yakobi va E.X.Lenslar tomonidan 
o‘zgarmas tokdvigateli yaratiladi. 1889-1890 yillarda olim va muxandis M.O.Dolivo-
Dobrovolskiy uch fazali o‘zgaruvchan tok tizimini so‘ngra asinxron dvigatelni ixtiro qildi. 
Konchilik sanoatida elektr energiyasi XXI asrning oxirida Rossiya, AQSH, Angliya, 
Fransiya, Germaniya kabi davlatlarda qo‘llanila boshladi. Bunda asosan elektr energiyasi yoritish 
asboblari, suv haydash nasoslari va transport vositalarining yirik bo‘lmagan elektr yuritmalari 
uchun ishlatilar edi. XIX asrning oxirida va XX asrning boshlarida sanoatning rivojlanish va 
ayniqsa temir yo‘llarning qo‘llanilishi ko‘mir va rudalarga bo‘lgan ehtiyojni tobora oshirdi. O‘z 
navbatida ko‘mir, temir, rangli va boshqa qazib olish keskin ortishi qo‘l mexnatidan mashinalar 
vositasida kavlab olishga o‘tishni taqozo qila boshladi. Natijada konchilik sanoatining ochiq va 
yer osti korxonalridagi asosiy va yordamchi jarayonlarni bajarish uchun tegishli mexanizm va 
mashinalar ishlab chiqarilib, ulardan foydalanish keng yo‘lga qo‘yila boshlaydi. Albatta bularda 
yuqorida aytilgandek eng qulay va tejamli elektr yuritmalar qo‘llanilib elektr energiya ta'minoti 
tizimi ham rivojlanadi. 


Hozirgi zamonaviy ochiq va yer osti konchilik korxonalari hamda boyitish fabrikalarini
mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirishsiz tasavvur qilish mumkin emas. Bu korxonalardagi 
barcha asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jaryonlarini bajarishda tegishli kon, transport, 
yuklash-bo‘shatish mashinalari, yuk ko‘tarish mashinlari, ventilyator, nasos, kompressor 
qurilmalaridan foydalaniladi. Bu vositalarning beististno hammasi elektr yuritmalar bilan 
ishlatiladi, ularning turli vazifalarni bajaradigan elektr uskunalari bor va ularni elektr energiya 
bilan ta'minlash uchun elektr ta'minoti tizimi ishlatiladi. 

Download 352.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling