1. oiv va oitsni qo‘zg‘atuvchisi, manbasi, yuqish yo‘llari, inkubatsiyasi, belgilari, davosi va oldini olish


Download 158.5 Kb.
Sana12.12.2021
Hajmi158.5 Kb.
#180319
Bog'liq
2 5244554126712375717


2-TOPSHIRIQ

Savollar.

1. OIV va OITSni qo‘zg‘atuvchisi, manbasi, yuqish yo‘llari, inkubatsiyasi, belgilari, davosi va oldini olish.

2. Virusli gepatit A qo‘zg‘atuvchisi, manbasi, yuqish yo‘llari, inkubatsiyasi, belgilari, davosi va oldini olish.

3. Virusli gepatit B qo‘zg‘atuvchisi, manbasi, yuqish yo‘llari, inkubatsiyasi, belgilari, davosi va oldini olish.

4. Virusli gepatit C qo‘zg‘atuvchisi, manbasi, yuqish yo‘llari, inkubatsiyasi, belgilari, davosi va oldini olish.

5. Virusli gepatit D qo‘zg‘atuvchisi, manbasi, yuqish yo‘llari, inkubatsiyasi, belgilari, davosi va oldini olish.

6. Virusli gepatit E qo‘zg‘atuvchisi, manbasi, yuqish yo‘llari, inkubatsiyasi, belgilari, davosi va oldini olish.

7. Vabo kasalligi qo‘zg‘atuvchisi, manbasi, yuqish yo‘llari, inkubatsiyasi, belgilari, davosi va oldini olish.

8. O‘lat kasalligi qo‘zg‘atuvchisi, manbasi, yuqish yo‘llari, inkubatsiyasi, belgilari, davosi va oldini olish.

9. Quturish kasalligi qo‘zg‘atuvchisi, manbasi, yuqish yo‘llari, inkubatsiyasi, belgilari, davosi va oldini olish.

10. Qoqshol kasalligi qo‘zg‘atuvchisi, manbasi, yuqish yo‘llari, inkubatsiyasi, belgilari, davosi va oldini olish.

11. O‘sma kasalliklarining kelib chiqish sababi, belgilari davolash va oldini olish

JAVOBLAR

1. OITS (ortirilgan immun tanqisligi sindromi) – sindromi OIV (orttirilgan immun tanqisligi virusi) tomonidan chaqiriladigan kasallik. Kasallik inson immun tizimini o‘zgartiradi, infeksion va boshqa kasalliklarga sezuvchanlikni oshiradi. Agar bu sindrom rivojlansa bu sezuvchanlik yanada oshadi.

OIV virusi odamning barcha to‘qimalarida uchraydi, zararlangan odamning organizm ichki suyuqliklari orqali yuqadi. Masalan sperma, qin ajralmasi, qon va ko‘krak suti orqali tarqalishi aniqlangan.

OIV – bu virus odamning immun hujayrasi bo‘lgan CD-4 hujayralarini zararlaydi. OITS – bu sindrom OIV virusining immun tizimiga bo‘lgan ta’siri natijasida yuzaga keladi.

OIV – bu virus.

OITS – bu organizmning immun tanqislik holati.

OIV – virusi OITS ning rivojlanishi sababidir. Ba’zi hollarda esa virus bilan zararlangan odamlarda OITS rivojlanmasligi mumkin. OITS ko‘p hollarda OIV o‘z vaqtida davolamaslik natijasida yuzaga keladi.

OIV – bu retrovirus oilasiga kiradi, organizmning muhim organlari va immun tizimi hujayralarini zararlaydi. Agar virusning rivojlanishiga qarshi antirertovirus terapiyasi olib borilmasa, virus organizmda tez rivojlanadi. Virusning rivojlanishi turli omillarga bog‘liq. Bular insonning yoshi, organizmning OIV virusdan himoya xususiyati, sog‘ligi, boshqa infeksiyalar, irsiy omillar bo‘lishi mumkin.

OIV qanday yuqishi mumkin?

Jinsiy aloqa – bu yo‘l bilan zararlangan jinsiy suyuqliklar (rektal, genital va og‘izning shilliq qavat) natijasida yuqadi. Bu holat jinsiy aloqa paytida himoya vositalaridan foydalanilmaganda, atipik jinsiy aloqa bo‘lganda, yoki ishlatiladigan ashyolar orqali sodir bo‘lishi mumkin.

Onadan bolaga – OIV bilan zararlangan ayoli farzandiga OIV virusi bilan tug‘ruq davomida, homiladorlikda, ko‘krak suti bilan oziqlantirish paytida yuqtirishi mumkin.

Qon orqali – bu yo‘l orqali yuqish rivojlangan mamlakatlarda qon quyish jarayonida ko‘proq sodir bo‘ladi. Bu holatda tomir ichiga yuboriladigan narkotik shprislarini o‘zgartirmasdan yoki zararlangan shpirslar orqali yuborilganda zararlanish kuzatiladi.

OIV ning belgilari asosan ikkilamchi infeksiyalar bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar bilan zararlanish natijasida yuzaga chiqadi. Agar odamning immun tizimi sog‘lom bo‘lsa, bu holat rivovlanmasligi ham mumkin.

OIV ning boshlang‘ich belgilari

Ba’zi OIV bilan zararlangan insonlarda kasallikning belgilari oylab, hatto yillab ham kuzatilmasligi mumkin. 80% holatda virus bilan zararlangandan so‘ng 2-6 haftadan so‘ng gripp bilan zararlangan holatdagi belgilar kuzatilishi mumkin. Buni o‘tkir retrovirus sindromi deyiladi.

OIV boshlang‘ich simptomlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Yuqori harorat;

Qaltirash;

Bo‘gimlarda og‘riq;

Mushaklarda og‘riq;

Tomoq og‘rig‘i;

Tunda ko‘p terlash;

Bezlarning kattalashuvi;

Tanada qizil rangli toshmalar;

Tez charchash;

Tezda vazn yo‘qotish.

Shuni yodda tutish kerakki yuqoridagi belgilar faqatgina OIV virusning o‘zi bilan emas, balki ikkilamchi viruslar bilan zararlangan keyin yuzaga keladi.

Belgisiz OIV

Ko‘p hollarda OIV bilan zararlangan insonlarda birinchi zararlanish belgisidan so‘ng ko‘p yillar davomida hech qanday belgilar kuzatilmasligi mumkin. Bu vaqt oraliqda virus ko‘payadi va immun tizimi va organlarni zararlaydi. Agar OIV virusini virusga qarshi dori vositalarni qo‘llanmasa, organizm immun tizimi o‘rtacha 10 yil faoliyat ko‘rsatishi aniqlangan. OIV bilan zararlangan insonda hech qanday belgilar yuzaga chiqmaydi, o‘zini yaxshi his qiladi, sog‘lig‘idan shikoyat qilmaydi.

Antiretrovirus preparatlarini har kuni qabul qiladigan insonlarda virusning ko‘payishi butunlay to‘xtashi mumkin. Antiretrovirus preparatlari immun tizimiga doim zararli ta’sir ko‘rsatib keladi.

Agar inson davolanmasa, OIV immun tizimining infeksiyalarga qarshi kurash qobilyatini butunlay to‘xtatadi. Inson jiddiy kasalliklarga uchraydi. Bu bosqich OITS holatidir.

Simptomlari

Ko‘z oldi xiralashishi;

Doimiy ich ketishi;

Quruq yo‘tal;

Haroratning hafta davomida 37 darajadan yuqori bo‘lishi;

Tungi vaqtda ko‘p terlash;

Doimiy charchoq;

Nafas qisishi;

Bezlar kattalashuvi;

Tezda vazn yo‘qotilishi;

Og‘iz bo‘shlig‘ida va tilda oq dog‘lar.

Ko‘pchilikda OIV hamda OITS yuqishi haqida noto‘g‘ri tushuncha mavjud. Quyida shu kabi uydirmalarning ba’zilarini sanab o‘tamiz:

Qo‘l berib so‘rashganda yuqushi mumkin;

Quchoqlashganda yuqushi mumkin;

O‘pishganda yuqushi mumkin;

Yo‘talganda yuqushi mumkin;

Bir hojatxonadan foydalanilganda yuqushi mumkin;

Sochiqdan foydalanilganda yuqushi mumkin;

Oshxona jihozlaridan yuqushi mumkin;

Reanimatsiyada yuqushi mumkin.

OITSni aniqlash

Ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik bilan zararlangan har 8 insondan 1 si o‘zining OIV bilan zararlangani bilmaydi. OIV virusining tashxisi umumiy qon tahlili orqali aniqlanadi. Agar OIV topilsa, musbat natija bo‘ladi. Bu analiz takror qilib ko‘riladi. Agar inson virus bilan zararlanish holatiga uchragan bo‘lsa, tezroq analiz tahlili topshirishi kerak. Qanchalik erta qo‘yilgan tashxis, shunchalik davolashning unumini oshiradi. Virus bilan zararlangandan so‘ng 3 oydan 6 oygacha test o‘tkazish kerak.

OITSni davolash

Hozirgi kunda OIV va OITS ga qarshi maxsus dori vositasi mavjud emas. Ayni mavjud bo‘lgan davolash usullari bilan insonlarni OIV virusi bilan uzoqroq muddat yashashini ta’minlash mumkin.

OIV antiretrovirusga davolashning erta boshlanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki bu orqali insoni hayoti davomiyligini uzaytirish mumkin.

Hozirgi kundagi OIV virusi bilan zararlangan odamlarga faqatgina ulardagi virusning ko‘payishini to‘xtatish orqali yordam berish mumkin. Agar inson virus bilan oxirgi 72 soat mobaynida zararlangan bo‘lsa, virusga qarshi preparatlar virusni ko‘payishini to‘xtatishi mumkin. Bu davolash kursi 4 hafta mobaynida o‘tkazilishi shart. Davolashdan OIV kuzatuvlari davom ettiriladi.

OIV antiretrovirus preparatlari bilan davolanadi. Davolash OIV ning organizmda tarqalishini oldini olishga qaratilgan. OIV bilan zararlangan odamlar bir necha dorilar kombinatsiyalarini qabul qilishlari shart.

Antiretrovirus preparatlar quyidagilar:

Proteaza ingibitorlari

Proteaza – bu ferment virusning o‘zidan nusxa ko‘chirish bosqichiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu dori vositalariga: Atanazavir/kobistat (Evotaz), Lopinavir/ Ritonavir (Kaletra) va Darunavir/ kobistat lar kiradi

Integraza ingibitorlari

OIV virusi integraza fermenti orqali organizmning T-hujayralarini zararlaydi. Bu hil dori vositalari aynan shu jarayonni to‘xtatadi. Bu preparatlar ko‘p ishlatiladi, nojo‘ya ta’sirlari kam. Bu dori vositalariga: Elvitegravir (Vitekta), Dolutegravir (Tivisay) va Raltegravir (Isentress) kiradi.

Qayta transkriptaza ingibitorlari

Bu dori vositalari virusning nusxa ko‘chirish jarayonini to‘xtatadi. Bu prepartlar: Abakavir (Ziagen), Lamuvudin/ Zidovudin (Kombivir) va emtrisitabin (Emtriva).

Komoretseptor xemokin antogonsitlari

Bu dori vositalari virusning hujayra ichiga kirishini to‘xtadi.

Yuqoridagi dori vositalarini birgalikda qo‘llash kerak. OIV ning davosi hayot davomida olib boriladi. Dori vositalari to‘xtovsiz qabul qilinadi. Har bir antiretrovirus preparatlari o‘zinboriladi. Dori vositalari to‘xtovsiz qabul qilinadi. Har bir antiretrovirus preparatlari o‘zining nojo‘ya ta’sirlariga ega.

OITS ning oldini olish choralari

OIV ning oldini olish choralarini har bir tibbiyot xodimi bilishi zarur:

Himoya vositalarisiz jinsiy aloqa – bu yo‘l bilan inson OIV va boshqa jinsiy a’zolarning infeksion kasalliklarini yuqtirib olishi mumkin. Prezervativlar har bir jinsiy aloqa uchun alohida va to‘g‘ri ishlatilishi zarur.

Narkotik vositalarni qabul qilishda – tomir ichiga qabul qilinadigan narkotik vositalari rivojlangan mamlakatlarda OIV tarqalishida asosiy o‘rinda turadi. Bu yo‘l orqali yana gepatitning C turi ham tarqaladi. Agar ignalarni ishlatish zarurati tug‘ilsa, igna steril, avval ishlatilmagan, ochilmagan bo‘lishi kerak.

Tibbiy xodimlar – OIV bilan zararlangan kasallar bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari maxsus qo‘lqoplar, niqob, himoya ko‘zoynaklari, xalatlar bilan ishlash talab etiladi. Agarda teriga qon tegadigan bo‘lsa, darhol terini suv bilan yuvish zararlanishni oldini oladi.

Homiladorlikda – bazi antiretrovirus dorilari homilaga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun keserva kesish yo‘li bilan tug‘gan ma’qulroq. OIV bilan zararlangan ayol ko‘krak suti bilan virusni farzandiga yuqtirishi mumkin.

Psixologik – dunyodagi ko‘pchilik OIV bilan zararlangan insonlar o‘zini zararlanganliklarini oshkor etmaydilar. Natijada OIV tashxisi kechikadi. Vaqtida qo‘yilmagan tashxis og‘ir oqibatlar bilan yakunlanadi.

2. Virusli gepatit - oʻtkir yuqumli kasallik; jigarhujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki "pivo"ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi. V. g . deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, V, S, D, Ye, G viruslari qoʻzgʻatadigan kasalliklardir. Ular yuqishiga qarab ogʻiz orqali (A, Ye) va parenteral yoʻl bilan yuqadigan (B, S, D, G) xillarga ajratiladi. 

Gepatit A (Botkin kasalligi) — RNK-virus bo’lib, Picornavirus oilasiga, Enterovirus sinfiga mansub, o’tkir virusli jigar shikastlanishiga olib keladi. Uning o’lchami 27-30 nm. Virusning qobig’i yo’q. Bundan tashqari, virusning yana to’rtta inson virusi genotipi va uch xil maymun virusi genotipi  aniqlangan.

Genotiplardan qat’i nazar, barcha A turdagi viruslar o’xshash antigen, immunogen va himoya xususiyatlariga ega ekanligi aniqlandi. Ya’ni virusning bir serotipi bir xil standart reagentlar bilan aniqlanadi va bir xil vaktsina bilan oldi olinadi.

Gepatit A ning virusi HAV (Hepatitis A virus) deb ham ataladi. Virus quruq va issiq sharoitlarga (60 °C) chidamli, sho’r va chuchuk suvda oylar davomida saqlanadi. Ultrabinafsha nurlanishi ostida 1 daqiqada, 121 °C issiqlikdagi avtoklavda 20 daqiqa davomida, xloramin yoki xlor preparatlari bilan ishlov berilganda 5-7 daqiqada nobud bo’ladi.

Virusning nam muhitda chidamliligi: 20-22 °C — 3-4 xafta; 4-6 ° C — 3-4 oy;60 °C  — 12 soatgacha; 100 °C — 5 daqiqagacha.

Virion sferik shaklga ega bo’lib, markazida bitta RNK (ribonuklein kislotasi) ipi mavjud.

Sog’lom odamning kasallanishi najas-og’iz yo’li bilan amalga oshiriladi. Kasal odamlar najas bilan birga juda ko’p viruslarni chiqaradi va yomon sanitariya-gigiena va suvni ifloslanishi sharoitlarida yuvilmagan qo’llar, suv, meva-sabzavotlar orqali o’giz bo’shlig’iga va qizilo’ngachga, u yerdan ovqat hazm qilish tizimi epitelial hujayralari orqali qonga, qon oqimi bilan esa jigarga hujayralarigacha (gepatotsitlar) yetib boradi.

Gepatit A virus faqat gepatotsitlarda ko’payadi va ularga zarar keltiradi, bu esa jigar yetishmovchiligining rivojlanishiga olib keladi. Virusning ortiqcha soni o’t suyuqligi yo’lchalari orqali o’t xaltasiga, u orqali me’da-ichak trakti orqali tashqi muhitga chiqariladi.

KASALLIK TASNIFI

Kasallikning davomiyligiga ko’ra, O’tkir shakli; Cho’zilgan shakli.

Og’irlik darajasi bo’yicha : Yengil daraja; O’rta-og’ir daraja; Og’ir daraja.

Kasallik alomatlari sezilarligiga ko’ra to’rtta shakli farqlanadi:

Subklinik (kasallik belgilari yo’q); Xiralashgan (kasallikning alomatlari sezilar-sezilmas, umumiy holsizlik ko’rinishida); Sariq kasalliksiz (teri sarg’ayishisiz aniq alomatlar); Sariq kasallik (terida sariqlik mavjudligi bilan kasallikning umumiy simptomatikasi).

VIRUSLI GEPATIT A BELGILARI VA ALOMATLARI

Inkubatsion davri (virus yuqganidan boshlab birinchi alomatlar rivojlanish davriga qadar) 14-28 kun davom etadi. Shundan so’ng kasallik belgilari rivojlanib, uch davrda kechadi va alomatlar o’ziga xos bo’ladi:

ZAHARLANISH YOKI FEBRIL DAVR. Tana haroratining 37,0 dan 38,0 °C gacha ko’tarilishi;Tez charchash;Mehnat qobiliyatining kamayishi;Xotira va e’tiborning kamayishi;Umumiy zaiflik;Bosh aylanishi;Bosim tabiatli bosh og’rig’i;Ishtahaning kamayishi;Uyquchanlik;Artralgiya (bo’g’imlardagi og’riqlar);Mialgiya (mushaklardagi og’riq);Vazn yo’qotish;Burun va quloqlarning bitishi;Tomoqdagi qichishish yoki tomoq og’rig’i;Samarasiz yo’talning ko’rinishi.

KASALLIKNI TASHXISLASH

Tadqiqotning laboratoriya usullari aniq emas, ular jigarda va umuman tanada yallig’lanish va o’zgarishlarni ko’rsata oladi:

Umumiy qob tahlili — leykositlarning 9-1*109/l dan oshishi (leykositoz), leykositar formulaning chapga siljishi, ECHT (eritrositlar cho’kish tezligi) ning ortishi, 25 mm / soatdan oshadi.Umumiy siydik tahlili — siydikda oqsil uchrashiva kuzatuv maydonida 15-20 ta yassi epiteliy uchrashi.Jigar tekshiruvlari: umumiy bilirubinning 20,5-40,0 mkm/l bo’lishi albuminlarning pasayishi.

Serologik tadqiqot usullari o’ziga xosdir va kasallik diagnostikasini aniq qo’yish va sababchi agentini aniq aniqlash imkonini beradi:

IFA (immunoferment analiz).RIA (radioimmun analiz).PZR (polimeraza zanjiri reaktsiyasi).

Barcha serologik tadqiqot usullari qondagi anti-HAV antigenini aniqlashga asoslangan. Anti-HAV antigen immun tizimining maxsus moddasi bo’lib, organizmga gepatit a virusi tushishi natijasida ishlab chiqariladi.

Bundan tashqari, ushbu tadqiqot usullari yordamida, kasallikning bosqichini va holatini aniqlash mumkin:

Qon zardobida IgM (immunoglobulin M) ning mavjudligi o’tkir jarayonning mavjudligini ko’rsatadi;Qon zardobida IgG (immunoglobulin G) mavjudligi odam kasallik bilan kasallanib, sog’ayib ketganligi yoki tiklanish jarayonida ekanligini ko’rsatadi.

Virusologik tahlillar patogenni aniqlashga asoslanadi va aniq tashxis qo’yish usuli hisoblanadi. Bu usulning kamchiligi — uzoq vaqt talab etadi. Virusni aniqlash 4-10 haftaga davom etadi.

VIRUSLI GEPATIT A NI DAVOLASHDORI-DARMON BILAN DAVOLASH

Virusli gepatit A uchun maxsus antivirus davo yo’q. Dori vositalari kasallik alomatlari va kasallik paytida hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Viruslarning hayotiy faoliyati mahsulotlaridan va gepatotsitlarning nobud bo’lishi natijasida hosil bo’lgan zaharlanishni kamaytirish uchun detoksikatsion davo:

Reosorbilakt — 200,0 ml vena ichiga tomchilab, kuniga 1 marta;Ringer-Lokk eritmasi — 200,0 ml vena ichiga, kuniga 1 marta;Fiziologik eritmada 5% glyukoza eritmasi — 200,0 ml vena ichiga tomchilab kuniga 1 marta.

Sorbentlar, chunki jigar funktsiyasi buzilganligi tufayli organizm zararli moddalarni qayta ishlay olmaydi:

Enterosgel 1 osh qoshiqdan uchun kuniga 3 marta;1 tadan Smekta kuniga 3-4 marta;Normaze 25-40 mg (tana vazniga qarab) ovqatdan oldin kuniga 3 marta.

Ovqat hazm qilish normalizatsiyasi uchun fermentlar: Creon 25 000 yoki mezim-forte 20 000 — 1 kapsuladan kuniga 3 marta ovqat bilan birga.

O’t pufagidagi safro to’xtab qolishining oldini olish uchun safro haydovchi preparatlar: Alloxol — 2 tabletkadan kuniga 3 marta yoki Holosas 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta.

Qorin og’rig’ini pasaytirish uchun spazmolitiklar: Kuniga 3 marta 1-2 tabletka No-shpa yoki Mebverni.

Umumiy quvvatlovchi davolash:

Stimol 1 qutidan — 2 — 3 marta. Neyrorubin — kuniga 1 marta mushak ichiga 3,0 ml; Vitamin C — 1 tabletkadan (500 mg) kuniga 2 marta.

KASALLIK KECHISHINI YENGILLASHTIRADIGAN PARHEZ

Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish kuniga kamida 5 marta kichik qismlarda bo’lishi kerak. Och qoringa kamida 1 stakan suyuqlik ichish kerak.

GEPATIT A ASORATLARIO’tkir jigar yetishmovchiligining rivojlanishi; Xolesistit (o’t pufagining yallig’lanishi); Xolangit (o’t yo’llarining yallig’lanishi).

KASALLIKNI OLDINI OLISH Xavfsiz va toza ichimlik suvini ichish; Oqova suvlarni ishonchli qayta ishlash va filtrlash; Shaxsiy gigienaga rioya qilish; Faol hayot tarzi olib borish; Sport bilan shug’ullanish; Ish va dam muvofiqligi; Surunkali jigar xastaligi bilan odamlar vaktsina (emlash) olish.

3. Gepatit B — antroponoz virusli kasallik. Sezilarli gepatotrop xususiyatlarga ega qo’zgatuvchi — gepadnaviruslar oilasiga mansub gepatit B virusi (HBV) tomonidan chaqiriladi. Virus turli fizik va kimyoviy omillarga qarshi juda chidamlilik bilan ajralib turadi.

Kasallik faqat bemorning biologik materiallari bilan aloqa qilish orqali yuqishi mumkin. Ko’p hollarda infektsiya bemor uchun sezilmay kechadi, shuning uchun kasallik laboratoriya tahlillari natijasida yoki xususiyatli belgilari namoyon bo’lgan paytda aniqlanadi. O’z vaqtida davolangan bemorlar butunlay sog’ayib ketadi va ushbu kasallikka qarshi barqaror immunitetga ega bo’ladi.

Inkubatsion davri

Virus bemor organizmiga kirganidan so’ng, gepatitning inkubatsiya davri boshlanadi. Uning davomiyligi 30-180 kun oralig’ida bo’ladi, o’rtacha 75 kun.

Gepatitning o’tkir shakli quyidagicha kechishi mumkin:

Xuruj bosqichi; Uzoq muddatli kasallik; Retsidivlar; Kamdan kam hollarda — koma.

Xavfi: Gepatit B kech tashxislansa yoki o’z vaqtida davolanmasa, buning natijasida jigar sirrozi yoki gepatotsellyulyar saraton rivojlanishi ehtimoli yuqori bo’ladi.

Sabablari: Gepatit B rivojlanishining sababi kasallik qo’zg’atuvchisi — virusning inson organizmiga kirishidir. Kasallik ayniqsa bir qator salbiy omillar (alkogol, nikotin, kimyoviy va zaharli moddalar, dorilar ta’siri) tufayli immuniteti zaiflashgan insonlarda ko’p uchraydi.

Bemorlarning ijtimoiy izolyatsiyada bo’lishi talab etilmaydi, chunki virus havo-tomchi yo’llari orqali tarqalmaydi. Bemor bilan aloqada bo’lgan har qanday kishi zarur choralarni va shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishi kerak. Ko’p yillar butun dunyo bo’ylab olib borilgan tadqiqotlar natijasi ma’lumotlariga ko’ra, ushbu kasallikning kechishi bemorning qay tarzda infektsiyalanganligi, shuningdek, uning yoshiga bog’liq.

Agar bemor gepatit B bilan tabiiy yo’l (masalan jinsiy aloqa paytida) orqali zararlangan bo’lsa, bu holatda kasallik surunkali bosqichga o’tishi xavfi yuqori bo’ladi. Gepatitning bu shakli ko’pincha yoshlarda paydo bo’ladi, chunki ular sog’lig’iga jiddiy e’tibor bermaydi va organizmning tashvishli signallariga javob choralari ko’rmaydi.

Gepatit B yuqish yo’llari Gepatit B virusi inson organizmiga faqat bemorning biologik materiallari bilan aloqa qilish orqali kirishi mumkin:

Jinsiy yo’l orqali. Virus nafaqat qonda, balki organizmning barcha suyuqliklarida (shu qatorda qin ajralmalari va erkak spermasida) mavjud, shuning uchun himoyalanmagan jinsiy aloqa kasallik yuqishi xavfini oshiradi;

So’lak orqali. Agar kishi tilida kesilgan yoki jarohatlangan sohalar bo’lsa, o’pishganda kasallikni yuqtirib olishi mumkin;

Qon orqali. Bu infektsiyalanishning eng keng tarqalgan yo’llaridan biri hisoblanadi. Ko’p bemorlar gepatit B bilan nosteril shpritslar ishlatish va qon quyish orqali kasallanishgan. Bemorning infektsiyalangan biologik materiali bilan aloqa qilish tegishli sanitariya choralari o’tkazilmaydigan go’zallik salonlarida yuqishi ham mumkin;

Tug’ruq jarayonida. Bemor ayollarda homiladorlik asoratlarsiz kechishiga qaramay, tug’ruq paytida bola onaning biologik materiallari bilan bevosita aloqada bo’ladi va shu sabab yuqori ehtimollik bilan infektsiyalanishi mumkin. Buni oldini olish uchun bunday chaqaloqlar tug’ilgach darhol emlanadilar.

Inson organizmida rivojlanayotgan gepatit B tashqi belgilar jigarning detoksikatsion faoliyati yomonlashuvi va xolestaz tufayli yuzaga keladi. Ular quyidagicha ifodalanishi mumkin:

Ko’ngil aynishi; Bosh aylanishi; Charchoq; Rinit; Tana haroratining ko’tarilishi (odatda harorat 39-40 °C ga yetadi), varaja qilish; Yo’tal; Umumiy zaiflik; Burun-halqumdagi og’riq hissi; Kuchli bosh og’riqlari; Teri rangining o’zgarishi (sariqlik); Shilliq qavat, ko’z skleralari, kaftlarning sarg’ayishi; Siydik rangining o’zgarishi (u ko’pira boshlaydi, rangi qora pivo yoki achchiq choy rangiga o’xshaydi); Bo’g’imlardagi og’riq sindromi;Ishtaha yo’qolishi; Axlat rangining o’zgarishi (rangsizlanadi, oqimtir tus oladi); O’ng qovurg’a ostidagi og’irlik.

Gepatit B ni davolash

Hozirgi kunda mavjud dori vosistalarining hech biri bemor organizmini virusdan to’liq tozalay olmasa ham, ular virus ko’payishini to’xtatishi va shu tariqa jigarning shikastlanishini minimumga yetkazishi mumkin. 2016-yil holatiga ko’ra AQShda infektsion gepatit B ni davolash uchun 8 ta preparat litsenziyalashtirilgan:

To’g’ri ta’sir qiluvchi antivirus preparatlar: Teskari transkriptazaning nukleozid ingibitorlari: Lamivudin (Epivir); Telbivudin (Tyzeka); Entekavir (Baraclude).

Oldini olish

Gepatit B`ni oldini olish uchun quyidagi oddiy qoidalarga rioya qilish kerak:

Kundalik shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish. Ayniqsa, ko’p odamlar bilan, shuningdek, pul va umumiy foydalanish ob’yektlari bilan aloqa qilishdan keyin qo’llarni yuvish juda muhimdir; Pala-partish jinsiy aloqa qilishdan saqlanish va aloqaga kirganda ushbu kasallik bilan kasallanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradigan prezervativlardan foydalanish; Gepatit B ga qarshi o’z vaqtida vaktsina olish; Manikyur, go’zallik salonlariga tashrif buyurganda ishchilar tomonidan sanitariya qoidalariga rioya qilinishiga e’tibor berish; Muntazam ravishda qon tahlillari topshirib turish; Boshqalarning qoni yoki boshqa biologik materiallari bilan aloqa qilmaslik; Sog’lom turmush tarziga rioya etish; Alkogolli ichimliklar va chekishdan voz kechish; Immunitetni mustahkamlash; Vitamin va mineral komplekslar qabul qilish; Sport bilan shug’ullanish; Toza havoda sayr qilish; Har kuni imkoni bo’lsa xonani shamollatib turish.

4.Gepatit C — antroponoz virusli kasallik, HCVsababli jigarning yallig’lanishidir. Gepatit so’zi yunoncha «hepar» — jigar va «itis» — yallig’lanish so’zlaridan olingan. Dori, toksinlar, zahar, alkogolli ichimliklar, allergik reaktsiyalar, autoimmun kasalliklar faqat gepatitning o’ziga sabab bo’lishi mumkin, mazkur patologiya esa virus tomonidan chaqiriladi.

Kasallikning ikki kechish turi farqlanadi: o’tkir va surunkali. O’tkir gepatit C ning rivojlanishi virus bilan zararlangandan keyin boshlanadi. Bu vaqtda ko’pchilik kasallanganlarda hech qanday belgilar kuzatilmaydi.

Taxminan 50 — 80% bemorlarda kasallik keyinchalik surunkali shaklga o’tadi. Surunkali bosqich o’n yillar davomida shakllanadi va u ham hech qanday alomatlarsiz kechishi mumkin. Agar kasallik davolanmasa, bemor oxir-oqibat jigar kasalliklariga duchor bo’ladi va infektsiya tashuvchisiga aylanadi.

Bugungi kunda virusning 8 genotipi va yuzdan ortiq kichik guruhlari aniqlangan. Bu genotiplar o’rtasidagi farq kasallikni davolashda muhim o’rin tutadi (dori turi, dozalari va davolash muddati).

Infektsiya manbai kasalligi faol yoki latent (virus tashuvchilari) bo’lgan bemorlar hisoblanadi. HCV infektsiya perenteral zararlanish mexanizmi bo’yicha yuqadi — infektsiyalangan qon va uning tarkibiy qismlari, shuningdek erkak urug’i va qin ajralmalari (3% atrofida).

Gepatit C jisniy aloqa orqali yuqishi ehtimoli gepatit B dagiga nisbatan kamroq va deyarli minimal ko’rsatkichlarga teng. 20% hollarda kasallik qay tarzda yuqganligi aniqlanmaganligicha qoladi. Infektsiya manbai sifatida eng xavfli toifa surunkali gepatit C bilan kasallangan bemorlar sanaladi.

Gepatit C virusi asosan qonda va zararlangan kishining o’ziga xos boshqa tana suyuqliklarida oz miqdorda mavjud. Virus hozirda eng ko’p inyektsiya uchun ishlatilgan igna almashinuvi sabab yuqadi. 1990-yilga qadar virus odatda qon quyish orqali yuqgan. Hozirda qon quyish orqali yuqishi xavfi deyarli yo’q, chunki donorlik qoni avvalo tahlil qilinadi.

Virusning yuqishi ba’zan infektsiyani nazorat qilish protokollariga rioya qilinmangan kasalxona va klinikalarda, sog’liqni saqlash muassasalarida sodir bo’ladi. Bunday vaqtda tibbiyot hodimlari virusni sog’lom insonga nosteril asboblar qo’llash orqali yuqtirishi mumkin.

Virus yuqishining yana bir yo’li bu zaralanib bo’lgan donor a’zosini boshqa insonga ko’chirib o’tkazilishidir. Hozirgi paytda zararlangan organlarni ko’chirib o’tkazish eng so’nggi va boshqa umid qolmagan holatdagi chora sifatida qaraladi.

Gepatit C alomatlari

Kasallikning turli bosqichlarida ma’lum bir alomatlar seziladi.

O’tkir bosqichda 65% bemorlarda aniq belgilar kuzatilmaydi. Kasallik rivojlanib borishi bilan belgilar ham yaqqolroq ifodalana boshlaydi (2-26 haftadan so’ng) va 2-12 hafta namoyon bo’lishda davom etadi. Ular:

Qorinning yuqori qismidagi og’riq, ayniqsa o’ng tarafda; Siydik rangining to’q bo’lishi; Axlatning rangsizligi (oqimtir); Sariqlik (teri va ko’z sarg’ayishi); Ko’ngil aynishi va ichak faoliyatining buzilishi; Charchoq; Yengil isitma va titroq; Mushaklar, bo’g’imlardagi og’riq; Ishtaha yo’qolishi; Kayfiyatning tezda o’zgarishi.

Surunkali gepatit C belgilari: Zaiflik va charchoq; Ko’ngil aynishi; Ishtaha yo’qolishi; Mushak va bo’g’imlardagi og’riq; Vazn yo’qotish.

Davosi: O’tkir gepatit C bilan og’rigan bemorlarning kamida 20% o’z-o’zidan shifo topib ketadi. Bunga genetik moyillik (interferon-λ IL28B C/C geni polimorfizmi), to’laqonli dam olish, yetarli miqdorida suyuqlik ichish, sog’lom ovqatlanish yordam beradi.

2011-yilgacha butun dunyoda gepatit C ni davolash uchun HCV genotipiga qarab 12-72 hafta muddatga interferon va ribavirin kombinatsiyasi ishlatilgan.

Bugungi kunda boshqa sabablarga ko’ra o’lim xavfi yuqori bo’lmagan surunkali gepatit C bilan og’rigan bemorlarga 8-24 haftaga muddatga to’g’ri ta’sir qiluvchi antivirus preparatlar (TTAP) bilan interferonsiz davolanish tavsiya etiladi.

oldini olish uchun:

Jinsiy aloqa vaqtida himoyalanish; Boshqa insonning shaxsiy gigiena asboblaridan foydalanmaslik; Go’zallik salonlari va tatu salonlarda e’tiborli bo’lish, ularning asboblarida har xil viruslar, jumladan OIV yoki gepatit C virusi uchrashi mumkin.

5.Asosan jigar yallig‘lanishi bilan kechadigan D gepatiti hozirgi vaqtda turli yoshdagi kishilar o‘rtasida uchraydi. Bu kasallik gepatit B ning zamirida rivojlanadi.

Kuzatishlarga ko‘ra, gepatit D virusi ko‘pincha sterillanmagan tibbiy asbob-uskunalar orqali, masalan, qon quyganda, shuningdek tishlarni davolaganda, yetarlicha himoyalanmay jinsiy aloqa qilganda kishiga yuqib qoladi.

Asosan jigar yallig‘lanishi bilan kechadigan D gepatiti hozirgi vaqtda turli yoshdagi kishilar o‘rtasida uchraydi. Bu kasallik gepatit B ning zamirida rivojlanadi.

Kuzatishlarga ko‘ra, gepatit D virusi ko‘pincha sterillanmagan tibbiy asbob-uskunalar orqali, masalan, qon quyganda, shuningdek tishlarni davolaganda, yetarlicha himoyalanmay jinsiy aloqa qilganda kishiga yuqib qoladi.

Bundan tashqari, D gepatiti virusi nuqsonli bo‘lib, uning ko‘payishida B gepatiti viruslari muhim rol o‘ynaydi. Demak, o‘tkir yo surunkali B gepatiti bilan og‘riganlarda D gepatit yuzaga kelishi tezlashadi.

Kasallik viruslari tashqi muhitga juda chidamli bo‘ladi, biroq zararlangan joyni kislota va ishqorlar bilan artganda nobud bo‘ladi.

Agar gepatit B bilan og‘rigan odam ayni vaqtda gepatit D ga ham chalinib qolsa, super infeksiya, ya’ni bitta infeksiyaga boshqasining qo‘shilishi ro‘y beradi. Bunday holat ayniqsa:

narkotik moddalarni inyeksiya yo‘li bilan qabul qilganda; tez-tez qon almashtirib (ya’ni qon quydirib) turganda; gemodializ (sun’iy buyrak) apparatidan foydalanganda; badanga naqsh solish (tatuirovka) da; stomatologiya kursisida tishlarni davolatganda; tartibsiz jinsiy aloqa qilganda tez-tez ro‘y beradi.

D gepatiti virusi qonga tushgach, jigarning eng ichkari hujayralarigacha yetib boradi. Ayanchli tomoni shundaki, D gepatitini yuqtirgan bemorning jigari ilgari B gepatiti virusi bilan albatta, og‘rigan bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ayonki, delta gepatit virusi B gepatiti virusining genetik mahsulotlariga qo‘shilib, (ochiqrog‘i jigarda o‘rnashib) hujayralarda virus zarrachalarining ko‘payishini faolllashtiradi. Bu esa jigar hujayralarining kuchli zararlanishi va yallig‘lanishiga olib keladi.

Virusli gepatit D alomatlari

D gepatiti alomatlari (simptomlari) xuddi virusli gepatit B niki singari kechadi. Masalan, bemor quvvatsiz bo‘ladi, salga charchaydi, terlaydi, kayfiyat salga buziladi, ish qobiliyati pasayib ketadi. Ayrim hollarda beholllik shunchalar kuchayadiki, hatto bemorlar ish jarayonida ham dam olishga majbur bo‘lishadi. Aksariyat bemorlar esa tezlik bilan oza boshlaydilar.

Ayniqsa, kasallik xuruji davrida bemorlarning qariyb hammasida dispeptik sindrom (ya’ni doimiy ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ishtaha yo‘qolishi) rivojlanadi.Ba’zi hollarda esa xuruj vaqtida bemorlar jigar sohasidagi og‘riqdan shikoyat qiladi. Bunday og‘riq ko‘pincha jismoniy harakat paytida yoki parhez buzilganda paydo bo‘ladi. Bemor o‘ng biqinida xuddi “bir narsa osilib turgandek” bezovtalanadi. Bundan tashqari ozgina ovqat iste’mol qilinsa ham oshqozon sohasida og‘irlik seziladi.Kasallikning og‘ir turida uyquchanlik, burun va milklarning tez-tez qonashi, badanda sariqlikning kuchayishi kuzatiladi. Ayrim bemorlarning bo‘g‘imlarida og‘riq turadi hamda tana harorati ko‘tariladi. Jigar paypaslab ko‘rilganda qo‘lga qattiq tegadi, qirrasi o‘tkir, yuzasi tekis bo‘ladi. 30-40 foiz holatlarda esa taloq kattalashishi mumkin.

Kasallikning oldini olish uchun avvalo B gepatitiga qarshi o‘z vaqtida emlangan ma’qul. Emlash to‘g‘ri bajarilsa kishi virusli D (delta) gepatitiga umuman chalinmaydi. Shuningdek odam juda hushyor bo‘lishi, turmushda ozodalikka amal qilishi, ayniqsa, davolanayotgan paytlarda sterillangan asbob-uskunalardan foydalanishi lozim.

Muolaja jarayonida odatda virusga qarshi alfa-interferon qo‘llaniladi. Bu preparat virusning jigar hujayralarida ko‘payishiga qarshilik ko‘rsatadi. Shuningdek bemorning immunitetini ko‘tarish ham foyda beradi. Simptomatik (dori-darmonlar orqali) davo usullari yordamida qonni toksinlar (zaharlanishlar) dan tozalash buyuriladi. Bundan tashqari vitaminlar va gepatoprotektorlar (jigar hujayralarini himoyalovchi preparatlar) qo‘llaniladi.

6.Gepatit E virusi asosan ifloslangan ichimlik suvi orqali uzatiladi. Odatda o'z-o'zini cheklovchi infektsiyadir va 4 dan 6 haftagacha ketadi.

Vaqti-vaqti bilan, gepatitning o'tkir shakli rivojlanadi (o'tkir jigar etishmovchiligi), bu o'limga olib kelishi mumkin.

Bu odatda "o'z-o'zini cheklaydi". O'z-o'zini cheklash odatda kasallikning hech qanday davolanishga muhtoj emasligini bildiradi va oxir-oqibat tananing immunitet tizimi orqali davolanadi, ya'ni taxminan 4-6 hafta davomida. Shifokorlar, ko'ngil aynish yoki IV suyuqliklarni suvsizlanishga yordam berish uchun dorilarni qo'llab-quvvatlovchi davolashni taklif qilishlari mumkin, ammo firma E ga xos davolash kerak emas.

Faqat o'tkir kasallikka olib keladi . Bu kasallik surunkali bo'lmaydi (Gepatit V yoki S kabi). Surunkali gepatitdan farqli o'laroq, saraton va tsirroz kabi muammolarga aloqasi yo'q. Shu bilan birga, gepatit E og'ir halokatga olib kelishi mumkin: fulminant gepatit yetishmovchiligi (o'tkir jigar etishmovchiligi), o'limga olib kelishi mumkin.

Bu oshqozon-ichak kasalligi . Ushbu kasalliklar oshqozon va ichakni o'z ichiga oladi. Shuning uchun Gepatit E infektsiyasining alomatlari va ich ketishi bo'lishi mumkin. Ammo har qanday gepatit kabi gepatit E belgilarida odatda isitma, qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi, mushak va bo'g'imlarning og'rig'iga va tuyadi yo'qolishiga olib keladi. Sariqlikfirma E infektsiyasida juda ko'p uchraydi, ammo kasallikka duch kelishi va hech qanday alomat ko'rsatmasligi mumkin.

U fekal-og'iz yo'li bilan tarqaladi . Virusning og'zaki-og'iz yo'li bilan tarqalib ketishi natijasida u odatda ifloslangan suvda yuqadigan najasni ichish orqali tarqaladi. Gepatit E infektsiyasini(shuningdek, firma A) toza suv ichish va qo'lingizni muntazam yuvish imkoniyatingiznikamaytirishingiz mumkin.

Homiladorlik paytida xavfli bo'lishi mumkin.Tadqiqot cheklangan bo'lsa-da, ona homiladorlikning uchinchi trimestridagi gepatit E ni yuqtirganida infektsiya og'ir bo'lishi va onadan chaqaloqqa o'tishi mumkin.Gepatit E belgilari

Virusga duchor bo'lganidan so'ng, inkubatsiya davri uch va 8 haftagacha davom etadi. Bu davrda yuqadigan kishi simptomlarni boshdan kechirmaydi va kasallikning uzatilishi ma'lum emas.

Bolalarda gepatit E kasalligiga chalinganda, ular odatda alomatlarga duch kelmaydilar va agar qilsalar, alomatlar juda yumshoq bo'ladi. 15 yoshdan 40 yoshgacha bo'lgan kattalar simptomlarni eng intensiv tarzda boshdan kechirishadi. Alomatlar odatda bir-ikki haftagacha davom etadi va quyidagilarni o'z ichiga oladi:

Sariqlik (ko'zlarning teri va oqiga sarg'ish, qorong'u siydik va xira taburekalar); Ishtaha yo'qolishi; Katta jigar; Qorin og'rig'i va muloyimligi Bulantı va qusish; Isitma

E gepatiti ham kuz-qish oylarida qayd qilinadi. U ko'pincha suv vositasida tarqlada. Shu suv manbaidan foydalanadigan kattayu-kichik ma'lum bir vaqt oralig'ida baravar kasallanadi.

E virusli gepatiti odatda og'ir kechmaydi. Uni klinik kechishiga qarab A virusli gepatitidan farq qilish qiyin. Epidemiologik ma'lumotlar va laboratoriya tekshirish natijalariga qarab ular farqlanadi. YE gepatiti xamilador ayollarda og'ir o'tadi va o'limga olib kelishi mumkin.

E gepatitlarida najas va siydikdan sinama olib muzlatilgan xolda virusologik laboratoriyaga yuboriladi. Bu biologik materiallarda elektron mikroskop yordamida virusni topish mumkin. U juda mashaqqatli ish, faqat yirik laboratoriyalarda amalga oshiriladi.

E virusli gepatitlarining profilaktikasi ichak infeksiyalaridagiga o'xshash. Kasallik oldini olishda aholini sifatli ichimlik suv bilan ta'minlash, turmushda sanitariya-gigiyena talablariga, shaxsiy gagiyenaga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Bog'cha va yaslilarda bolalar soni belgilanganidan oshib ketmasligi kerak.

7. Vabo [cholera] – ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning ogʻilashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan oʻtkir infeksion kasallik; oʻta xavfli ichak kasalliklaridan.

V. dastlab (1816) Hindistonda – Gang daryosi vodiysida paydo boʻlgan; u yerda turmush sharoiti ogʻir boʻlganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada V. Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, chunonchi, Birma (1819), Yava va Borneo orollari, Xitoy (1820), Eron (1821), Yaponiya hamda Rossiyaga (1822) tarqaladi.

1823-1925-yillarda Rossiyada vabo epidemiyasi 55-marta qayd qilingan. Turkiston oʻlkasiga vabo, asosan, Afgʻoniston va Erondan oʻtgan. Vaboning klassik va El-Tor degan 2 turi bor. Shunga koʻra, vabo mikrobi (vibrion deb ataladi) klassik vibrioni va El-Tor vibrioni deb ataladigan ikki xilga ajratiladi. Klassik vabo vibrionini 1883-y. R Kox, ElTor vibrionini esa 1906-y. Sinay ya. o. da Gotshlix topgan.

Vabo vibrioni salgina buyurgan va ikki uni yumaloqlangan tayoqcha boʻlib, boʻyi 1,5-4 mk va eni 0,2-0,4 mk. Vabo vibrioni daryo suvida 18 kundan 5 oygacha, muzda bir necha oy, ariqlarda bir necha kun, dengiz suvida ikki hafta, sovuq vaqtda najasda bir necha oy, axlat chukurlarida 3 oygacha, ichki kiyimlarda 2 oy, qum tuproqda bir necha oy, suv havzalarida 15-30 kun, sut va yogʻda bir oygacha, kartoshkada 2 haftagacha, hoʻl mevada bir necha kungacha, pvoda 3 soatdan 5 kungacha tirik turadi.

Dezifeksiyalovchi moddalar vibrionni tez oʻldiradi. Suv kaynatilganda ham vibrion tez oʻladi. 1960-y. gacha boʻlib oʻtgan vabo epidemiyalarining deyarli hammasi (aniqroq aytganda, 6 ta pandemiyasi)ga klassik vabo vibrioni sabab boʻlgan.

Klassik vabo ogʻir oʻtib, bemor yotib qoladi, kasallik belgilari (tez-tez ich ketishi, qusish, shuning oqibatida organizmning suvsizlanishi, shuningdek, harorat pasayishi, mushaklarning tirishishi va intoksikatsiyaning boshqa belgilari, yurak urishining susayishi va sh. k.) aksari roʻyi rost koʻrinadi, shunga koʻra kasallik vabo boshlanishi bilanoq tez aniqlanganida, uning tarqalishi cheklanadi.

El-Tor vabosi esa aksari yengil oʻtadi. Kasallik belgilari boʻlmagani holda vibrionlarni tashib yuradigan kishilar koʻproq uchraydi, shu bois El-Tor vabo sini aniqlash klassigini aniqlashga nisbatan qiyinroq, shuning uchun El-Tor vibrionida bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oʻtish va keng tarqalish imkoniyatlari katta.

Vabo vibrioni bemorning axlati, qusugʻi, baʼzan siydigi bilan tashqariga chiqadi. Vibronlar tushgan suv va oziq-ovqatni isteʼmol qilish natijasida vabo yuqadi. Meʼda shirasi vibrionlarni oʻldiradi, ammo suv koʻp ichiganda yoki meʼda shirasi kamroq boʻlganda vibrionlar meʼdadan ingichka ichakka oʻtib, koʻpayadi.

Vibrionlarni pashsha ham tarqatadi. Pashsha axlatga qoʻnganda vibrionlarni kornga va oyoqlariga ilashtirib olib, oziq-ovqatga va ichimlik suvga yuktirishi mumkin. Bemorni parvarish qiluvchilar va vibrion tashuvchilar (organizmida vabo vibrionlari boʻlsa-da, ogʻrimayotgan kishilar) ham kasallik tarqalishiga sabab boʻla oladi. Vabo yuvuqsiz qoʻl, kir kiyimbosh va parvarish buyumlari orqali ham yukadi. Vibrionlar tushgan suvni isteʼmol qilish natijasida kelib chiqqan vabo epidemiyalari qisqa vaqtda koʻp aholini kasallantiradi.

ElTor vabosi, asosan, shu yoʻl bilan tarqaladi (ayniqsa, qishloq joylarda). Tabiiy sharoit (yozning juda issiq kelishi) va aholi migratsiyasi (dengiz boʻyidagi shaharlarga yozda koʻplab aholining dam olishga kelishi) sanitariya ahvoliga putur yetkazib, V. ning tarqalishiga imkon beradi.

Kasallikning tipik (algid) formasi 2-3, baʼzan 5 kunlik inkubatsion davrdan keyin oʻziga xos belgilar bilan boshlanadi: ich tez-tez va koʻp keladi, bemor kusadi, harorati pasayadi (35-34° gala), mushaklari tirishadi, yurak urishi susayadi va h. k. Organizm suvsizlangani uchun bemorning koʻzlari kirtayadi, badani koʻkaradi, terisi burishib qoladi, yopishqoq ter bosadi. Bemor shu ahvolda bir necha kun yotgan ich ketishi va qusish bosilib, sogʻaya boshlaydi.

Vaboning ich yemirmaydigan va qustirmaydigan ogʻir (“quruq”) shaklida bemor talvasaga tushib, oʻziga kelmay, bir necha soatda Oʻlib qoladi. Zamburugʻ, margimushdan zaharlanish, shuningdek, ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar ham baʼzan V. ga oʻxshab kechishini nazarda tutish lozim. Bemor, albatta, kasalxonada davolanadi.

Oldini olish: chet ellardan V. oʻtib qolmasligi uchun davlat chegaralarida sanitariya muhofazasi choralari koʻriladi, aholi yashaydigan joylarni, shuningdek, oqova sularni tozalash, suv havzalarini sanitariya ahvolini himoya qilish, suv taʼminoti, oziovqat va umumiy ovqatlanish korxonalari muntazam nazorat qilinadi, pashsha yoʻqotiladi, sanitariya-gigiyena chora-tadbirlari kuchaytiriladi va h. k.

Yuqorida koʻrsatilgan tadbirlardan tashqari, suv va oziq-ovqatni yuqumsizlantirish va shaxsiy gigiyenaning ahamiyati katta. Vabo vibrioni chidamsiz boʻlgani uchun suvni qaynatib, masalliqlarni obdon pishirib, ularni V. vibrionlaridan xalos qilish lozim. Vabo aniqlangan taqdirda Sogʻliqni saqlash vazirligiga darhol xabar beriladi, bemor, albatta, kasalxonaga yotqiziladi, kasallik topilgan joyda dezinfeksiya, dezinseksiya va karantin chora-tadbirlari amalga oshiriladi.

Bemorga yaqin yurgan kishilar 5 kunlik krantinga olinadi va tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Jahon Sogʻlikni saqlash tashkilotining tavsiyasiga koʻra hozir vabo kasalligi oʻchogʻida karantin qoʻllanilmaydi.

Davo organizmning suv-tuz maromni rostlash, qon, plazma, fiziologik eritma, Ringer eritmasi, trisol, disol, atsesol, xlosol, reomakrodeks va boshqa(lar) eritmalarni toʻxtovsiz kuyish, antibiotiklar berish, organizmning umumiy ahvolini yaxshilash choralarini koʻrishdan iborat.

8.Oʻlat, toun — odam va hayvonlarning oʻtkir yuqumli karantin kasalligi. Odamda umumiy ahvolning ogʻirlashishi, intoksikatsiya, gavda haroratining koʻtarilishi, limfa bezlari, oʻpka va boshqalar aʼzolarda yalligʻlanish, sepsis rivojlanishi bilan kechadi. Kasallik tez tarqalishi va koʻplab bemorlar nobud boʻlishi tufayli Oʻlat oʻta xavfli kasalliklar qatoriga kiritiladi. Oʻlat qadimdan maʼlum, uning epidemiyalari tez-tez uchrab turgan va koʻplab kishilarning oʻlimiga sabab boʻlgan. Oʻlat epidemiyalari tufayli ayrim hududlar butunlay boʻshab qolgan. Undan qutulish maqsadida boshqa joyga qochib ketgan odamlar yangi maskanda Oʻlat epidemiyasi tarqalishiga sabab boʻlganlar. Qoʻzgʻatuvchisi toun mikrobi — mayda tuxumsimon, harakatsiz. Tanasi yupqa parda bilan oʻralgan, u oddiy ozuqa muhitlarida, ayniqsa qon qoʻshilgan muhitlarda yaxshi oʻsadi. Ekzo va endotoksin ajratadi, tashqi muhitga va quritishga chidamli, tuproqda 7 oy, kiyimkechakda 5— 6 oygacha tirik saqlanadi. Oʻlat mikrobi organizmga teri, shilliq qavatlar, yuqori nafas yoʻllari va h.k. aʼzolardan kirishi mumkin.

Kemiruvchilar (yumronqoziq, qum sichqonlar, dala sichqonlari va aholi yashaydigan joylardagi kalamushlar), tuyalar, shuningdek, Oʻlatning oʻpka turi bilan ogʻrigan bemorlar kasallik qoʻzgʻatuvchilarining manbai hisoblanadi. Oʻlat mikrobi hayvondan odamga va odamdan odamga transmissiv yoʻl bilan (mas, burga chaqqanda), baʼzan kasal hayvon goʻshtini nimtalaganda, shuningdek, ovqatga yaxshi tekshirilmagan goʻsht ishlatilganda yuqadi. Oʻlatning oʻpka turi bilan ogʻrigan bemor sogʻlom kishilar uchun ayniqsa xavfli, chunki u gaplashganida, aksirganida havoga Oʻlat tayoqchalarini tarqatadi. Inkubatsion davri bir necha soatdan 3—6 kungacha. Kasallik oʻtkir boshlanadi, bemorning eti uvishib, boshi qattiq ogʻriydi, koʻpincha koʻngli ayniydi, qayt qiladi, uyqusizlikdan qiynaladi, alahlaydi. Oʻlatning oʻpka turida oʻpkaning yalligʻlanishi (oʻlatli zotiljam) kuzatiladi, bu yoʻtal, qon aralash balgʻam ajralishi, havo yetishmasligi bilan davom etadi. Oʻlatning teribubon shaklida infeksiya kirgan joy boʻrtib, qon aralash suyuqlik tutgan pufakcha hosil boʻladi, u keyinchalik soʻrilib ketadi, shu sohaga yaqin limfa tugunlari shishadi (yaʼni bubon hosil boʻladi). Ichak shakli kuchli ich ketishi, baʼzan axlatda qon va shilliq boʻlishi bilan kechadi. Septik shakli terida, shilliq pardalarda va turli aʼzolarda qon quyilishi bilan ajralib turadi, bu odatda, ogʻirroq kechib koʻpincha oʻlim bilan tugaydi.

Oldini olish. Kasallik aniqlangan joyda karantin eʼlon qilinadi. Zarurat tugʻilganda u yerda yashaydigan aholi Oʻlat vaksinasi bilan emlanadi. Tabiiy oʻchoqda muntazam epizootik tekshiruvlar oʻtkazish, aholi va hayvonlarni nazorat qilish, tirik vaksina bilan emlash, dala va turar joylarda kemiruvchilar, burgalarni qirish va boshqalar tadbirlardan iborat. Bemor bilan muloqotda boʻlganlar va tibbiy xodimlar kasallik oʻchogʻi tugatilgandan soʻng 6 kun davomida tibbiy kuzatuv ostida boʻladilar. Davolashda antibiotiklar qoʻllaniladi. Hozirgi vaqtda vaksinalardan foydalanish, kemiruvchilar va burgalarga qarshi kurash olib borish natijasida bu kasallik uncha xavf tugʻdirmaydi. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli Oʻlat (toun)ga qarshi stansiya har yili bahoryoz mavsumida kasallikning tabiiy oʻchoqlarida epizootiya oldini oladigan tadbirlar va lab. tekshiruvlari olib boradi.

Chorva mollari ning Oʻlat qishloq xoʻjaligi hayvonlarining eng xavfli yuqumli kasalliklaridan. Har xil taksonomik guruhlarga mansub maxsus viruslar (qoramol, choʻchqa, otlar Oʻlat, etxoʻr parrandalar — qushlar Oʻ.i viruslari), MogShmgiz turkumiga kiruvchi viruslar yoki Oʻlat bakteriyasi qoʻzgʻatadi (tuyalar Oʻ.i). Yuqori harorat, shilliq qavatlar, asosan, oshqozonichak yoʻllari yalligʻlanishi bilan tavsiflanadi. Kasallik manbai kasal hayvon. Oʻlat bilan kasallangan hayvon sogʻ hayvon bilan birga boqilganda, kamdankam zararlangan yem orqali yuqadi. Tashxis lab. tekshiruvlari asosida qoʻyiladi.

Oldini olish: kasallik tarqalgan qoʻshni mamlakat chegarasida immun zonani tashkil qilish; kasallik paydo boʻlganda karantin tadbirlari; kasal mollarni soʻyish va goʻshtini yoqib yuborish; qolganlarini emlash va sanitariyaveterinariya choratadbirlari oʻtkazishdan iborat.

9. Quturish — neyrotrop virus qoʻzgʻatadigan oʻtkir yuqumli zoonoz kasallik; tomir tortishishi, falajlik, hiqildoq va nafas muskullarining spazmi bilan kechadi. Quturish qadimdan maʼlum, uni suvdan choʻchish kasalligi deb ham atashgan (qarang Gidrofobiya). Fransuz olimi Lui Paster 19-asrning 2-yarmida quturish kasalligiga qarshi vaksina kashf etdi, shu sababli quturishga qarshi tadbirlarni amalga oshiradigan barcha muassasalar Paster stansiyalari deb yuritila boshlandi. Ularning faoliyati tufayli quturgan hayvon tishlaganidan soʻng vaqtida emlangan millionlab odamlar hayoti saqlanib qolindi. Qoʻzgʻatuvchisi quturishning yovvoyi virusi, u nerv hujayralarini tanlab jarohatlaydi. Virus sovuqqa chidamli, muzlatilganda uzoq saqlanadi. Tashqi muhitda, shuningdek, qaynatilganda, 3—5% li lizol, xloramin eritmalarida tez nobud boʻladi.

Kasallikning yashirin davri hayvonlarda 14—16 kun. Shundan keyin bezovtalik, yirtqichlik. xatti-harakatning oʻzgarishi, koʻp soʻlak ajralishi kuzatiladi. Hayvon hech narsa ichmay, yemay qoʻyadi. Soʻngra tomir tortishishi, falajlik boshlanib, hayvon oʻlib qoladi.

Odamga quturish virusi kasal hayvon, asosan, it, mushuk va boshqa tishlaganida, yoki soʻlagi teri yuzasiga tushgashia yuqadi. Odamda quturish kasalligining yashirin davri 15 kundan bir necha oygacha (oʻrtacha 20— 30 kun). Quturgan it boʻyin, yuzni tishlaganda bu davr qisqaroq, oyoqni tishlaganda uzoqroq boʻladi.

Kasallik kechishida 3 davr kuzatiladi: darakchi davr — odatda kasallik asta-sekin boshlanadi, lohaslik, bosh ogʻrishi, biroz isitma koʻtarilishi kuzatiladi. Bemorning kay-iyati oʻzgaradi, hech narsa yoqmay, yolgʻizlikni istaydi; ovqat yemaydi. Tishlangan joydagi yara bitib ketgan boʻlsa ham oʻsha sohada ogʻriq paydo boʻlishi muhim belgi hisoblanadi; qoʻzgʻolish (besaranjomlik) davri — nafas olish azobga aylanadi. Bemor jonsarak, behalovat boʻlib qoladi. Muskullari, xususan, yutqin va hiqildoq muskullari tirishadi; salgina shamol yoki bir oz taʼsirot tufayli xuruj takrorlanaveradi. Nafas olish qiyinlashadi, gidrofobiya, aerofobiya alomatlari paydo boʻladi. Soʻlagi koʻp oqadi. Isitma koʻtariladi (39—40° gacha). Tirishish vaqtida nafas toʻxtab, kishi oʻlib qolishi ham mumkin; falajlanish davri — bunda muskullar falajlanib, bemor tinchib qoladi, lekin hushi saqlanadi. Falajlanish pastdan yuqoriga koʻtarilib boradi va yurak toʻxtashi, nafas markazi falajlanishi oqibatida oʻlim sodir boʻladi.

Kishi infektsiyalangan bo’lsa, virus miyaga asab tolalari orqali tarqaladi. Virus miyada tez va jadal ko’paya boshlaydi. Bu faoliyat miya va orqa miyaning kuchli yallig’lanishiga olib keladi va bemorning ahvoli tezda yomonlashib, asfiksiya va yurak to’xtashi natijasida nobud bo’ladi.

Quturish infektsiyasini erta bosqichlarda aniqlash usullari hozircha mavjud emas. Simptomlar boshlanganidan keyin shifokorga insonning tibbiy holatini aniqlashgaQON TAHLILI yoki to’qima analizi yordam beradi. Agar kishi yirtqich hayvon tomonidan tishlangan bo’lsa, shifokorlar odatda alomatlar paydo bo’lishidan oldin infektsiyani to’xtatish uchun profilaktik vaktsinatsiyani belgilaydilar.

Odatda laboratoriya diagnostikasi amalga oshirilmaydi, ammo ko’zning yuzasidan quturish virusi antigenini aniqlab olish usuli mavjud.

Quturishni davolash

Hozirgi kunda virus yuqganidan keyin, insonga kasallanishni oldini olish uchun bir qator inyeksiyalar qilinadi. Virus bilan kurashish uchun quturishga qarshiimmunoglobulin beriladi. U quturishga qarshi antitanalarni darhol ishlab chiqilishiga imkon beradi va virusning kirib borishini oldini oladi. Shundan so’ng quturishga qarshi emlashni olish bu kasallikning oldini olishning kalitidir. Vaktsinalar 14 kun davomida beshta inyeksiya ketma-ketligida beriladi.

Hayvonlarni nazorat qilish xizmati kishini tishlagan hayvonni tekshirish uchun uni izlab topishga harakat qiladi. Hayvon quturmagan bo’lsa, kishi inektsiyalar olmasligi mumkin. Biroq, hayvon topilmasa, eng xavfsiz harakat chorasi — bu davolash usullarini qo’llashdir.

Quturishga qarshi vaksina qancha barvaqt olinsa, kasallikning oldini olish ehtimoli shuncha yuqori bo’ladi. Shifokorlar jarohatni sovun va suv yoki yod bilan kamida 15 daqiqa davomida yuvish orqali davolashadi. Keyin immunoglobin yuboriladi va quturishga qarshi emlash boshlanadi.

Quturishning oldini olish uchun xonadonda boqiladigan itlar roʻyxatga olinishi va profilaktik tarzda quturishga qarshi emlanishi lozim. Odamni tishlagan it maʼlum boʻlsa, u veterinar nazoratida 10 kun ushlab turiladi. Agar u quturgan boʻlsa, shu muddat ichida oʻladi. It tishlagan odamga tibbiy yordam poliklinikalar qoshidagi travmatologiya punktida koʻrsatiladi. It tishlaganda darhol shu punktlarga murojaat qilish, ungacha tishlangan sohani darhol sovunlab yuvish va atrofiga yodning spirtli eritmasini surtish kerak. Hosil boʻlgan yara tikilmaydi. Iloji boricha ertaroq Q.ga qarshi kultural vaksina yuborishni boshlash kerak, shunda emlash boshlanganidan 2 hafta oʻtgach, immunitet paydo boʻlishi mumkin.

10.Qoqshol (lot. Tetanus) — bu asab tizimining shikastlanishi va skelet mushaklarining tonik tirishishi va umumiy talvasalar (судороги) bilan namoyon bo’ladigan sapronoz bakterial o’tkir yuqumli kasallik. Patogenning yuqishi kontakt mexanizm orqali sodir bo’ladi.

Bemor boshqalar uchun yuqumlilik xavfini tug’dirmaydi. Kasallik o’chog’ida epidemiologik tadbirlar o’tkazilmaydi;Kasallikdan keyin immunitet rivojlanmaydi;Qoqshol infektsiyasidan so’ng tuzalib ketish yangi kasallanishdan himoya qilmaydi;Kasallikning rivojlanishi uchun yetarli bo’lgan oz miqdordagi qoqshol toksinlari kerakli antitana titrlarini ishlab chiqarilishini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun qoqsholning klinik shakllari bo’lgan barcha bemorlar tashxis qo’yilgach yoki tiklanishdan keyin darhol qoqshol anatoksini bilan emlanishlari kerak.

Etiologiyasi

Qoqshol qo’zg’atuvchisi gram-musbat qoqshol tayoqchasidir (lot. Clostridium tetani) — spora hosil qiluvchi anaerob sanaladi, ya’ni u kislorodsiz muhitda yashaydi. Bu uchlari dumaloq bo’lgan, uzunligi 4-8 mkm va eni 0,3-0,8 mkm, 20 tagacha uzun xivchinga ega bo’lgan harakatchan ingichka tayoqchadir.

Qoqshol qo’zg’atuvchisi ubikvitar (hamma joyda yashovchi) toifasiga kiradi, ammo ayni paytda shartli patogen mikroorganizm sanaladi. U odam va hayvonlar ichaklarining normal florasi tarkibiga kirib, u yerda xo’jayin organizmga zarar yetkazmagan holda yashaydi va ko’payadi.

Shu sababli qoqshol bakteriyalari bilan yuqori darajada ifloslanish qishloq xo’jaliklari — inson va hayvon najasi bilan ifloslangan, namlik yetarli darajada bo’lgan bog’larda, sabzavot maydonlari, yaylovlar va boshqa joylarda uchraydi.

Bakteriyalar kislorod mavjud bo’lganda va 4 °C dan kam bo’lmagan haroratda spora hosil qiladi. Sporalar tashqi ta’sirlarga chidamli: 90 °C gacha haroratga 2 soat, qaynatilganda 1-3 soat, quruq holatda 150 °C gacha haroratga bardosh bera oladi, sho’r dengiz suvida 6 oygacha yashaydi.

Kislorod mavjud bo’lmaganda, 37 °C harorat va yetarli namlik sharoitida sporslar beqaror vegetativ shaklga o’tadi.

Qo’zg’atuvchi qoqshol ekzotoksini ishlab chiqarsfi, u bakterial zaharlardan biri bo’lib, kuchi bo’yicha botulinotoksindan keyingi o’rinda turadi. Toksin isitish, quyosh nuri, ishqorli muhit ta’sirida parchalanib ketadi. Ichak shilliq qavati orqali so’rilmaydi, shuning uchun yutilganda xavfsiz sanaladi.

Yuqish yo’llari

Qo’zg’atuvchi faqat tirik organizmning kisloroddan mahrum bo’lgan to’qimalariga kirganda patogen xususiyatini namoyon qiladi. Ayniqsa sanchuvchi yoki chuqur cho’ntaklarga ega jarohatlarda anaerobioz sharoiti hosil bo’lishi tufayli katta xavf tug’diradi.

Kasallik chuqur jarohatlar va terining va shilliq qavatlarning shikastlanishida, kuyish va muzlash, tug’ruq paytida, chaqaloq kindigini steril bo’lmagan asbob bilan kesishda, shuningdek gangrena, abstsess, yotoq yara va boshqalarda rivojlanishi mumkin. Zararlanishning tez-tez uchraydigan sabablari oyoqning mikrojarohatlari — shikastlanishlar, o’tkir jismlar kirishi, zirapchalar sanaladi.

Shuningdek, kasallik zaharli hasharotlarning (masalan o’rgimchaklar) chaqishi natijasida kelib chiqishi mumkin.

Tasnifi: Yuqish yo’liga yo’liga qarab:

Travmatik qoqshol (yara, operatsiyadan keyin, tug’ruqdan keyin, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda, in’yektsiya, elektr toki bilan shikastlanish, kuyish va muzlashdan keyin va boshqalar).

Organizmdagi lokalizatsiyasi bo’yicha:

Umumiy yoki yalpi qoqshol (Brunner bosh qoqsholi yoki bulbar qoqshol).Mahalliy qoqshol (Roze bosh qoqsholi yoki yuz qoqsholi).

Kasallik kechishining og’irligiga ko’ra:

Yengil — kamdan-kam kuzatiladi (asosan oldin emlangan shaxslarda). Alomatlar yengil, harorat normal yoki biroz ko’tarilgan bo’ladi.O’rta — spazm va mushaklarning tirishishi kam va o’rtacha kuch bilan kuzatiladi. Tana harorati ko’tarilgan.O’g’ir — nisbatan tez-tez va intensiv tirishishlar. Yuzning xarakterli ifodasi, isitma.O’ta o’g’ir — ensefalitik qoqshol (Brunner qoqsholi) — uzunchoq va orqa miya yuqori qismlarining shikastlanishi bilan kechadi (nafas olish markazi, adashgan asabning yadrosi, yurak-tomir markazi), ginekologik qoqshol va chaqaloqlar qoqsholi.Qoqshol alomatlari

Umumiy (yalpi) qoqshol

Kasallikning 4 davri farqlanadi: inkubatsion, boshlang’ich, avj va tiklanish.

Inkubatsion davr

Odatda 8 kunni tashkil etadi, ba’zida bir necha oygacha davom etishi mumkin. Jarayonning umumiy shaklga o’tishida infektsiya o’chog’i markaziy asab tizimidan qancha uzoq joylashgan bo’lsa, inkubatsion davr shuncha uzoqqa cho’ziladi.

Kasallikning avj olish davri O’rtacha 8-12 kun, og’ir holatlarda 2-3 haftagacha davom etadi. Uning davomiyligi shifokorga o’z vaqtida murojaat qilish, o’z vaqtida davolashning boshlanishi, bemor kasallanishdan oldin vaktsina olinganligiga bog’liq.

Qoqsholni davolash

Bemor ixtisoslashgan shifoxonaga darhol gospitalizatsiyalanishi kerak. Davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Infektsiyaning asosiy o’chog’ida patogenga qarshi kurash (yarani ochish, tozalash va aeratsiya qilish).Qoqsholga qarshi zardob yuborish orqali qoqshol toksinini zararsizlantirish.Talvasaga qarshi davo choralari (total miorelaksatsiya).Ovoz o’tkazmaydigan aseptik boks.Organizmning hayotiy funktsiyalarini ta’minlash (o’pkaning sun’iy ventilyatsiyasi, yurak faoliyatini kuzatish).Asoratlarni oldini olish va davolash (hamrohlik qiluvchi infektsiyalarga, trombozga qarshi kurash), konvulsiyalarda mexanik shikastlanishning oldini olish.To’laqonli ovqatlanish va parvarish.

Bemor alohida qorong’i xonaga joylashtiriladi, u yerda tashqi omillar (shovqin, yorug’lik va boshqalar) ta’siri ehtimoli istisno qilinadi. Kecha-kunduz tibbiy kuzatuv o’rnatiladi. Bemor yotoqdan chiqmasligi talab etiladi.

Kasallikning avj olish davrida bemorlarning ovqatlanishi juda qiyin, chunki mushaklarning kuchli qisqarishi oziqa moddalarini zond orqali yoki vena ichiga kiritilishiga to’sqinlik qiladi. Bemorni suyuq ovqatlar (sut, bulyon va boshqalar) bilan ovqatlantirish tavsiya etiladi, ular ko’p suv ichishga talab sezadi. Kasalxona sharoitida davolanish muddati 1 oydan 3 oygacha davom etadi.

Oldini olish

Kasallikning oldini olish uch yo’nalishda amalga oshiriladi:

Jarohatlarning oldini olish va aholi orasida sanitariya-targ’ibot ishlarini olib borish.Emlash taqvimiga binoan 3 oydan 17 yoshgacha bo’lgan barcha bolalarga qoqsholga qarshi vaktsinani kiritish orqali profilaktika. Kattalarda har 10 yilda bir marta qayta vaktsinatsiya o’tkaziladi.Quyidagi hollarda emlangan va emlanmagan shaxslarga shoshilinch profilaktika qo’llash:Teri va shilliq qavatlarning yaxlitligi buzilgan holdagi shikastlanish va jarohatlar.Oshqozon-ichak traktining yaralari va operatsiyalarida.II-IV darajadagi kuyish va muzlashlarda.Tibbiy muassasalardan tashqarida tug’ruq va abortlarda.Gangrena yoki to’qima nekrozlari, uzoq davom etadigan abstsess, karbunkul, oshqozon yarasi, yotoq yaralarda.Hayvon tishlashlarida.

11. Oʻsmalar, blastomalar — organizmdagi oʻzgargan va oʻzining odatdagi shakli hamda funksiyasini yoʻqotgan (sifati buzilgan) hujayralardan iborat toʻqimalarning zoʻr berib oʻsib ketishi. Oʻsma hujayralari Oʻ.ga sababchi omillar toʻxtagandan keyin ham koʻpayaveradi.

Oʻsmani onkologiya fani oʻrganadi. Xavfsiz (yetilgan) va xavfli (yetilmagan) O‘sma farq qilinadi. Xavfsiz Oʻsma atrofdagi toʻqimani itaradi, suradi, baʼzan siqib qoʻyadi, lekin ularni yemirmaydi. Xavfli O‘sma tez rivojlanib, boshqa toʻqimalarga oʻsib kirib, ularni yemiradi; bunda qon tomirlarga ham shikast yetadi. Odatda, qon va limfa tomirlari devorining yemirilishi natijasida qon yoki limfaga tushgan oʻsma hujayralari turli aʼzo va toʻqimalarga metastaz beradi. Natijada Oʻsmaning ikkilamchi tugunlari — metastazlar hosil boʻladi, yaʼni Oʻsma tarqalib ketadi. Oʻsma butunlay olib tashlanmasa, qaytadan oʻsib chiqadi (retsidiv beradi). Xavfsiz Oʻsma metastaz bermaydi (tarqalmaydi), ammo paydo boʻlgan joyiga koʻra hayot uchun xavfli boʻlishi (mas, miyada yoki nafas va hazm yoʻllarida boʻlsa, ularni siqib, ezib qoʻyishi), shuningdek, uning bir qismi kesib tashlansa, qayta oʻsishi mumkin. Oʻsmaning metastaz berishbermasligi va metastaz berish tezligi organizmning immunobiologik holatiga bogʻliq.

Oʻsmaoʻsishi toʻqimada cheksiz boʻlinuvchi oʻzgargan hujayralarning kichik guruhi vujudga kelishidan boshlanadi. Ular sekin-asta rivojlanadi. Bunda bir necha bosqich farq qilinadi: 1) oʻsma hujayralarining notekis koʻpayishi (giperplaziya); 2) oʻchoqli proliferatsiya, yaʼni toʻqimaning oʻsishi, 3) xavfsiz Oʻsma hosil boʻlishi; 4) nihoyat, uning xavfli tus olishi (malignizatsiya). Bevosita xavfli Oʻsmadan avval paydo boʻlgan va xavfli O‘smaga aylanadigan Oʻsma rak oldi, toʻqimada ancha erta sodir boʻlgan oʻzgarishlar oʻsma oldi jarayoni hisoblanadi. Oʻsmaning bosqichmabosqich rivojlanishi va keyin xavfli tus olishi — uning oʻziga xos avj olishi shu tariqa oʻtadi. Oʻsma dan qon ketishi kamqonlikka, Oʻsmaning chirishi va moddalar almashinuvi buzilishidan hosil boʻlgan mahsulotlar organizmning zaharlanishiga sabab boʻladi.

Oʻsma parenxima va stromadan tarkib topadi. Parenxima Oʻsmaning asosiy massasi boʻlib, uning oʻsishi va tabiatini belgilaydi; stroma Oʻsma atrofidagi biriktiruvchi toʻqimadan hosil boʻladi. Har bir oʻsmaning nomi oʻzi paydo boʻlgan toʻqima nomidan (oxiriga "oma" — oʻsma maʼnosini anglatuvchi qoʻshimcha qoʻshiladi) olingan, mas, togʻaydan vujudga kelgan Oʻsma xondroma, yogʻ toʻqimasi oʻsmasi lipoma, muskul toʻqimasi oʻsmasi mioma, biriktiruvchi toʻqimada yuzaga kelgan xavfli Oʻsma sarkoma, epiteliy toʻqimasidan paydo boʻlgan xavfli Oʻsma karsinoma (rak), meʼda osti bezi boʻlakchalaridan hosil boʻlgan Oʻsma insuloma deyiladi va h.k. Leykozlar ham Oʻsmaga kiradi. Rak bilan ogʻrish turli mamlakat va mintaqalarda turlicha, mas, teri raki shim.ga nisbatan jan.da koʻproq uchraydi.

Oʻsmaning paydo boʻlishi va rivojlanishida organizmning tugʻma yoki hayotda orttirilgan umumiy reaksiyasi katta ahamiyatga ega. Irsiy omillar asosan, Oʻsmaga moyillikni, yaʼni organizmning oʻsma paydo qiladigan taʼsirotlarga nisbatan koʻrsatadigan u yoki bu reaksiyasini belgilab beradi. Oʻsma taʼsirini bartaraf etishda esa organizmning himoya, immunobiologik kuchlari, shuningdek, uning ovqatlanish va boshqalar hayot tarziga bogʻliq umumiy holati katta ahamiyat kasb etadi.

Umuman Oʻsma organizmga turli fizik, kimyoviy va biol. omillar taʼsir koʻrsatishi natijasida vujudga kelishi mumkin. Shuning uchun ham hozir Oʻsmaning kelib chiqishi koʻp omilli (polietiologik) jarayon deb qaraladi.

Oʻsma odatda 40 yoshdan keyin paydo boʻladi. Ammo yoshlar va hatto, bolalarda ham uchratish mumkin.

Oʻsmaning oldini olish ularning kelib chiqishiga (gigiyenik profilaktika) va rivojlanishiga qarshi (rakning klinik profilaktikasi) tadbirlardan iborat. Gigiyenik profilaktika organizmga kanserogen taʼsir koʻrsatadigan omillarni yoʻqotish yoki ularning miqdorini kamaytirishdan; klinik profilaktika esa oʻsma oldi kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlab, davolashdan iborat. Aholi oʻrtasida muntazam (sistemali) ommaviy profilaktik tekshiruvlar oʻtkazish va ayrim aholi guruhlarini dispanserizatsiya qilish katta ahamiyatga ega. Kasallikning boshlangʻich belgilari paydo boʻlganda darhol vrachga murojaat qilish kasallikni barvaqt aniqlashda nihoyatda muhim.

Oʻsma diagnostikasi bemorni klinik instrumental tekshirish (soʻrash, kuzatish, maxsus tekshirish usullarini qoʻllash va har xil tahlillar oʻtkazish)ga asoslangan.

Ichki aʼzolar (meʼda, oʻpka, tuxumdon, yoʻgʻon ichak, meʼda osti bezi va boshqalar)dagi Oʻsmani barvakt aniqlash (diagnoz qoʻyish) ancha mushkul boʻlib, bunda rentgenologik, radioizotop, endoskopik, morfologik, immunologik, kompyuter tomografiya, biopsiya olish va boshqalar maxsus tekshirish usullaridan foydalaniladi.

Tibbiyot amaliyotida radioizotoplar yordamida tekshirish usullari keng qoʻllanilmoqda. Ayrim radioaktiv moddalar, mas, fosfor, yod, stronsiy, oltin va boshqalarni oʻsma hujayralari sogʻlom hujayralarga nisbatan ancha koʻp yutadi, bu esa radioizotoplarning tarqalishiga qarab Oʻsma va metastazlarni barvaqt aniqlash imkonini beradi.

Oʻsma tuzilishining morfologik xususiyatlarini aniqlash davolashning aniq usulini tanlashda muhim ahamiyatga ega.

Xavfli Oʻsma kompleks usulda davolanadi. Oʻsma paydo boʻlgan aʼzoga, uning rivojlanish bosqichi, tuzilishiga, bemorning yoshi va boshqalarga qarab gamma va rentgen nurlari, doridarmonlar bilan davo qilinadi; lekin xirurgik usul keng qoʻllaniladi.



Koʻpincha xirurgik usul nur va doridarmonlar qoʻllab davolash bilan birga olib boriladi (qarang Nur bilan davolash, Kimyoterapiya). Xavfli Oʻsmani nur bilan davolash onkologiyaning rivojlanayotgan yoʻnalishlaridan biridir.

Soʻnggi yillarda organizmning himoya kuchlarini oshirishga qaratilgan immunoterapiya usulida davolash jadal olib borilmoqda
Download 158.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling