1. Movarounnahr hududlarida xalifalik hukmronligi barham topgan davrni aniqlang


Download 22 Kb.
Sana29.04.2020
Hajmi22 Kb.

Variant-1

1.Movarounnahr hududlarida xalifalik hukmronligi barham topgan davrni aniqlang.

A)IX asrning II yarmi

B)IX asrning boshi

C)X asr o’rtalari

D)X asrning I yarmi

2.Kim Shimoliy Eron, Iroq, Tabriz sultoniyasini o’z ichiga olgan mulklar hokimi bo’lgan?

A)Pirmuhammad ibn Umar Shayx

B)Mironshox

C)Shoxrux Mirzo

D)Pirmuhammad Jahongir

3.Quyidagi voqealardan qaysi birining orasida 10 yil farq bor?

A)Marvon II xalifalik taxtiga chiqdi, xalifa buyrug’i bilan Abu Muslim o’ldirildi

B)Qutayba Poykandga yurish qiladi, Umar ibn Abdulaziz xalifalik taxtiga o’tirdi

C)Xalifa Muoviya hukmronligi boshlandi, Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoro muzofotiga bostirib kirdi

D)Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi etib tayinlandi, arablar Farg’ona vodiysini uzil-kesil egalladilar

4.Qaysi voqeadan so’ng Sulton Jaloliddinning harbiy kuchi zaiflashib qoladi?

A)Sin daryosi bo’yida bo’lgan jangdan so’ng

B)Valiyon qal’asi yonida bo’lgan jangdan so’ng

C)Parvon dashtidagi g’alabadan so’ng

D)“Cho’li Jaloliy” da bo’lgan jangdan so’ng

5.Anushteginlar sulolasi vakillarining hukmronlik davrlari bo’yicha to’g’ri ketma-ketlikda joylashtirilgan javobni belgilang.

A)Sultonshoh Mahmud, Elarslon, Takash

B) Elarslon, Sultonshoh Mahmud, Takash

C) Takash, Sultonshoh Mahmud,

Elarslon


D) Elarslon, Takash, Sultonshoh Mahmud

6.Kebek hokimiyatni o’z qo’liga olgan yili…

A)Yuz yillik urush boshlandi

B)Fransiyada parlament vujudga keldi

C)Mo’g’ulistonda Tug’luq Temur hokimiyatni egalladi

D)Bahovuddin Naqshband tug’ildi

7.Asrlar davomida avlodlar qo’lida yer o’lchash,ariq chiqarish,bino qurish,meros taqsimlash va boshqa turli hisob va o’lchov ishlarida dasturilamal bo’lib xizmat qilgan asarni aniqlang.

A)”Kitob surat ul arz”

B)”Handasa”

C)”Al jabr val muqobala”

D)”Usturlob bilan ishlash haqida kitob”

8.Chingizxon 1207-1208-yillar davomida qaysi hududlarni bosib olgan?

A)Sharqiy Turkiston va naymanlar yeri

B)Enasoy daryosi havzasi va Yettisuvning shimoliy qismi

C)Shimoliy Xitoy yerlari

D)Yettisuv va Sharqiy Turkiston

9.Somoniylar davlatida yuzaga kelgan og’ir vaziyatda qaysi kuchlarning siyosiy nufuzi ortdi?

A)fors sarkardalari yetakchiligidagi piyoda askarlarning

B)turkey urug’-qabila zodagonlarining

C)turk hojiblaridan iborat saroy qo’shinining

D)din peshvolari bo’lgan ruhoniylarning

10.899-950 yillarda yaashab o’tgan, “Buxoro tarixi” nomli asar yozgan tarixnavis allomani aniqlang.

A)Narshaxiy

B)Abu Rayhon Beruniy

C)Juvayniy

D)Ibn Arabshox

11.Temuriylar davlatida tavochi mansabdagi amaldorning vazifasini aniqlang.

A)vaqf mulklarini boshqargan

B)shikoyatlarni ko’rib chiqqan

C)hukmdorning shaxsiy ishlarini bajargan

D)viloyatlardan askariy qismlar to’plagan

12.Xorazm qaysi sulolalar(davlatalr) bosib olishi natijasida ikki qismga ajralib ketgan?

1)Mo’g’ullar 2)Safforiylar 3)Somoniylar 4)Arablar 5)Afrig’iylar 6)Anushteginlar

A)2, 6 C)1, 4

B)1, 6 D)4, 5

13.786-809-yillar davomida Arab xalifaligini kim boshqargan?

A)Marvon II

B)Horun ar-Rashid

C)Umar ibn Abdulaziz

D)Ma’mun


14.Amir Temur markazlashgan davlat barpo etishdek ulkan maqsadini ro’yobga chiqarish ishini nimadan boshlagan edi?

A)avvalo ichki g’animlarga qarshi kurashdan

B)Oltin O’rdaga hujum qilishdan

C)avvalo o’z davlati uchun qulay poytaxt tanlashdan

D)davlat chegaralarini qayta tiklashdan

15.G’azna viloyati noibi (Somoniylar davrida) Alptegin qaysi viloyatlarni mustaqil boshqarishga intilib, G’aznaviylar davlatiga asos solgan?

A)Ray va Isfahon

B)Termiz va Balx

C)G’azna va Nishopur

D)Qobul va G’azna

16.Amir Temur … yildan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish qilgan, … yilda esa Xorazm uzil – kesil bo’ysundirilgan.

A)1372/1388 C)1373/1391

B)1371/1386 D)1374/1389

17.Quyidagi atamalar izohi mos keluvchi javobni aniqlang.

1)kudungar 2)sarxang 3)muqanna 4)islohot 5)farmon

a)qonun kuchiga ega bo’lgan buyruq b)kichik lashkarboshi c)niqobli kishi d)matoga ohor beruvchi e)mavjud tartibni o’zgartirish

A)1-d, 2-b, 3-c, 4-e, 5-a

B)1-b, 2-c, 3-a, 4-d, 5-e

C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-e, 5-c

D) 1-d, 2-a, 3-c, 4-e, 5-b

18.Amir Temur huzuriga yuborilgan ispan elchisi Klavixoning Samarqandga safari taassurotlari hikoya qilingan asarlarini aniqlang.

1)”Buyuk Temur tarixi”

2)”Temur qarorgohi”

3)”G’alabalar kitobi”

4)”Tarix majmuasi”

5)”Samarqandga sayohat kundaligi”

A)1, 2, 5 C)1, 3, 5

B)2, 3, 4 D)1, 3, 4

19.Amir Temur bilan diplomatic aloqalar o’rnatib, yozishmalar olib brogan Angliya qirolini aniqlang.

A)Genrix IV C)Genrix III

B)Karl VI D)Ioann VII

20.G’arbiy Rim imperiyasi qulagan davrda …

A)Eronda Qubod hukmronlik qilgan

B)Eftallar davlati quladi

C)Eronda Shopur II hukmronlik qilgan

D)Sosoniylar davlatida Peroz hukmronlik qilar edi

21.Arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag’ishlangan Mahmud az-Zamaxshariy qalamiga mansub asarni aniqlang.

A)”Tavilot ahl as-sunna”

B)”Hidoya”

C)”Al-Kashshof”

D)”Al-Mufassal”

22.Arablar tomonidan Xuroson deb atalgan hudud yerlari ko’rsatilgan javobni aniqlang.

A)Hozirgi Afg’oniston,Eronning shimoliy-sharqiy qismi,Pokistonning shimoliy qismi va Sind yerlaridan to Amudaryogacha bo’lgan hududlar

B) Hozirgi Afg’onistonnning shimoli, Eronning shimoliy-sharqiy qismi va janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlar

C) Hozirgi Afg’oniston, Eronning sharqiy qismi,qisman Pokiston,Kaspiy dengizining sharqi va janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlar

D) ) Hozirgi Afg’onistonning sharqiy, Eronning sharqiy qismi,shimoliy Pokiston va markaziy Turkmanistondan to Amudaryogacha bo’lgan hududlar

23.Mog’ullar hukmronligi davrida joriy qilingan soliq turlarini aniqlang.

1)xiroj 2)kalon 3)tamg’a 4)targ’u 5)qopchur 6)shulen 7)ushr 8)tuz solig’I 9)tutun solig’i 10)jun solig’I 11)jiz’ya 12)kumush solig’i

A)1, 2, 4, 5, 6, 9, 10

B)2, 3, 5, 6, 10, 11, 12

C)2, 4, 7, 8, 10, 11, 12

D)2, 4, 5, 6, 8, 10, 12

24.IV asr o’rtalarida xion qabilalarining O’rta Osiyoga hujumi qaysi hududlardan boshlanganligini aniqlang.

A)Yettisuv va Sirdaryo bo’ylaridan

B)Oltoy va Yettisuvdan

C)Yettisv va sharqiy Turkistondan

D)Xorazm va Sirdaryo bo’ylaridan

25.Mo’g’ullarga qarshi kurashda nom qozongan tarixiy shaxslarni aniqlang.

1) Najmiddin Kubro 2)Tug’luq Temur 3)Jaloliddin Manguberdi 4)Abu Muslim 5)Temur Malik 6)Abruy 7)Mahmud Tarobiy

A)1, 2, 6, 7 C)3, 4, 5, 7

B)1, 3, 5, 7 D)2, 3, 4, 6

26.Chingiziylardan bo’lgan To’xtamishxon va Amir Temur o’rtasidagi hal qiluvchi jang qayerda bo’lgan?

A)Yettisuvda

B)Oltin O’rdada

C)Shimoliy Kavkazda

D)Orolbo’yida

27.Farjak madrasasi nechanchi asrda bunyod etilgan?

A)IX asrda C)XI asrda

B)X asrda D)XII asrda

28.Ilk o’rta asrlarda qaysi davlatning ayrim tangalarida hukmdorga yonma-yon malika tasviri ham chekilgan?

A)Xorazm C)Sug’d

B)Choch D)Toxariston

29.Quyidagilardan xato javobni aniqlang.

A)Amir Temur davrida Samarqandning Ohanin degan darvozasi bore di

B)Bog’i Dilkusho Samarqandning sharqiy tomonida bunyod etilgan

C)Abu Bakr Kululiy Samarqand sarbadorlarining sardorlaridan biri edi

D)1370-yil aprelda Samarqandda Amir Temur Movarounnahrning amiri deb e’lon qilindi

30.Chig’atoy ulusida Kebekxon davridagi “kepaki” tangalar zarb qilingan shaharlar ko’rsatilgan javobni toping.

1)Kat 2)Naxshab 3)Samarqand 4)Termiz 5)Buxoro 6)Shosh

A)3, 5 C)2, 3

B)4, 6 D)1, 5

31.Nechanchi asrda mashhur Xonbandi suv ombori bunyod etilgan?

A)VIII asrda C)X asrda

B)XI asrda D)IX asrda

32.Movarounnahr hududlarining qoraxitoylar qaramligidan ozod bo’lishida muhim ro’l o’ynagan sulolani aniqlang.

A)Saljuqiylar

B)Temuriylar

C)Ma’muniylar

D)Anushteginlar

33.Amir Temurning 3 yillik urushlari nihoyasiga yegan yildan bir yarim asr oldin bo’lgan voqeani aniqlang.

A)Mo’g’ullar Abbosiylar sulolasi hukmronligiga barham berdi

B)Mahmud Tarobiy boshchiligida qo’zg’olon bo’ldi

C)Yaponiyada hokimiyatni syogun Xodzyo egalladi

D)to’g’ri javob yo’q

34.VIII asr boshlarida Qutayba ibn Muslim tomonidan Movarounnahr shaharlari qo’lga kiritilishining to’g’ri ketma – ketligini aniqlang.

1)Buxoro 2)Poykand 3)Naxshab 4)Samarqand 5)Madinat ash-Shosh

A)2, 1, 3, 4, 5

B)1, 2, 4, 3, 5

C)3, 1, 2, 5, 4

D)1, 2, 3, 5, 4

35.Ilk o’rta asrlarga oid ”kuhandiz” atamasi qanday ma’no anglatgan.

A)shaharning savdogarlar do’konlari,hunarmandlar ustaxonalari,karvonsaroylar joylashgan qismi

B)shaharning hunarmandlar yashaydigan qismi

C)shaharning harbiy gornizon, harbiy omborlar joylashgan qismi

D)shaharning hokim qasri joylashgan qismi

36.XII asrning 30-yillarida Shosh va Farg’ona, so’ngra Qashqadaryo va Zarafshon viloyatlariga bostirib kirgan qabilani aniqlang.

A)qoraxoniylar

B)mo’g’ullar

C)saljuqiylar

D)qoraxitoylar

Variant -2

1.Ibrohim Bo’ritegin 1038-yilda Amudaryo bob’yi viloyatlari – Chag’aniyon, Xuttalon va Vaxshni kimlardan tortib oladi?

A) saljuqiylardan

B)abbosiylardan

C)somoniylardan

D)g’aznaviylardan



Download 22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling