1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat


Download 44.73 Kb.
bet1/2
Sana05.08.2022
Hajmi44.73 Kb.
#790973
  1   2
Bog'liq
O‘RQ-718 30.09.2021
Mus.ish



[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar;

2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni o‘tash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish;

3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]

[TSZ:

1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-iyulda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 27-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi 436-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 217-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 6, 262-modda; 2008-yil, № 9, 481-modda, № 12, 630-modda; 2009-yil, № 12, 470-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 8, 491-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 6-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Safarbarlik chaqiruvi rezervida oylik yig‘inni o‘tagan fuqarolar Qurolli Kuchlar rezerviga o‘tkaziladilar”;
2) 13-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, shu jumladan fuqaro muhofazasi va tibbiy bilim asoslari bo‘yicha tayyorgarlik o‘quv dasturidagi majburiy fan bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar tayyorgarlik o‘qituvchilari tomonidan bitirish yili arafasidagi kurslardan yoki sinflardan boshlab o‘tiladi”;
3) 14-moddaning ikkinchi qismidagi “o‘rta maxsus va o‘rta kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 15-moddaning birinchi qismidagi “umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus va o‘rta kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 18-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasasidagi oxirgi o‘quv yilining oktyabr-noyabr oylarida amalga oshiriladi”;
beshinchi qismidagi “tegishli komissiyalar” degan so‘zlar “fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish komissiyalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 20-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20-modda. Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar
Fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish uchun quyidagi komissiyalar tashkil etiladi:
1) muddatli harbiy xizmatga chaqirish uchun:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi (bundan buyon matnda Rahbariyat kengashi deb yuritiladi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yig‘ish punktlarida — harbiy-tibbiy komissiya (bundan buyon matnda harbiy-tibbiy komissiya deb yuritiladi);
tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzurida Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi (bundan buyon matnda butlash komissiyasi deb yuritiladi);
2) muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy komissiya (bundan buyon matnda hududiy komissiya deb yuritiladi);
3) chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, sog‘lig‘ining darajasini aniqlash va davolanishga yuborish uchun — mudofaa ishlari bo‘limlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiya (bundan buyon matnda hududiy tibbiy komissiya deb yuritiladi).
Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning tuzilishi va faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning shaxsiy tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Harbiy va muqobil xizmatga chaqirilayotgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart”;
7) quyidagi mazmundagi 201 va 202-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“201-modda. Rahbariyat kengashining, harbiy-tibbiy komissiyaning, butlash komissiyasining, hududiy komissiyaning, hududiy tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari
Rahbariyat kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
chaqiruv tadbirlarini sifatli tashkil etish;
chaqiriluvchilarning jismoniy tayyorgarligi, fikrlash qobiliyati, fidoyiligi, qiziqishlari va boshqa xususiyatlari inobatga olingan holda, ularning butlash komissiyasi tomonidan qo‘shin turlariga to‘g‘ri tayinlanganligiga baho berish;
harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlarning qo‘shin turlari komandalariga tayinlash yoki tayinlamaslik to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish;
chaqiriluvchilarni yig‘ish va tantanali ravishda harbiy qismlarga yuborishga doir tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini tashkil etish;
jamoat tartibini saqlash ishlarini tashkil etish hamda butlash komissiyalari, harbiy-tibbiy komissiyalar, hududiy tibbiy komissiyalar faoliyat olib borishi uchun joylarda zarur shart-sharoitlar yaratish, ularni dori vositalari, tibbiy inventarlar va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash;
muddatli harbiy xizmatga chaqirish ishlarining oshkoraligini, shuningdek chaqiruvga oid tadbirlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash;
harbiy-tibbiy komissiyalarning, butlash komissiyalarining va hududiy tibbiy komissiyalarning qarorlaridan norozi bo‘lgan chaqiriluvchilarning shikoyatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek ularni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilish;
muddatli harbiy xizmatchilarning Qurolli Kuchlar safidan muddatidan avval qaytarilganligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazish, uning sabablarini aniqlash va yakunlari bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish.
Harbiy-tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
butlash komissiyasi tomonidan qo‘shin turlariga tayinlangan chaqiriluvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
chaqiriluvchilarning hisob kartalariga shifokor-mutaxassislar tomonidan kiritilgan yozuvlar va xulosalarning to‘g‘riligini tekshirish;
Rahbariyat kengashi raisi bilan birgalikda chaqiriluvchilarni qo‘shimcha tekshiruv va davolashga yuborish, shuningdek ularning chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishni davom ettirish uchun harbiy-tibbiy komissiyaga qaytib kelishlari ustidan nazorat o‘rnatish;
chaqiriluvchilar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida yakuniy tibbiy xulosa chiqarish;
tibbiy komissiyalar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va bartaraf etish;
Qurolli Kuchlarni butlash yakunlariga ko‘ra tibbiy komissiyalar ishi natijalarini umumlashtirish, tegishli hisobotni tayyorlash va belgilangan tartibda Rahbariyat kengashi raisiga, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etish.
Butlash komissiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tavsiya etilgan va hududiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilar bilan suhbat o‘tkazish, shuningdek ular sog‘lig‘ining holatini, jismoniy tayyorgarligini, fikrlash qobiliyatini va boshqa sifatlarini inobatga olgan holda, qo‘shin turlariga tayinlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
tegishli toifa va cheklanish darajasi bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida qabul qilingan qarorlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish va chaqiriluvchilarning yig‘ma jildlarida saqlash;
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish ishlarining oshkoraligi va xolisligini ta’minlash;
chaqiriluvchilarni yig‘ish va tantanali ravishda harbiy qismlarga yuborishga doir tadbirlarni o‘tkazishda joylardagi tegishli idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligini tashkil etish;
chaqiriluvchilarning, ular ota-onalarining chaqiruvga oid murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, shuningdek tegishli qarorlar qabul qilish.
Hududiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
chaqiriluvchilarni muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish;
chaqiriluvchilarni yig‘ish, muqobil xizmatga yuborish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, shuningdek Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni doimiy yashash joylariga qaytarilishiga oid tadbirlarni tantanali ravishda o‘tkazishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni tashkil etish;
chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga va muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, shuningdek Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan harbiy xizmatchilarni doimiy yashash joylariga qaytarilishi bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish;
chaqiruvning va komissiya faoliyatining oshkoraligini ta’minlash.
Hududiy tibbiy komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
chaqiriluvchilarni birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
psixiatriya, narkologiya, teri-tanosil dispanserlarida, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatida, ftiziatriya va pulmonologiya markazida hisobda turadigan chaqiriluvchilar to‘g‘risida axborot yig‘ish;
chaqiriluvchilarni qo‘shimcha tekshiruvga va davolanishga yuborish, shuningdek ularning tibbiy ko‘rikdan o‘tishni davom ettirish uchun hududiy tibbiy komissiyaga qaytib kelishi ustidan nazoratni o‘rnatish;
chaqiriluvchilar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqliligi to‘g‘risida xulosa berish;
hududiy tibbiy komissiya faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni tahlil qilish va bartaraf etish;
chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha hisobot tayyorlash va mazkur hisobotni harbiy-tibbiy komissiyaga, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy boshqarmasiga (organiga) hamda mudofaa ishlari boshqarmasiga taqdim etish.
202-modda. Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy komissiya, butlash komissiyasi, hududiy komissiya, hududiy tibbiy komissiya tomonidan qabul qilinadigan qarorlar (xulosalar)
Rahbariyat kengashi quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
harbiy-tibbiy komissiya tomonidan sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni Qurolli Kuchlarning qo‘shin turlari komandalariga tayinlash yoki tayinlamaslik to‘g‘risida;
muddatli harbiy xizmatga chaqirish haqida.
Harbiy-tibbiy komissiya quyidagi xulosalarni chiqaradi:
harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida;
ayrim cheklovlar bilan harbiy xizmatga yaroqlilik haqida;
harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik to‘g‘risida;
harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik haqida;
tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida;
harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida.
Butlash komissiyasi muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun tavsiya etilgan va hududiy tibbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqli deb topilgan chaqiriluvchilarni qo‘shin turlariga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Hududiy komissiya quyidagi qarorlarni qabul qiladi:
harbiy xizmatga yaroqlilik va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish to‘g‘risida;
harbiy xizmatga yaroqlilik va muqobil xizmatga chaqirish haqida;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik to‘g‘risida;
ushbu Qonunning 21 va 22-moddalariga muvofiq harbiy xizmatga chaqirishini kechiktirish to‘g‘risida yoki harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod qilish haqida;
yigirma yetti yoshga to‘lganligi munosabati bilan Qurolli Kuchlar zaxirasiga o‘tkazish to‘g‘risida;
sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davridagi harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik va zaxiraga o‘tkazish haqida;
harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida.
Hududiy komissiya qaror qabul qilishda chaqiriluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish xulosasi, ularning ma’naviy yetukligi va kasbiy tayyorgarligi, oilaviy va moddiy holatini o‘rganish natijalariga asoslanadi.
Hududiy tibbiy komissiya quyidagi xulosalarni chiqaradi:
harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida;
ayrim cheklovlar bilan harbiy xizmatga yaroqlilik haqida;
harbiy xizmatga cheklangan ravishda yaroqlilik to‘g‘risida;
harbiy xizmatga vaqtincha yaroqsizlik haqida;
tinchlik davrida harbiy xizmatga yaroqsizlik, urush davrida cheklangan ravishda harbiy xizmatga yaroqlilik to‘g‘risida;
harbiy hisobdan chiqarilgan holda, harbiy xizmatga yaroqsizlik haqida.
Harbiy xizmatga chaqirilgan va qo‘shinlar safiga yuborilgan shaxslarni, shuningdek tibbiy ko‘rik natijalaridan va chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalarning qarorlaridan noroziligini bildirgan shaxslarni nazorat tartibida tibbiy ko‘riklardan o‘tkazishni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
Rahbariyat kengashining, harbiy-tibbiy komissiyaning, butlash komissiyasining, hududiy komissiyaning va hududiy tibbiy komissiyaning qarorlari (xulosalari) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin”;
8) 21-modda:
birinchi qismidagi “tuman (shahar) chaqiruv komissiyasining” degan so‘zlar “hududiy komissiyaning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushbu modda ikkinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan chaqiriluvchilar o‘z roziligi va ota-onasining (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning) roziligi bilan harbiy xizmatga chaqirilish muddati kechiktirilmagan holda chaqirilishi mumkin”;
to‘rtinchi — yettinchi qismlari tegishincha beshinchi — sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “Umumta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida” degan so‘zlar “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 38-moddaning birinchi qismidagi “tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari” degan so‘zlar “hududiy komissiyalar va tuman (shahar)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 46-moddaning ikkinchi qismidagi “tuman (shahar) chaqiruv komissiyalarining” degan so‘zlar “hududiy komissiyalarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) quyidagi mazmundagi VIII1 bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
“VIII1. Harbiy xizmatchilarning, oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarining (tinglovchilarining), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslarning moddiy javobgarligi
481-modda. Harbiy xizmatchilarni, oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlarini (tinglovchilarini), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarni va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslarni moddiy javobgarlikka tortish shartlari
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarish chog‘ida harbiy mol-mulkka (Qurolli Kuchlar tasarrufidagi harbiy obyektlarga, binolar va inshootlarga, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, jangovar va boshqa texnika, o‘zga moddiy-texnik vositalar va pul mablag‘lariga (qimmatliklarga) yetkazilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri haqiqiy zarar uchun moddiy javobgarlikka tortiladi.
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar, agar zarar komandirning (boshliqning) buyrug‘ini bajarish yoxud asosli xizmat yoki xo‘jalik tavakkalchiligi yoki boshqa qonuniy harakatlar natijasida yetkazilganda moddiy javobgar bo‘lmaydi.
Harbiy xizmat majburiyatlarini (xizmat majburiyatlarini) bajarmayotgan paytda moddiy zarar yetkazgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar fuqarolik qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
482-modda. To‘liq moddiy javobgarlik
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar o‘z aybi bilan harbiy mol-mulkni talon-toroj qilgan, kamomadga yo‘l qo‘ygan, behuda sarflagan, yo‘qotgan, qasddan yo‘q qilgan, shikastlagan, ishdan chiqargan, qonunga xilof ravishda sarflagan hollarda yetkazilgan zarar uchun yoki qasddan sodir etilgan boshqa xatti-harakatlar (harakatsizlik) tufayli yetkazilgan zarar uchun, ularda jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi alomatlari borligidan qat’i nazar, moddiy javobgar bo‘ladi.
Valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda boshqa maishiy-ro‘zg‘or buyumlarining va bunday buyumlar parchalarining talon-toroj qilinishida, kamomadida hamda normativlardagidan ortiq yo‘qotishlarida aybdor bo‘lgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar qonunchilikka muvofiq moddiy javobgar bo‘ladi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar o‘z aybi bilan vagonlarning, avtomobillarning va boshqa transport vositalarining bekor turib qolishi tufayli yetkazilgan zarar uchun yetkazilgan zararga teng miqdorda moddiy javobgar bo‘ladi.
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar o‘z aybi bilan jismoniy va yuridik shaxslarga zarar yetkazgan taqdirda, agar zararning o‘rni qonunchilikka muvofiq Qurolli Kuchlar tomonidan qoplangan bo‘lsa, Qurolli Kuchlar tomonidan qilingan xarajatlarning o‘rnini davlatga qoplashi shart.
Xizmatchilarni (ishchilarni) qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatishda yoki boshqa ishga o‘tkazishda aybdor bo‘lgan komandirlar (boshliqlar) majburiy progul vaqti yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarish vaqti uchun ortiqcha haq to‘lanishi munosabati bilan, shuningdek qonunchilikni buzganlik yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi komandirning (boshliqning) yoki sudning xizmatchini (ishchini) ishga tiklash to‘g‘risidagi qarorini bajarishni asossiz ravishda kechiktirganlik uchun yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini davlatga qoplaydi.
483-modda. Cheklangan moddiy javobgarlik
Quyidagi hollarda komandirlar (boshliqlar) yetkazilgan zarar miqdorida, biroq bir oylik pul ta’minoti maoshidan ortiq bo‘lmagan miqdorda moddiy javobgarlikka tortiladi:
harbiy mol-mulkni hisobga olishning, saqlashning, undan foydalanishning, uni sarflash va tashishning belgilangan tartibini buzadigan farmoyish berganda;
harbiy mol-mulkning talon-toroj qilinishi, kamomadi, yo‘q qilinishi, shikastlanishining va buzilishining oldini olishga doir zarur choralar ko‘rmaganlik zarar yetkazilishiga sabab bo‘lganda;
aybdor shaxslar tomonidan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash choralarini ko‘rmaganda.
484-modda. Zararning miqdorini aniqlash va zararni undirish tartibi
Moddiy zarar (moddiy va pul mablag‘larining (qimmatliklarning) talon-toroj qilinganligi, kamomadi, behuda sarflanganligi, yo‘qotilganligi, yo‘q qilinganligi, shikastlanganligi, ishdan chiqarilganligi, ulardan qonunga xilof ravishda foydalanilganligi hamda ular qonunga xilof ravishda hisobdan chiqarilganligi faktlari) aniqlaganida komandirlar (boshliqlar) zararning kelib chiqishi sabablarini, miqdorini va aybdor shaxslarni aniqlash uchun belgilangan tartibda tergovga qadar tekshiruvni yoki xizmat tekshiruvini o‘tkazadi.
Agar moddiy zararning sabablari, miqdori va aybdor shaxslar tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov organlari yoki sud tomonidan aniqlangan bo‘lsa, komandir (boshliq) tomonidan tergovga qadar tekshiruv yoki xizmat tekshiruvi o‘tkazilmasligi mumkin.
O‘z aybi bilan moddiy zarar yetkazgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar moddiy zararning o‘rnini harbiy xizmatni (yig‘inlarni) o‘tash davrida yoki rezervga (zaxiraga) bo‘shatilgan yoxud iste’foga chiqarilgandan keyin ixtiyoriy ravishda to‘liq yoki qisman qoplashi mumkin.
485-modda. Moddiy javobgarlikka tortish muddatlari
Harbiy xizmatchilar, oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari), harbiy yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan shaxslar, rezervga (zaxiraga) bo‘shatilganligidan yoki iste’foga chiqarilganligidan qat’i nazar, yetkazilgan zarar aniqlangan kundan e’tiboran uch yil ichida moddiy javobgarlikka tortiladi”;
12) 50-moddaning to‘rtinchi qismidagi “O‘smirlarni chaqiruv uchastkasida qayd etish mudofaa ishlari organlari huzuridagi chaqiruv komissiyalari va tibbiy komissiyalar” degan so‘zlar “Fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish komissiyalari va chaqiruvni o‘tkazish bo‘yicha komissiyalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

Download 44.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling