1. Morfema tushunchasi


Download 11.66 Kb.
bet1/3
Sana15.12.2022
Hajmi11.66 Kb.
#1007951
  1   2   3
Bog'liq
Morfema-WPS Office



Morfema
Reja:
1. Morfema tushunchasi.
2. Morfemalarning tabiatiga ko'ra tasnifi.
3. Morfemalarning vazifasiga ko'ra tasnifi.
4. So'zning morfemik strukturasidagi o'zgarishlar.
1. Morfema tushunchasi.
til qurilishining leksemadan keyingi asosiy birligi bo‘lib, leksemadan farqli holda grammatik ma'no ifodalashga xizmat qiladi. Morfema (yunoncha: morphe — shakl) — oʻziga xos shakl va maʼnoga ega boʻlgan, boshqa maʼnoli qismlarga boʻlinmaydigan, soʻz (leksema) yasash yoki soʻzning shaklini hosil qilish uchun xizmat qiladigan lisoniy birlik. 
Morfema - grammatik ma’no ifodalaydigan yoki so‘z yasaydigan lisoniy birlik. So'zning ma'noli qismlari morfеmalar dеyiladi. Masalan, ishchilarimiz so`zi ish-, -chi, -lar, -imiz qismlaridan iborat. Bulardan har biri so`z doirasida o`ziga xos ma'no bilan qatnashadi. Ishchilarimiz so`zining ma'noli qismlarga bo`linishdagi oxirgi chеgara shu. Bu qismlar yana bo`linadigan bo`lsa, uning ma'nosi yo`qoladi. Demak, morfema so`zning bo`linmas eng kichik ma'noli qismidir. Tilshunos olim Sh.Rahmatullaеvning ta'kidlashicha, morfema til qurilishining leksemadan keyingi asosiy birligi bo`lib, leksemadan farqli holda grammatik ma'no ifodalashga xizmat qiladi. Leksema ham, morfema ham til birligi (lisoniy birlik) sifatida qismga teng. Leksema o`z turkumi nuqtayi nazaridan grammatik tavsif olganidan keyingina butun holatiga o`tadi va nutqqa chiqadi. Morfema ham odatda o`zi mansub turkum leksemasiga qo`shilgan holda nutqqa chiqadi. Leksema yetakchi birlik, morfema qo`shiladigan birlik, morfema leksemaga qo`shiladigan birlik (Shu xususiyatini nazarda tutib morfema qo`shimcha deb nomlanadi). Morfema ham leksema kabi mavhum birlik: miyaning til xotirasi qismida ramz sifatida aks etgan bo`ladi va shu holatida lisoniy birlik deyiladi. Lisoniy birlik sifatida morfema ifoda jihatining va mazmun jihatining bir butunligidan iborat. Masalan,keldim birligining oxiridagi -m qismi morfemaga teng; uning ifoda jihati bo`lib m fonemasi xizmat qiladi; mazmun jihati esa (I shaxs birlikka nisbat berish) ma'nosidan iborat.

Download 11.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling