1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol


Download 19 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi19 Kb.
#184226
Bog'liq
3-seminar topshiriq


1.Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.

2.O’zlikni anglashga intilishning kuchayishi.

3.Mustaqillikning e’lon qilinishi.O’zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.

4.Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo’lidagi sayharakatlar.

5.Mustaqil O’zbekiston davlating yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.


  1. 1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo'jalik yuritish usul o'zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.

Xo`jalik yuritishning ma`muriy buyruqbozlik usuli jamiyatni moddiy-iqtisodiy ahvolini og`irlashtirib qo`ygan edi, allaqachon.

Shu narsa shak-shubxasiz va ochiq-oydindirki, respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko'rsatkichlar bo'yicha Ittifoqdagi o'rtacha darajadan ham ancha orqada bo'lib, mamlakatda ohirgi o'rinlardan birida turibdi.

O'zbekiston har kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha mamlakatda 12-o'rinda turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo'yicha ko'rsatkich esa ittifoqdagi o'rtacha darajadan ikki xissa past.

Sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan respublika mamlakatdan 40 foiz,qishloq xo'jaligidagi mehnat numdorligi jihatidan esa ikki barobar orqada qolmoqda. Respublikada aholi jon boshiga xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish o'rtacha Ittifoq darajasining atigi 40 foizini tashkil etadi.

2. O'zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi,paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog'lomlashtirishni O'zbekistonda dolzarb masala sifatida ko'tarildi.

• 80 yillar o’rtalaridan vaziyat o’zgardi. А.Qodiriy, Cho’pon, Fitrat, Usmon Nosir, М.Sayxzodalarning millarchilik, panislomizm va panturkizmda ayblanib, qatag’on qilinganliklari ochib tashlandi

• 30-40 yillar va 50-yillar boshlarida siyosiy qatag’on qilinib qatl etilgan va qamoqlarga tashlangan xalqimizning asl farzandlari oqlandi. «Chig’atoy gurungi», «Milliy ittihod», «Milliy istiqlol», «Botir gapchilar» singari «aksilinqilobiy guruhlar» vakillari oqlandi

• 1937 -1939 yillarda qamoqqa olinib otib tashlangan 6920 ta ziyolining

qatag’n qismati o’rganildi

• Akademik Erkin Yusupovning (1928-2003) publisistik maqolalarida markaz o’yinlari ochib berildi

I.A.Karimov bosh prokuror oldiga respublikamiz manfaatlarini himoya

qilish, birinchi navbatda, "paxta ishi" bo'yicha nohaq qamalagan fuqarolarning haqhuquqini tiklash masalasini qo'ydi.


3. 1990 yil 23 martda O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish, O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida Qonun qabul qilindi.

1990 yil 24 martda 12 chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1-sessiyasi Respublika Kompartiyasi 1- kotibi bo’lgan I.A.Karimovni O’zbekiston SSRning 1-Prezidenti etib sayladi.

Mustaqillik sari qo'yilgan eng muhim siyosiy, huquqiy qadamlardan biri bu 1990 yil 20 iyundagi O'zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida qabul qilingan Mustaqillik deklarasiyasining qabul qilinishi bo'ldi.

Deklaratsiyada shunday deyiladi: O'zbekiston Sovet sosialistik Respublikasi

Oliy Soveti:

– o'zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an'analari,

– har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqini ta'minlashdan iborat oliy maqsad haqi,

– har bir kishining farovon hayot kechirishini ta'minlashni oliy maqsad deb bilgan holda,

– O'zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas'uliyatni chuqur his etgan holda,

xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya printsiplariga asoslanib,O'zbekiston Sovet sosialistik Respublikasining Davlat mustaqilligini e'lon qiladi".


4 va 5ga. 1991 yil 19-21 avgust kunlari sobiq ittifoqni saqlab qolishga tish-tirnog`i bilan harakat qilgan qora kuchlar Moskvada harbiy to'ntarish qilib, hokimiyatni qo'lga olish maqsadida GKCHP - favqulodda holat davlat qo'mitasini tuzib, amalda o'zlarining demokratiya, oshkoralik, jamiyatni yangilash, islohotlarga, umuman halqqa qarshi ekanliklarini ko'rsatdi. Moskva va boshqa bir necha yirik shaharlariga qo'shinlar, shu jumladan tanklar kiritildi.

O'zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida favqulodda holat joriy etilishiga, Konstituciyaga qarshi davlat to'ntarilishini qo'llab-quvvatlash yo'lidagi ig`vokorona harakatlarga uchmaslik uchun o'zlarining butun imkoniyatlaridan foydalandilar. O'zbekiston o'z nuqtai nazarini ma'lum qildi. Respublika rahbariyati markazdan beriladigan qonunga xilof bo'lgan har qanday ko'rsatmalarni bajarishni man etdi.

O'sha paytda O'zbekiston rahbari davlat viziti bilan Hindiston safarida edi. U safardan qaytgach, 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat'iy tarzda O'zbekiston nuqtai nazarini ma'lum qildi.

I.A.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O'zbekiston Mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi.



21 avgustda fitnachilar mag'lubiyatga uchradi, 22 avgustda esa Favqulodda xolat davlat qo'mitasi (GKCHP) a'zolari qamoqqa olindi.
Download 19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling