1. Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]


Download 0.65 Mb.
bet1/6
Sana04.10.2022
Hajmi0.65 Mb.
#830894
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PQ-3016 30.05.2017
2 5354826119252018526, Каримов 404 Амир Темур - сценарийна-WPS Office[1], kimyo-7-8-9-sinf-togarak-ish-reja-202, 1. Anketa (talabalar)(1), 1. Anketa (talabalar)(1), a.dablovt bahadir dstann lingvopoetikalq analizi, Garmonik funksiyalar



[OKOZ:

1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.06.00 Prokuratura huzuridagi organlar va tashkilotlar]

[TSZ:

1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining tashkiliy-shtat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) va tumanlararo bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 2-3a-ilovalarga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limlari, Majburiy ijro byurosi tuman va tumanlararo bo‘limlari xodimlarining yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lash razryadlari 6 — 9-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) boshqaruv xodimlarining O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan cheklangan soni 3 542 nafar, shu jumladan markaziy apparatda 82 nafar etib belgilansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga:
zarur hollarda Byuro va uning hududiy tuzilmalarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga o‘zgartishlar kiritish;
Byuro va uning hududiy tuzilmalariga Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha shtat birliklari kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilansinki, Byuro:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi;
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdor hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro direktori mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosariga tenglashtirilsin.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
4. Byuro O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning statistik axboroti yuborilishi shart bo‘lgan reyestrga kiritilsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Byuroga tugatilgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlardan ishga qabul qilingan xodimlarga darajali unvonlar berilishi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan hal etiladi;
darajali unvonga ega Byuro xodimlari prokuratura organlari xodimlari hisoblanadi hamda ularga prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza qilish choralari tatbiq etiladi.
6. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan Byuro xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarni yuklash taqiqlanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi:
ikki hafta muddatda Byuroning shtat jadvallari hamda xarajatlar smetasini tasdiqlasin;
2017-yil 1-iyulga qadar o‘ziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarganligi uchun Byuro xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, Byuroning buyurtmasiga asosan:
“O‘zavtosanoat” AK O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan me’yorlarga muvofiq, xizmatda foydalanish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta’minlaydi;
“O‘zbekneftgaz” MXK “O‘zdavneftgazinspeksiya” DI bilan kelishilgan holda o‘rnatilgan tartibda xizmat va maxsus avtotransport vositalari hamda generatorlar uchun kerakli hajmda benzin va dizel yoqilg‘isini ajratilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Byuro va uning hududiy tuzilmalarining mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy-texnika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rgansin hamda jihozlanishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun asoslantirilgan hisob-kitoblar asosida zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan hamkorlikda bir oy muddatda:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Iste’molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
ikki oy muddatda Byuro xodimlarining xizmat kiyimi va farqlovchi belgilari namunalarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritishni;
uch oy muddatda Byuro va uning hududiy tuzilmalarini yuklatilgan vazifalarni yuqori va professional darajada bajarilishini ta’minlay oladigan malakali kadrlar bilan, shu jumladan, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AK, shuningdek, tugatilayotgan Sud departamenti xodimlari tarkibidan to‘ldirilishini ta’minlasin.
14. Byuro Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xalqobod ko‘chasi, 3-tor ko‘chasi, 2-A uyda joylashtirilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Byuro hududiy tuzilmalarining to‘laqonli faoliyat yuritishini ta’minlash uchun joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 10-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Byuroning 2017-yildagi faoliyati samaradorligini o‘rgansin va zarurat tug‘ilganda, uning tashkiliy-shtat tuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmalariga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-may,
PQ-3016-son
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling