1-mustaqil ish


Download 108.6 Kb.
bet1/2
Sana12.06.2020
Hajmi108.6 Kb.
#117796
  1   2
Bog'liq
1-mustaqil ish


1-mustaqil ish

2013 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan «bir darcha» rejimida faoliyat ko’rsatmoqda. Yagona portal davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko’rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. Yagona portalning asosiy vazifalari: foydalanuvchilarga davlat organlariga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish; foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tsohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash; foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o’zaro hamkorligi tsamaradorligini oshirish; davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to’siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish; «elektron hukumat»ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko’maklashish. Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchining shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo’ljallangan. Yagona portal orqali foydalanuvchiga bir tomonlama va ikki tomonlama shakldagi interaktiv davlat xizmatlari, shuningdek davlat organlari tomonidan ko’rsatiladigan tranzaksion xizmatlar ko’rsatiladi. 2017 yil 1 fevral holatiga ko’ra, portalga kelib tushgan murojaatlar soni 1036278 tani tashkil etdi. 2013 yilda yana bir portal «E-kommunal.uz» ishga tushdi. Bu portal uy-joy kommunal xizmatlari sohasidagi umumiy axborot infratuzilmasi bo’lib, u aholi, nazorat organlari va uy-joy mulkdorlari shirkatlari, shuningdek, kommunal xizmatlar o’rtasida axborot almashinuvini soddalashtiradi. Portal orqali foydalanuvchilar kommunal xizmatlarining amaldagi tariflari bo’yicha elektron kalьkulyator yordamidan foydalanishlari, shaxsiy xisob raqamlarini kiritib, balanslarini tekshirib olishlari, qarzdorlik mavjud bo’lgan hollarda to’lovni onlayn usulda amalga oshirishlari mumkin. 2016 yil holatiga ko’ra saytga 2518 ta murojaat kelib tushgan.2 Bugungi kunda statistika, soliq va boshqa moliyaviy hisobotlarni tadbirkorlik sub’ektlaridan elektron ko’rinishda yig’ish va qayta ishlash tizimi ham tobora rivojlanib bormoqda. Xususan, Davlat soliq qo’mitasining «soliq.uz» saytidan har qanday soliq to’lovchi – yuridik va jismoniy shaxslar – maslahat olishi, elektron ko’rinishda soliq hisoboti yoki daromadlar haqida deklaratsiya topshirishi, o’z STIRini tasdiqlatishi mumkin. Bugungi kunda davlat statistika qo’mitasi rasmiy sayti www.stat.uz orqali 11 ta interaktiv davlat xizmatini ko’rsatmoqda. Davlat statistika hisobotlarini elektron shaklda taqdim etish, O’zbekiston Respulikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning amalda qaror topgan asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari to’g’risida axborotlar taqdim etish, korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri bo’yicha axborotlarni taqdim etish, davlat statistika hisobotlari shakllari blankalarini taqdim etish, statistik klassifikatorlar bo’yicha axborotlar taqdim etish va shu kabi boshqa xizmatlar shular jumlasidandir. Hozirgi kunda davlat organlarida foydalanuvchilarni qiziqtirishi mumkin bo’lgan ulkan axborot resurslari massivlari shakllangan. Davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan axborotlarini ochiq ma’lumotlar sifatida e’lon qilinishi ochiq davlat boshqaruvining asosidir. Ochiq ma’lumotlarning e’lon qilinishi va ulardan foydalana olish imkoniyatining yaratilishi tufayli davlat organlari faoliyatining shaffofligi, jamoat nazoratini amalga oshirish imkoni, shuningdek jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar yaratilishi ta’minlanadi. Davlat organlari faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar va axborotlarni ochiq ma’lumotlar ko’rinishida e’lon qilinishi ulardan turli axborot resurslarini shakllantirishda manbaa sifatida va axborot tizimlarini, shuningdek, ham davlat organlari, ham tadbirkorlik sub’ektlari uchun xizmat va ilovalar yaratishda foydalanish mumkin. Internet tarmog’ida ochiq ma’lumotlar uchun "yagona nuqta" vazifasini bajaruvchi O’zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portali ishga tushirilgan bo’lib, uning asosiy maqsadi qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos formatlarda davlat organlari faoliyati to’g’risida ma’lumotlarni taqdim etishdan iborat. Portal O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 avgustda qabul qilingan 232-son qarori asosida faoliyat yuritadi. Bugungi kunga kelib, portaldagi ma’lumotlar soni 2216 tani, ma’lumotni portalga taqdim etgan tashkilotlar soni 120 tani tashkil etib, 737757 ta fayl foydalanuvchilar tomonidan yuklab olingan.3 Aholining huquq ijodkorligi jarayonidagi ishtiroki fuqarolik jamiyatining o’ziga xos belgisidir. Bugungi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiyasi texnologiyalari har bir fuqaroga davlat boshqaruvida ishtirok etishning deyarli barcha bosqichlarida qatnashish imkonini yaratib bera oladi, huquq ijodkorligi ham shular jumlasidandir. Mamlakatimizda so’nggi yillarda davlat boshqaruvini demoklashtirish va fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilgan loyixalar qatoriga O’zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi Regulation.gov.uz portalini misol keltirish mumkin.

Elektron hukumat tizimining mamlakatda muvaffaqiyatli amalga

oshirilganligini quyidagi 4 ta maqsadlarning bajarilganligi asosida

baho berish mumkin:

- Onlayn hukumat xizmati

- Qog’ozsiz hukumat

- Bilimga asoslangan hukumat

- Shaffof hukumat

Ushbu to’rtta maqsadlarga erishish uchun elektron hukumat tizimi hukumatning bir necha darajalarida tashkillashtirilgan bo’lishi lozim. Hukumat boshqaruvining har bir darajasida bajariladigan 3 ta asosiy vazifalar mavjud: (1) innovatsion fuqaro xizmatlari (G2C); (2) innovatsion

biznes xizmatlari (G2B); (3) innovatsion hukumat ichidagi ishlari (G2G, G2E). Elektron hukumatining bir necha qirralari mavjud va foydalanuvchilar va ularning o’zaro munosabatlari asosida quyidagicha xarakterlanadi. - Davlatfuqarolarga (G2C) fuqarolar turli ma’lumotlar, xizmatlar va boshqa imkoniyatlar bilan ta’minlanadilar. - Davlatbiznesga (G2B) hukumat va biznes o’rtasidagi munosabatlar va o’zaro bir qator aloqalarni ta’minlaydi. - Davlatdavlatga (G2G) davlat ichida ѐki davlat idoralari o’rtasidagi turli axborotlarni almashish va hamkorlikni qo’llab-quvvatlashni ta’minlash.

- Davlatxodimlarga (G2E) ichki jaraѐnlarini soddalashtirish va fuqarolik xizmati, davlat va uning xodimlari o’rtasidagi aloqa boshqaruvini osonlashtirish orqali unumdorligini oshiradi. Fuqarolar bilan o’zaro munosabati nuqtai nazaridan va ko’rsatilaѐtgan xizmatlar ko’rinishi jihatidan elektron hukumat tizimi xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha mantiqan ikki qismga ajratilishi mumkin: ofis-oldi va ofis-orqasi. Elektron hukumat tizimi turli xizmatlarni ko’rsatishning ofis-oldi ko’rinishida xizmatlarni yetkazib berish, axborot va xizmatlarini yetkazib beruvchilarni ko’rishi, davlat bilan fuqaro va biznes o’zaro munosabatlarini ko’rish va boshqarishni anglatadi. G2B hukumat va biznes o’rtasida turli operatsiyalarni o’z ichiga oladi, G2C esa, fuqarolarga axborot tarqatishni va davlat xizmatlarini yetkazib berishni o’z ichiga oladi. AKT asosida faollashtirilgan G2C xizmatlar hukumat tomonidan axborot almashish tizimi va fuqarolar uchun bir-oyna onlayn portali orqali axborot va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun imkoniyat yaratuvchi ilovalar orqali yetkazib beradi. Bunday portal fuqarolar uchun quyidagi xizmatlarni taqdim etishi mumkin2: - Turli ruxsatnomalar/litsenziyalar va sertifikatlar berish;

- Qonun/ma’muriy ogohlantirishlar va tegishli qonunlar haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash;

- To’lov xizmatlari, soliqlarni qaytarish va ijtimoiy kommunal to’lovlar;

- Elektron maslahat, elektron muxokama, elektron saylov orqali davlat ishlarida ishtirok etish imkoniyatlarini berish.

Fuqaroga yo’naltirilgan portalni va jamoat ma’lumotlarini almashish tizimini, jamoatni boshqarish, yashovchilarni xisobga olish, ko’chmas mulk xisobi, avtomashinalarni ro’yxatga olish, soliq va sug’urtalarkabi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan asosiy ma’lumotlar bazasini yaratish va ularni bir-biriga bog’lash ishlarini amalga oshirish. Elektron G2B xizmatlar korporativ fuqarolik ma’muriy ishlar, sanoat axborot ta’minlanishi va turli soliq va davlat to’lovlari uchun xaridlar, taklif va mukofotlar, to’lov xizmatlar, elektron operatsiya xizmatlarini o’z ichiga oladi. Boshqa xizmatlardan farqli, quyidagi AKT ilovalar samarali elektron G2B xizmatini yetkazib berish uchun talab etiladi:

- Integratsiyalashgan elektron xaridlar tizimida ro’yxatga olish, tender, shartnoma va barcha xaridlari bilan bog’liq jaraѐnlar, yagona-oyna davlat xaridlari tizimi orqali amalga oshiriladi.

- Elektron bojxona tizimi - import va eksport jaraѐnlaridagi bojxona boshqaruvini qog’ozsiz amalga oshirish hamda bojxona tomonidan noqonuniy xizmatlarni ko’rsatishga qarshi vosita deb belgilab beradigan tizim.

- Elektron savdo tizimi tovarlar va xizmatlar savdosini qo’llab- quvvatlovchi onlayn tizim.

Ofis-orti xizmatlari. Asosan xukumat asosiy jaraѐnlarini, jamoatchilik uchun ko’rinmasligi va bir davlatning ichki jaraѐnlarini o’z ichiga oladi. Davlatlarda elektron hukumatni amalga oshirish bir necha ofis-orti tizimlari islohotlari bilan hamohang ravishda olib borilishi lozim.

Elektron hukumatda bunday islohotlar elektron hukumat tizimi muvaffaqiyatli bo’lishi uchun zarur omillar xisoblanadi. Elektron G2G ichki xizmatlarni yetkazib berish jaraѐnlarini soddalashtirish va samaradorlikni oshirish uchun xizmat qiladi. Mos ravishda AKTdan foydalanish orqali davlat ish jaraѐnlari quyidagi natijalarga ega bo’lishi kutiladi:

- Markaziy va maxalliy davlat tashkilotlari xisobot tizimlarining bog’langanligi tizimning to’g’ri va aniq ravishda so’rovlarni qabul qilishiga

olib keladi;

- Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarning alamashishi xizmat

ko’rsatuvchi tizim samaradorligini oshishiga sababchi bo’ladi;

- Davlat organlari orasidagi g’oya va resurslarni o’zaro ishlatish;

- Onlayn hamkorlik tizimi orqali qaror qabul qilishda hamkorlik qilish.

Davlat idoralarida hujjat aylanishini elektronlashtirish va hukumatning qog’ozsiz amaliѐtlar tomon harakati G2Gning asosiy tashabbusi xisoblanadi. Elektron xujjat almashinuvini kiritish ma’lumortlarni tezroq, ko’proq, samarali, xavfsiz va ishonchli boshqaruvi asosida amallarni bajarishga olib kelishi kutilmoqda. Quyida Koreya Respublikasida G2G xizmatlariga misol keltirish mumkin.

AKT sohasining iqtisodiyotdagi salohiyatiga qarab, u yoki bu davlatning rivojlanish darajasiga baho berish mumkin. Jahondagi juda ko‘plab davlatlar hukumatlari tomonidan AKT milliy iqtisodiyot, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning o‘sishi va rivojlanishida, shu sohadagi loyihalarni chuqurlashtirishda muhim omil bo‘lishi tan olingan.



O‘zbekistonda ham dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlari singari AKT sohasini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda AKT sohasining me’yoriy-huquqiy asosini shakllantirish, sohadagi boshqaruv va ijro organlari ishlarini takomillashtirish, AKTni rivojlantirish va uni iqtisodiyotning barcha sohalariga tatbiq qilish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Bu sohadagi keng miqyosli o‘zgarishlarda, ko‘plab loyihalarning nihoyasiga yetkazilganligida o‘z aksini topmoqda. AKTni rivojlantirish uchun birinchi navbatda, ushbu sohaga yetarli miqdorda sarmoya kiritish, sohaning xizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘laridan samarali foydalanish va ularni o‘zlashtirish, yangi va ustuvor loyihalarni moliyalashtirish dolzarb amallardan biridir.

Masala naqadar muhimligi hisobga olingan xolda hamda AKT sohasini rivojlantirish, ustuvor ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyixalar, axborot texnologiyalar, ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, sohaga sarmoyalarni kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 23 iyundagi hamda 2002 yil 30 maydagi Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 28 avgustdagi hamda 2002 yil 23 sentabrdagi qarorlariga asosan O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi qoshida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan edi.

Bu muhim voqeaga ham 10 yil bo‘ldi. Bu yil Jamg‘arma o‘zining qutlug‘ bayrami — tashkil etilganligining 10 yilligini nishonlaydi. O‘tgan vaqt mobaynida Jamg‘arma tomonidan Respublikamizda aloqa va AKT sohasini rivojlantirish va AKTni iqtisodiyotning turli sohalari va ijtimoiy hayotga tatbiq etish bo‘yicha diqqatga arzigulik va e’tiborli ishlar amalga oshirildi. Avvalo shuni aytish kerakki, o‘tgan vaqt mobaynida (1997-2007 yillar) Jamg‘arma tomonidan jami 31 215,75 million so‘mlik miqdorida mablag‘ yig‘ildi. Bu mablag‘larning yillar davomida tushishining o‘zgarish dinamikasi quyidagi diagrammada ko‘rsatilgan (1997-2007 yillar).

Ushbu chizmadan ko‘rinib turibdiki, yildan-yilga Jamg‘armaga mablag‘larning tushishi ortib bormoqda, lekin 2006 yilda bir nechta uyali aloqa kompaniyalari faoliyati o‘zgarishi va ba’zilarining umuman, faoliyat to‘xtatishi sababli shu yili Jamg‘arma mablag‘larining asosini tashkil etuvchi tushum — litsenziyalardan keladigan tushumlar kamaygan.



Jamg‘armaga 1997-2007 yillar mobaynida mablag‘lar quyidagi manbalardan tushgan:


Download 108.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling