1 Muommoli amaliy mashg’ulotda ta'lim berish texnologiyasining modeli


Download 58.84 Kb.
Sana28.09.2020
Hajmi58.84 Kb.
#131706
Bog'liq
1-amaliy




1.1. Muommoli amaliy mashg’ulotda ta'lim berish texnologiyasining modeli

Mashg'ulot vaqti-2 soat

Talabalar soni: 20 nafargacha

Mashg'ulot shakli

Bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash bo’yicha muommoli amaliy mashguloti

Amaliy mashg'ulot rejasi

1.Parchin mixli birikmalar to’g’risida ma’ruzada olingan bilimlarni amaliy mashg’ulotda qullashni o’rganish.

2.Parchin mixli birikmalarni hisoblash formulalarini o’rganish.

3.Parchin mixli birikmaga oid masalalar echish.


O'quv mashg'ulotining maqsadi: Parchin mixli birikma haqidagi bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash.

Pedagogik vazifalar:

1.Parchin mixli birikmalar to’g’risida ma’ruzada olingan bilimlarni amaliy mashg’ulotda qo’llashni o’rganish bo’yicha savol javob o’tkazish;

2.Parchin mixli birikmalarni hisoblash formulalarini o’rganish;

3.Parchin mixli birikmaga oid masalalar echish.




O'quv faoliyati natijalari:

1.Parchin mixli birikmalar to’g’risida ma’ruzada olingan bilimlarni amaliy mashg’ulotda qullashni o’rganish bo’yicha savol javob o’tkazadi va talabalarni qisman baholaydi;

2.Parchin mixli birikmalarni hisoblash formulalarini o’rganish bo’yich suhbat va munozara o’tkazadi;

3.Parchin mixli birikmaga oid masalalar echishni o’rganadi;




Ta'lim berish usullari

Tushuntirish, suhbat, muammoli o'qitish, munozara, savol-javob texnikasi, grafikli organayzerlar.

Ta'lim berish shakllari

Ommaviy, guruhlarda ishlash

Ta'lim berish vositalari

O'quv qo'llanma, proektor, flipchart, markerlar, o'kuv topshiriqlari

Ta'lim berish sharoiti

Texnik ta'minlangan, gurhlarda ishlash uchun mo'ljallangan auditoriya

Monitoring va baholash

Og'zaki nazorat: savol-javob

1.2. “Parchin mixli birikmalarni hisoblashmavzusidagi muommoli amaliy mashg'ulotining texnologik haritasi.

Ish

bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni


Ta'lim beruvchi

Ta'lim oluvchilar

Tayyorlov bosqichi

Mavzuni aniqlaydi, ta'limiy maqsadni belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi.

Belgilangan ta'limiy maqsadlarga erishishni ta'minlovchi o'quv topshirqlarini ishlab chiqadi.

Kichik guruhlarda samarali faoliyatni ta'minlash uchun yozma yo'riqnomalarni tayyorlaydi (1-ilova).

Ekspert guruhlar ish natijalarini o'zaro baholash mezonlarini ishlab chiqadi (2-ilova).






1. O'quv mashg'ulotiga kirish bosqichi

(10 daqiqa)

1.1. Mavzu yuzasidan o’tilgan ma’ruza mashg’ulotini qisqacha yodga olib tezkor savol-javob o’tkazadi, talabalarni qiziqtirgan savollariga javob beradi.

1.2. Mashg'ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalarini e'lon qiladi, ularning ahamiyatliligi va dolzarbligini asoslaydi.

1.3. Mavzu bo'yicha asosiy tushunchalarga ta'rif berishni taklif qiladi va shu asosda tezkor-so'rov o'tkazib, talabalarning bilimlarini faollashtiradi (3-ilova).

1.4. Ish guruhlarda o'quv topshiriqlarini bajarish orqali amalga oshirilishini e'lon qiladi. (2-ilova).



Savollarga javob beradi. (Savol beradi).

2. Asosiy bosqich

(60 daqiqa)


2.1. Talabalarning bilimlarini chuquplashtirish maqsadida savollar beradi.(3-ilova)

2.2.Berilgan savollarga tavsiya etilgan texnikalar yordamida javoblarni taqdim etishni tushuntiradi.(4-ilova)

2.2. Parchin mixli birikmalar mavzusiga oid masalalar echishni tushuntiradi. (5-ilova).

2.3. Parchin mixli birikmalar mavzusiga oid masalalar echishda guruhlar faoliyatini kuzatib boradi.




Savollarga javob beradi. Tinglaydilar.Kichik guruhlarga bo'linadi. Topshiriq bo'yicha faoliyat boshlaydi

Muhokama qiladi, fikrlarini umum-lashtirib, takdimot uchun materiallar tayyorlaydi.

Faoliyat natijasini taqdim qiladi.

Tinglaydi. Guruhlar ish natijasini o'zaro baholaydi.



3–Yakuniy bosqich

(10 daqiqa)

3.1.Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladi va guruhlar faoliyatini muhokama qilib baholaydi (2-ilova).

3.2. O'tilgan mavzu bo'yicha uy vazifalarini beradi (6-ilova).



Tinglaydi.

Yozib oladilar.



1-ilova
Guruhlarda ishlash qoidasi

Sherigingizni diqqat bilan tinglang.

Guruhlar ishida o'zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas'uliyat bilan yondashing.

Agar yordam kerak bo'lsa, albatta murojaat qiling.

Agar sizdan yordam so'rashsa, albatta yordam bering.

Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.

Aniq tushunmog'imiz lozim:

boshqalarga o'rgatish orqali o'zimiz o'rganamiz;

biz bitta kemadamiz – yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho'kib ketamiz.


Guruhlar faoliyatini baholash mezonlari 2-ilova


Guruhlar

Ma'lumotning to'liqligi

Maks.0,5 ball


Ma'lumot mazmunining aniq tushuntirilshi

Maks 0,5 ball

Taqdimotning ko'rgazmali tarzda berilishi

Maks. 0,5 ball

Umumiy ball

Maks.1,5 ball


1-guruh













2-guruh













3-guruh













4-guruh












3-ilova

Ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash va talabalar bilimini chuqurlashtirish maqsadida berilayotgan savollar:

1.Birikmalar to’g’risida umumiy tushunchanggizni ayting.



2.Parchin mixli birikmalarni qanaqa turlarini bilasiz?

3.Parchin mixli birikmalarni hisoblashda nimalarni e’tiborga

olish kerak deb o’ylaysiz?



4.Parchin mixli birikmalarni qanday materiallardan tayyorlash mumkin?

5.Parchin mixli birikmalarning afzalliklari, kamchiliklari va ishlatilish joylari haqida nimalarni bilasiz?

Har bir guruhga savollarni muhokama qilishda va o’z fikrlarini himoya qilishda qo’llaniladigan texnika va sxemalar.

(“Nima uchun?, “Klaster”, “FSMU” texnologiyasi.)



4-ilova

«Nima uchun?» sxemasi


«Nima uchun?» sxemasini tuzish qoidalari

1. Qanday piktogrammadan: aylana yoki to'g'ri to'rtburchakdan foydalanishingizni o'zingiz hal etasiz.

2. Mulohazalar sxema zanjiri turini: chiziqli, nochiziqli, spiralsimon (dastlabki holatni markazga yoki chetga joylashtirib) bo'lishligini o'zingiz tanlaysiz.

3. Strelka sizning qidiruv yo'nalishingizni belgilaydi: dastlabki holatdan so'ngi natija.

FSMU texnologiyasi




(F) – fikringizni bayon eting.

(S) – fikringiz bayoniga biron sabab kо‘rsating.

(M) – kо‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring.

(U) – fikringizni umumlashtiring.

Ushbu texnologiya tinglovchilarni mustaqil fikrini himoya qilishga,

erkin fikrlash va о‘z fikrini boshqalarga о‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishga, ularning qay darajada egallaganini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga о‘rgatadi.



Parchin mixli birikmalarni hisoblashda nimalarni e’tiborga

olish kerak deb o’ylaysiz?

F Fikringizni bayon eting.

S Fikringiz bayoniga biror sabab kо‘rsating.

M Kо‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring.

U Fikringizni umumlashtiring.


Quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich bо‘ysunib boradigan “Qanday?” diagrammasi





«Qanday?» diagrammasini tuzish qoidalari

1. Kо‘p hollarda sizga muammolarni hal etishda «Nima qilish kerak?» degan savol haqida о‘ylashga hojat bо‘lmaydi. Muammo asosan «Buni qanday qilish kerak?» qabilida bо‘ladi. «Qanday?» - muammoni hal etishda asosiy savol hisoblanadi.

«Qanday?» iyerarxiya diagrammasi muammo haqida yaxlit umumiy tasavvurga ega bо‘lish uchun imkon beradigan savollar mantiqiy zanjiri kо‘rinishida bо‘ladi.

Ketma-ket ravishda «Qanday?» savolini qо‘yish orqali siz muammoni hal etishning barcha imkoniyatlarini tadqiq etibgina qolmay, balki ularni amalga oshirish usullarini ham о‘rganasiz.

Diagramma strategik darajadagi savol bilan boshlanadi. Muammoni hal etishning pastki (quyi) darajasi birinchi navbatdagi harakatlar rо‘yxatiga mos keladi.

2. О‘ylamasdan, baholamasdan va ularni о‘zaro solishtirmasdan turib tezlik bilan barcha g‘oyalarni yozish lozim bо‘ladi.

3. Diagramma hech qachon tugallanmaydi: unga yangi g‘oyalarni kiritish mumkin bо‘ladi.

4. Agarda savol sxemada bir qancha «shoxlar»da qaytarilsa, demak, u nisbatan muhimdir. U muammoni hal etishda muhim qadami bо‘lishi mumkin.

5. Yangi g‘oyalarni grafik kо‘rinishda qayd etishni о‘zingiz hal eting: daraxt yoki kaskad kо‘rinishida, yuqoridan pastga yoki chapdan о‘ngga. Eng muhimi – shuni esda tuting: nisbatan kо‘p miqdordagi foydali g‘oyalar va muammo yechimlarini topishga imkon beradigan usul eng maqbul usul hisoblanadi.

6. Agarda siz tо‘g‘ri savol bersangiz va optimist bо‘lsangiz, u holda diagramma (texnika) har qanday muammo yechimini topib berishni kafolatlaydi.

Parchin mixli birikmalarni qanday turdagi birikmaga kiradi?

Nima uchun?

Nima uchun?
Chunki ular ajralmaydigan birikmalarga kiradi.

Parchin mixlar yordamida ajralmaydigan birikmalar tayyorlash mumkin.

Parchin mixlar yordamida detallarni ajralmaydi-gan qilib biriktirish mumkin.

Nima uchun?

Nima uchun?
Parchin mixlarni sindirmasdan turib ajratib olib bo’lmaydi.

Sindirib yoki kesib olmasdan turib ajratib bo’lmay-digan birimalar ajralmas birikmalar deyiladi.


Parchin mixli birikmalarni qanaqa turlarini bilasiz?


Yarim doiraviy kallakli parchin mix- bular asosan kuchaytirilgan va kuchaytirib–zichlantirilgan birikmalarga ishlatiladi

Yarim yashirin kallakli parchin mixlar- bular asosan qalinligi 4mm gacha bo'lgan detallarni birlashtirish uchun ishlatiladi.



Parchin mixli birikmalarni turlari



Tekis kallakli parchin mixlar- bular asosan ko'p zanglaydigan joylarda ishlatiladi

Yashirin kallakli parchin mixlar- bular asosan bug' qozonlarida ishlatiladi.



Ichi g'ovakli parchin mixlar, bular og'irligi kam bo'lgan joylarda ishlatiladi.


(5-ilova).
Tushuntirish uchun echib ko’rsatiladigan o’quv topshirig’i.

Q=15T cho’zuvchi yuklanishni ko’taradigan metal konstruktsiya elementi diametri d=20mm (F=3,14sm2 ) bo’lgan ettita parchin mix bilan biriktirilgan ikki metal varaqdan yasalgan. Metal varaqning kesimi 180x10mm. Metal varaq Po’lat.3, parchin mixlar esa Po’lat.2 markali po’lat materialidan tayyorlangan bo’lsa, birikmaning mustahkamligi tekshirilsin(1-shakl).

(Нима учун?, “Балиқ скелети”, “Қандай?”)



Birikmaning mustahkamligi tekshirilsin.




Qanday?
Teshiklar o’yib teshilgan deb faraz qilsak, Po’lat 3 va Po’lat 2 materiali uchun ezilishdagi hamda kesilishdagi ruxsat etilgan kuchlanishni quyidagicha qabul qilamiz:

[τ]kes=0,7∙[G]cho’z=0,7∙1500=1050kg/sm2

[G]ez=1,7∙[G]cho’z=1,7∙1500=2550kg/sm2

Qanday?


Buning uchun ruxsat etilgan kuchlanishni qiymatini aniqlaymiz

Po’lat 2 materiali uchun cho’zuvchi kuchlanishni ruxsat etilgan kuchlanish [G]=1500kg/sm2(1-jadval).


Qanday?

Qanday?


Po’lat 3 materiali uchun oquvchanlik chegarasi Goq=24kg/mm2(1-jadval) xavfsizlik koeffitsienti n=1,5 deb qabul qilib ruxsat etilgan cho’zuvchi kuchlanishni quyidagicha topamiz: [G]cho’z=

2400⁄1.5=1600kg/sm2



Ishlash davridagi kuchlanishni aniqlaymiz:

  1. Parchin mixlarni kesuvchi kuchlanish

τkes=Q/i∙F=1500/7∙3,14=685kg/sm2‹1050kg/sm2;

b) varaq va parchin mixlarni ezuvchi kuchlanish

Gez=Q/i∙δ∙d=1500/7∙1∙2=1070kg/sm2‹2550kg/sm2




Qanday? Qanday?
Xulosa.Birikma berilgan kuchlanishdan kattaroq kuchlanishga chiday olar ekan.



Birinchi guruh uchun 1-raqamli о‘quv topshirig‘i

Q=10T cho’zuvchi yuklanishni ko’taradigan metal konstruktsiya elementi diametri d=16mm (F=2,8 sm2 ) bo’lgan ettita parchin mix bilan biriktirilgan ikki metal varaqdan yasalgan. Metal varaqning kesimi 140x10mm. Metal varaq Po’lat.3, parchin mixlar esa Po’lat.2 markali po’lat materialidan tayyorlangan bo’lsa, birikmaning mustahkamligi tekshirilsin(1-shakl).





Ikkinchi guruh uchun 2-raqamli о‘quv topshirig‘i

Q=20T cho’zuvchi yuklanishni ko’taradigan metal konstruktsiya elementi diametri d=22mm (F=4 sm2 ) bo’lgan ettita parchin mix bilan biriktirilgan ikki metal varaqdan yasalgan. Metal varaqning kesimi 180x10mm. Metal varaq Po’lat.3, parchin mixlar esa Po’lat.2 markali po’lat materialidan tayyorlangan bo’lsa, birikmaning mustahkamligi tekshirilsin(1-shakl).







Uchinchi guruh uchun 3-raqamli о‘quv topshirig‘i

Q=30T cho’zuvchi yuklanishni ko’taradigan metal konstruktsiya elementi diametri d=26mm (F=4 sm2 ) bo’lgan ettita parchin mix bilan biriktirilgan ikki metal varaqdan yasalgan. Metal varaqning kesimi 200x15mm. Metal varaq Po’lat.3, parchin mixlar esa Po’lat.2 markali po’lat materialidan tayyorlangan bo’lsa, birikmaning mustahkamligi tekshirilsin(1-shakl).







To’rtinchi guruh uchun 4-raqamli о‘quv topshirig‘i

Q=40T cho’zuvchi yuklanishni ko’taradigan metal konstruktsiya elementi diametri d=30mm (F=8 sm2 ) bo’lgan ettita parchin mix bilan biriktirilgan ikki metal varaqdan yasalgan. Metal varaqning kesimi 220x20mm. Metal varaq Po’lat.3, parchin mixlar esa Po’lat.2 markali po’lat materialidan tayyorlangan bo’lsa, birikmaning mustahkamligi tekshirilsin(1-shakl).




Uyga vazifa 6-ilova
Diametri D=1470 mm va ichidagi bug’ning bosimi monometr bo’yicha P=12 at bo’lgan bug’ qozonining choki tekshirilsin. Varaq va ustquymalarni materiali uchun Gm=3800kg/sm2. Chokning konstruksiyasi quyidagi shaklda keltirilgan.

Download 58.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling