1. Муваффақиятли мулоқот тушунчаси. Муваффақиятли интервю


Download 15.21 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi15.21 Kb.
#113458
Bog'liq
Ma'ruza Muvaffaqiyatli Kommunikatsiya


1-вариант

1. Муваффақиятли мулоқот тушунчаси.

2. Муваффақиятли интервю.

3. Журналистнинг аудиторияга самарали таъсир этиш усуллари.

Javoblar:

1.Biz ilm sohasida kashfiyotlar qilishimiz,yangi g’oyalar ishlab chiqarishimiz, turmush tarzimizni osonlashtiruvchi muhitni yaratishimiz mumkin.Bu ishda oson bajara olishimiz uchun birinchi navbatda muvaffaqiyatli muloqotni o’zimizda shakllantirishimizdir.”O’q mo’ljaldan adashishi mumkindir,lekin so’z adashmaydi” degan maqol turklarda mashhur.Xo’sh,biz muvaffaqiyatli kommunikatsiyani o’rganishda nimalarga e’tibor berishimiz kerak? Bu talablarni negizi uzoq asrlik – notiqlik san’ati bilimlariga borib taqaladi.O’rinli va go’zal so’zlay olish san’at darajasigacha ko’tarilgan zamonlar o’tib, afsuski , hozirgi kunga kelib bizda so’z qadri tushib ketmoqda.Demak biz muvaffaqiyatli muloqotni olib borish uchun avvalo so’zlashdan oldin eshitish etikasini o’zlashtirishimiz lozim.Kommunikatsiyadagi sherigimizni o’rganish,fikrlariga qo’shilmasakda tinglay olish bu bizning tartibli muloqot sohibi egasi ekanligimizdan dalolat beradi.Dunyo miqyosida juda mashhur Speakerlar mavjud.Ular o’zlarining treninglarini aynan muloqot yutug’iga qaratishadi.Muloqotda pozitivlik ruhi bo’lishi bizni bir pog’ona yuqoriga ko’taradi.Bizni shaxs bo’yicha rivojlanishimizda asosiy factorlardan biri hayotimizga kirgan kishilar bilan unumli muloqot o’rnatishdir.Nutqingizda naflilik bo’lishi, so’zlash toningizda qat’iylik va ishonch sezilib turishi,insonlar sizni maroq bilan eshitishiga olib keladi.Muvaffaqiyatli muloqot o’z oldiga dolzarblilik va naflilik hamda aniq maqsadni qo’yadi.Bu vazifalarni to’laligicha bajara olgan kommunikatsiya esa,insonni yutuqlarga olib chiqadi.



2.Intervyu san’atida o’ziga yarasha talablar mavjud.Bunda mavzuni o’rganib chiqish,dastlabki beriladigan savollarga tayyor bo’lish,suhbatni qiziqarli o’tkazish va suhbatdoshining kalitini topish.Kanadalik olim jurnalist Jon Savatskiy:”Jurnalist ha yoki yo’q deb,javob beriladigan savollarni intervyuda bermasligi kerak”deydi.Masalan: nonushta shirinmikan?Ikkinchi muhim talab omma uchun notanish bo’lgan,murakkab terminlardan foydalanmaslik.Bunday holda suhbatdoshingiz,o’zingiz hammasini bilar ekansiz,nima qilardingiz menga savol berib deyishi mumkin.Uchinchi talab: bo’rtiruvchi savollarni bermaslik.Misol uchun mag’lub bo’lgan jamoa a’zosiga: “Dahshatli mag’lubiyat va sionish bo’ldiya?” kabi.Intervyuning ta’sir doirasi faqat jurnalistga bog’liq emas,bunda suhbatdoshning javoblari va reaksiyasi ham ahamiyat kasb etadi.Undan tashqari Bi-bi-si tanqidchilarining fikriga ko’ra ayrim boshlovchilar intervyu vaqtida tajavuskor bo’lib ketishadi.Buni o’ziga xos yondashuv deb atash qiyin .Chunki jurnalistikada holislikni ta’minlovchi me’yorlar bor.Iqtidorli intervyu oluvchi hurmat e’tiborli katta mansab sohiblari bilan suhbatda hayajonlanmasligi,o’z shaxsiy fikrlaridan chetlashib,ko’plarning fikrlarini anglatuvchi savollardan foydalanishi talab etiladi.Intervyuda qayta-qayta bir mavzuga doir savollar berilmasligi,aniqlik va dadillik ham muhim ahamiyatga ega .Intervyu haqqoniyligi degan tushuncha mavjud .Bunda oldindan berib qo’yilgan savollarga suhbatdoshning tayyor javoblari bo’ladi.Bu esa intervyuda jurnalistni ojiz va muloqotni jonli kechmasligiga olib kelishi mumkin.

3.Hamma inson muloqotga bilvosita va bevosita kirishadi.Ish-faoliyati yuzasidan ko’plab kelishuvlar,suhbatlar va ma’ruzlar olib borishi mumkin.Jurnalistika sohasining eng muhim negizi aynan shu-muloqot oynasining ravshanligi.Oddiy yozma va og’zaki nutqdan jurnalistning ijodi hamda yondashuvi farqlanishi kerak.Jurnalist shunchaki yozishi mumkin emas.U kasbiy zehin va kuzatuv,sinjkovlik va aniqlilik ila masalaga yondashishi,hamda ma’lumotiga mos bo’lgan auditoriyani topa olishi bilan o’z vazifazini bajaradi.Agar sizdagi manbaga ehtiyoji yo’q bo’lgan auditoriyaga uchrasangiz,unda ta’sir doirasi nolga teng bo’ladi.Lekin ayni mos auditoriyani topsangiz-u ,biroq masalani yetarlicha yetkazib bera olmasangiz ham natija 50 foizdan oshmaydi.Biz qo’shnimizdan eshitgan yangilikdan ko’ra,televizorda ko’rgan xabarlarimizga ko’proq ishonamiz.Chunki jurnalistikada ishonchlilik mas’uliyati bor.Jurnalistning oltin qoidalaridan biri bo’lgan ” yig’,o’rgan va tahlil qil “ topshiriqlari ommada aynan o’sha ta’sir kuchini uyg’otgan .Qolaversa jurnalist faqat so’zlash (berish) bilan emas,balki ehsitish (so’rash) bilan ham shug’ullanadi.Auditoriyaga faqat o’z –fikr mulohazalaringizni ,baland parvoz so’zlaringizni ,mavhumlikdagi yutuqlarni so’zlayversangiz yutqazasiz.Sizdagi auditoriya kamayadi.Biroq dolzarb savollar bilan ommaga murojaat etish va ularning erkin fikr- mulohazalarini eshitish,to’rtinchi hokimiyat a’zosi bo’lgan jurnalistga metindek mustahkam muvaffaqiyatni olib kelishi mumkin.Qanday mavzuda bo’lmasin,uzun va tushunish qiyin bo’lgan fikrlardan qochish,aniqlik kam bo’lgan ma’lumotlardan foydalanmaslik,xalqchillik,sodda holislik, tushunish uyoqda tursin o’qish qiyin bo’lgan atamalardan qochish auditoriyadagi qiziqishni va tushinishni ta’minlaydi.Agar jurnalist og’zaki nutqda ta’sir ko;rsatishi kerak bo’lsa,unda bu yo’lda birinchi jalb etish- ovozdagi jozibadorlik bo’ladi.Ba’zi bir boshlovchilarning o’z strategiyalari bo’lishi mumkin,biroq dag’al yoki chiyildoq ovozlarni auditoriya ko’tarmaydi.Albatta nutqdagi pauzalar ham ta’sir kuchiga va yashirin qurolga ega.Agar siz auditoriya tinglamayotganligini sezsangiz nutqni sekinlik bilan bildirmay to’xtating.Shunda diqqat yana jamlanadi.To’xtovsiz uzundan uzoq nutqlar,auditoriyaning charchog’Iga olib keladi.Nutq davomida tinglovchilarni tez-tez kuldirib turish , aytilyotgan ma’lumotlarni yana 15 daqiqa yaxshi o’zlashtirilishiga olib keladi.Odam kulgach 15 daqiqa ma’lumotni faol qabul qiladi.Demak hatto rasmiy nutqdagi jurnalistlar ham bu usuldan foydalansa xato emas.Chunki jurnalistning birlamchi maqsadi ma’lumotni samarali yetkazish va amaliy ta’sirni o’tkazishdir.
Download 15.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling