1-oktabr-o’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir ishlanmasi o’qituvchi


Download 136.38 Kb.
Sana20.06.2020
Hajmi136.38 Kb.
#120670
Bog'liq
1-oktabr tadbir ishlanma himmat


1-OKTABR-O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNIGA BAG’ISHLANGAN TADBIR ISHLANMASI

O’qituvchi: “Dunyoda kasblar ko’p, har birining hayotda o’z o’rni, o’z ahamiyati bor. Lekin ular orasida shunday bir ulug’ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu oliyjanob kasbning nomi o’qituvchilik, murabbiylikdir…” Islom Karimov.

Qadrli ustozlar, muhtaram muallimlar! Sizlarni umuxalq bayrami – O’qituvchilar va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga o’zimning ezgu va samimiy tilaklarimni tilab qolishdan behad xursandman. Bugungi bayram tantanamizda biz 3-“B” sinf o’quvchilari o’z dil izhorlarimizni kuy-qo’shiqlar, she’rlar, qiziqarli hangomalar va bayram tabriklari orqali ifoda etib, bir oz bo’lsa-da, ko’nglingizni xushnud etsak, o’zimizni baxtiyor his etgan bo’lamiz.

 Ruslan: Assalomu alaykum, aziz ustozlar! 

Mohimbonu: Assalomu alaykum, mehri daryo, qalbi ziyo mualllimlar!

Ruslan: Biz 3-“B” sinf o’quvchilari sizlarni ulug’ ayyomingiz – Ustoz va murabbiylar kuni bilan tabriklaymiz.

Mohimbonu: Sizning mashaqqatli mehnatingiz oldida bosh egib, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu baraka tilaymiz.

Ruslan: Bilasanmi Mohimbonu, ustoz, muallim deganda, har qaysi inson ko’nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg’ulari, shu bilan birga hech qanday boylik bilan o’lchab bo’lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo’ladi.

Mohimbonu: Rost aytasan. Shuning uchun ham ezgulik bunyodkori bo’lmish siz muhtaram o’qituvchi va murabbiylarimizni har qancha ulug’lab, sha’ningizga har qancha tahsin va tasannolar aytsak arziydi.

Ruslan: Unday bo’lsa, kel, tabriklash navbatini sabrsizlik bilan kutayotgan sinfdoshlarimizga bersak-da, ular o’z dil izhorlarini she’rlari orqali ifoda etishsa.

Har bir she’r mayin musiqa sadolari ostida yangraydi.



Mohimbonu: 

To dunyo bor ekan, bor bo’ling siz ham,

Siz bilan oboddir, yorug’dir olam.

Shahlo: 

G’unchadagi shabnamdek qalbingiz beg’ubordir,

Osmondek keng bag’ringiz ezgu tilakka yordir,

Shogirdlar kamolidan kayfiyatingiz chog’dir,

 Hamma: 

O’zbekning nur dilbandi sizga ta’zim qiladi

Yo’lingizga gul to’shab, poyondozlar soladi.

Sadriddin:

 Ilmingiz nur, mash’ala, oydek ko’rsatar jamol,

Boshlagan yo’lingizdan toliblar topar kamol,

Topgan rizqu ro’zingiz erur luqmai halol,



 Hamma: 

O’zbekning nur dilbandi sizga ta’zim qiladi,

Yo’lingizga gul to’shab, poyondozlar soladi.



Fotima: 

Olqishlaru, maqtovlar sha’ningizga yarashgay,

Katta-kichik – barisi havas bilan qarashgay,

Shogirdlaringiz qarang, gul tutay deb talashgay,

 Hamma: 

O’zbekning nur dilbandi sizga ta’zim qiladi,

Yo’lingizga gul to’shab, poyondozlar soladi.

Avaz: Siz borki, nurli olam, fido bo’lgay bu jonlar,

Siz borki, ravshan dunyo, shodon o’tgay har onlar,

Siz borki, hayot laziz, ustozlar, charog’bonlar,
Hamma: O’zbekning dilbandlari sizga ta’zim qiladi,

Yo’lingizga gul to’shab, poyondozlar soladi.



Qarsaklar.__Ruslan'>Qarsaklar._Xuddi_shu_yerda_har_bir_ustozga_gul_taqdim_qilinadi.__Ruslan'>Qarsaklar. Xuddi shu yerda har bir ustozga gul taqdim qilinadi.

Ruslan: Ajoyib she’r. Menga juda yoqdi. Mohimbonu, insonning qalbidagi qiyofasi haqida eshitganmisan.

Mohimbonu: Eshitganman, lekin bu narsaning bugungi bayramimizga nima dahli bor?

Ruslan: Hozir bilib olasan. “Qalbdagi qiyofa” she’ri bilan tabrik navbati Jo’raboyeva Mohinur va To’rabekov Murodjonlarga.

Mohinur:

Azaldan ustozni ulug’lar xalqim,

Ularga ezgulik tilamoq haqqim,

Bunchalar buyuksiz, bunchalar zukko,

Umringiz mo’jiza yetmaydi aqlim.

Murodjon: Ustozni e’zozlash azaliy odat

Shogirdning kamoli ustoz uchun baxt.

Millionlar qalbida so’nmas mayoqsiz,

Bir duo tilamoq insoniy burchim.



Mohinur: Hayotda o’zimga sizni bosh bildim,

Qiynalgan kunimda bir yo’ldosh bildim.

Azobli kunlarda sabrdosh bildim,

Suyansam, suyarli zo’r sirdosh bildim.



Murodjon: Bugun sizga qulluq, sizgadir so’zim,

Bir umr ta’zimda turayin o’zim.

Siz bergan urfondan yorug’dir yuzim,

Barchaning qalbida yashaysiz har dam.


Qarsaklar.

Ruslan Ana, eshitdingmi, xuddi mana shu o’tirgan aziz ustozlarimizning bizga bergan ta’lim-tarbiyasi bizning qalbimizda bir umrga qoladi.

Mohimbonu: Ha, endi tushundim. Avaz, men hozir buyuk ustozlar haqida ham gapirib o’tmoqchiman. O’tmishsiz, kelajak bo’lmaydi, deganlariday, o’tmishdagi buyuk allomalarimiz va ularning bizga qoldirgan bebaho ilmiy asarlari, badiiy asarlari bo’lmaganda, bugungi kunlarimiz tasavvur etish mushkul bo’lib qolar edi. Kel, yaxshisi, butun dunyoga ko’krak kerib maqtansak arziydigan buyuk allomalarimiz haqida do’stlarimizdan so’rab ko’raylik.

Ruslan Aytingchi do’stlar, siz ulardan kimlarni bilasiz?

Elyor: Ibn Sino – tibbiyot fanlari asoschisi.

Umida: Abu Rayhon Beruniy – buyuk matematiklardan biri.

M.Bekzod: Al-Xorazmiy -- Matematikaga, hususan, informatika fanlariga asos solgan.

Xusan: Alisher Navoiy – O’zbek tiliga asos solgan.

Bekzod: Mirzo Ulug’bek – buyuk matematik, fizik va astronom…

Mohimbonu: Rahmat do’stlar, bu borada bilimingiz a’lo ekanligi ko’rinib turibdi. Endigi navbatni quvnoq hangomalarga bersak. Ko’ring va mazza qilib kuling, hangoma “Shoshqaloq va hayolparast” deb ataladi.

Ruslan: Endi navbatni yana bir ajoyib she’rga bersak. “Ehtirom” she’ri bilan bir guruh do’stlarimiz.

Gulshoda: Zamonlar aylanar, davronlar o’tar,

Kelib ketar bunda qancha buyuklar,

Ayting, kim ham sizdek kuyunchak bo’lar,

Ey, siz shogird uchun jondek suyuklar.



Umida: Ne-ne yangiliklar bu zamin aro,

Ne-ne kashfiyotlar solmadi dovrug’.

Biroq “Ustoz” degan nomdan-da a’lo,

Ixtiro bo’lmagan dunyoda ulug’.



Javohir: Jajji qo’lchalardan mehr-la tutib,

Nurli dunyolarga chorlovchi mayoq.

Hayrat balqqan ko’zlar, ma’sum qalblarga

Ilmu ma’rifatdan yoqasiz chiroq.



Robiya: Shogirdlar ulg’ayar, o’tarkan yillar,

Barchasi bilimdon, navqiron, o’ktam.

Sizdagi bor bilim, g’ayrat, shijoat,

Hatto yoshligingiz ularga o’tgan.

 Sattorov Bekzod:

Chekkan zahmatingiz mahsullariga,

Boqib o’zingiz ham qilasiz havas.

Oydin iqbol tilab, toza gullarga

Deysiz, ishonchimiz oqlasangiz bas.

Ozoda: To dunyo bor ekan, bor bo’ling siz ham,

Sermashaqqat yo’lda yengmasin charchoq.

Siz bilan oboddir, yorug’dir olam

Ko’ngillar siz tutgan qog’ozdek oppoq.



Mahmudov: 

Aziz ustozlarim muallimlarim,

Bir umr shogirdlik salomim sizga.

Qo’llarim ko’ksimda aylagum ta’zim,



Cheksiz hurmat to’la kalomim sizga.

Mohimbonu: Rahmat, sizlarga. Biz ustozlarga she’rlar o’qidik, hangomalar aytdik. Endi navbatni qo’shiqqa bersak. 

Ruslan: Albatta. Tinglang, tadbiri mehmoni, maktabimizning xushovoz qo’shiqchisi, “Yangi avlod” bolalar ko’rik-tanlovi sovrindori Shaxbozbek Vatan haqida qo’shig’I bilan.

Qarsaklar.
Mohinbonu: Mana, aziz ustozlar, bizga berilgan vaqt ham nihoyasiga yetay deb qoldi.

Ruslan: Ammo buni yaxshi tilaklarimizning debochasi, deb hisoblashingizni so’rab qolamiz.

O’qituvchi: Sizlarga yana bir bor uzoq-umr, sihat-salomatlik, fidoyi va hokisor kasbingiz yo’lida hormay-tolmay mehnat qilishingizda Yaratgandan kuch-quvvat tilab qolamiz. E’tiborlaringiz uchun katta rahmat.



Download 136.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling