1 Neyron. Sinaps
Download 21.42 Kb.
|
Nevrologiya
Neyron. 1 Neyron. Sinaps. Neyron – nerv sistemasining asosiy struktura funksional birligidir, neyron tanasi yadro, yadrocha va ularning atrofida esa protoplazma mavjud. Neyronda bir necha dendrit va 1 ta markaziy akson farqlanadi. Faoliyatiga ko‘ra neyronlar sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash bo‘ladi. 1 ta neyron bir qancha neyronlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Neyronlarning bir-biri bilan zich tegib turish qismini sinaps deb nomlanadi. Biron funksiyani regulyasiya qiluvchi neyronlar kompleksini nerv sistemasi tashkil qiladi. Biron funksiya bajarishga moslashgan neyronlar xar doim xam bir joyda joylashmaydi. Orqa miyaning segmenti. Orqa miya segmenti - orqa miyaning bir juft oldingi va orqa ildizchalari soniga teng. Umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismida 7 ta umurtqa va 8 ta umurtqalararo teshik bo‘lib, 1-teshik ensa suyagi va atlant o‘rtasida, 8-esa VIII bo‘yin va I ko‘krak umurtqasi o‘rtasida joylashgan. Shunga ko‘ra orqa miyaning bo‘yin qismida 8 ta segment bo‘ladi. Ko‘krak qismida 12 ta, bel qismida 5 ta, dumg‘aza qismida 5 ta va dum qismida 2 ta segment joylashgan. Orqa miyaning klinik anatomiyasi. Orqa miya umurtqa pog‘onasi kanali ichida joylashgan bo‘lib, qattiq miya pardasi (dura mater), to‘r parda (arachnoidea), yumshoq parda (pia mater) bilan qoplangan. Qattiq parda va umurtqa o‘rtasidagi bo‘shliq epidural bo‘shliq deb atalib, u venoz chigallar, yog‘ to‘qimalari bilan to‘lib turadi. Qattiq miya pardasi ochib qo‘rilganda orqa miya tasma shaklida bo‘lib, yupqa, yumshoq miya pardalari bilan qoplangan. Orqa miyaning qalinligi notekis bo‘lib, u 2 ta bo‘yin kengligi (intumescentia cervicalis) va bel kengligi (intumescentia lumbalis)ga ajratiladi. Orqa miyaning hajmiy o‘sishi umurtqa pog‘onasi o‘sishidan orqada qolgani uchun orqa miyaning pastki qismi (conus medullaris) katta odamlarda I bel umurtqasining pastki chegarasida, II bel umurtqasining yuqori chegarasida tugallanadi. Sito va miyeloarxitektonik Orqa miya mieloarxitektonikasi. Orqa miyaning oldingi ustuni quyidagi harakat tutamiga ega: 1. To‘g‘ri yoki kesishmagan piramida yo‘li – tractus pyramidalis anterior - bosh miya yarimsharlarining harakat markazi (oldingi markaziy pushta)dan boshlanib, ichki kapsula orqa sonidan, miya ustunidan o‘tib, oldingi ustun orqali orqa miya har qaysi segmen- tining aynan o‘z tomonidagi oldingi shoxida tugaydi. Bu yo‘l shuningdek, Tyurk tutami ham deyiladi. 2. Vestibulo-spinal yo‘l – tr. vestibulospinalis. Bu tutam ko‘prikda joylashgan Deyters yadrosidan boshlanib, orqa miyaning old shoxida tugaydi. U harakat koordinasiyasi, muvozanatni boshqaradi. 3. Tekto-spinal yo‘l – tractus tectospinalis Bu tutam miya oyoqlarini orqasida to‘rt tepalikda joylashgan maxsus yadrolardan boshlanib, orqa miyaning old shoxida tugaydi. Bu tutam harakatga tayyorlikni - start refleksini boshqarib turadi. 4. Orqa uzun tutam – fasciculus longitudinalis posterior (yoki uzunasiga ketgan medial tutam). Bu tutam miya oyoqchasida joylashgan Darkshevich yadrosi bilan vestibulyar yadrodan boshlanib yo‘l-yo‘lakay III-IV-VI nerv yadrolariga tolalar beradi, so‘ng uzunchoq miyadan o‘tib orqa miyaning old shoxlaridagi hujayralarida tugaydi. Bu sistema ko‘z olmasining harakatini tana harakati bilan bog‘liqligini ta'minlaydi.\ Bosh miya: anatomiya, fiziologiya. sh miya. Bosh miya miya qutisida joylashgan bulib, uning og‘irligi 1300 dan 2600 gr oralig‘i hisoblanadi. Tashqi tarafdan bosh miya 3 ta parda bilan uralgan – qattiq parda (dura mater), qon tomirli (pia mater) va o‘rgimchaksimon (arachnoidea). Bosh miyaning 3 ta yuzasi mavjud: tashqi, asosiy-bazal va medial yuzalardir. Bosh miya yarim sharlari bir biri bilan qadoqsimon tana bilan bog‘lanib turadi. Bosh miyada quyidagi 4 ta qismlardan – peshona, ensa, tepa, chakkadan tashkil topgan. Bosh miyaning yuzasida egatlar bo‘lib, u miya yuzasini kattalashtiradi. Tashqi, ya'ni konveksital yuzadagi eng katta egat markaziy roland egati bo‘lib, u peshona qismini chakka qismida turadi. Silviev egati tepa bo‘lagini peshona va chakka bo‘lakdan ajratib turadi. Ichki kapsula. Anatomiya, fiziologiya Ichki kapsula Ichki kapsula (capsula interna) - katta yarimsharlarning markaziy qismida o‘ta zich joylashib o'tgan proeksion tola-lardan iborat tuzilma. Ichki kapsula chap va o'ng tomonda bo'ladi (10.11-rasm]. Ichki kapsulaning quyidagi 3 qismi farqlanadi: oldingi son (crus anterius), tizza (genu) va orqa son (crus posterius). Nu cleus lentiformis bilan caput nuclei caudate orasida oldingi son, nucleus lentiformis bilan thalamus orasida orqa son joylashgan. Bu yerda yasmiqsimon yadro ichki kapsulaning tashqi (lateral) devorini hosil qiladi. Ikkala son burchak hosil qilib birlashgan joyga ichki kapsula tizzasi deyiladi. I juft nerv: anatomiya, tekshirish usullari, zararlanish sindromlari Download 21.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling