1-Mustaqil ta’lim 12. O‘zbekistonning yirik sanoat shaharlari


Download 15.56 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi15.56 Kb.
#1434300
Bog'liq
1-Mustaqil ta’lim 1.12-javob


1-Mustaqil ta’lim


12. O‘zbekistonning yirik sanoat shaharlari.


O‘zbekistonning yirik sanoat shaharlariga asosan Chirchiq, Olmaliq, Angren, Qo‘qon kabi shaharlar mansub.
Mamlakatimizning yangi sanoat siyosatini amalga oshirishni, birinchi bo‘lib Toshkent viloyatidan boshlaymiz. Bu degani, mavjud tabiiy resurslar negizida yirik, eng zamonaviy jihozlangan korxonalarni tashkil etish, sanoat zonalarida kooperasiya asosida talab yuqori bo‘lgan va raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tarmoqlar o‘rtasida ilm-fan, innovasiya, injiniringni qamrab oladigan sanoat klasterlarini tashkil etish, sanoatning barcha tarmoqlari uchun, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, malakali kadrlarni tayyorlash va tanlash tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Viloyatda kelgusi besh yilda umumiy qiymati 20 milliard dollar bo‘lgan 8 mingta yirik, o‘rta va kichik investisiya loyihalari amalga oshirilib, 180 mingdan ziyod doimiy ish o‘rinlari yaratiladi. Birinchi navbatda, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod, Ohangaron va Yangiyo‘l shaharlari “sanoatning tayanch shaharlari”ga aylantiriladi. Bunda, Olmaliq, Angren va Ohangaronda “yirik mis klasteri” korxonalari tashkil etiladi.
E’tiboringizga bitta raqamni keltirmoqchiman. Nufuzli xalqaro kompaniyalar bilan olib borilgan geologik izlanishlar natijasida, Olmaliqda mis va boshqa xomashyoning 45 million tonnadan ortiq yoki 700 milliard dollarlik yalpi zaxirasi aniqlandi. Bu aniqlangan zaxiralar bo‘yicha biz dunyodagi eng yetakchi davlatlar qatoridan o‘rin egalladik. Shu bois, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan qiymati qariyb 8 milliard dollar bo‘lgan loyiha doirasida 3- va 4-mis boyitish fabrikalari, karyer va mis eritish zavodi qurilib, yiliga 160 million tonna rudani qayta ishlash va 400 ming tonna mis hamda oltin, kumush, molibden ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, Angrenda 160 gektar maydonda yirik sanoat zonasi barpo etiladi. Unda 200 ming tonna mis qayta ishlanib, mis folgasi, akkumulyator, quyosh va shamol energetikasi, elektromobillar uchun butlovchi qismlar hamda tog‘-kon sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va 3 mingta ish o‘rni yaratiladi. Umuman, tashkil etiladigan bu “mis mega klasterida” ishlab chiqarish hajmi 13 milliard dollarni tashkil etib, mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi qariyb 10 foizga yetadi.
Ushbu sanoat shaharlarida yiliga 10 ming yoshlarni bevosita klaster korxonalariga bog‘lagan holda, kasbga o‘qitish va ish bilan ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda, oliy ta’lim va kasb-hunarga o‘qitish Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va klaster korxonalari buyurtmasi asosida tashkil etiladi.
Ohangaron va Pskent tumanlarida rangli metallar zaxiralarini aniqlash va ko‘paytirish bo‘yicha 35 ta geologik izlanishlar amalga oshiriladi va bunga 2 trillion so‘m ajratiladi. Chirchiq va Olmaliq shaharlarini innovasion kimyo sanoati markaziga aylantiramiz. Unda “Ximgrad” iqtisodiy zonasi tashkil etilib, xorijiy investorlar bilan birga, 500 million dollarlik 35 ta loyiha amalga oshiriladi.
Olmaliq shahrida 1 milliard dollar investisiya evaziga, “yashil texnologiyalar” asosida, ammiak, karbamid va ammofos ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi. Ulug‘bek shaharchasida 8 ming talabaga mo‘ljallangan 3 ta oliygoh, ya’ni Rossiyaning Mendeleev kimyo universiteti, Vengriyaning Debresen universiteti va Toshkent kimyo texnologiyalari instituti, nufuzli ilmiy tashkilotlar va laboratoriyalarni o‘z ichiga olgan kimyo-sanoati ilmiy klasteri tashkil etiladi.
Qoʻqon — Fargʻona viloyatida, sharqiy Oʻzbekistondagi shahar. Soʻx daryosi (tarmogʻi) ning quyi oqimida joylashgan. Aholisi — 254 700 nafar (2020-yil). Qoʻqon xonligining poytaxti boʻlgan. Bu shahar Fargʻona viloyatining yirik shaharlaridan biridir.
Qoʻqon qadimdan hunarmandchilik markazi boʻlgan. Qoʻqonda misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqi-machilik, doʻppichilik, kashtachilik, temirchilik, koʻpriksozlik kabilar rivoj topgan. Qoʻqon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Qoʻqon qogʻozi hunarmandchilikning alohida tarmogʻi sifatida nom qozongan. Rus tabiatshunosi A. P. Fedchenkoning taʼriflashicha (1871-yilda), Oʻrta Osiyodagi eng sifatli qogʻoz Qoʻqonda ishlab chiqarilgan. Shahar hayotida savdo muhim oʻrin tutgan va ichki hamda tashqi savdoga boʻlingan. Shahar rus qoʻshinlari tomonidan zabt etilgach, podsho Rossiyasi hukumati bu yerda Rossiya manfaati uchun zarur boʻlgan paxtachilik sanoatini rivojlantirishga ahamiyat berdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlariga kelib shahar va uning atrofida 31 paxta tozalash, 5 yogʻ-moy, 7 pilla quritish va 2 ipak qurti urugʻi zavodlari bunyod etilib, ishchilar soni 3000 kishiga yetgan. Turkiston Umumrossiya tovar muomalasiga tortilishi natijasida bir qancha shaharlar, jumladan, Qoʻqonda ham paxta xarid qilish va uni tashish bilan shugʻullanuvchi rus va chet el shirkatlari („Andreyev shirkati“, „Rossiya jamiyati“, „Kavkaz va Merkuriy“, „Eron savdo-sanoat shirkati“, „Sharqiy jamiyat“ va boshqalar) tashkil qilingan. 1913-yilda Qoʻqonda 5 mingdan ortiq savdo doʻkoni, 44 karvonsaroy, 20 bozor, 10 bank, kasalxona, tugʻruqxona va 2 dorixona ishlab turgan. Xonlik davrida Qoʻqonda 52 madrasa faoliyat qoʻrsatib, ulardan dastlabkisi „Madrasai xishtin“ (1729) boʻlsa, soʻnggi qurilgani „Soʻfiyon“ (1891) madrasasidir. 20-asr boshida Qoʻqonda 120 ta eski maktab, oʻndan ortiq jadid maktabi, 3 ta rus-tuzem maktabi, temir yoʻl va savdo-tijorat maktablari va boshqa oʻquv mas-kanlari bor edi. 20-asrning boshlarida Qoʻqonda „Sadoi Fargʻona“, „Yangi Fargʻona“, „Qoʻqon sadosi“ gazetalari chop etila boshladi. 1917-yilning kuzida Qoʻqonda „Turkiston muhtoriyati eʼlon qilindi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay bu ozodlik harakatining markazi Qoʻqon bolsheviklar tomonidan qonga botirildi (1918-yil fevral). Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha bu qirgʻinda 10 mingdan ziyod kishi qurbon boʻlgan. 1918-yilda Qoʻqonda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi.


Download 15.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling