1. Muammoli vaziyatlar


Download 15.03 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi15.03 Kb.
#1391051
Bog'liq
1-мавзу


1.Muammoli VAZIYATLAR
1 - holat
Siz guruhda hurmatli lidersiz. Guruhingizga yangi o’quvchi keldi. U yaxshi o’qiydi va did bilan kiyinadi. Siz o’zingizni u bilan solishtirib, sizning tashqi qiyofangiz unchalik yaxshi emasligini sezdingiz. Yana guruhingizda sizning shimingiz va kostyumingiz haqida xazil ham qilishdi. Bu holatda o’zingizni qanday tutasiz?
1. Yangi o’quvchini yo’qotish uchun qo’limdan kelganini qilaman, chunki keyinchalik uni hush ko’rmaslik va uni ta’kib qilish mumkin.
2. O’z tashqi qiyofamni birdaniga o’zgartirmayman, qiyofamga asta-syokin moda elementlari, soch turmaklash (kestirish), galstuk, rang, bichim kiritib boraman.
3. Modalar uyiga borib, hamma eng yangi modadagi kiyimlar sotib olaman, o’z qiyofamni butunlay o’zgartiraman.
2 - holat
Nizolar jamoaning ishlab chiqarish hayotiga qanday ta’sir ko’rsatadi?
1. Jamoa faoliyatining samaradorligini kamaytiradi.
2. Nizolar jamoadagi dolzarb muammolarni hal qilishga yordam beradi.
3. Nizolar jamoadagi muhitni yaxshilash uchun imkon tug’diradi.
Ishlab chiqarish jamoasidagi nizolar me’yorlar holat bo’lib boshqarilishi mumkin.
3 - holat
Nizolar paydo bo’layotganda uning tashkilotchisi bir odam bo’ladi. Boshqasi esa bu vaqtda qanday mavqeni egallash haqida o’ylaydi.
Siz qanday mavqeni tanlaysiz?
1. Faqat sirtdangina tajovvuzkorona muomala qilgan kishining mavqei va talabiga qo’shilaman.
2. Nizoga olib keluvchi g’alamis gap va harakterlarni e’tiborsiz qoldiraman.
O’z obro’imga putur etkazmasdan nizoni hal qilishga harakat qilib munosabatlarimni bildiraman.
4 - holat
Qanday qilib ishchilarning kayfiyatini ko’tarish mumkin? Bu haqida ikki master o’z fikrlarini bildirishdi. Biri: "Yaxshi xazilni tez-tez ishlatib, inqilobiy, ma’qullovchi so’z va maqtovlarni ishlataman", - dedi. Boshqasi esa: "Bular hammasi mayda-chuyda narsalar.
Xech narsa yaxshi maosh va mukofotday kayfiyatni ko’tarolmaydi".
Bunga siz nima deysiz?
1. Ikkinchi masterning gapiga to’la qo’shilaman. Yaxshi maosh bo’lsa, kayfiyat ham yaxshi bo’ladi.
2. Zamonaviy bu o’z ijtimoiy holatini yaxshi tushungan va madaniyat doirasi keng bo’lgan odam. Shuning uchun unga axloq, odob va ma’naviy sifatlar birinchi navbatda turadi, demak, birinchi master haq.
Har qaysi master o’zicha haq, chunki ular keltirilgan omillar jamoada kayfiyat shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi. Moddiy rag’batlantirish va yaxshi so’zli bo’lishni birga qo’shib olib bormoq - bu har qanday rahbar uchun juda muxim narsa.
5 - holat
Tavsiflar asosida odamning mijozini aniqlang. "V" qobiliyatli muxandis-iqtisodchi. Ko’pchilik uni juda qiziqqon va besaramjon deb hisoblaydi. "V" o’ziga qaratilgan har qanday tanqidga chiday olmaydi, o’zini tuta olmaydi va tajovvuzkordek qaraydi. O’zining kamchiligini ko’rsatishga jazm qilgan kishi bilan xoxlagan paytda urishib ketishi mumkin. Bunday xulqni "V" har doim unga qarshi zarba bera olmaydigan kishiga qo’llashi kuzatilgan. Shu bilan bir vaqtda u bilan tortisha oladigan va uni o’z o’rniga qo’ya oladiganlar, shuningdek, u nimadan bo’lsa ham tobe’ bo’lganlar va uning shaxsiy xotirjamligi bilan bog’liq bo’lganlar "V" bosiq, g’amxo’r, vazmin munosabat bildiradi. Shu bilan birga "V" juda ishchan, yangi ishga tez kunikuvchan, kam charchaydi va mashhurlik axtaradi.
1. Flegmatik.
2. Xolerik.
3. Sangvinnik.
4. Melanxolik.
Download 15.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling