1. O‘g‘lim, sen uzumini yegin-u, bog’ini surishtirma. Ushbu gapda nechta so’z faqat jarangli undoshlardan iborat?


Download 19.99 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi19.99 Kb.
#1231756
Bog'liq
1-test(1)


1.O‘g‘lim, sen uzumini yegin-u, bog’ini surishtirma.
Ushbu gapda nechta so’z faqat jarangli undoshlardan iborat?
A)3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
2. Berilgan so’zlardan nechtasi faqat til oldi undoshlaridan tashkil topgan?
1) yolg‘izlik; 2) teshik; 3) guldor; 4) yozgi;
5) jigarrang; 6) diyor.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
3. Quyidagi so’zlardan nechtasi faqat sirga’luvchilardan tashkil topgan?
1) yig‘in; 2) tushuncha; 3) ozg‘in; 4) g‘ildirak;
5) ezgu; 6) yog‘li.
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
4. Berilgan so’zlarning nechtasida til orqa jarangli ovozdor undosh qatnashgan?
1) dengiz; 2) singan; 3) kongress; 4) ko‘rdingiz;
5) tonggi; 6) osmonga.
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 6 ta
5. Qaysi javobdagi barcha so‘zlar tarkibida til orqa burun undoshi qatnashgan?
A) so‘nggi, kongress, tungi
B) jarang, singil, bugungi
C) tong, shtanga, ko‘rdingiz
D) tongi, yengildi, dengiz
6. Ko‘p tilni bilish bitta qulfni ocha oladigan
bir nechta kalitga ega bo'lishdir.
Ushbu gapda nechta so’zda jarangsiz lab undoshi qatnashgan?
A)1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
7. Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi.
Ushbu gapdagi nechta so‘z tarkibida
jarangsiz til oldi undoshi qatnashgan?
A) 5 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
8. Ikki o‘rinda til orqa undoshi qatnashgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) halovat, kabutar B) gulqaychi, xalqum
C) g‘urrak, xayrixoh D) ko‘ngil, go‘llik
9. Tarkibida faqat yuqori torunlilar va undoshlar qatnashgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) kibor, musiqa B) muhit, zehn
C) muqim, uyushiq D) musiqa, lirika
10. O`rta keng unlilar qaysi qatordagi gapda to`rtta emas?
A) O`lim seni mahv etmasidan avval o`zingni anglab ol!
B) Erman daraxtining egilgani singani, er yigitning egilgani o`lgani.
C) Esi ketgan echki boqsa yaxshi emish.
D) O`tganning o`rog`ini, ketganning ketmonini olma, bolam.
11. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra [m] va [l] undosh tovushlariga to‘g‘ri tavsif berilgan qatorni toping.
A) n - til undoshi, l - lab undoshi
B) jarangli undoshlar
C) n - portlovchi, l - sirg‘aluvchi
D) sonor undoshlar
12. Sen bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning.
Ushbu gapda necha o’rinda til orqa jarangsiz undosh qatnashgan?
A) 4 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 1 ta
13. Topgan gul keltirar, topmagan - bir bog‘ piyoz.
Nechta so’zda jarangli lab undoshi qatnashgan?
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
14. Tushgacha qoplangan unlarni ortib, uyga ketishdi.
Ushbu gapda nechta so’z jarangli undoshlardan tashkil topgan?
A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta
15. Cho‘lboboning payvandlariga havas qilmaydigan bog‘bon kam topiladi.
Ushbu gapda nechta so’z faqat sirg’aluvchi undoshlardan tashkil topgan?
A)2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta
16. Bolakay mevazor bog‘da aylanib yurdi.
Ushbu gapda nechta so’z faqat jarangli undosh va unlilardan tuzilgan?
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 2 ta
17. Bolaligimni eslasam, o‘tloqda dumalab o‘ynaganlarimiz yodimga tushadi.
Ushbu gapda necha o’rinda jarangsiz sirg’aluvchi undosh qatnashgan?
A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 5 ta
18. Yozgi ta’tilda men badiiy kitoblar o‘qishni rejalashtirganman.
Nechta so’z faqat ovozdor undoshlardan tuzilgan?
A)1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
19. Yozgi ta’tilda men badiiy kitoblar o‘qishni rejalashtirganman.
Nechta so’zda faqat til oldi undoshlari qatnashgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 4 ta
20. U eshikning chiroyli shisha tutqichini avaylabgina ushlab ko‘rardi.
Nechta so’zda til orqa jarangli undosh qatnashgan?
A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta
21. Qishloqning chekkasida kattagina tutzor yastanib yotar edi.
Necha o’rinda jarangli sirg’aluvchi undosh qatnashgan?
A) 5 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 4 ta
22. Bugun do‘stim bilan bolaligimizni eslab rosa kuldik.
Ushbu gapda necha o’rinda portlovchi jarangsiz undosh qatnashgan?
A) 4 ta B) 3 ta C) 5 ta D) 6 ta
23. 0‘tgan yilning yozida mana shu chiroyli imoratni qurganman.
Ushbu gapda necha o’rinda til oldi sirg’aluvchi undosh qatnashgan?
A) 6 ta B) 7 ta C) 5 ta D) 8 ta
24. Inson sog‘lig‘i hamma narsadan qimmat turadi.
Ushbu gapda necha o’rinda til oldi bo’lmagan sirg’aluvchi jarangli til undoshlari qatnashgan?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
25. Qondoshlarim, qo‘lni qo‘lga berib mehnat qilmog‘imiz kerak.
Gapdagi jarangli til undoshlarining sonini aniqlang.
A) 15 ta B) 14 ta C) 12 ta D) 13 ta
26. Uning ilmoqdor, sho‘x so‘zlari dillarni to'lqinlantirar, gur-gur kulgiga sabab bo'lardi.
Necha o’rinda jarangsiz til oldi undoshi qatnashgan?
A) 6 ta B) 5 ta C) 4 ta D) 3 ta
27. Ushbu gapda jarangli til oldi ovozdor undoshlar soni nechta?
Shoirning qalbi samimiy va beg‘ubor tuyg‘ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti gurkirab bo‘y cho‘zadi.
A) 9 ta B) 10 ta C) 11 ta D) 8 ta
28. Dunyoviy bilim va hunarlarga ega bo'lgan yoshlarimizning fazilatlari haqida soatlab gapirishimiz mumkin.
Ushbu gapda necha o’rinda jarangsiz sirg’aluvchi undosh qatnashgan?
A) 8 ta B) 7 ta C) 6 ta D) 5 ta
29. Hukmdor tortinchoq qora ko‘zlari hamisha mungli boqadigan qizini juda e’zozlar, doim holidan xabar olardi.
Ushbu gapdagi jarangli portlovchi til oldi undoshlar miqdorini aniqlang.
A) 11 ta B) 12 ta C) 10 ta D) 13 ta
30. Biz mustaqil O‘zbekistonning farzandlarimiz. Bu yurtda yashashni biz o‘zimizga sharaf deb bilamiz.
Ushbu gapda nechta undosh jarangli til oldi sirg’aluvchi?
A) 13 ta B) 12 ta C) 14 ta D) 15 ta

Download 19.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling