1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot. Ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap


Download 354.5 Kb.
bet1/41
Sana08.11.2021
Hajmi354.5 Kb.
#438248
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Murakkab qo’shma gap
uxui dizayn, Z. rahmonqulova, Basketbol to'garak-1, Mahmudov M, 5-мустақил иш, 10 Plans! 140820004453, NodeJS, fazoda yugri chiziq va tekislik, 10-dars, adabiyotshunoslik.mus.ish, adabiyotshunoslik.mus.ish, Old english, 6- sinf test, Орфография её значение, ТЕМА №23

Murakkab qo’shma gap

Reja


 

1. Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot.

2. Ergashish yo’li  bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap.

3. Bog’lanish yo’li  bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap.

4. Bo’lovchi vositalarsiz tuzilgan murakkab qo’shma gap.

5. Aralash murakkab qo’shma gap.

1.Murakkab qo’shma gap xaqida ma’lumot.

 

Ikkitadan ortiq sodda gaplarda tuzilgan qo’shma gap murakkab qo’shma gap deyiladi. Masalan: shunday bir vaqt bo’larki, lochinlar havoga uchajaklar, xalq ozod bo’lajak. Murakkab  qo’shma gap tarkibidagi sodda o’zaro turlicha munosabatda bo’ladilar. Shunga ko’ra, murakkab qo’shma gaplar quyidagicha ko’rinishlarga ega.



 

 2. Ergashish yo’li bilan tuzilgan qo’shma gap.

 

Murakkab  qo’shma gapning bu turida ergash gap bir necha bo’lib, ular bitta bosh gapga tobelanadi. Qo’shma gapning bu turi bir necha ergash gapli qo’sh gap deb ham yuritiladi.



Masalan: Yomg’ir tinsa, havo ochilib ketsa, biz maktab bog’idagi mevali daraxtlarni butaymiz.

Tashqari hovli yorug’ bo’lsa-da, eshik yopilgani uchun, derazamiz xujra qop-qorog’I bo’ladi.

Murakkab  qo’shma gapda ergash gaplarning bosh gapga bog’lanish usuli 2 xil:

1. Birgalik ergashish.

2. Ketma-ket ergashish.

1. Birgalik ergashish

Qo’shma gap tarkibidagi ergash gaplarning har biri gapga to’g’ridan -to’g’ri bog’lansa, birgalik ergashish deyiladi.

Masalan: mana bu kanal bitsa, yangi er ochilsa, paxta ham ko’payadi.

Ergash gaplarning turiga ko’ra, bu murakkab qo’shma gap ikki xil bo’ladi.

1.                 Bir tipdagi birgalik ergashish.

Bunda ergash gaplar bir tipli bo’ladi. Ularning har biri bosh gapning ma’lum bir bo’agini bir xilda izohlaydi, aniqlaydi, to’ldiradi. Ular bir xil so’roqqa javob bo’ladilar. Bunday ergash gaplar uyishgan ergash gaplar deyiladi.

Masalan: nargizaninig sevimlisi qancha uzoqda bo’lmasin, bu savdo qancha qiyin bo’lmasin, bu yol qancha mashaqqatli bo’lmasin, u o’z yuragidagi olijanob sevgi tantanasiga qattiq ishonadi. (SH.R)

Qo’shma gap tarkibida ergash gapning har bir turi uyishib kelishi mumkin.

Masalan:

1) Shart ergash gapning uyishib kelishiga:

Mening kolxozimda olimlar tajriba yasasa, keyin-keyin bundan hamma foydalanilsa, kishining obro’sa bu. (O)

2) To’ldiruvchi ergash gaplarning uyishib kelishiga:

Ko’ryapsiz-ku, xaq joyiga qaror topadi, noxaq jazosini topadi. (Sh.R)

3) Sabab ergash gaplarning uyishib kelishiga:

Ekinzorlarda qumzorlardagidek toyg’oq yo’q edi, shamol ham orqadan esardi, shuning uchun uyga qarab borishim uncha qiyin emasdi.  (S.A)

4) Payt ergash gaplarning uyishib kelishiga:

O’zbekiston Respublikasi mustaqil bo’lgandan keyin, butun milliy boyliklar xalqqa teggach, o’zbek xalqi ham erkin nafas oldilar.

5) To’siqsiz ergash gapning uyushib kelishiga:

Million ishlar o’tganda ham, toshga yo’nilgan xatlar o’chib ketganda ham, xalq qahramonlari kishilarning qalbidan o’chmaydi.

2.                 Turli tipdagi birgalik ergashish.

Bunda ergash gaplar turli tipli bo’ladi. Ularning har biri bosh gapdagi bo’laklari turli tomondan izohlaydi, to’ldiradi/ ularning so’roqlari ham turli xildir. Bunday ergash gaplar uyushmagan ergash gaplar deyiladi. Masalan: Havo ocjilib turgan bo’lsa ham, belgilangan tadbirimiz amalgam oshsin deb, ekskursiyani  o’tkazishga axd qildim.

3.                 Ketma-ket ergashish.

Bunda qo’shma gap tarkibidagi ergash gaplar bosh gapga to’g’ridan-to’g’ri bog’lanmay, biri ikkinchisiga tobeylanib, so’ng birgalikda bosh gapga tobelanadi.

Masalan:

Ovqat tanavvul qilinarkan, suhbat jiddiylashib, so’zning kalavasi chuvalmasdan sug’irilaverdi.

   

 

3. Bog’lanish yo’li  bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap.



 

Bog’lanish yo’li  bilan tuzilgan murakkab qo’shma gaplarda soda gaplar o’zaro bog’lovchi vazifasidagi so’zlar yordamida birikadilar.

Bunday murakkab qo’shma gaplar mazmunan bog’langan qo’shma gaplardan farq qilmaydilar. Farq faqat soda gaplarning miqdirida boladi bo’ladi, ya’ni ikkitadan ortiq sodda gap gap qatnashadi.

Masalan: Bahor keldi, lekin havo uncha ochilganicha yo’g’u, daraxtlar kurtak ota boshladi.

 

 

4. Bog’lovchi vositalarsiz tuzilgan murakkab qoshma gap.



 

Bog’lovchi vositalarsiz tuzilgan murakkab qoshma gap o’z tarkibidagi soda gaplarning o’zaro bog’lanish usuli, sodda gaplarning tuzilishi va semantik munosabati jihatdan qo’shma gapdan farq qilmaydi. Faqat soda gaplarning o’zaro munosabati murakkabroq bo’ladi.

Masalan: Bir tomonda qo’ylar so’yildi, =ozon osildi, tandirlar qizidi, sermoy sho’rva, issiq zog’ara tayyor qilindi. (S.A)

5.  Aralash murakkab qo’shma gap.

 

Aralash murakkab qo’shma gap bir necha ko’rinishga ega.



1. Bog’lanish va ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap.

Masalan: Bahor keldi, ammo havo hali ancha sovuq edi, chunki bu yil qish bir oz cho’zilib ketdi.

2. Bog’lanish yo’li bilan va bog’lovchisiz munosabatga kiritish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap. Bunday aralash gaplarda sodda gaplarning o’zaro munosabatli turlicha bo’ladi.

Masalan: Tuproq semiz, suv yaxshi, havosi ochiq, quyosh esa yil bo’yi bu erga oshiq. (Sh).

Bunda 1,2,3 –gaplar o’zaro intonatsiya, to’rtinchisi bilan esa bog’lovchisi yordamida bog’langan. Bularda solishtirish munosabati ifoda qilingan. Har uch munosabat: bog’lanish yo’li bilan, ergashish yoli bilan va bo’lovchisiz munosabatga kirishish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap.

Masalan: o’rtoq Holnazarov, ovqatga ishtahasi bo’lmay, chalqancha yotib papiros tortar ekan, u ko’z oldidan g’alati manzaralarni o’tkazdi va toliqqan ko’zlari uyquga ketdi, tushiga ham shu manzaralar kirdi. (S.A).



Download 354.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling