1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Alohida muhim obyektlarni muhofaza qilish]


Download 72.82 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2022
Hajmi72.82 Kb.
#764687
  1   2   3
Bog'liq
O‘RQ-195 26.12.2008




[OKOZ:

1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]

[TSZ:

1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Alohida muhim obyektlarni muhofaza qilish]

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
QUTQARUV XIZMATI VA QUTQARUVChI MAQOMI TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 23-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risidagi qonunchilik
Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
favqulodda vaziyat — odamlar qurbon bo‘lishiga, ularning sog‘lig‘i yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlar keltirib chiqarishga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat;

Download 72.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling