1-modul. O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi va uning huquqiy asoslari


Download 106.84 Kb.
Sana13.06.2020
Hajmi106.84 Kb.
#118526
Bog'liq
1 амалий машғулот Microsoft Word


1-modul. O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi va uning huquqiy asoslari
1-mavzu: O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi va uning turlari. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.

Amaliy mashg’ulotning batafsil rejasi:

  1. Mashg‘ulotning tuzilishi, maqsadini aniqlash.

  2. Nazariy ma’lumotlar bilan tanishtirish.

  3. Nazariy bilimlarni mustahkamlashga doir topshiriqlar bajartirish.

  4. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning asosiy tarkibiy qismlari.

  5. Uzluksiz ta’lim tizimi mohiyatini yorituvchi jadval tuzish.Uzluksiz ta’lim turlari.

  6. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. Sxema asosida Qonunning mazmuni va ta’limni isloh qilishdagi o’rnini yoritish.

  7. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.

  8. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, uning ta’lim tizimidagi vazifalari.

  9. Yo’nalishlari va mazmuni.

  10. Maktabgacha ta’lim Vazirligining tashkil etilishi zaruratini muhokama qilish.

  11. Talabaning “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat dasturi asosida tayyorlagan mashg’ulot ishlanmasini baholash.

  12. Mashg‘ulot topshiriqlari (uy vazifasi uchun) berish.

Tushuntirish matni:

Zamonaviy sharoitda mаzkur fanni o‘qitish pedagog-kadrlarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida erishilayotgan ilg‘or yutuqlar, umuminsoniy g‘oyalar, milliy qadriyatlarga tayangan holda tayyorlash, ularda pedagogik madaniyatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarkib toptirish, tarbiyachi sifatida pedagogik jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etish malakalarini hosil qilishga yo‘naltirilgan.

Andijon davlat universiteti o‘quv rejasiga ko‘ra maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari” fanidan nazariy mashg‘ulotlar (ma’ruza) bilan birga amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.

Amaliy mashg‘ulotlar talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda samarali qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish bilan birga ularda dastlabki kasbiy malakalarni hosil qilish uchun imkoniyat yaratadi.

Shu bilan bir qatorda muammoli vaziyatlarni tahlil qilish talabalarning kelgusidagi pedagogik faoliyatlarini to’gri tashkil etish imkonini beradi.

Amaliy mashg’ulotni o’tkazish qoidalari

Amaliy mashg’ulotning birinchisida talaba tomonidan butun mashg’ulotlar davomida bajariladigan amaliy ishlar, maqsad va vazifalari, ularning tartibi, mazmuni, mustaqil egallash zarur, bilim ko’nikma va malakalar xaraktеri bilan tanishtiriladi.

So’ngra, shu mashg’ulotda kеyingi mashg’ulotlar davomida bajariladigan ishlar mavzulari va ularni qaysi talabalar amalga oshirishi bеlgilab chiqiladi. Har bir mashg’ulotga mustaqil tayyorlanish yuzasidan zarur uslubiy ko’rsatmalar, adabiyotlar va navbatdagi mashg’ulot uchun nazariy manbalar bilan qurollanib kеlishi yuzasidan maslahatlar, amaliy yordam bеriladi.

Mashg’ulotning boshida o’qituvchi talabalarni bajariladigan ishning mavzusi, maqsadi, ushbu matеrialni o’rganish uchun zarur adabiyotlar, ishlanmalar bilan tanishtiradi. Berilayotgan nazariy ma’lumotlar talabalarga tarqatma material ko’rinishida yoki taqdimot (prezentatsiya) qilib berilishi mumkin.

Agarda mashg’ulot davomida biron-bir yo nazariy, yo uslubiy, yo o’quv kamchiliklari sodir bo’lsa, pеdagog kеrakli ko’rsatmalarni bеradi, tuzatishlar kiritadi va shu tariqa, mashg’ulot davom ettiriladi.

Ish bajarilib bo’lgach, pеdagog har bir talaba faoliyatiga erkin fikr bildirish yo’li bilan baho bеradi va guruh jurnaliga kеrakli baholarni qo’yadi.

Har bir amaliy mashg‘ulot o‘quv jarayonining tuzilishiga mos holda talabadan bir nechta amaliy topshiriqlarni bajarishni talab etadi. O’z navbatida amaliy topshiriqlar talabalar tomonidan individual va kichik guruhlarda ishlash orqali bajaradilar.

Amaliy mashg’ulot ishlanmalarida aks etgan topshiriqlarning ayrimlarini talaba uy vazifasi sifatida bajarishi mumkin.

Bunday tartib, talaba uchun eng kami bir hafta davomida puxta va atroflicha tayyorlanib kеlishga zarur bo’lsa, ilg’or pеdagogik tеxnologiyalar asosida dars o’tayotgan viloyatimizdagi o’quv yurtlarida ishlayotgan o’qituvchilar ish tajribalari bilan bеvosita tanishish, maslahatlar olishga imkon bеradi.

Har bir talabaning o’ziga taqsimlangan mashg’ulot yuzasidan konspеkt-stsеnariya tuzishida nazorat savollari, tayanch iboralarini aniqlash, tеst topshiriqlarini tayyorlash, nazorat mе'zonlarini ishlash va ulardan foydalanish (nazorat savollari, nazorat topshiriqlari, ma'lum o’lchamlar, o’xshash javoblar orqali nazorat va h.k.)ga e'tibor bеriladi.

Mashg‘ulotlarning fanning so‘nggi yutuqlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi maqsadga muvofiq.

Mashg‘ulotning maqsadi:

Talabalarning O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga doir nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda ta’lim tizimi va turlarining o‘ziga xosliklari haqida aniq fikr yurita olish ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish.



Asosiy matn

1-topshiriq. «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi va turlari».

Quyida keltirilgan jumlalar bilan tanishing. Ularni mos ravishda jadvalning kerakli ustunga yozib qo‘ying.

1. Beshta bo‘lim, o‘ttiz to‘rt moddadan iborat.

2. Fan.

3. Ta’lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish masalasi.



4. Shaxs.

5. Halqaro hamkorlik.

6. Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini rivojlantirish.

7. Ta’lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi.

8. Bilim olish huquqi.

9. Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish.

10. Ishlab chiqarish.

11. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi.

12. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi.


«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun

Kadrlar tayyorlash

Milliy dasturi



Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining

asosiy tamoyillari












2-topshiriq. Quyidagi chizmaga e’tibor qarating. Muammo yuzasidan fikr yuriting. Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi:



Nima uchun O’zbеkiston Rеspublikasi ta'lim tizimini isloh qilish zaruriyati paydo bo’ldi?

Nima uchun?

Nima uchun?



3-topshiriq. Quyida keltirilgan jumlalarni davom ettiring:

1. O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganidan qat’iy nazar...

2. Davlat ta’lim standartlari...

3. Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari quyidagicha:...

4.O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:...

5.O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:...

6.Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar...

7. Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash....

8. Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarning vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish va ularni boqish...

9. Davlat ta’lim muassasalarini moliyalash...

10. Nodavlat ta’lim muassasalariga qabul...
11. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:...

12. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingai rivojlantirish yo‘li bilan...




3-topshiriq. Quyida keltirilgan jumlalarni davom ettiring:

1. O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganidan qat’iy nazar...

2. Davlat ta’lim standartlari...

3. Umumiy o‘rta ta’lim bosqichlari quyidagicha:...

4.O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:...

5.O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:...

6.Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar...

7. Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash....

8. Yetim bolalarni va ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarning vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish va ularni boqish...

9. Davlat ta’lim muassasalarini moliyalash...

10. Nodavlat ta’lim muassasalariga qabul...

11. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:...


12. Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingai rivojlantirish yo‘li bilan...

4-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying.

1.... aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

2. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim... turda amalga oshiriladi.

3.... bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.

4.Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha... uchun majburiydir.

5.... yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.

6. ... o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltarilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.

7. ... o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-hunar o‘quv yurtidir.

8. ... umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan.

9.... bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.

10. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va...

11. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi ... tomonidan belgilanadi.

12. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni ... asosida olishga haqlidirlar.

5-topshiriq. Pedagogik vaziyatni tahlil qiling:

«Kimyo fani o’qituvchisi mening sevimli o’qituvchim edi. U o’zining fanini juda yaxshi bilar va har bir darsda qandaydir yangilikni yetkazishga harakat qilardi. U bizga gapirib berayotgani uning bilimining kichik bir bo’lakchasi ekanligi sezilib turardi. Ilgari kimyo faniga qiziqmagan ko’pgina o’quvchilar ham bu fanga qiziqib qolishdi va kimyo to’garagiga qatnay boshlashdi. U har bir o’quvchiga e`tibor bilan qarardi. Uning sevimli o’quvchilari borligi, ularga qo’yilayotgan talabning kattaligidan sezilib turardi. VIII sinfda biz u bilan fan yuzasidan bahslashish darajasiga yetdik. Har qanday holatda ham u g’olib chiqardi. Agar o’quvchilar u bilan teng bahslasha olsalar yoki g’olib chiqsalar o’qitiuvchimiz juda xursand bo’lardilar».



Pedagogik vaziyat yuzasidan savollar:

  1. O’quvchining sevimli o’qituvchisi haqidagi hikoyasini tahlil qiling. O’qituvchi muvaffaqiyatining sababi nimada deb bilasiz?

  2. Kimyo o’qitish davomida u qanday usullardan foydalangan?

6-topshiriq. «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining afzalligi va o‘ziga xosligi shundaki...» mavzusida asoslangan esse yozing.

Topshiriqni bajarish tartibi:

1. Mazkur mavzu yuzasidan o‘z nuqtayi nazaringizni bayon eting.

2. Nuqtai nazaringizni asoslash uchun dalillar kiriting.



3. Mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqaring.

7-topshiriq. “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasi Davlat dasturi asosida mashg’ulot ishlanmasini tayyorlash.

KEYSLAR TO’PLAMI


Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar:

• Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang(individual va kichik guruhda).

• asosiy muammoli vaziyatni belgilang.


  1. Har bir yechimning imkoniyalari va to’siqlarini tahlil qiling.

  2. Muqobil yechimni tanlang.

Keys bayoni

Ikki yosh ona ko’chada bolalar bog’chasiga qatnaydigan o’z qizlarining xulq-atvorlari haqida bir-birlari bilan o’rtoqlashmoqda: “Mening qizim osuda faol, mustaqil o’syaptimi, demak, hozirdan uni sport, musiqa, raqs to’garaklariga berishim, deb o’ylayman”, ikkinchi ona: “Mening qizim hali ham bola. Katta bo’lgandan keyin hamma narsani o’zi sekin-asta qilishga o’rganadi”.



Keysga savol-vazifa: har ikkala onaning o’z qizlari tarbiyasiga yondashuvini taqqoslang.

Ko’rsatma: Ushbu muammoni hal etish uchun tarbiyaning turli usullarini tahlil va bolaning faolligi hamda uning mustaqil bo’lishining ahamiyati haqida xulosa qilish zarur.

Manba: O’zbekiston Respublikasida “Davlat maktabgacha Talim muassasasi to’qrisida”gi Nizom, “Maktabgacha ta'lim “Bolajon” tayanch dasturi, “Maktabgacha ta'lim pedagogikasi”, “Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi”.



O’qituvchining yechimi. Har ikkala ona ham nohaq. Birinchi ona vaziyatida, faol bolalarga ko’p darajada mustaqillik xos. Ona shunga mo’ljal olyapti, shuningdek, bunday bolalardan kattalardan so’ralgandek so’rash kerak deb, fikr qilmoqda. Maktabgacha yoshdagi bolalar bolaligicha qoladi, ulardagi his-tuyg’uning erkin rivojlanishi tengdoshlarinikidek ekanligi ma'lum-ku, axir oshirib Yuborilgan talablar bolalar tomonidan har doim ham bajarilavermaydi. Birinchi o’rinda shaxsiy qiziqish qoladi. Bolaning rivojlanishini faollik va qiziquvchanlik oldinga tomon harakatlantiradi.

Onalarning bunday gaplari o’z bolalari bilan turlicha usulda muloqot qilishliridan guvoqlik beradi. Bir holatda, qiz qis-tuyg’ulik, iliqlikni sezmasligi mumkin, buning oqibatida uni “qulflanganlik" yoki befarqlik, balki qandaydir qo’pollik tomonga harakatlanishiga olib keladi. Boshqa qolatda esa bolada mustaqillik, mas'uliyatlik rivojlanmaydi.



2. Keys bayoni

Bolalar bogchasidagi rasm darsida tarbiyachi Yozuv taxtasiga ikkita rasm chizib, bolalardan rasmning qay biri ularga yoqqanini so’radi. Bolalar rasmlar haqidagi fikrlarini ketma-ket ifodalay boshlashdi. Navbat Boburga (4 yosh) kelganda, u ikkilanib qoldi. Tarbiyachi: - Vaqtimiz kam. Agar u senda bo’lsa, miyangni ishlatginda, tezrod javob ber! Bobur javob bera olmadi. Tarbiyachi unga “O’tir o’rningga!”, dedi va mashg’ulotni davom etgirdi. Bolalardan biri:

“Voy, bilmasvoy”, -dedi.

Keysga savol-vazifa: Tarbiyachining xatti-harakatlarini baholang.

Tahlil: psixologik harakteriga ko’ra ayrim bolalar tezkor fikrlay olmaydi yoki biror-bir narsaga baqo berishga ikkilanadi. Tarbiyachi bolalarning harakterini yaxshi bilmaydi, yoki bilsa qam uning muomalasi qo’rs, qo’pol. Bunday tarbiyachining xatti- harakatlari bolalarga salbiy ta'sir ko’rsatadi.

O’qituvchining yechimi. Bolani tengdoshlari oldida kulgiga qo’yish pedagogik jiqatdan noto’qri. Fikrlash tezligi sust bo’lgan bolani kulgiga qo’yish, kamsitish bolaning umumiy rivojlanishiga salbiy ta'sir etadi.

Bunday holat tez-tez takrorlansa, u qolda bolada tarbiyachiga nisbatan nafrat hissini uyqotadi. Bunday tarbiyachi bolalar orasida do’stona, soqlom muqitni yarata olmaydi.



3.Keys bayoni

Katta guruhda bayram munosabati bilan uyushtiriladigan tadbirda tarbiyachi Botirdan o’ziga berilgan she'rni o’qishni so’radi. Botir she'rni tutilib o’qidi. To’qri o’qishga qanchalik harakat qilmasin, ifodali o’qiy olmadi. Tarbiyachi biroz kutib turdi va Botirga “She'rni yod olmabsan! Senga qachon bergan edim. Ertaga oying bilan gaplashaman! Sening ta'ziringni berishim kerakka o’xshaydi”, - dedi. o’rtoqlari kulib yuborishdi.



Keysga savol-topshiriq: Tarbiyachi Botirni o’rinli koyidimi?

Tahlil. She'rni yod olgan bo’lsa-da, ayni vaqtdagi ruhiy holati tufayli bolalar ba'zan uni yoddan chiqarishadi. Tarbiyachi ana shu vaziyatni inobatga olgani qolda Botirga yana bir kun tayyorgarlik ko’rib kelishini, ertaga albatta, ifodali o’qib berasan!”, deya ruhlantira olishi zarur. Balki Botirning nutqida duduqlanish bordir. Agar shunday bo’lsa, tarbiyachi buni bilishi va bunday vaziyatda bolaga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishi zarur edi. Botirning o’zi faol, birok, kamchiligi tufayli o’zini to’la namoyon eta olmaydi.



O’qituvchining yechimi: Tarbiyachi baland ovozda bolani koyishi, unga do’q-po’pisa qilishi mumkin emas. Ayniqsa, gap tutilib (duduqlanib) gapiradigan tarbiyachilar haqida borganda. Bo’lmasa, Botirning o’ziga bo’lgan ishonchi so’nadi, faolligi pasayadi va odamovi bo’lib qoladi.

4-Keys bayoni

Abdusamad (3 yosh) doimo onasiga suykalib qo’lidan tutishini, quchishini istaydi. Agar onasining oldiga birov kelsa, uni itarib yuboradi va baqirib yiqlaydi.



Keysga savol-vazifa:Sizning harakatlaringiz qanday bo’ladi?

Tahlil: ba'zi bolalar melanxolik temperamentga ega bo’lib, atrofdagilarning himoyasiga muxtoj bo’lishadi, uni yaxshi ko’rishlarini, o’ziga mehr berishlarini istaydi. Tarbiyaning to’qri tashkil etilishi ulardagi bu holatning barham topishini ta'minlaydi.

O’qituvchining yechimi: ona farzandini koyimagan holda asta-sekin uni ham boshqalarni ham birdek yaxshi ko’rishini, uni silab - siypalab qo’yishnini, biroq, bu ishni faqatgina kechqurun uyquga yotishdan avval va uyqudan uyg’otish vaqtidagina amalga oshira olishini tushuntirib borishi lozim.
Nazorat savollari:

  1. Maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari.

  2. Maktabgacha ta’lim – uzluksiz ta’limning alohida turi sifatida.

  3. Kadrlar tayyorlash milliy modeli.

  4. Maktabgacha ta’limga kirish.

  5. Maktabgacha pedagogikaning predmeti va vazifalari.

  6. Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi.

  7. Maktabgacha ta’lim – uzluksiz ta’limning alohida turi sifatida.

  8. Maktabgacha ta`lim muassasalarining faoliyat yo’nalishiga ko’ra turlari.

  9. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash bosqichlari.

Mashg’ulot uchun zarur uskuna va jihozlar:

1. Jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska – Hitachi, LCD – monitor, elektron ko’rsatkich (ukazka).

2. Video-audio uskunalar: video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar.

3. Kompyuter va multimediali vositalar: kompyuter, Dell tipidagi proyektor, DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko’z (glazok).

4. Metodik ta’minotlar: plakatli ko’rgazma, slaydlar, test savollari, tarqatma materiallar, mavzuga oid adabiyotlar, berilgan nazariy ma’lumotlar.

Mashg’ulot topshiriqlari (uy vazifasi uchun).

1. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi asosiy me’yoriy hujjatlari - «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari bilan tanishish hamda tahlil etish («Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» kitobining 20-60 betlari).

2. Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlari (Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining 3-bo‘lim, 3.1; 3.2; 3.3; 3.4; 3.5 bandlari)ning vazifalarini ajratib o‘rganish.

3. Mavzuga oid ko‘rgazmali vosita tayyorlab kelish.

Ko‘rgazmali vositani tayyorlashga doir zaruriy ko‘rsatmalar:

1) mavzu mohiyati bilan bog‘liqlikda chizma, jadval, rasmni qo‘lda yoki kompyuter grafikasi yordamida tayyorlang;



2) ko‘rgazmali vositani izohlashga doir tavsifnoma yozing.

Adabiyotlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasi, -T.:O‘zbekiston, 2012 .

  2. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, -T.:O‘zbekiston, 1997.

  3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, -T.:O‘zbekiston, 1997.

  4. Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi,-T.:2008.

  5. Maktabgacha ta’lim mussasalarining Namunaviy Nizomlari-T.: 2007.

  6. Maktabgacha yoshdgi bolalarga qo`yiladigan davlat talablari -T.: 2008.

  7. Kayumova N.M. “Maktabgacha pedagogika” TDPU nashriyoti, T:. 2013.

  8. Sodiqova Sh.A. “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari”, T:. 2013.

  9. Hasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi, T.: Ilm ziyo, 2012.

  10. “Bolangiz maktabga tayyormi?” metodik qo‘llanma, T:, 2001.

  11. Yusupova R. «Maktabgacha tarbiya pedagogikasi» T. 2001.

  12. Shodmonova SH. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. fan va texnologiya, -T:, 2008.

  13. Qodirova F., Toshpo‘latova SH., A’zamova M.“Maktabgacha pedagogika”,-T., “Ma’naviyat”, 2013.

  14. Pedagogy, Curriculum, Teaching Practices and Teacher Education in Developing Countries. 2013.

  15. Pedagogy and Practice: Teaching and Learning in Secondary Schools Leadership guide Status: Recommended.Date of issue: 09-2004.Ref: DfES 0444-2004 G.10.

  16. Joyce, B., Calhoun, E., Hopkins, D «Pedagogy, Teaching Practices» 2004.

Download 106.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling